Huquqiy axborot | Lotin
6.23K subscribers
3.65K photos
222 videos
2 files
7.89K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Download Telegram
#Bilasizmi #Pensiya_va_ijtimoiy_himoya

🔰 Qonunchilikka ko'ra, "Ijtimoiy himoya yagona reestri"ga ("Yagona reestr" AT) oilaning 18 yoshga to'lgan ijtimoiy nafaqa olish istagida bo'lgan O'zbekiston fuqarosi, O'zbekistonda yashash guvohnomasiga ega bo'lgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxslar kiritilishi belgilangan.

📜 "Yagona reestr" ATga kiritish davlat xizmatlari markazi, YIDXP (my.gov.uz) orqali yoki "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlaridagi ijtimoiy xodim tomonidan amalga oshiriladi.

🚫 Bunda davlat xizmati ko'rsatilganligi uchun yig'im undirilmaydi (bepul xizmat ko'rsatiladi).

☑️ "Yagona reestr" ATga kiritilganlarga ijtimoiy nafaqalar "Xalq banki"ning tuman (shahar) bo'limlari tomonidan to'lanilishi belgilangan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi #Pensiya_va_ijtimoiy_himoya

📌 Qonunchilikka ko'ra, ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo'lgan, shuningdek, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar uchun:

🔹bir martalik moddiy yordam beriladi;

🔹zarur hollarda, sektor rahbari xulosasi asosida og'ir turmush sharoitidagi (uy-joyi ta'mirlashga muhtoj, biroq oilasining moddiy imkoniyati yetmaydigan) xotin-qizlarning uy-joyi ta'mirlanadi;

🔹tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar uchun zarur tibbiy yordamlar ko'rsatiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Pensiya_va_ijtimoiy_himoya #Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, kam ta'minlangan va ehtiyojmand xotin-qizlarning muammolarini mahallabay o'rganish va hal etish hamda ularni ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy qo'llab-quvvatlash tartibi belgilangan.

✔️ Bunda, xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish maqsadida tuman (shahar) hokimliklarida "Ayollar daftari" ro'yxatiga kiritilgan xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi ("Ayollar daftari" jamg'armasi) tashkil etilgan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin