Huquqiy axborot | Lotin
6.24K subscribers
3.66K photos
223 videos
2 files
7.89K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Download Telegram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Davlat organlari xodimlarining formali kiyim-bosh kiyib yurishi tartibini maqbullashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Prezident qarori qabul qilindi

Qarorga muvofiq, quyidagi vazifalarni bajarishda harbiy va idoraviy formali kiyim-bosh kiyib yurish huquqi belgilandi:
👉 tantanali formali kiyim-bosh – rasmiy, bayram, tantanali va xalqaro tadbirlarda, sud majlislarida, OAV bilan uchrashuvlar va intervyularda, shuningdek, oʻquv mashgʻulotlarida;
👉 dala formali kiyim-bosh – oʻquv-amaliy mashgʻulotlar davrida, favqulodda vaziyatlarda, harbiy holatda, maxsus operatsiyalarni oʻtkazishda faqatgina Ichki ishlar vazirligi (IIV), Davlat bojxona qoʻmitasi (DBQ) va Harbiy prokuratura xodimlari tomonidan;
👉 maxsus formali kiyim-bosh – vazifalarini bevosita xizmat xonalarida amalga oshirish vaqtida ichki ishlar organlarining, shuningdek IIV va DBQning kinologiya boʻlinmalari xodimlari tomonidan;
👉 identifikatsiya raqamli metall jetoni, farqlash belgilari va idoraviy ramzlar aks etgan maxsus jiletlarni – Majburiy ijro byurosining davlat ijrochilari va inspektorlari tomonidan xizmat vazifalarini bajarish jarayonida.

Mazkur tartib 2020-yilning 1-yanvargacha bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Davlat organlarida kundalik formali kiyim-bosh kiyib yurish huquqi faqatgina quyidagilar uchun saqlanib qolinadi:
👉 kundalik xizmat faoliyatida bevosita aholi bilan ishlaydigan ichki ishlar organlari boʻlinmalari xodimlari;
👉 faoliyatini bevosita bojxona postlarida amalga oshiradigan bojxona xizmati boʻlinmalari xodimlari;
👉 boʻlinmalarning sohasidan qatʼi nazar ichki ishlar organlari va bojxona xizmatlarining rahbarlar tarkibi.

IIVga ommaviy va qishloq xoʻjaligi tadbirlarni oʻtkazishda jamoat tartibini saqlash, yoʻl-patrul xizmatining muntazam postlaridagi xizmatni oʻtashda maxsus forma kiyib yurishga ruxsat etiladi.

IIV va DBQ oliy taʼlim muassasalari kursantlari va tinglovchilariga taʼlim muassasasi hududida har kuni dala (kamuflyajli) formali kiyim-bosh kiyib yurishga ruxsat etiladi.

Bundan tashqari, soliq xodimlari soliq toʻlovchilarga xizmat koʻrsatish, soliq nazoratini amalga oshirish va soliq qarzdorligini undirish vaqtida identifikatsiya raqamli metall jetonni taqib yurish qoidalari joriy qilindi hamda tantanali va kundalik formali kiyim-bosh kiyib yurish tartibi bekor qilindi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Qonunchilikka koʻra, yoʻlning qatnov qismida, shuningdek piyodalar oʻtish joylarida harakatlanayotgan piyodalarga telefondan foydalanish, tele-, videomahsulotlarni koʻrish, radio-audiomahsulotlarni eshitish, kitob yoki davriy matbuot oʻqish, hamda eʼtiborni chalgʻitadigan boshqa elektron vositalardan foydalanish taqiqlanadi.

Mazkur talablarga rioya etmaslik esa piyodalarning maʼmuriy javobgarlikka tortilishiga sabab boʻladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot
#Adliya_xabari
Hurmatli abituriyentlar!

Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik kollejlariga abituriyentlarning oʻqishga qabul qilish haqidagi arizalari yuridik kollejlar qabul komissiyalari tomonidan 2019-yilning 1-iyunidan 20-iyunigacha (shu kuni ham) qabul qilindi.

Hujjat topshira olmagan koʻplab abituriyentlar hamda ularning ota-onalarini murojaatlari boʻyicha Hukumat tomonidan yuridik kollejlarga abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilish muddatini joriy yilning 17-avgustigacha davom ettirishga rozilik berildi.

Shunga koʻra, yuridik kollejlarda abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilish jarayoni yana boshlanganligini maʼlum qilamiz.

Mamlakatimizning eng nufuzli kollejlaridan biri hisoblangan yuridik kollej oʻquvchisiga aylanish imkoniyatingizni qoʻldan boy bermang.

Yuridik kollejlarga hujjat topshirishga marhamat!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchi va xodimlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi (596-son, 17.07.2019-y.)

Qarorga muvofiq, Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari va maxsus unvonga ega xodimlariga mamlakatda ishlab chiqarilgan yengil avtotransportlarni sotib olishga imtiyozli kreditlar beriladi.

Unga koʻra, yiliga 300 tagacha avtotransport sotib olish uchun quyidagi shartlarda imtiyozli kredit beriladi:
👉 kredit muddati – 5 yilgacha;
👉 dastlabki badal – avtotransport qiymatining 20 foizi miqdorida;
👉 kredit foiz stavkasi – Markaziy bank qayta moliyalashtirish stavkasining plyus 2 foiz miqdorida;
👉 kredit boʻyicha taʼminot – sotib olinadigan avtotransport garovga qoʻyiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Hukumat qarori (598-son, 17.07.2019-y.) bilan Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi huzuridagi Madaniy meros obyektlari va sanʼat ashyolarini restavratsiya qilish ilmiy-tadqiqot markazi ustavi tasdiqlandi

Markazning asosiy vazifasi madaniy meros obyektlarini konservatsiya, restavratsiya qilish va asrash boʻyicha ilmiy tadqiqotlarni va ishlarni amalga oshirish hisoblanadi.

Shuningdek, Markaz madaniy meros ashyolari bilan loyiha, restavratsiya, taʼmirlash ishlari va boshqa ishlar ustidan nazorat qiladi va texnik tekshirishni amalga oshiradi.

Hujjat bilan Markazning huquq va majburiyatlari, moliyalashtirish manbalari belgilab berildi.

Markaz direktori madaniyat vaziri bilan kelishib Jamgʻarma ijrochi direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalarini faqatgina “E-IJRO AUKSION”da elektron auksionlarda ishtirok etish orqali olish mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
1996-yil 20-dekabrda Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) doirasida qabul qilingan Ijrolar va fonogrammalar boʻyicha shartnoma hamda Mualliflik huquqi toʻgʻrisidagi shartnoma 2019-yilning 17-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi uchun kuchga kirdi.

Hozirgi paytda 101 mamlakat va Yevropa ittifoqi BIMTning mazkur ikki shartnomasi ishtirokchisi hisoblanadi.

Ushbu shartnomalar raqamli muhitda mualliflik huquqi va turdosh huquqlar himoyasining asosiy mezonlarini belgilaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Turizm toʻgʻrisidagi Qonun Prezident tomonidan imzolandi (OʻRQ–549, 18.07.2019-y.)

Qonun bilan Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi turizm sohasidagi vakolatli davlat organi etib belgilandi.

Jismoniy va yuridik shaxslarga turizm obyektlari toʻgʻrisida maʼlumot beruvchi hamda ularni targʻib qiluvchi turistik axborot markazlari tashkil etiladi.

Qonunga muvofiq, turoperatorlik va turagentlik faoliyati, shuningdek sayohatlar tashkil etishga doir boshqa faoliyat turistik faoliyat hisoblanadi.

Turoperatorlar va turagentlar faoliyati litsenziya asosida amalga oshiriladi.

Litsenziya amal qilish muddati cheklanmagan holda beriladi.

Ekskursiya xizmatlari koʻrsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkor boʻlgan jismoniy shaxslarga turistik faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun litsenziya olish talab qilinmaydi.

Gidlar (gid-tarjimonlar), ekskursiya yetakchilari va yoʻriqchi-yoʻl boshlovchilar Qoʻmita tomonidan beriladigan sertifikat olganidan keyin, yuridik shaxs tashkil etmasdan mustaqil ravishda xizmatlar koʻrsatishi mumkin.

Qonunga muvofiq, Qoʻmita Oʻzbekistonning Milliy turistik belgisini ishlab chiqadi.

Mazkur Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Hukumat qarori (599-son, 17.07.2019-y.) bilan Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning yer kadastriga doir axborotni vazirliklar va idoralarning hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytlariga joylashtirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

Nizomga muvofiq, yer kadastriga oid axborot foydalanishi cheklangan va ochiq turlarga boʻlinadi.

Qishloq xoʻjaligi tashkilotlariga ajratilgan yerlar toʻgʻrisidagi axborot foydalanishi cheklangan hisoblanadi va undan vakolatli organlar foydalanadi.

Qishloq xoʻjaligi tashkilotlariga berilmagan yerlar toʻgʻrisidagi maʼlumot ochiq yer kadastriga oid axborot hisoblanadi va undan barcha foydalanishi mumkin.

Axborotlar agroonline.uz dasturi boʻyicha shakllantiriladi va unga kadastr, suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi organlari va fermerlar kengashi tomonidan bir qator maʼlumotlar kiritiladi.

Barcha maʼlumotlar umumlashtirilib vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tuman hokimliklarining rasmiy veb-saytlariga kiritiladi.

2019-yil 1-avgustdan barcha viloyat hokimliklari rasmiy veb-saytlariga maʼlumotlarni kiritishni taʼminlashi lozim.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Hukumat qarori bilan (597-son, 17.07.2019y.) BMTning Bola huquqlari toʻgʻrisidagi Konvensiyasi qabul qilinganligining 30 yilligini nishonlashga bagʻishlangan Tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Mazkur Tadbirlar dasturidan taʼlim tizimining barcha bosqichlarida bola huquqlari sohasidagi taʼlimni takomillashtirish, taʼlim tizimi organlarining rasmiy saytlarida bola huquqlari sohasida maʼrifatga qaratilgan oʻquv sahifalarini tashkil etish, bola huquqlari sohasida davra suhbati, seminar, xalqaro forum oʻtkazish, darslik, oʻquv qoʻllanmalari chop etish kabi tadbirlar oʻrin olgan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Prezidentning “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida “Fargʻona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (PQ–4399, 19.07.2019-y.) qabul qilindi

Qaror bilan:
👉 Loyiha Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida amalga oshirilishi;
👉 Agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi loyihani toʻliq va oʻz vaqtida amalga oshirish uchun masʼul organ ekanligi;
👉 Loyiha doirasida kredit mablagʻlarini oʻzlashtirish 2019-yil sentyabr oyidan boshlanishi;
👉 Loyiha maqsadlarida xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankidan olingan qarz Moliya vazirligi tomonidan qaytarilishi belgilandi.

Shuningdek, qaror bilan loyihani amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi“ tasdiqlandi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Hukumat qarori (608-son, 19.07.2019-y.) bilan Astraxan davlat texnika universiteti (Rossiya Federatsiyasi)ning Toshkent viloyatidagi filiali tashkil etildi

Qarorga muvofiq, baliqchilik tarmogʻi ehtiyojlarini qondirish uchun ishlab chiqarish va eng muhim ilmiy-tadqiqot vazifalarini hal etishga qodir boʻlgan yuqori malakali kadrlarni xalqaro taʼlim standartlari darajasida tayyorlash Filialning asosiy vazifasi hisoblanadi.

Filial Bosh muassasa tomonidan taʼsis etiladi va kadrlarga boʻlgan talabdan kelib chiqib asosiy bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari (magistratura mutaxassisliklari) boʻyicha mutaxassislar, jumladan, ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlaydi, qayta tayyorlaydi va malakasini oshiradi.

2019/2020 oʻquv yilida Toshkent davlat agrar universiteti Bosh muassasa bilan hamkorlikda “Suv bioresurslari va akvakultura” bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha kunduzgi shaklda toʻlov-kontrakt asosida rus guruhida kadrlar tayyorlashni davom ettiradi.

Filialning taʼlim faoliyati 2020/2021 oʻquv yilidan boshlanadi.

Filialda quyidagi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari (magistratura mutaxassisliklari) boʻyicha kadrlar tayyorlanadi:
👉 Suv bioresurslari va akvakultura;
👉 Ekologiya va tabiatdan foydalanish;
👉 Baliq mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasi;
👉 Baliqchilik xoʻjaligi iqtisodiyoti.

Filial bitiruvchilariga Astraxan davlat texnika universiteti (Rossiya Federatsiyasi)ning belgilangan namunadagi diplomi beriladi va ushbu diplom Oʻzbekistonda oliy taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat sifatida eʼtirof etiladi.

2020-yil 1-avgustgacha Filial malakali professor-oʻqituvchilar tarkibi bilan tanlov asosida toʻldirilishi taʼminlanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Hukumat qarori (603-son, 19.07.2019) bilan Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti huzurida Intelektual dasturiy tizimlar ilmiy-amaliy markazi tashkil etildi

Texnologik jarayonlarni loyihalashtirish, boshqaruv faoliyatini intellektuallashtirish va avtomatlashtirishning ilmiy-texnikaviy masalalari yechimiga yoʻnaltirilgan dasturiy mahsulotlarni yaratish Markazning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

Qaror bilan Oʻzbekiston Milliy universiteti rektorining ilmiy konsultanti lavozimi joriy etiladi.

Ilmiy konsultant Markazga umumiy rahbarlik qiladi va uning faoliyatini muvofiqlashtiradi.

Markaz direktori Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishgan holda universitet rektori tomonidan lavozimiga tayinlanadi va ozod etiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi bakalavr va magistr diplomlarining davlat namunalarini tasdiqlash haqida Hukumat qarori qabul qilindi (607-son, 19.07.2019y.)

Qaror bilan oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi bakalavr va magistr diplomlari va ularning tavsiflari, ushbu diplom ilovalarining davlat namunalari, oliy taʼlim muassasalarida beriladigan akademik maʼlumotnomaning davlat namunasi va tavsifi tasdiqlandi.

Diplom va ilovalarning davlat namunalari 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab joriy etiladi.

Diplomlar va ularning ilovalari hamda akademik maʼlumotnoma blankalarini tayyorlash bilan bogʻliq harajatlar Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga ushbu maqsadlar uchun ajratilgan byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.

Diplomlar va ularning ilovalari hamda akademik maʼlumotnoma blankalari kompyuterda toʻldiriladi va oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilariga topshirish uchun (dublikat berish holatlari bundan mustasno) tekin tarqatiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Hukumat qarori bilan (606-son, 19.07.2019-y.) Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni maqsadli tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

Nizomga koʻra, oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni maqsadli tayyorlash, yaʼni maqsadli doktorantura bir oliy taʼlim yoki ilmiy muassasa uchun yetishmayotgan ilmiy darajali kadrni boshqa muassasada shartnoma asosida tayyorlashni nazarda tutadi.

Maqsadli doktorantura idora ichida, idoralararo hamda davlatlararo shaklda amalga oshiriladi.

Idora ichi va idoralararo maqsadli doktorantura izlanuvchilariga qonunchilikda belgilalangan miqdorda stipendiya toʻlanadi hamda taʼtil beriladi.

Maqsadli doktoranturaga hujjatlar har yili 15-sentyabrdan 15-oktyabrgacha qabul qilinadi.

Doktoranturani muvaffaqiyatli tugatgan shaxs uni oʻqishga yuborgan buyurtmachi tashkilotga kamida uch yil ishlab berishi lozim.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Sud ekspertizalarini oʻtkazish muddatlari ekspertizalarning murakkabligi va xususiyatlarini hisobga olgan holda 30 kun doirasida belgilanadi.

Ekspertizani 30 kunda oʻtkazish mumkin boʻlmaganda muddat oʻtishidan 3 kun oldin ekspertizani tayinlagan organ bilan kelishgan holda qoʻshimcha muddat belgilanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Pensionerlar oʻzlarining pensiya guvohnomasiga asosan kunduzi soat 10:00 dan 16:00 gacha Toshkent metropolitenida bepul harakatlanish huquqiga ega.

Bunda pensionerlar maxsus jeton olish uchun metropoliten kassasi operatoriga pensiya guvohnomasini koʻrsatadi.

Ushbu jeton faqat shaxsan pensionerning oʻziga beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Eslatma
Cho‘milish mavsumida fuqarolarga eslatma

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin