Huquqiy axborot | Lotin
1.46K members
181 photos
27 videos
1 file
1.97K links
Yangi qonun hujjatlari, huquqiy islohotlar haqida tezkor maʼlumotlar taqdim etuvchi kanal

Savollar, huquqshunos maslahati uchun: www.advice.uz

Qonunchilikka takliflar uchun: @qonunchilikbot
Download Telegram
to view and join the conversation
#Bilasizmi

Go‘sht-sut, baliq, qandolatchilik mahsulotlari (biskvit tortlar, pirojnoyelar va boshqalar), yarim tayyor mahsulotlar, tayyor masalliqlar va boshqa tez buziladigan mahsulotlarni sotishga faqat sovutiladigan peshtaxtalar, vitrinalar bo‘lgan taqdirda ruxsat beriladi.

❗️Bunday talablarga rioya qilmaslik savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish deb baholanadi va fuqarolarga 223 ming so‘mdan 1 mln 115 ming so‘mgacha, mansabdor shaxslarga esa 1 mln 115 ming so‘mdan 1 mln 561 ming so‘mgacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka muvofiq, quyidagilar haydovchilarning mast holda ekanligini tekshirishga asos bo‘ladi:

👉 haydovchining og‘iz bo‘shlig‘idan alkogol hidi kelishi;

👉 haydovchi bir holatda to‘g‘ri tura olmasligi (chayqalib turishi);

👉 haydovchi nutqining buzilganligi;

👉 haydovchi qo‘l barmoqlarining qaltirashi;

👉 haydovchi yuz terisi rangining sezilarli o‘zgarganligi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

💼 “Madad” – muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti quyidagi lavozimlarga ishga qabul qilish bo‘yicha tanlov eʼlon qiladi:

👉 ijrochi direktor o‘rinbosari;

👉Advice.uz” huquqiy axborot portali bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i.

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
👉 oliy yuridik maʼlumot (qo‘shimcha AKT sohasida maʼlumotga ega bo‘lganlarga ustunlik beriladi);
👉 yuridik sohada 3 yildan kam bo‘lmagan uzluksiz mehnat staji, shuningdek, axborot portali (veb-sayti)ni ishlab chiqish, yuritish va yangilash sohasida amaliy ish tajribasiga ega bo‘lish;
👉 davlat tili va rus tilini mukammal bilish (ingliz tilini bilish ustunlik beradi);
👉Advice.uz” (e-maslahat.uz) huquqiy axborot portalini muntazam ravishda yangilab borish hamda takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
👉 normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlash malakasi va tajribasiga ega bo‘lish, qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha milliy va xorijiy mamlakatlar amaliyotini o‘rganish, takliflar va tahliliy maʼlumotlar tayyorlash;
👉 ijtimoiy tarmoqlar (Facebook, Telegram va boshqalar) bilan ishlash tajribasi va amaliyotiga ega bo‘lish (yangiliklar va blok postlar tayyorlash, turli materiallarni joylashtirish).

Ish haqi va ijtimoiy himoya:
👉 oylik ish haqi – 7,0 – 8,0 mln. so‘m;
👉 rasmiy bayramlar uchun mukofot pullari;
👉 bir martalik moddiy yordam puli;
👉 chet ellarga xizmat safarlari va amaliyotga borish imkoniyati.

Murojaat uchun:

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlar qisqa muddatlarda o‘zlari haqidagi maʼlumotnomani (obyektivka, yaqin qarindoshlar to‘g‘risidagi maʼlumot) info@madadnnt.uz elektron pochta manziliga yuborishlari lozim.

Yuborilayotgan maʼlumotnomada nomzodning yashash manzili va telefon raqamlari ham ko‘rsatilishi kerak.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🚫 Chakana savdo qoidalariga koʻra, oziq-ovqat tovarlarini vitrinada quyosh nurlari va yogʻingarchiliklarning toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsiriga uchraydigan holatda, shuningdek tovarlarni yonma-yon saqlash tartibi buzilgan holda saqlashga va joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Ish vaqti va mehnat taʼtillari haqida nimalarni bilasiz?

Batafsil ushbu rolik orqali tanishing

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

📋 “Maʼmuriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonunga ko‘ra, maʼmuriy tartib-taomil deb maʼmuriy organlarning maʼmuriy-huquqiy faoliyatini tartibga soluvchi protsessual qoidalari tushuniladi.

Maʼmuriy harakatlar deganda maʼmuriy organning jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan maʼmuriy-huquqiy faoliyat sohasida amalga oshirilgan, maʼmuriy yoki protsessual hujjat bo‘lmagan, yuridik ahamiyatga ega harakatlari (harakatsizligi) tushuniladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Un va qolipli non xarid qilish uchun har oylik pul kompensatsiyasi kimlarga to‘lanadi?

Batafsil ushbu rolik orqali tanishing

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Xodim mehnat daftarchasiga kiritiladigan barcha maʼlumotlar bilan tanishtirilishi lozim

🧾 Qonunchilikka ko‘ra, ishga qabul qilish, boshqa doimiy ishga o‘tkazish va mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi barcha maʼlumotlar mehnat daftarchasiga kiritilishi kerak.

⌛️ Shuningdek, ish beruvchi mehnat daftarchaga kiritiladigan har bir maʼlumot bilan 3 kun muddat ichida daftarcha egasini tanishtirishi va tanishganligi bo‘yicha imzosini olishi lozim.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Aziz yurtdoshlar!

Adliya vazirligi barchangizni jamiyatimizda o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va bag‘rikenglikni mustahkamlovchi qutlug‘ bayram – Qurbon hayiti bilan samimiy muborakbod etadi.

Yurtimizda tinchlik bardavom bo‘lsin, xonadonlarimizdan tansihatlik, xotirjamlik, ahillik, fayzu baraka hech qachon arimasin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Masofaviy ishlash tartibidan xabordormisiz?

🔸 Masofadan ishlash deganda oʻzi nima tushuniladi?

Xodimning mehnat shartnomasida koʻrsatilgan majburiyatlarini ish beruvchining joylashgan hududidan tashqarida, doimiy ish joyi, hudud yoki obyektdan tashqarida bajariladigan ish usuli tushuniladi.

🔸 Qanday toifadagi xodimlar vaqtincha masofaviy ishlash tartibiga oʻtishi mumkin?

Birinchi navbatda homilador ayollar, keksalar, imkoniyati cheklangan shaxslar va surunkali kasalliklarga chalingan xodimlar. Ulardan keyin, boshqa xodimlar masofaviy ishlash tartibiga oʻtishi mumkin.

🔸 Masofaviy ishlash uchun alohida buyruq chiqarilishi shartmi?

Albatta, xodimni masofaviy ishga vaqtinchalik oʻtkazishda ish beruvchi tomonidan vaqtinchalik ishga oʻtkazish haqida muddati koʻrsatilgan buyruq chiqariladi.

🔸 Masofaviy ishga oʻtayotganda mehnat shartlari qanday belgilanadi?

Masofaviy ishga oʻtkazilganda ish beruvchi va xodim oʻrtasida ilgari tuzilgan mehnat shartnomasiga tegishli oʻzgartirish kiritiladi. Mehnat shartnomasida masofaviy ishlash davridagi mehnat shartlari kelishib olinadi.

🔸 Ish vaqtining davomiyligi va tartibi qanday belgilanadi?

Bunday holda, xodim ishlab chiqarish topshirigʻining hajmi va mehnat shartnomasida koʻrsatilgan boshqa shartlardan kelib chiqqan holda ish vaqti va davomiyligini mustaqil belgilaydi.

🔸 Xodim masofadan ishlasa, unga haq toʻlash masalasi qanday boʻladi?

Masofaviy ishda ishlovchi xodim ish vaqtini oʻz xohishiga koʻra taqsimlanishini hisobga olgan holda, u tomonidan bajarilgan ishlar uchun bir baravar miqdorda mehnat haqi toʻlanadi.

🔸 Xodimning masovafiy ishda ishlagani uning taʼtilga chiqishiga taʼsir qiladimi?

Yoʻq taʼsir etmaydi. Bunday holda xodim taʼtillar jadvaliga muvofiq mehnat taʼtiliga chiqish, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik boʻyicha nafaqa olish hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarini toʻliq saqlab qoladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Kun_tarixi

🗓 1 avgust (2005 yil)

📋 “O‘zbekiston Respublikasida o‘lim jazosini bekor qilish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilingan.

Farmonga muvofiq 2008-yil 1-yanvardan boshlab, o‘lim jazosi bekor qilinib, uning o‘rniga umrbod yoki uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi joriy etilgan.

📌 O‘sha paytdagi qonunchilikka muvofiq ikki turdagi jinoyat yaʼni, javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish va terrorizm jinoyatlarini sodir etganlik uchun o‘lim jazosi nazarda tutilgan edi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Kun_tarixi

🗓 2-avgust (2017-yil)

📋 “O‘zbekiston Respublikasi Temir yo‘l transporti xodimlari kunini nishonlash to‘g‘risida”gi
Prezident Farmoni qabul qilingan.

🚉 Farmonga muvofiq 2017-yildan boshlab avgust oyining birinchi yakshanba kuni “O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transporti xodimlari kuni” deb eʼlon qilingan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

💊 Dori-darmon sotishda narx chegarasi bormi?

Prezidentning tegishli qaroriga asosan, chetdan olib kelinadigan, shuningdek, mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilaridan sotib olinadigan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini sotishda ularni yetkazib berishda ishtirok etuvchi vositachilar sonidan qatʼi nazar, savdo ustamalari quyidagidan ortiq bo‘lmasligi kerak:

👉 ulgurji savdo uchun sotib olingan qiymatidan 15 foizdan;

👉 chakana savdo uchun ulgurji narxidan 20 foizdan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonunni buzgan mansabdorlarga qanday javobgarlik bor?

Qonunchilikka ko‘ra, quyidagi harakatlar jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish hisoblanadi:

• murojaatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqishni qonunga xilof ravishda rad etish;
• murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish;
• murojaatlarga yozma yoxud elektron shaklda javob yubormaslik;
• murojaatlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga zid qaror qabul qilish;
• jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari tiklanishini, murojaat munosabati bilan qabul qilingan qarorning bajarilishini taʼminlamaganlik.

🔺Ushbu harakatlarni sodir etish mansabdor shaxslarga 223 ming so‘mdan 669 ming so‘mgacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Statistika organlari faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi

“O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yana-da takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi.

📌 Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi.

Statistika organlarini sifatli va ishonchli maʼlumotlarni shakllantirishga, statistika maʼlumotlarining shaffofligi va oshkoraligini oshirishga qaratilgan professional mustaqil xizmatga aylantirish ustuvor yo‘nalishlardan biridir.

📊 Qarorga muvofiq, Davlat statistika qo‘mitasi rasmiy statistikani shakllantirish bilan bog‘liq o‘z vakolatlarini barcha davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil amalga oshiradi va qo‘mita tomonidan shakllantiriladigan statistika maʼlumotlari rasmiy statistika axboroti sifatida eʼlon qilinadi.

🚫 Statistika organlarining qonuniy faoliyatiga har qanday aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi.

➡️ Hududiy statistika boshqarmalar, tumanlar (shaharlar) statistika bo‘limlari mahalliy davlat hokimiyati organlaridan mustaqil bo‘lib, bevosita Davlat statistika qo‘mitasiga bo‘ysunadi.

📋 Qaror bilan 2020-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasi va uni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Kun_tarixi

🗓 6 avgust (2005 yil)

Kadrlarni davlat grantlari asosida maqsadli tayyorlash tartibi to‘g‘risida nizom davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

➡️ Nizomga ko‘ra, barcha taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha davlat granti asosida tahsil olgan OTMlar bakalavr va magistrlari majburiy tartibda kamida 3 yil ishlab berish sharti bilan taʼlim muassasalariga, korxona va tashkilotlarga ishga taqsimlanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#So‘ragan_edingiz

2014 yil fevral oyida tug‘ilgan farzandimni hududimizdagi maktabga qabul kilishmayapti, shunga qanday yo‘l tutsam bo‘ladi? (I.L. Andijon viloyati, Qo‘rg‘ontepa tumani)

🧾 Umumiy o‘rta taʼlim to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, maktabning I sinfiga 6-7 yoshli bolalar tibbiy xulosaga muvofiq qabul qilinadi.

Farzandingiz joriy yilning 31 avgust kuniga qadar 6,5 yoshga to‘lishini inobatga olsak, tegishli hujjatlarni maktab maʼmuriyatiga taqdim etish huquqiga egasiz.

🏢 Hududiy xalq taʼlimi boshqaruv organlari maktab yoshidagi bolalarni umumiy o‘rta taʼlimga to‘liq qamrab olish va uning natijasida aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rishi shart.

🔍 Shu bois, ushbu masala yuzasidan tuman Xalq taʼlimi bo‘limiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishingiz mumkin.

⚠️ Eslatib o‘tamiz, bolalar umumtaʼlim muassasasining 1-sinfiga tayyorgarlik darajasidan qatʼi nazar, tanlovsiz qabul qilinadi (musiqa va sanʼatga ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari bundan mustasno).

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Kun_tarixi

🗓 7-avgust (2018-yil)

“Oilaviy mehmon uylari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” Hukumat qarori qabul qilingan.

🏠 Qarorga ko‘ra, oilaviy mehmon uylari ushbu mehmon uylarida uy egasining oila aʼzolari bilan birga yashash tamoyili bo‘yicha bir vaqtning o‘zida 10 nafargacha tashrif buyuruvchilarga (turistlarga) vaqtincha yashash va (yoki) ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi, shuningdek, har bir yashovchiga 3 m² hisobidan to‘g‘ri keladigan zaruriy turarjoy maydoniga ega bo‘lgan xususiy uy-joy hisoblanadi.

☑️ Oilaviy mehmon uylari xizmatlari oilaviy mehmon uyi tashkil etish uchun yaroqli turarjoy binosiga ega bo‘lgan va unda yashovchi xususiy tadbirkorlar yoki oilaviy tadbirkorlik subyektlari tomonidan ko‘rsatiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Kun_tarixi

🗓 9-avgust (2019-yil)

"Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida “Xalqaro matematika maktabi”ni tashkil etish to‘g‘risida" Hukumat qarori qabul qilingan.

🏫 Qaror bilan Qorako‘l tumanidagi 1-son ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktab-internatiga “xalqaro matematika maktabi” maqomi berilgan.

Zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda aniq va tabiiy fanlar, shuningdek, chet tillarini chuqur o‘qitish, o‘quvchilarning ijodiy salohiyatini namoyon qilish hamda ularni respublika va xalqaro fan olimpiadalariga qatnashishga tayyorlash xalqaro maktabning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Kun_tarixi

🗓 10 avgust (2015 yil)

"Keksalar va nogironlarni manzilli ijtimoiy himoya qilish va qo‘llab-quvvatlashni yana-da kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" Hukumat qarori qabul qilingan.

♻️ Unga ko‘ra, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va nogironlar har oyda maʼlum miqordagi oziq-ovqat mahsulotlari va gigiyena tovarlari bilan bepul taʼminlanadi.

🔰 Bunda yolg‘iz keksalar va nogironlarga o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan pensiya yoshidagi quyidagi shaxslar hamda I va II guruh nogironlari kiradi:
👉 farzandlari (voyaga yetmagan yoki nogiron bolalar bundan mustasno) bo‘lmagan;
👉 eri (xotini) va ota-onasi (keksalar yoki nogironlar bundan mustasno) bo‘lmagan;
👉 vasiylari, homiylari va sud tomonidan keksani yoki nogironni parvarish qilish majburiyati zimmasiga yuklangan shaxslari bo‘lmagan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin