Huquqiy axborot | Lotin
2.84K members
51 photos
8 videos
1 file
844 links
Yangi qonun hujjatlari, huquqiy islohotlar haqida tezkor maʼlumotlar taqdim etuvchi kanal

Savollar, huquqshunos maslahati uchun: www.advice.uz

Qonunchilikka takliflar uchun: @qonunchilikbot
Download Telegram
to view and join the conversation
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Tadbirkorlik subyektlarini tugatish tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Prezident Farmoni qabul qilindi (PF-5739, 07.06.2019-y.)

Farmonga muvofiq, 2020-yil 1-yanvardan:
👉 moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan yoki ustav jamgʻarmalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish boʻyicha doimiy ishlovchi maxsus hududiy komissiyalar tugatildi;
👉 davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan bir yilda ustav fondi shakllantirilmaganligi uchun tadbirkorlarni tugatish tartibi bekor qilindi;
👉 tadbirkorlarni tugatish jarayonidagi ortiqcha hujjatlar qisqartiriladi.

Bundan tashqari, 2020-yil 1-yanvardan boshlab:

tadbirkorlik subyektlari
– yuridik shaxslarni ixtiyoriy tugatishda:

👉 davriy bosma nashrlarda korxonaning tugatilishi toʻgʻrisida eʼlonlar berish talab etilmaydi;
👉 davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan vaqtdan moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmagan hamda soliq qarzi mavjud boʻlmagan korxonalarning moliya-xoʻjalik faoliyati tekshirilmaydi;
👉 tugatiladigan korxonaning moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirishning eng uzoq davriyligi uch yilni tashkil etadi;
👉 tekshirish uchun korxona toʻgʻrisidagi mavjud maʼlumotlarni olish Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimi orqali amalga oshiriladi;
👉 korxonani ixtiyoriy tugatishning umumiy muddati 6 oydan oshmasligi kerak (amaldagi qonunchilikka muvofiq bu muddat 9 oy);

tadbirkorlik subyektlari – jismoniy shaxslar faoliyatini toʻxtatishda ariza beruvchidan toʻlovlardan qarzi yoʻqligi toʻgʻrisidagi xulosasini olish talab etilmaydi.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlganda unga daxldor haydovchilar quyidagilarni bajarishlari shart:

👉 transportni toʻxtatishi, avariya ishoralarini yoqishi va avariya sababli toʻxtash belgisini oʻrnatishi, transportni va hodisaga daxldor buyumlarni joyidan qoʻzgʻatmasligi;

👉 shikastlanganlarga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish choralarini koʻrishi;

👉 tez tibbiy yordam va favqulodda qutqaruv xizmatlarini chaqirishi;

👉 shoshilinch hollarda shikastlanganlarni yaqindagi shifoxonaga boshqa transportda joʻnatishi, buning imkoni boʻlmaganda oʻz transportida olib borish va hodisa roʻy bergan joyga qaytib kelishi;

👉 boshqa transportlarning harakatiga toʻsqinlik qilsa qatnov qismini boʻshatishi;

👉 hodisa haqida ichki ishlar organlariga xabar berishi, guvohlarning ism-sharifini va yashash manzilini yozib olib, ichki ishlar xodimlarining kelishini kutishi.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
I va II guruh nogironlari va yolgʻiz pensionerlar yer soligʻidan ozod qilinadi.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Bolalarning tugʻilishini qayd etish majburiy boʻlib, bolalar tugʻilgan joydagi yoki ota-onadan birining doimiy yashash joyidagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organida bir oy muddat ichida amalga oshirilishi lozim.

Bolaning tugʻilishi uning tugʻilganligi haqidagi tibbiy maʼlumotnoma, ota-onaning oilaviy holati va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar asosida qayd etiladi.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) isteʼmolchiga oʻzi sotayotgan tovar (ish, xizmat) lar haqida oʻz vaqtida zarur, toʻgʻri va tushunarli maʼlumot berishi shart.

Tovar (ish, xizmat) haqidagi maʼlumotda quyidagilar koʻrsatilishi shart: ⬇️
👉 tovar (ish, xizmat) majburiy talablariga muvofiq kelishi shart boʻlgan normativ hujjatning nomi;
👉 tovar (ish, xizmat)ning asosiy isteʼmol xususiyatlari, shu jumladan, oʻziga xos xususiyatlari roʻyxati;
👉 bahosi (tarifi) va sotib olish shartlari;
👉 ayrim turdagi tovarlarning ishlab chiqarilgan sanasi;
👉 ishlab chiqaruvchi (ijrochi)ning kafillik majburiyatlari;
👉 tovardan samarali va xavfsiz foydalanish qoidalari hamda shartlari;
👉 tovarning xizmat (yaroqlilik) muddati va ushbu muddat tugaganidan keyin isteʼmolchi nima ishlar qilishi zarurligi;
👉 ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi)ning nomi va mulkchilik shakli, roʻyxatga olish va litsenziya guvohnomasining nomeri;
👉 ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi)ning hamda ular isteʼmolchidan daʼvo qabul qilishga vakolat bergan korxonalarning manzillari;
👉 tovarlarni saqlash, xavfsiz utilizatsiya qilish usullari hamda qoidalari;
👉 teatr-konsert tadbirlari oʻtkazilayotganda fonogrammadan foydalanish toʻgʻrisidagi axborot.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Fuqarolarning oliy taʼlim muassasalarida, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar institutida, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutida, tayanch doktoranturada, doktoranturada va klinik ordinaturada kunduzgi oʻqish davri, shu jumladan chet elda oʻqish davri pensiya tayinlashda ish stajiga qoʻshib hisoblanadi.

Mazkur davrlar fuqarolarning umumiy ish staji kamida 7 yil boʻlgan taqdirda ish stajiga qoʻshiladi.

Nogiron boʻlib qolgan shaxslar stajiga esa ushbu davrlar ish staji muddatidan qatʼi nazar qoʻshiladi.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Hukumatning ayrim qarorlariga oliy taʼlim muassasalarining taʼlim berish jarayoniga noyob isteʼdodli va mahoratli mutaxassislarni jalb etishga doir oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi (473-son, 08.06.2019-y.)

Amaldagi qonunchilikka muvofiq, oliy taʼlim muassasalarining pedagog xodimlari uchun tanlovlarda tegishli mutaxassisliklar boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslar (magistr, diplomli mutaxassis) qatnashishi mumkin.

Kiritilgan qoʻshimchalarga muvofiq, oliy taʼlim muassasalaridagi pedagog xodimlar lavozimi uchun tanlovlarda, istisno tariqasida tasviriy va amaliy sanʼat sohasida oliy maʼlumotga ega boʻlmagan, biroq “Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi”, “Oʻzbekiston Respublikasi xalq rassomi”, “Oʻzbekiston Respublikasi xalq ustasi” faxriy unvonlariga ega shaxslar hamda Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi akademiklari qatnashishi mumkinligi belgilandi.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Oʻqituvchilar tibbiy koʻrikdan oʻtish uchun pul toʻlaydilarmi?

Mehnat kodeksiga muvofiq, ish beruvchi mehnat shartnomasi tuzish chogʻida dastlabki tarzda va keyinchalik vaqti-vaqti bilan umumtaʼlim maktablari, maktabgacha tarbiya va boshqa muassasalarning bevosita bolalarga taʼlim yoki tarbiya berish bilan mashgʻul boʻlgan pedagog va boshqa xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni tashkil qilishi shart.

Xodimlar tibbiy koʻriklardan oʻtishdan boʻyin tovlashga haqli emas.

Tibbiy koʻrikdan oʻtish munosabati bilan xodimdan pul undirilmaydi, shuningdek tibbiy koʻriklarni oʻtkazish vaqtida xodimning ish joyi (lavozimi) va oʻrtacha oylik ish haqi saqlanadi.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Maʼlumot_uchun
🇺🇿 2019-yil 11-iyun holatiga:

✳️ Eng kam:

👉 ish haqi — oyiga 202 730 soʻm;

👉 yoshga doir pensiyalar — oyiga 396 500 soʻm;

👉 bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa — oyiga 396 500 soʻm;

👉 zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa — oyiga 243 300 soʻm.

✳️ Valyutalar kurslari:

🇺🇸 1 USD = 8518.68 (+5.11) ↑

🇪🇺 1 EUR = 9652.52 (+145.42) ↑

🇷🇺 1 RUB = 131.33 (+0.92) ↑

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Alkogol va tamaki bozorini samarali tartibga solishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi (2019-yil 8-iyun, 474-son)

Qaror bilan Moliya vazirligi huzuridagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Mazkur nizomga koʻra, Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish, shuningdek, alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi boʻyicha faoliyatni litsenziyalash, litsenziya talablariga amal qilinishini nazorat qilish kabi vazifalarni amalga oshiradi. Inspeksiya boshligʻi Moliya vazirining taqdimnomasiga binoan Hukumat tomonidan tayinlanadi.

Qaror bilan shuningdek, Inspeksiyaning byudjetdan tashqari jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi hamda Isteʼmol etil spirtini alkogol va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomlar tasdiqlandi.

Bunda, Jamgʻarma mablagʻlari Inspeksiyaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish kabi maqsadlar uchun yoʻnaltiriladi.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Prezident qaroriga muvofiq, ayollar mehnatini muayyan soha yoki kasblarda qoʻllash boʻyicha taqiqlar bekor qilinishi belgilangan edi.

Mazkur qaror ijrosi yuzasidan “Ayollar mehnati toʻliq yoki qisman qoʻllanilishi taqiqlanadigan mehnat sharoiti noqulay boʻlgan ishlar roʻyxati”ni bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi (roʻyxat raqami 865-1, 10.06.2019-y.).

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Hukumat qarori (475-son, 08.06.2019-y.) bilan Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritishi mumkin boʻlgan davlat organlari va boshqa davlat tashkilotlari roʻyxatiga kiritildi.

Eslatib oʻtamiz, Roʻyxatda shu paytgacha 84 ta tashkilot mavjud edi.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi?
Qonunchilikka muvofiq, maktablarning 1 – 4 sinf chet tillarini oʻrganish xonasida quyidagi jihozlar boʻlishi lozim:

👉 oʻqituvchi uchun kompyuter texnikasi (noutbuk);
👉 ovoz chiqargich (dinamik);
👉 optik sichqoncha;
👉 videoproyektor;
👉 proyektor uchun ekran;
👉 kompyuter uchun TV-tyuner.

Shuningdek, quyidagi qoʻshimcha uskunalar:
👉 statsionar DVD-magnitola;
👉 oʻquv koʻrgazmali qurollar (lugʻat, mevalar va poliz ekinlari mulyajlari hamda oʻzbek xalq ertaklari);
👉 elektron doska.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Quyidagi shaxslar ambulatoriyada davolanishda dori vositalari bilan imtiyozli taʼminlanish huquqiga ega:

👉 onkologik kasalliklarga chalinganlar;
👉 sil kasalligiga chalinganlar;
👉 moxov kasalligiga chalinganlar;
👉 endokrinologik kasalliklarga (qandli va qandsiz diabetga) chalinganlar;
👉 ruhiy kasalliklarga chalinganlar;
👉 OIV kasalligini yuqtirganlar;
👉 yurak klapanini protezlash va organlarni koʻchirish yuzasidan operatsiya qilingan shaxslar;
👉 oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz pensionerlar;
👉 1941—1945-yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek ularga tenglashtirilgan shaxslar;
👉 1941—1945-yillardagi urush mehnat fronti qatnashchilari;
👉 Chernobil AESidagi halokat oqibatlarini tugatishda qatnashgan — nogiron shaxslar;
👉 baynalmilalchi jangchilar;
👉 harbiy xizmatni yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida oʻtagan pensiya yoshidagi shaxslar.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Ayollarning pensiya yoshiga toʻlganligi yoki yoshga doir davlat pensiyasini olish huquqi vujudga kelganligi sababli ular bilan tuzilgan nomuayyan muddatli mehnat shartnomasini 60 yoshga toʻlgunga qadar yoki muddatli mehnat shartnomasini muddati tugagunga qadar ish beruvchining tashabbusiga koʻra bekor qilish taqiqlanadi.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Ambulatoriyada davolanishda imtiyozli taʼminlash uchun moʻljallangan dori vositalarining roʻyxatiga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi (roʻyxat raqami 2522-2, 11.06.2019-y.)

Kiritilgan oʻzgartirishlarga muvofiq, endilikda omnopon inyeksiyasi uchun 2 % 1 ml eritma ham imtiyozli asosda beriladi.

Ilgari faqat omnopon inyeksiyasi uchun 1 % 1 ml eritma berilgan.

Bundan tashqari, quyidagilar ham imtiyozli asosda beriladigan dori vositalari roʻyxatiga kiritildi:
👉 trifluoperazin (tabletka 5 mg);
👉 fluferazin (inyeksiya uchun eritma 25mg/1 ml);
👉 olanzapin (tabletka 5 mg).

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Umumiy foydalanish telekommunikatsiya tarmogʻida telefon aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalariga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi (roʻyxat raqami 1323-7, 11.06.2019-y.)

Amaldagi tartibga koʻra, telefon aloqasi xizmatlarini koʻrsatish uchun foydalanuvchilar telekommunikatsiya operatoriga shartnoma tuzish uchun ariza beradi.

Kiritilgan oʻzgartirishlarga muvofiq, telekommunikatsiya operatori mazkur arizalar roʻyxatga olingan kundan boshlab 10 kunda qabul qilingan qaror haqida ariza beruvchini xabardor qiladi.

Ilgari bu muddat 30 kun edi.

Endilikda, agar abonent telefon aloqasidan foydalanish toʻxtatib quyilgandan keyin 60 kun ichida telefon aloqasi xizmatlari boʻyicha qarzdorligini yopmasa, telekommunikatsiya operatori shartnomani bir tomonlama bekor qiladi.

Ilgari mazkur muddat bir oyni tashkil qilgan.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Chet tili boʻyicha malaka imtihonida ishtirok etish qiymatining cheklangan darajasini belgilash tarifini tasdiqlash haqidagi buyruq Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi (roʻyxat raqami 3167, 11.06.2019-y.)

Qonunchilikka muvofiq, xorijga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan fuqarolarning kasbiy malakasini tasdiqlash ushbu faoliyat bilan shug'ullanuvchi akkreditatsiyadan oʻtgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.

Hujjat bilan chet tili boʻyicha malaka imtihonida ishtirok etish uchun toʻlov, bazaviy hisoblash miqdorining bir yarim barobari (304 ming 095 soʻm) etib belgilandi.

Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin