Huquqiy axborot | Lotin
2.84K members
50 photos
8 videos
1 file
841 links
Yangi qonun hujjatlari, huquqiy islohotlar haqida tezkor maʼlumotlar taqdim etuvchi kanal

Savollar, huquqshunos maslahati uchun: www.advice.uz

Qonunchilikka takliflar uchun: @qonunchilikbot
Download Telegram
to view and join the conversation
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxati tasdiqlandi

Hukumat qarori (846-son, 04.10.2019-y.) bilan Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxati tasdiqlandi.

Qarorga muvofiq, respublika boʻyicha jami 8208 ta moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari mavjud boʻlib, shundan 4748 tasi arxeologiya yodgorliklari 2250 tasi arxitektura yodgorliklari, 678 tasi monumental sanʼat yodgorliklari, 532 tasi diqqatga sazovor joylardir.

Qaror bilan madaniyat vaziriga zarurat boʻlganda tegishli buyruq bilan, obyektning nomi, davri va manziliga aniqlik kiritish (tushuntirish berish) huquqi berildi.

Shuningdek, Madaniyat vazirligi asosli zarurat paydo boʻlganida milliy roʻyxatga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida Hukumatga taklif kiritib boradi.

Milliy roʻyxatga kiritilgan obyektlarga tarixiy, badiiy yoki oʻzga madaniy qimmatliligi tufayli garov va ipoteka qoʻllanilishi mumkin emas, xususiy mulk hisoblangan moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari bundan mustasno.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Yoshi 100 dan oshgan daraxtlar xatlovdan oʻtkaziladi

Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bogʻining ayrim tabiiy hududlari va obyektlaridan foydalanishni tartibga solish toʻgʻrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi (853-son, 08.10.2019-y.).

Qarorga muvofiq, “Urungʻoch” koʻli va unga tutash hududlar davlat gidrologik tabiat yodgorligi deb eʼlon qilindi.

Mazkur yodgorlik Burchmullo davlat oʻrmon xoʻjaligining bir qismi hisoblanadi va ushbu xoʻjalik tomonidan yerlari olib qoʻyilmasdan va obyektga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi har qanday faoliyatni taqiqlagan holda boshqariladi.

Qarorga koʻra, “Urungʻoch” tabiiy koʻli va unga tutash hududlarni oʻzgartirishlarsiz saqlash, togʻ ekotizimi oʻsimlik va hayvonot dunyosini qayta tiklash va takror koʻpaytirish “Urungʻoch” davlat gidrologik tabiat yodgorligining asosiy vazifalaridan hisoblanadi.

Ushbu vazifalarni bajarish uchun Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi masʼul organ etib belgilandi.

2020-yil 1-martgacha tabiiy obyektlar va komplekslar, shu jumladan, yoshi 100 va undan oshgan daraxtlar xatlovdan oʻtkaziladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Suv xoʻjaligi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi tashkil etildi

Suv resurslarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Prezident qarori (PQ-4486-son, 09.10.2019-y.) qabul qilindi.

Qarorga koʻra, 2020-yildan boshlab suv yetkazib berish boʻyicha xarajatlarning bir qismini suv isteʼmolchilari tomonidan qoplash mexanizmlari joriy etiladi.

Shuningdek, suv xoʻjaligi obyektlarini qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish xarajatlaridagi byudjet mablagʻlari ulushi bosqichma-bosqich kamaytiriladi.

Shu bilan birga:
👉 suv xoʻjaligi sohasidagi dolzarb yoʻnalishlar boʻyicha kamida 10 ta ilmiy va innovatsion ishlanma amaliyotga joriy etiladi;
👉 suv xoʻjaligi obyektlarida elektr energiyasi isteʼmoli kamida 10 foizga qisqartiriladi;
👉 300 ta suv xoʻjaligi inshooti va gidrouzelda suvni nazorat qilish va uning hisobini yuritish tizimi avtomatlashtiriladi;
👉 shoʻrlangan yer maydonlari ulushi 45 foizgacha kamaytiriladi.

Qarorga koʻra, Suv xoʻjaligi vazirligi huzurida Suv xoʻjaligi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi tashkil etildi.

Agentlik suv xoʻjaligi tizimini takomillashtirishga qaratilgan loyihalarni shakllantirish va ishlab chiqish hamda amalga oshirishga masʼul hisoblanadi.

Shuningdek, qarorga koʻra, suv xoʻjaligi vazirligi idora va tashkilotlari xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga 2019-yil 1-noyabrdan 1,1 va 2020-yil 1-yanvardan 1,2 miqdorda tuzatish koeffitsiyentini qoʻllash hisobiga ularning ish haqi oshiriladi.

2019-yil 1-noyabrdan boshlab suv xoʻjaligi tashkilotlari rahbarlari har chorakda tegishli tuman xalq deputatlari Kengashiga suv resurslarini boshqarish holati toʻgʻrisida hisobot kiritadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida Prezident qarori (PQ–4485-son, 09.10.2019-y.) qabul qilindi.

Qaror bilan Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi-davlatlarining muzey sohasida hamkorligi toʻgʻrisidagi bitim (31.05.2019-y. Ashxabod shahrida imzolangan) tasdiqlandi.

Madaniyat vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish yuzasidan masʼul vakolatli organ etib belgilandi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Ayrim tayyor mahsulotlarning import boji stavkalari koʻtarildi

Qabul qilingan Prezident qaroriga muvofiq, 2020-yil 1-yanvardan boshlab qator tayyor mahsulotlarning import boji stavkalari koʻtariladi.

Shu bilan birga, bojxona boji va aksiz soligʻi boʻyicha imtiyozlar ularning samaradorligi va import qilinadigan tovarlar turini ishlab chiqarish boʻyicha quvvatlarning mavjudligini hisobga olgan holda bekor qilinishi belgilandi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Hukumat qarori (856-son, 09.10.2019-y.) bilan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Apellyatsiya kengashi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, Apellyatsiya kengashi intellektual mulk obyektlarining huquqiy muhofazasi bilan bogʻliq boʻlgan apellyatsiyalarni sudgacha koʻrib chiquvchi kollegial organdir.

Apellyatsiya kengashi rais, uning oʻrinbosari, kengash aʼzolari va kotibdan iborat tarkibda faoliyat yuritadi. Adliya vaziri Apellyatsiya kengashi raisi hisoblanadi.

Kengash tarkibiga Vazirlik va Agentlikning malakali xodimlari, mustaqil olimlar va mutaxassislar kiritiladi. Intellektual mulk agentligi – Apellyatsiya kengashining ishchi organidir.

Kengash majlislari zaruriyatga koʻra rais tomonidan, u boʻlmagan taqdirda esa uning oʻrinbosari tomonidan chaqiriladi.

Apellyatsiya yoki ariza bergan shaxs va ish boʻyicha tomonlar hisoblangan boshqa shaxslar majlis boʻlishidan kamida 10 kun oldin majlis oʻtkaziladigan joy, sana va vaqt toʻgʻrisida yozma ravishda Agentlik tomonidan xabardor qilinadi.

Kengash apellyatsiya yoki arizalarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha arizani qanoatlantirish, qisman qanoatlantirish yoki qanoatlantirishni rad etish haqidagi qarorlardan birini qabul qiladi.

Qaror yuzasidan qaror qabul qilingan sanadan boshlab 6 oy mobaynida sudga shikoyat qilinishi mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Grant mablagʻlarini jalb qilishda qatnashgan xodimlar ragʻbatlantiriladi

Tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlarini jalb etish mexanizmlarini va donorlar bilan ishlashni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining donorlar bilan hamkorligini rivojlantirish va samaradorligini oshirish borasida takliflar ishlab chiqish boʻyicha vakolatli organ etib belgilandi.

Shuningdek, Farmonga koʻra, davlat organlari qiymati 100 ming AQSH dollaridan ortiq boʻlgan grantlarni tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlarini jalb etish va donorlar bilan hamkorlik qilish dasturlariga kiritgan holda jalb etadi.

Farmon bilan, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi Komissiyasining texnik koʻmagini muvofiqlashtirish byurosi (OʻzByuroKES) tugatildi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining markaziy apparati tuzilmasida Tashqi begʻaraz koʻmakni muvofiqlashtirish departamenti tashkil etildi.

Farmonga koʻra, 2019-yil 1-dekabrdan boshlab:
👉 Oʻzbekiston Respublikasiga donorlar delegatsiyalari tashriflarini va ularning rasmiy shaxslar bilan uchrashuvlarini tashkil etish boʻyicha soʻrovlarni Tashqi ishlar vazirligiga oldindan yuborish muddati 30 ish kunidan 15 ish kunigacha qisqartiriladi;
👉 grant oluvchilar tomonidan bank hisobvaraqlaridan koʻchirmalarni, shuningdek, texnik koʻmak mablagʻlari toʻgʻrisida axborot va idoraviy hisobotni Moliya vazirligining Gʻaznachiligiga taqdim etish majburiyati bekor qilinadi;
👉 grant oluvchilar har chorakda olingan va oʻzlashtirilgan grantlar hamda amalga oshirilayotgan tashqi begʻaraz koʻmak loyihalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga taqdim etadi;
👉 davlat organlari rahbarlari grant mablagʻlarini jalb qilishda bevosita qatnashgan hodimlarni mehnatga haq toʻlash minimal miqdorining 15 baravarigacha bir yoʻla mukofotlash tarzidagi ragʻbatlantirishga haqli boʻladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

“Investitsiya vizasi” egalariga 10 yillik yashash guvohnomasi beriladi

Hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi (864-son, 11.10.2019-y.).

Prezidentning 2019-yil 17-yanvardagi PF–5635-son Farmoni bilan xorijiy investitsiya kiritgan shaxslar uchun “investitsiya vizasi” joriy etilgan boʻlib, kiritilgan qoʻshimchalarga muvofiq ushbu vizani berish tartibi va u bilan bogʻliq imtiyozlar belgilandi.

Jumladan, investitsiya vizasi ichki ishlar hududiy organlari tomonidan beriladi va uzaytiriladi.

Vizani olish va uzaytirish uchun xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxona iltimosnomasi, kiritilgan investitsiya toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalardan birini ilova qilgan holda belgilangan shakldagi anketa bilan murojaat qilinadi.

Shuningdek, investitsiya vizasiga ega boʻlgan xorijiy investorlar va ularning oila aʼzolari respublika OTMlarida oʻqish davrida Oʻzbekiston fuqarolari uchun nazarda tutilgan shartlarda stipendiya hamda oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni olishga haqlidirlar.

Kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, 3 mln AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritgan chet el fuqarosiga 10 yil muddatga Oʻzbekistonda yashash guvohnomasi beriladi (ilgari barcha chet el fuqarolari uchun 5 yil muddatga berilgan).

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Madaniy ifodalarning turli xil shakllarini muhofaza qilish va qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi Konvensiyani ratifikatsiya qilish haqidagi Qonun (OʻRQ–570-son, 14.10.2019-y.) Prezident tomonidan imzolandi.

Mazkur Konvensiyaning asosiy maqsadi madaniy oʻzini ifodalashning turli xil shakllarini himoya qilish va ragʻbatlantirish, ushbu sohada xalqaro hamkorlik hamda hamfikrlikni mustahkamlash asosida turli madaniyatlarning erkin hamkorligi uchun shart-sharoitlarni yaratishdan iborat.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasining Biologik xilma-xillik haqidagi Kovensiyaning bioxavfsizlik boʻyicha Kartaxena protokoliga qoʻshilishi toʻgʻrisidagi Qonun (OʻRQ–569-son, 14.10.2019-y.) Prezident tomonidan imzolandi.

Ushbu Protokol 2000-yil 29-yanvarda Monreal shahrida qabul qilingan boʻlib, hozirgi vaqtga qadar Protokolga 171 ta davlat hamda xalqaro tashkilot sifatida Yevropa Ittifoqi (YEI) qoʻshilgan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Un ishlab chiqarishga moʻljallanmagan bugʻdoy faqat birja orqali sotiladi

Don, un va non yetkazib berish tizimiga bozor mexanizmlarini toʻliq joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Hukumat qarori (866-son, 14.10.2019-y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2019-yil 15-oktyabrdan:
👉 2019-yil hosilidan tayyorlangan va un ishlab chiqarishga moʻljallangan bugʻdoydan boshqa gʻalla isteʼmolchilarning barcha toifalariga faqat birja orqali sotiladi;
👉 davlat xaridlari doirasida sotib olingan bugʻdoyni qayta ishlashdan olingan un barcha isteʼmolchilarga 100 foiz toʻlovni oldindan amalga oshirish orqali ochiq birja savdolarida sotiladi;
👉 2019-yil hosilidan tayyorlangan bugʻdoyning 1 tonnasi un ishlab chiqarishga 1300 ming soʻmdan ulgurji narxda sotiladi.

2019-yil 1-oktyabrdan boshlab un va qolipli non xarid qilish boʻyicha qoʻshimcha xarajatlarni qoplash uchun aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan ayrim toifalariga beriladigan har oylik pul kompensatsiyasi oshirilib, 50 000 soʻm miqdorida belgilandi.

Shuningdek, 2019-yil 1-oktyabrdan boshlab kompensatsiya oladigan aholi toifalariga quyidagilar ham qoʻshildi:
👉 14 yoshgacha boʻlgan bolalari uchun nafaqa oluvchi oilalar;
👉 belgilangan eng kam miqdorda yoshga doir pensiya oluvchilar.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Oʻzbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi taʼsis etildi

“Oʻzbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatining faoliyatni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Hukumat qarori (868-son, 14.10.2019-y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, boshlangʻich ustav kapitali miqdori 25,0 mlrd soʻm boʻlgan AJ shaklidagi qayta moliyalashtirish kredit tashkiloti – Oʻzbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi taʼsis etildi.

Moliya vazirligi kompaniya ustav kapitalida davlat nomidan aksiyador sifatida ishtirok etadi.

Kompaniyaning asosiy vazifalaridan biri aholining arzon uy-joylarga ortib borayotgan ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun tijorat banklariga moliyaviy resurslar taqdim etishdan iborat.

Qarorga koʻra, kompaniya emissiya qimmatli qogʻozlarni chiqarishni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va qimmatli qogʻozlarni chiqarish bilan bogʻliq hujjatlarni koʻrib chiqish uchun yigʻimlar toʻlashdan ozod etildi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Surxondaryoning yana 2 ta tumani kompleks rivojlantiriladi

Hukumatning tegishli qarorlari (871, 872-son, 15.10.2019-y.) bilan Surxondaryo viloyatining Qumqoʻrgʻon va Shoʻrchi tumanlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari dasturlari maʼqullandi.

Dasturlarga koʻra, 215 ta investitsiya loyihalarini amalga oshirish va 5202 ta yangi ish oʻrni yaratish nazarda tutilgan.

Shuningdek, sanoat, xizmat koʻrsatish, qishloq xoʻjaligi, ijtimoiy infratuzilma va boshqa sohalarni rivojlantirish uchun jami 1563 ta loyihani bajarish belgilangan.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Yuridik kollejlar rekonstruksiya qilinadi

Adliya vazirligining yuridik kollejlari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida Hukumat qarori (873-son, 15.10.2019-y.) qabul qilindi.

Qaror bilan yuridik kollejlarni rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash va jihozlash parametrlari tasdiqlandi.

Qarorga koʻra, obyektlarda qurilish va montaj ishlari “foydalanishga tayyor holda topshirish” shartlarida ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Shuningdek, qarorga muvofiq, martaba darajalariga ega boʻlgan yuridik kollejlari xodimlariga ustamalar va martaba darajalari uchun qoʻshimchalar Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi va byudjetdan tashqari boshqa mablagʻlari hisobidan toʻlanadi.

2025-yil 1-yanvarga qadar mazkur qaror doirasida belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxat boʻyicha olib kiriladigan Oʻzbekistonda ishlab chiqarilmaydigan uskunalar va qurilish materiallari bojxona toʻlovlaridan (QQS va bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod qilinadi.

Shuningdek, yuridik kollejlarda zamonaviy AKTni yanada keng joriy qilish maqsadida “Elektron yuridik kollej” elektron platformasi ishlab chiqiladi, elektron hujjat aylanish tizimi yaratiladi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Davlat metsenatlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlaydi

Oʻzbekiston Respublikasining “Metsenatlik toʻgʻrisida”gi
Qonuni Prezident tomonidan imzolandi (OʻRQ–571-son, 16.10.2019-y.).

Qonunga muvofiq, metsenatlik madaniyat va sanʼat, ilm-fan, taʼlim, maʼrifat hamda ushbu sohalarni rivojlantirish bilan bogʻliq boshqa faoliyat sohasida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan homiylik faoliyatidir.

Jismoniy va yuridik shaxslar metsenatlik faoliyatini ixtiyoriylik hamda bu faoliyatning maqsadlarini erkin tanlash asosida moneliksiz amalga oshirishga haqlidir.

Metsenatlik faoliyati metsenat va metsenatlik koʻmagini oluvchi oʻrtasida tuziladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi.

Shuningdek, Qonunga koʻra davlat metsenatlarga soliq va boshqa majburiy toʻlovlar hamda tariflar boʻyicha imtiyozlar va preferensiyalar berish kabilar orqali ushbu faoliyatni qoʻllab-quvvatlaydi.

Metsenatlik koʻmagi davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishi mumkin emas.

Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

AES uchun mutaxassislar tayyorlash boʻyicha strategiya tasdiqlandi

Prezident qarori (PQ–4492-son, 16.10.2019-y.) bilan Yadro-energetika dasturi uchun kadrlar salohiyatini rivojlantirish strategiyasi tasdiqlandi.

Strategiyaga muvofiq, yadro-energetika dasturi uchun kadrlar tayyorlashga davlat buyurtmasi shakllantiriladi.

Buning uchun ushbu kadrlarga boʻlgan ehtiyoj aniqlanadi, ularni tayyorlash va qayta tayyorlash uchun mutaxassisliklar roʻyxati belgilanadi.

Maʼlumot uchun, Prezident Farmoniga asosan, Oʻzbekiston Milliy universiteti, Samarqand davlat universitetida atom energetikasi sohasida mutaxassislar tayyorlash uchun yangi magistartura mutaxassisliklari ochildi, Toshkent davlat texnika universitetida “Energetika (atom energetikasi)” mutaxassisligi boʻyicha talabalarni oʻqitish tashkil etildi.

Strategiyaga koʻra, AESni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot xodimlari 4 ta bosqichda quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha tayyorlanadi:

👉 oliy rahbar xodimlar;
👉 ekspluatatsiya (operativ va taʼmirlash) xodimlari;
👉 yordamchi texnik xodimlar;
👉 maʼmuriy-boshqaruv xodimlari.

Shu bilan birga, “MMFI milliy tadqiqot yadro universiteti”ning Toshkent filialida bakalavr yoʻnalishlari kengaytiriladi, magistratura ochiladi.

Shuningdek, mazkur filial xodimlari Atom energetikasini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan moddiy ragʻbatlantiriladi.

Strategiya maqsadlarida Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE), Jahon yadro uyushmasi huzuridagi Jahon yadro universiteti (Buyuk Britaniya), shuningdek, “Rosatom” taʼlim muassasalari (Rossiya Federatsiyasi) bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyiladi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
“Sergeli Industrial Park” kichik sanoat zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Hukumat qarori (878-son, 16.10.2019-y.) qabul qilindi

Qarorga muvofiq, “Sergeli Industrial Park” kichik sanoat zonasi hududida DUK shaklida alohida Direksiya tashkil etish orqali boshqaruvning maxsus tartibi joriy qilindi.

Direksiyaga bir qator vazifalar yuklandi. Xususan, Direksiya buyurtmachi funksiyasini bajaradi, yetakchi mahalliy va xorijiy tashkilotlarni jalb qilgan holda kichik sanoat zonasining bosh rejasi ishlab chiqilishini tashkil etadi.

Direksiya investorlar tomonidan zimmasiga olingan majburiyatlarni zarur tarzda bajarilishini nazorat qilish huquqiga ega boʻladi.

Qarorga koʻra, kichik sanoat zonasi hududida joylashtirish uchun investitsiya loyihalarini tanlash Maʼmuriy kengash tomonidan amalga oshiriladi.

Qaror bilan Maʼmuriy kengashga kichik sanoat zonasi ishtirokchilariga doimiy foydalanish uchun yer uchastkalari berish toʻgʻrisida qaror qabul qilish va ushbu yer uchastkasining har bir gektari uchun toʻlov miqdorini belgilash huquqi berildi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi (876-son, 16.10.2019-y.)

Prezidentning tegishli Farmoniga asosan ilgari foydalanishda boʻlgan avtomobillarni topshirib, qiymati orasidagi farqni toʻlash orqali yangisini xarid qilish imkonini beruvchi “TRADE-IN” dasturi 2019-yil 1-oktyabrdan tatbiq etila boshladi.

Shunga koʻra, hukumatning qator qarorlariga “TRADE-IN” tushunchasi, ushbu dasturni qoʻllash tartibi va shartlarini nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritildi.

Xususan, avtomobillar fuqarolar va yuridik shaxslar tomonidan rasmiy dilerlik korxonalariga “TRADE-IN” dasturi boʻyicha sotilganda bitimning notarial tasdiqlanishi talab etilmaydi.

Shuningdek, rasmiy diler mazkur dastur boʻyicha ilgari foydalanishda boʻlgan avtomobilni sotib olganda, vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish uchun hududiy DYHXX organlariga taqdim etilishi lozim boʻlgan hujjatlar belgilab berildi.

Bunda, avtomobilni vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazishda DYHXX organlari tomonidan tegishli maʼlumotnoma beriladi, ushbu maʼlumotnoma avtomobilni boshqarish huquqini bermaydi, shuningdek vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun yigʻim undirilmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Tarbiyasi ogʻir voyaga yetmaganlar muassasalari tarbiyalanuvchilarini oziq-ovqat, kiyim-kechak boshqa buyumlar bilan taʼminlash meʼyorlari tasdiqlandi

Respublika oʻquv-tarbiya muassasalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Hukumat qarori (880-son, 17.10.2019-y.) qabul qilindi.

Qaror bilan Respublika oʻquv-tarbiya muassasalari toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, alohida sharoitda tarbiyalash va taʼlim berishga muhtoj boʻlgan bolalar uchun oʻgʻil bolalar va qiz bolalar oʻquv-tarbiya muassasalarining maqomi, vazifalari va faoliyatini tashkil etish tartibi belgilandi.

Ushbu muassasalarning asosiy vazifalaridan biri tarbiyalanuvchilarni davlat taʼlim standartlari asosida majburiy umumiy oʻrta taʼlim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratishdan iborat.

Muassasalarga 14 – 18 yoshdagi tarbiyasi ogʻir voyaga yetmaganlar sud qarori asosida joylashtiriladi.

Tarbiyalanuvchilar muassasalarda axloqan tuzalgunlariga qadar, lekin 3 yildan ortiq boʻlmagan muddatda boʻladilar.

Qaror bilan, shuningdek, ushbu muassasalar tarbiyalanuvchilarini oziq-ovqat, kiyim-kechak, poyabzal va boshqa buyumlar bilan taʼminlash meʼyorlari tasdiqlandi.

Maʼlumot uchun, Respublika oʻgʻil bolalar oʻquv-tarbiya muassasasi hamda Respublika qiz bolalar oʻquv-tarbiya muassasasi Prezidentning 2019-yil 29-may PQ-4342-son qarori bilan tegishli maktab-internatlar negizida tashkil etilgan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi (roʻyxat raqami 3029-3, 17.10.2019-y.)

Kiritilgan oʻzgartirishlarga muvofiq, endilikda valyuta ayirboshlash shoxobchalari tomonidan rezident jismoniy shaxslarga ekvivalenti 100 AQSH dollari va ungacha boʻlgan miqdordagi naqd chet el valyutasini sotishda ulardan pasport talab etilmaydi.

Hozirga qadar miqdoridan qatʼi nazar naqd chet el valyutasini sotishda pasport talab qilingan.

Maʼlumot uchun, rezident bu - Oʻzbekistonda davlat roʻyxatidan oʻtgan yuridik shaxs hamda Oʻzbekistonda doimiy yashab turgan yoki joriy soliq davrida yakunlanayotgan har qanday ketma-ketlikdagi 12 oylik davr ichida jami 183 kun va undan ortiq muddat Oʻzbekistonda turgan jismoniy shaxs.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin