Huquqiy axborot | Lotin
6.46K subscribers
3.36K photos
155 videos
2 files
7.3K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, normativ huquqiy hujjatlardagi foydali ma'lumotlar va huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
Download Telegram
#Bilasizmi

❗️ Bezorilik, sovuq qurol yoki kishining sog'lig'i uchun amalda shikast yetkazishi mumkin bo'lgan narsalarni (qurol sifatida) namoyish qilib, ularni qo'llash bilan qo'rqitib yoxud qo'llab sodir etilgan bo'lsa 300 soatdan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰 Shaxsga doir ma'lumotlar – muayyan shaxsga taalluqli bo'lgan yoki uni identifikasiya qilish imkonini beradigan, elektron tarzda, qog'ozda yoki boshqa moddiy jismda qayd etilgan axborot.

📁 Shunga ko'ra, shaxsga doir ma'lumotlar qatoriga shaxsning ism-familiyasi, pasporti (ID) va boshqa shaxsiy hujjatlaridagi qaydlar, tug'ilgan sanasi va joyi, e-mail manzili, telefon raqami, yashash, o'qish va ishlash joylari, oilaviy, ijtimoiy va mulkiy holati, qaerda ta'lim olgani, qaysi kasb egasi ekanligi, daromadi qanchaligi, fiziologik va biologik xususiyatlari kabi ma'lumotlar kiradi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Qonunchilikka ko'ra, nodavlat futbol muassasalari uchun O'zbekiston futbol assosiasiyasi a'zosi bo'lishi talabi o'rnatilgan.

📝 Shuningdek, O'zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan nodavlat futbol muassasalarining reytingi yuritiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Ishdan bo'shatish nafaqasining miqdori mazkur ish beruvchidagi ish stajiga bog'liq bo'ladi va u:

🔹 3 yilgacha ish stajiga ega bo'lgan xodimlar uchun – o'rtacha oylik ish haqining 50 foizidan;

🔹 3 yildan 5 yilgacha ish stajiga ega bo'lgan xodimlar uchun – o'rtacha oylik ish haqining 75 foizidan;

🔹 5 yildan 10 yilgacha
ish stajiga ega bo'lgan xodimlar uchun – o'rtacha oylik ish haqining 100 foizidan;

🔹 10 yildan 15 yilgacha ish stajiga ega bo'lgan xodimlar uchun – o'rtacha oylik ish haqining 150 foizidan;

🔹 15 yildan ortiq ish stajiga ega bo'lgan xodimlar uchun – o'rtacha oylik ish haqining 200 foizidan kam bo'lishi mumkin emas.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, transport vositasini boshqarish huquqiga ega bo'lishi uchun o'rganuvchi o'quv muddati yakunida:

"A" toifasi uchun — 16 yoshga;
"B" va "C" toifalari uchun — 18 yoshga;
"BE" va "CE" toifalari uchun — 19 yoshga;
"D" va "DE" toifalari hamda tramvay va trolleybuslar uchun 21 yoshga to'lgan bo'lishi kerak.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, mahallalarda xotin-qizlarning bandligini ta'minlash va salomatligini mustahkamlash markazlari har bir mahallada tashkil etilishi belgilangan.

🔍 Mazkur markazlarda bitta ijtimoiy loyiha doirasida 20 nafargacha xotin-qizlarning doimiy bandligini ta'minlash maqsadida bandligi ta'minlanadigan har bir nafar ishsiz xotin-qiz uchun tadbirkorlarga 3 million so'mgacha davlat granti ajratiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🚫 Qonunchilikka ko'ra, ommaviy dam olish joylarida suzish uchun avtomobil kameralari, taxtachalar va shu kabilardan foydalangan holda cho'milish taqiqlanadi.

Batafsil: https://hudud24.uz/news/chumilish-tartib-koidasini-bilasizmi

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

📜Qonunchilika ko'ra, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi quyidagi hollarda beriladi:

🔹vaqtinchalik mehnat layoqatini yo'qotish bilan bog'liq kasallik vaqtida (shikastlanishda);

🔹sanatoriy va sog'lomlashtirish muassasalarida davolanganda;

🔹kasallangan oila a'zosini parvarishlash zarur bo'lganda;

🔹karantinda;

🔹sil yoki kasb kasalligi tufayli vaqtincha boshqa ishga o'tkazilganda;

🔹mehnat layoqatini tiklash yoki yasama a'zo (protez) qo'ydirish uchun reabilitatsiya muassasalariga yotqizilganda.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

✔️ Qonunchilikka ko'ra, qishloq hududlarida xorijiy tillarni o'qitish faoliyatini tashkil etish uchun tadbirkorlarga 50 mln so'mgacha bir martalik subsidiya ajratilishi belgilangan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🔰Qonunchilikka ko'ra, yer maydonlarini elektron onlayn auksion savdolari orqali ijaraga olgan yoshlar "Temir daftar", "Ayollar daftari", "Yoshlar daftari"dan chiqarilmaydi va ular uchun qonunchilikda belgilangan barcha imtiyoz va preferensiyalar saqlab qolinadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

📝 Hokimliklar favqulodda vaziyatlar organlari bilan hamkorlikda har yili 1-maydan 15-sentabrgacha suvda baxtsiz hodisalar (odamlar o'limi) tez-tez ro'y berib turadigan joylarni aniqlashi kerak.

⚠️ Mazkur hududlar bo'yicha mahalliy aholi va dam oluvchilar o'rtasida tushuntirish ishlari olib borish sharti bilan qirg'oq bo'ylab cho'milishni taqiqlovchi belgilar o'rnatishi shart.

❗️Shuningdek, suvda aholining ommaviy dam olish joylarida dam olayotgan fuqarolarga taqiqlangan holatlar bilan batafsil bu yerda tanishishingiz mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, kam ta'minlangan va ehtiyojmand xotin-qizlarning muammolarini mahallabay o'rganish va hal etish hamda ularni ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy qo'llab-quvvatlash tartibi belgilangan.

✔️ Bunda, xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish maqsadida tuman (shahar) hokimliklarida "Ayollar daftari" ro'yxatiga kiritilgan xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi ("Ayollar daftari" jamg'armasi) tashkil etilgan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

“Ayollar daftari”ga 30 yoshdan oshgan quyidagi toifadagi xotin-qizlar kiritiladi:

🔹ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar;

🔹tadbirkorlik qilish istagida bo'lgan ehtiyojmand xotin-qizlar;

🔹boquvchisi bo'lmagan ehtiyojmand xotin-qizlar;

🔹ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo'lgan, shuningdek, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar;

🔹uy-joyga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar;

🔹qaramog'ida nogironligi bo'lgan farzandi mavjud ehtiyojmand xotin-qizlar.

⚠️ “Ayollar daftari”ga xotin-qizlar yashab turgan joyi bo'yicha kiritiladi, bunda xotin-qizlarning yashash joyi bo'yicha doimiy yoki vaqtincha ro'yxatda turmasligi "Ayollar daftari"ga kiritishni rad etish uchun asos hisoblanmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰Qonunchilikka ko'ra, mahallalardagi yoshlar yetakchilarining yozma tavsiyanomasiga asosan “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimida ro'yxatda bo'lgan yoki "Temir daftar", "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari"dan biriga kiritilgan hamda mehnat migrasiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning bolalariga mavsumiy faoliyat yuritadigan oromgohlarga bepul yo'llanmalar beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🏖 Qonunchilikka ko'ra, har yili 15-apreldan 15-sentabrgacha fuqarolarning xavfsizligini ta'minlash maqsadida, dam olish zonalari, sanatoriylar va bolalar sog'lomlashtirish oromgohlari, plyaj zonalari va hovuzlarni plyajlarni tashkil etish, jihozlash va ulardan foydalanishning belgilangan talablariga muvofiqligi o'rganilishi kerak.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Soliq_imtiyozlari #Bilasizmi

✔️ Qonunchilikka ko'ra, tadbirkorlik subyektlariga miqdori 10 million so'mdan yuqori bo'lgan soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun, agar tadbirkorlik subyekti huquqbuzarlikni inkor etsa, moliyaviy sanksiyalarni faqatgina sud tartibida qo'llash belgilangan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi #Pensiya_va_ijtimoiy_himoya

🔰 Qonunchilikka ko'ra, "Ijtimoiy himoya yagona reestri"ga ("Yagona reestr" AT) oilaning 18 yoshga to'lgan ijtimoiy nafaqa olish istagida bo'lgan O'zbekiston fuqarosi, O'zbekistonda yashash guvohnomasiga ega bo'lgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxslar kiritilishi belgilangan.

📜 "Yagona reestr" ATga kiritish davlat xizmatlari markazi, YIDXP (my.gov.uz) orqali yoki "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlaridagi ijtimoiy xodim tomonidan amalga oshiriladi.

🚫 Bunda davlat xizmati ko'rsatilganligi uchun yig'im undirilmaydi (bepul xizmat ko'rsatiladi).

☑️ "Yagona reestr" ATga kiritilganlarga ijtimoiy nafaqalar "Xalq banki"ning tuman (shahar) bo'limlari tomonidan to'lanilishi belgilangan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin