Huquqiy axborot | Lotin
6.24K subscribers
3.57K photos
177 videos
2 files
7.67K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Download Telegram
#Bilasizmi
Intizomiy jazoning amal qilish muddati jazo qoʻllanilgan kundan boshlab bir yildan oshib ketishi mumkin emas. Agar xodim shu muddat ichida yana intizomiy jazoga tortilmasa, u intizomiy jazo olmagan deb hisoblanadi.

Intizomiy jazoni qoʻllagan ish beruvchi oʻz tashabbusi bilan, xodimning iltimosiga binoan, mehnat jamoasi yoki xodimning bevosita rahbari iltimosnomasiga koʻra jazoni bir yil oʻtmasdan oldin ham olib tashlashga haqli.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Axborot undan hamma erkin foydalanishi mumkinligi taʼminlangan va haqqoniy boʻlishi kerak. Axborotni buzib talqin etish va soxtalashtirish taqiqlanadi.

Ommaviy axborot vositalari oʻzlari tarqatayotgan axborotning haqqoniyligi uchun axborot manbai va muallifi bilan birgalikda qonunda belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Ichki ishlar organi xodimi fuqaroga murojaat etganida quyidagilarga majbur:

👉 oʻz lavozimini, unvonini, familiyasini, ismini, otasining ismini aytishi, fuqaroning talabiga koʻra xizmat guvohnomasini koʻrsatishi, shundan soʻng murojaat qilishining sababi va maqsadini maʼlum qilishi;

👉 fuqaroga nisbatan uning huquq va erkinliklarini cheklovchi choralar qoʻllanilgan taqdirda, bunday choralar qoʻllanilishining sababini hamda asoslarini, shuningdek fuqaroning shu munosabat bilan yuzaga keladigan huquqlari va majburiyatlarini unga tushuntirishi shart.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Quyidagi shaxslar protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiya texnik vositalari va kreslo-aravachalar bilan bepul taʼminlanish huquqiga ega:

👉 pensiya yoshidagi muhtoj shaxslar;

👉 16 yoshgacha boʻlgan nogironligi boʻlgan bolalar;

👉 16 yoshdagi va undan katta yoshdagi nogironligi boʻlgan shaxslar.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huququiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Yoʻl harakati qatnashchilari yoʻl-patrul xizmati xodimi bilan oʻzaro munosabatini oʻziga tegishli audio, foto va video qurilmaga qayd qilish huquqiga ega.

Yoʻl-patrul xizmati xodimining foto va video tasvirga olish taqiqlangan belgi mavjud hududlarda xizmat olib borish holatlari bundan mustasno.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Alkogol va tamaki mahsulotlari sotish joylarida ularni 20 yoshga toʻlmagan shaxslarga sotishga yoʻl qoʻyilmasligi, shuningdek alkogol va tamaki mahsulotlarining inson sogʻligʻiga salbiy taʼsiri toʻgʻrisidagi ogohlantiruvchi yozuv joylashtirilgan boʻlishi kerak.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Tayinlov
Hukumat farmoyishiga asosan quyidagilar Bosh vazirning Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalarining hududiy boʻlinmalari mudiri vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi:

👉 Aytmuratov Rinat Baxыtovich – Qoraqalpogʻiston Respublikasi;
👉 Arabboyev Asrorbek Turgunovich – Andijon viloyati;
👉 Rahmatov Rahmatullo Djumayevich – Buxoro viloyati;
👉 Gʻozibekov Abduboqi Qirqyigitovich – Jizzax viloyati;
👉 Eshnazarov Murodulla Narqabilovich – Qashqadaryo viloyati;
👉 Shakarov Dilshod Esanovich – Navoiy viloyati;
👉 Madraximov Farxod Zokirjanovich – Namangan viloyati;
👉 Turabov Akmal Shodiyevich – Samarqand viloyati;
👉 Rasulov Umidjon Mamatqulovich – Sirdaryo viloyati;
👉 Raxmonov Abdimoʻmin Qodirovich – Surxondaryo viloyati;
👉 Abilov Qaxramon Qobiljanovich – Toshkent viloyati;
👉 Turgunov Ibroxim Qayumovich – Fargʻona viloyati;
👉 Navruzov Anvarbek Kuralbayevich – Xorazm viloyati;
👉 Yaminov Otabek Sabitovich –Toshkent shahri.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Aholi punktlarini obodonlashtirish sohasida ishlar samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi Prezident qarori qabul qilindi (PQ–4351, 04.06.2019-y.)

Qarorga muvofiq Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi obodonlashtirish sohasidagi muammolarni oʻrganish va metodologik taʼminlashga masʼul organ etib belgilandi.

Qaror bilan 2019–2020-yillarda obodonlashtirish sohasida ishlar samaradorligini yanada oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” tasdiqlandi. “Yoʻl xaritasi” doirasida “Odamlar uchun shahar”, “Yashil shahar”, “Shahar bogʻ” modellari qoʻllanilib hududlar obodonlashtiriladi.

2020-yil 1-yanvardan obodonlashtirish xodimlariga bir qator ustamalar toʻlanadi. Jumladan, obodonlashtirish boʻlinmalari xodimlariga ovqatlanish uchun eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida kompensatsiya belgilanadi.

Qarorga muvofiq, “Obod hudud” axborot tizimi ishga tushiriladi.

2020-yil 1-yanvardan shahar koʻchalarini qurish va taʼmirlashda unga tutash hududlar ham majburiy obodonlashtiriladi.

Toshkent shahrida eksperiment tariqasida jarayonlarni boshqarish va avtomatlashtirishning zamonaviy tizimlari joriy etiladi.

2019-yil 1-oktyabrdan yuridik va jismoniy shaxslar oʻziga biriktirilgan hududni obodonlashtirish uchun masʼul hisoblanadi.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Hukumat qarori bilan (462-son, 6-iyun 2019-yil) 2019-yil uchun “Boʻstonliq kartoshkachilik markazi” MCHJ tomonidan yetkazib beriladigan hamda chetdan keltiriladigan urugʻlik kartoshka hajmlari tasdiqlandi.

Qaror bilan shuningdek:

👉 “Agrobank” ATBga 2019-yil hosili uchun kartoshka ekadigan qishloq xoʻjaligi korxonalariga yillik 10 % stavkada kreditlar ajratish tavsiya etildi;

👉 qarorda belgilangan maqsadda fermer xoʻjaliklariga ajratilgan kreditlar boʻyicha foiz stavkasining 50 foizi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanishi belgilandi;

👉 “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJga tadbirlarga jalb etilgan xoʻjalik subyektlariga imtiyozli (50%) tariflarda temir yoʻl xizmatlari koʻrsatish chorasini koʻrish topshirildi.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Hukumat qarori (459-son, 04.06.2019-y.) bilan Davlat bojxona xizmati organlarining xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida tan jarohati olgan xodimlarga, shuningdek, xalok boʻlgan xodimlari oilalariga bir martalik nafaqa tayinlash tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, xizmat majburiyatlarini bajarayotgan vaqtda xalok boʻlgan bojxona organlari xodimlari va Bojxona institutida tahsil olayotgan kursant va tinglovchilarning oila aʼzolariga marhumning oylik maoshining 50 baravarigacha boʻlgan miqdorda nafaqa tayinlanadi.

Bundan tashqari, xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida ogʻir tan jarohati olganda, oylik maoshining 25 baravarigacha, oʻrtacha ogʻir tan jarohati olganda esa oylik maoshining 10 baravarigacha boʻlgan miqdorda nafaqa tayinlanadi.

Yengil tan jarohati olgan xodimga nafaqa tayinlanmaydi.

Xodim xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida tan jarohati olganda dalolatnoma tuziladi.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Hukumat qarori (468-son, 07.06.2019-y.) bilan Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.

Unga muvofiq, abituriyentlar taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadigan oliy taʼlim muassasalariga Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali hujjat topshirishi mumkin va ushbu oliy oʻquv yurtlari roʻyxati haqida 5 kunlik muddatda taklif Davlat komissiyasiga kiritilishi lozim.

Davlat xizmatlari markazlari tomonidan hujjatlar 15-iyundan 15-iyulgacha abituriyentlarning doimiy roʻyxatda turgan joyidan qatʼiy nazar qabul qilinadi.

Boshqa oliy oʻquv yurtlariga hujjatlar oliy taʼlim muassasalari qabul komissiyalari tomonidan 15-iyundan 15-iyulgacha qabul qilinadi.

📍
Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Hukumat qarori bilan tasdiqlangan reglamentga muvofiq, abituriyentlar Davlat xizmatlari markazlar orqali hujjat topshirganda soʻrovnoma toʻldiriladi.

Quyidagi hujjatlarning asl nusxasi taqdim etiladi: ⬇️
👉 pasport (pasport yoshiga yetmaganlar tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma);
👉 maktabni, kollejni yoki litseyni tugatganlik toʻgʻrisidagi hujjat (ilovasi bilan);
👉 imtiyozga ega boʻlganlar imtiyozni tasdiqlovchi hujjat.

Abituriyent bir vaqtda, oʻqitishning bir shakli doirasida 3 tagacha oliy taʼlim muassasasini tanlashi mumkin.

Davlat xizmatini koʻrsatish uchun joriy yil bitiruvchilaridan va nogironligi boʻlgan yoki toʻliq davlat taʼminotidagi shaxslardan toʻlov undirilmaydi.

Test sinovlari oʻtkazilayotgan yildan avvalgi yillarda taʼlim muassasasini tugatgan abituriyentlardan eng kam oylik ish haqining 50 foizi (101 ming 365 soʻm) miqdorida toʻlov undiriladi.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Hukumat qarori (467-son, 07.06.2019-y.) bilan Oliy taʼlim muassasalari reytingini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

Nizomga muvofiq, oliy taʼlim muassasalari reytingi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan aniqlanadi.

Reytingni aniqlash uchun maʼlumotlar 1-fevralgacha vazirlik va idoralar tomonidan taqdim qilinadi.

Inspeksiya har yili may-iyun oylarida quyidagilarni oʻtkazadi:
👉 professor-oʻqituvchilarning xorijiy til va axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid bilimlarini aniqlash uchun test;
👉 talabalarning mutaxassislik fanlariga oid bilimini aniqlash uchun nazorat ishlari va taʼlim sifatini oʻrganish boʻyicha soʻrovnoma.

Reyting natijalari har yili keyingi oʻquv yili boshlanishidan kechikmay Inspeksiyaning saytida eʼlon qilinadi.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
“Business city” zamonaviy ishbilarmonlik markazlari hududida joylashtirish uchun investorlarning eng yaxshi investitsiya takliflarini tanlash va ularga yer uchastkalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

Nizomga muvofiq, hududiy hokimliklar tuman va shaharlarda “Business city” markazlarini tashkil etish taklifini Hukumatga kiritadi.

Hukumatning tegishli kotibiyati 10 kunda manfaatdor organlar bilan taklifni oʻrganib chiqadi va Bosh vazirga axborot kiritadi.

Hukumatning ijobiy xulosasi asosida hududiy hokimliklar 3 kunda “Business city” markazlarini qurish va ulardan foydalanish direksiyasini tashkil qiladi.

Direksiya “Business city” markazlarida investorlarning eng yaxshi takliflarini joylashtirish uchun tanlov eʼlon qiladi.

Takliflari qabul qilingan investorlar bilan bitim tuziladi va loyiha amalga oshiriladi.

Hujjat haqidagi toʻliq maʼlumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Prezident qarori (PQ–4352, 07.06.2019-y.) bilan Toshkent shahrida “D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti” Federal davlat byudjeti oliy taʼlim muassasasi filiali tashkil etildi

Filial faoliyatining asosiy yoʻnalishi malakali muhandis-texnik kadrlarni xalqaro taʼlim standartlariga muvofiq tayyorlash hisoblanadi.

Filial oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi hamda qabul 2019/2020 oʻquv yilidan boshlanadi.

Filialda 4 ta bakalavriat yoʻnalishi va 2 ta magistratura yoʻnalishi boʻyicha kadrlar tayyorlanadi.

Davlat granti asosida taʼlim olgan Filial bitiruvchilari respublika tashkilotlariga besh yildan kam boʻlmagan muddatga majburiy ishlab berish sharti bilan ishga taqsimlanadi.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Olis hududlarda joylashgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarning mehnatini yanada ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi (471-son, 07.06.2019-y.)

Qarorga muvofiq, boshqa hududlardan kelib maktablarda dars berayotgan xodimlarga quyidagi miqdorlarda ustama belgilandi:
👉 maktabda ishlagan davri 6 oydan 3 yilgacha – 10 foiz;
👉 3 yildan 5 yilgacha – 20 foiz;
👉 5 yildan 10 yilgacha – 30 foiz;
👉 10 yildan 15 yilgacha – 40 foiz;
👉 15 yildan ortiq – 50 foiz.

Quyidagi havolada ko‘rsatilgan jadvallarda ustama belgilanadigan hududlar roʻyxati keltirilgan: https://bit.ly/2XBH5hM

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Avtomobil transportida yuklarni xalqaro tashishni yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi Prezident qarori qabul qilindi

Qarorga muvofiq, Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi hisobidan avtomobilda yuklarni xalqaro tashiydigan tadbirkorlar katta yuk avtotransport vositalari, tirkamalar va yarim tirkamalarni sotib olishda qoʻllab-quvvatlanadi.

Unga muvofiq:
👉 kreditlar boʻyicha foiz xarajatlari qoplanadi:
👉 milliy valyutadagi kreditlar boʻyicha – banklar stavkasining 25 foizi, biroq 5 foizli punktdan koʻp boʻlmagan miqdorda;
👉 xorijiy valyutadagi kreditlar boʻyicha – banklar stavkasining 40 foizi, biroq 3 foizli punktdan koʻp boʻlmagan miqdorda;
👉 kredit summasining 50 foizigacha, biroq 2 milliard soʻmdan koʻp boʻlmagan miqdorda kafillik beriladi.

Ishlab chiqarilganiga 4 yildan koʻp boʻlmagan katta yuk avtotransport vositalari, ishlab chiqarilganiga 6 yildan koʻp boʻlmagan tirkamalar va yarim tirkamalar banklar tomonidan ularni kreditga sotib olishda tomonlarning roziligi bilan garov sifatida qabul qilinishi mumkin.

Bitta transport hisobiga yuk tashish boʻyicha xizmatlar eksportidan bir yilda 20 ming AQSH dollaridan ortiq tushum olgan milliy tashuvchilarga avtomobilda tashishga aniq bir davlatning 2 ta ruxsatnomasi beriladi.

Qaror bilan “JV MAN – Auto Uzbekistan” va “UzAuto Trailer” tomonidan ishlab chiqarilgan yangi mahsulotlar ikki yilgacha muddat bilan toʻlovni foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlash shartlarida sotish belgilandi.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Kongress-koʻrgazma tadbirlarini davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo darajalarda tashkil etish va oʻtkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Prezident qarori qabul qilindi (PQ–4355, 07.06.2019-y.)

Qaror bilan, “Delta city” xalqaro yuqori texnologiyali innovatsion markazi huzurida yangi obyektlarni qurish va ulardan foydalanish direksiyasi” DUK negizida “InterForum” DUK tashkil etildi.

“InterForum” keyinchalik Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga oʻtkaziladi va uning taʼsischiligida mehmonxona xizmatini koʻrsatuvchi “InterHotel” MCHJ tashkil etiladi.

“InterForum”ning asosiy vazifasi xalqaro kongress-koʻrgazma tadbirlarni oʻtkazish hisoblanadi.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Eʼlon
Notarius lavozimlariga tanlovni onlayn ravishda kuzatib boring

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi tomonidan 2019-yilning 10-iyun kuni soat 10:00 da vakant notarius lavozimlariga tanlov oʻtkaziladi.

Tanlov jarayonlarini Adliya vazirligining rasmiy veb-sayti www.minjust.uz va feysbuk ijtimoiy tarmogʻidagi “Adliya bilan muloqot” sahifalari orqali bevosita kuzatib borishingiz mumkin.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi yangiliklar
Hukumat qarori bilan (472-son, 2019-yil 7-iyun) Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi huzuridagi Yoshlarga ijtimoiy-psixologik yordam koʻrsatish markazi Yoshlarga ijtimoiy-psixologik xizmat koʻrsatish respublika markazi etib qayta tashkil etildi.

Taʼlimning barcha bosqichlarida psixologik xizmat koʻrsatuvchi tuzilmalar uchun muloqot maydoni sifatida faoliyat yuritish Markaz faoliyatning asosiy yoʻnalishi etib belgilandi.

Qaror bilan shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida psixologik xizmat koʻrsatishni yanada takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi hamda tegishli tashkilot va idoralarga:

👉 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab psixologiya taʼlim yoʻnalishi boʻyicha talabalarni davlat granti asosida maqsadli qabul qilish;

👉 magistratura bosqichida psixologiya boʻyicha mutaxassisliklar kvotalarini keskin oshirish choralarini koʻrish kabi vazifalar yuklatildi.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin