Panda Books
6.26K subscribers
2.14K photos
420 videos
6 files
1.99K links
Books & Book Reviews.
Zamonaviy mutolaa repertuari.

Insta: instagram.com/pandabooksuz

Donat: tirikchilik.uz/PandaBooks
Reklama: @pandapochtabot
Download Telegram
Forwarded from Panda Books
#mutolaa

Falastin urushi faxriylari keyinchalik yangi yosh yetakchi al-Vazir va uning safdoshlarni jangga tayyorlagan. 1953-yilda 18 yoshli al-Vazir 200 nafar jangchidan iborat otryadga qo'mondonlik qilardi. Ular Isroilda bir qator sabotajlar uyushtirishadi. Misrliklar falastinliklarni arzon harbiy kuch sifatida ishlatib, yosh falastinlik talabalarni Qohiradan G'azo sektoriga jo'natishni tashkil qilishadi. Ular orasida Qohira universitetining elektrotexnika fakulteti talabasi Muhammad Yosir Abdul Rahmon Abdul Rauf Arofat al-Qudva al-Husayniy - yoki boshqacha aytganda Yosir Arofat ham bor edi.

Arofatning tug‘ilgan joyi aniq emas va haligacha qizg'in muhokama qilinadi. Rasmiy Falastin versiyasiga ko'ra, u tabiiyki 1929-yilda Quddusda tug'ilgan. Biroq, ba'zilar uning dunyo kelgan joyi G'azo yoki hatto Qohira ekanligini ta'kidlaydi. Nima bo'lganidan qat'iy nazar, Arofat nufuzli falastin oilasidan chiqqan bo'lib, u Bosh muftiy Hoji Amin al-Husayniy, shuningdek, 1948-yilda Falastin dala qo'mondoni bo'lgan Abdulqodir al-Husayniyga yaqin qarindosh hisoblangan. Har ikkala inson ham Isroil tomonidan likvidatsiya qilish uchun asosiy nishon bo'lishgan. O'ziga Abu Ammar degan taxallus olgan Arofat tezda yetakchi al-Vazir bilan yaqin hamkor va quroldosh boʻladi. Ular birgalikda G‘azo sektoridagi Falastin yacheykalarini kuchaytirish ustida ishlaydilar.

Isroil razvedkasi qochqinlar lagerlarida jangarilar kuchayib borayotganidan ko'pam tashvishlanmaydi. Falastin jangchilari o'sha paytda uzoq muddatli strategik tahdid sifatida emas, balki bugungi kunning taktik muammosi sifatida ko'rilardi, bu faqat isroilliklarga tegishli edi, chunki Falastin jangchilari yahudiylarga tahdid va terror qilish uchun Isroil hududiga kirardilar.

Keyinroq "Mossad" o'z tahlillarida ushbu falastinliklar borasida qattiq adashishganini bilib olishadi. Ammo unda biroz kech bo'lgandi.

Bu haqida sal keyinroq.

"Qo'zg'al va birinchi bo'lib o'ldir"

@panda_books
Forwarded from Panda Books
​​#mutolaa

Yangi Amsterdam

Tarix takrorlardan iborat. Eng qizig'i, ko'pchilik tarixda hozirgidan ko'ra karrasiga ulkanroq monopoliyalar, "Google"dan yuzlab marta qudratli kompaniyalar bo'lganini tasavvur qilolmaydi. Quyida qiziqarli tarixiy voqeani so'zlab beraman.

Hammasi Hindistondan Lissabonga qalampir jo'natish keskin kamaygani, ammo unga bo'lgan talab hali ham yuqoriligidan boshlandi. 1594-yilda golland savdogarlarining "Van Berre" kompaniyasi sharqiy mamlakatlar bilan vositachilarsiz, o'zlari savdo qilishga qaror qilishadi.

Birinchi sayohat muvaffaqiyatli bo'ladi va natijada Hindiston bilan savdo qilish uchun 1602-yilda yangi kompaniya tashkil etiladi. Unga "Ost-Indiya" (Sharqiy Hindiston) deb nom berishadi. (Britaniyaning Ost-Indiya kompaniyasi bilan adashtirmang)

Gollandiyaning "Ost-Indiya" kompaniyasi 1637-yilda, lola vasvasi avjiga chiqqanda, ulkan boylikka erishadi va byudejti hozirgi dollarga hisoblaganda $8 trillionga yetadi. Bu bugungi kunda dunyodagi eng yirik 20 ta kompaniyaga teng boylik degani.

"Ost-Indiya" davlat ichidagi davlatga aylanadi. Ikki okean — Tinch va Hind okeani nazorat ostida edi. Ularda 50 ming nafar xodim, 100dan ortiq savdo kemalari, hatto 10.000 kishilik o'z armiyasiga ega edi. Kimsan ilk rus Imperatori Pyotr Birinchining o'zi "Ost-Indiya" kompaniyasida amaliyot o'tash uchun keladi!

Uning yuksakligi qanchalar baland bo'lsa, uning bankrot bo'lishi ham shunchalar epik edi — bu voqea butun dunyoni larzaga keltiradi. Ammo bu ko'proq inglizlar bilan 1790-yillarning oxiridagi Ingliz-Golland urushi bilan bog'liq edi.

Eng qizig'i, siz hozir hoynahoy o'ylayotgandirsiz, men qanday qilib bunday katta, ulkan va butun dunyoga o'zining o'ta kuchli ta'sirini ko'rsatgan kompaniya haqida deyarli hech narsa eshitmagan ekanman deya, shundaymi? Bilasizmi, o'sha paytda AQShning Nyu-York shahri nima deb nomlangan?

Yangi Amsterdam.

@panda_books
#mutolaa

Bu kitob meni larzaga solayapti. Bekorga "Oy Kitobi" etib tanlamagan ekanmiz. Xudo xohlasa, sizlar bilan muhokamada gaplashadigan gaplarimiz ko'p bo'lajak.

Sizchi, o'qiyapsizmi?

@panda_books
#mutolaa

Konteyner ko'rmagan odam orangizda bo'lmasa kerak to'g'rimi? Hatto bizda konteynerda yashab, xalqqa yaqin bo'lishga uringan hokimbuvalarimiz ham bor edi.

Xo'sh, ushbu uncha ko'zga tashlanmas, lekin nihoyatda foydali temir qutilar butun jahon iqtisodiyotini o'zgartirib yuborganini bilasizmi?

Xullas, olim Mark Levinsonning "Quti: Qanday qilib kema konteyneri Dunyoni kichikroq, jahon iqtisodiyotini kattaroq qildi" nomli kitobini o'qishni boshladim.

Mana uzunligi 300 metr, eni 42 metr tanker o'zida qariyb 90 ming tonna yuk ko'tara olarkan. Bu hali o'rtacha hajmdagi tanker. Lekin shu kemaning ekipajlari qancha deb o'ylaysiz? Nari borsa atigi 20 nafar.

Xullas, juda qiziqarli va noodatiy mavzu.

@panda_books
Panda Books
#BookoftheMonth Oy kitobi Demak, eng ko'p ovoz olgan nomzod sifatida fevral oyi uchun kitob tanladik — bu Murod Muhammad Do'st "Lolazor" romani! Bir oy davomida uni o'qib chiqib, oxirida birgalikda muhokama qilamiz. @panda_books
#mutolaa

Murod Muhammad Do'st "Lolazor" romani ham yarimlab qoldi. Lekin mutolaadan 2 xil taassurot paydo bo'layapti menda.

Bir tomonda, asar voqelari qandaydir alohida bir ma'no kasb etmayotgandek tuyulsa ham, ko'pgina joylari hozirgi hayotga ham to'g'ri kelishi ham bor gap. Xullas, aralash tuyg'u.

Oy kitobini kimlar o'qiyapti o'zi?


@panda_books
#mutolaa

Bo Bennettning – "Mantiqiy xato" kitobi men uchun favqulodda qiziqarli bo'lib chiqdi.

Internetda yoki turli offlayn muhokamalarda qatnashadigan, bahsda to'g'ri argument keltirish va kuchli kontr-argumentlarga chap berish ko'nikmalari bo'yicha ko'proq o'qishni istaydiganlar uchun yaxshi qo'llanma ekan.

P.s: "Lolazor" taqrizim bugun chiqmaydigan bo'ldi. Sal yana pishitib olishim kerak.

@panda_books
#mutolaa

Mixail Zigarning "Вся кремлевская рать. Краткая история современной России" kitobining audioversiyasini o'qishni boshladim.

Bu kitob 2000-yildan 2015-yilgacha Vladimir Putin hukmronligi davridagi Rossiya haqida hikoya qiladi. Kitob hujjatlar, ochiq manbalar va muallif Vladimir Putinning yaqin atrofidagilardan olgan o'nlab noyob shaxsiy intervyulariga asoslangan. Birgalikda to'plangan faktlar, voqealar, intrigalar va qahramonlarning fikrlari Kreml hayotining to'liq kartinasini yaratadi.

Bu orqali Vladimir Putinning qanday qilib va ​​nima uchun 2000-yillarning boshlaridagi liberal va g'arbparast prezidentlikdan, vaqt o'tib avtoritar hukmdor va G'arbning eng ashaddiy muxoliflaridan biriga aylanganini bilib olamiz.

@panda_books
#mutolaa

Agar voyaga yetgan inson to'rt muchasi butun va sog'lom bo'lsa, uning tanasi barcha a'zolari bilan "Qizil bozor"da $250 ming dollar turarkan. Qon esa insondagi eng ko'p sotiladigan tovari hisoblanarkan.

O'qishni boshladim.

@panda_books
Panda Books
#newbook #yangikitob Nihoyat, sevimli yozuvchim va zamonaviy dunyoning eng kuchli eruditlaridan biri Nassim Nikolas Talebning "Антихрупкость: Как извлечь выгоду из хаоса" kitobini xarid qildim. Kitob yaxshigina qimmat ($17,3 ga tushdi menga). Lekin, albatta…
#mutolaa

Kutubxonamdagi eng nodir kitoblardan biri👆. Shu kabi qimmatbaho va sara kitoblarni, narxi qancha tursa ham, atayin qog'oz shaklida qo'limda tutish, his qilish va varaqlash uchun sotib olishga harakat qilaman. Qog'oz kitobni o'qish boshqacha baribir.

Nassim Taleb - hozirgi zamondagi eng kuchli eruditlardan va shuningdek, o'ta mustaqil fikrlay oluvchi kamdan-kam personalardan biri.

Bizda uning "Qora Oqqush" va "Tasodifga aldanganlar" (ikkinchisini tarjimasi juda dabdala) kitoblari tarjima qilingan. Tushunish biroz murakkab, lekin o'ta qiziqarli.

@panda_books
Panda Books
#mutolaa Agar voyaga yetgan inson to'rt muchasi butun va sog'lom bo'lsa, uning tanasi barcha a'zolari bilan "Qizil bozor"da $250 ming dollar turarkan. Qon esa insondagi eng ko'p sotiladigan tovari hisoblanarkan. O'qishni boshladim. @panda_books
#mutolaa

Oldin ham yozganim Skott Karning ilmiy va shaxsiy tadqiqotlariga asoslangan "Qizil bozor" kitobini o'qirkanman, u daf'atan mening oldimda ancha qiziqarli va dahshatli statistikalarni oshkor qilishda davom etmoqda. Masalan, global inson suyaklari biznesi haqida.

- Inson tanasi o'lganidan keyin ham bozor qiymatiga ega bo'larkan, masalan, yaxshi holatdagi skelet kamida $70,000 dollar turadi.
- Hindiston, dunyoda suyak eksporti bo'yicha yetakchilardan biri. 1985-yilda uyerdan kamida 80mingga yaqin skelet va suyaklar chetga sotilgan.
- Bolalar skeleti kattalarnikidan ancha qimmat turadi. Aslida shu sabab tufayli doimiy bolalar o'g'irligi va qotilliklar uchrab turadi.
- AQShda uzoq yillar oq tanlilar qabristoniga deyarli tegilmagan, asosan, qora tanlilarnikidan ko'proq murdalar qazib olingan. (Salom, ratsizm!)
- Inson skeleti qadimdan mediklar uchun muhim amaliyot vositasi bo'lgan, shuningdek, ba'zi boyvachchalar va muzeylar u bilan o'z koshonalarini bezashgan.
- Bozorda tovarga talab katta, lekin suyaklar daraxtda o'smaydi. Shu sababli, kambag'allarga o'lganidan keyin ma'lum mablag' evaziga tanasini sotish taklif qilinadi. Lekin bu samarasiz metod.
- Dunyoda yagona effektiv usul - bu murdalarni qabristonda kavlab olish va o'g'irlashdir. Hindistonda bunday jirkanch ish bilan bir necha avlod shug'ullanib keladigan oilalar mavjud ekan. Ma'muriyat yoki marhumning qarindoshlarining qarshiliklari deyarli besamar.
- Vaqtida AQSh va Britaniyada ham o'xshash voqealar yuz bergan bo'lsa-da, baribir hozir dunyoda boy davlatlardagi yosh talabalar inson anatomiyasini o'rganishi uchun Hindiston kabi kambag'al davlatlarda suyak biznesiga talab saqlanib qolaveradi.

Kitob yengil emas. Ayniqsa, u inson taraqqiyotining asosiy sohalari asoslari va yuksak axloq/diniy e'tiqod o'rtasidagi kuchli qarama-qarshilikning men oldin e'tibor bermagan jihatlarini ko'rsatib berayapti.

@panda_books
#mutolaa

Yandeks Muzika'da betakror Hayao Miyadzaki va uning mashhur "Ghibli" studiyasi haqidagi audiokitob chiqib qoldi. Bugun o'zi yapon madaniyatiga bag'ishlangan kunim ekan:)

Bilmadim, balki dunyodagi eng yaxshi animelarni aynan uning ijod namunalari deb bilganim uchunmi, bu kitob yonidan shundoq o'tib ketolmadim. Uning animelari haqqatdan inson hayoti faqat yeb-ichishdan iborat emasligini ko'rsatib beradi.

Siz Hayao Miyadzakining qaysi san'at asarlari (animelar)ni tomosha qilgansiz? Va nima uchun ularni yoqtirasiz?

@panda_books
#mutolaa

Yuqoridagi yangi serialni Netflix'da mazza qilib tomosha qildim. Va endi odatimga muvofiq, o'zimga yoqqan seriallarga asos bo'lgan kitob mutolaasini boshladim. Kitob tokchada 2 oydan beri chang bosib yotgandi:)

Yozuvchi Lyu Sisinning ilmiy-fantastika janridagi "Uch jism masalasi" (2007) ingliz tiliga tarjima qilingach, dunyo bo'ylab mashhurlikka erishadi va hatto 2015-yilda nufuzli "Xyugo" mukofotini qo'lga kiritadi. Aytgancha, bu trilogiyaning birinchi kitobidir.

@panda_books
#mutolaa

Boshladik! "Taxtlar o'yini"ni endi o'zbek tilida ham o'qib chiqamiz.

@panda_books
#mutolaa

Hozir o'qiyotgan ilmiy-fantastik kitobimda 200 yildan keyin Yer yuzidan xususiy mulk, oila instituti va majburiyat yuklaydigan munosabatlar yo'q bo'lib ketarkan.

Aytgancha, odamlar yashash uchun 1000 metr Yer tagida shaharlar qurishadi. Chunki Yer yuzi yashash uchun yaroqsizga aylanadi.

@panda_books
#mutolaa

Nihoyat, "Taxtlar o'yini" tugadi. Naq 920 varaqlik kitob. O'rniga bemalol 3 ta o'rtacha roman yoki 6-7 ta qissa o'qisa bo'lardi. Lekin bunchalik taassurotlarni boshqa romanlardan topish mushkul.

Abatta, GoT bunga arziydi. Batafsil keyinroq.

@panda_books
Forwarded from Panda Books
#mundarija

Kanalda postlarni o'qish va topishni osonlashtiruvchi (#) heshteglar

#taqriz / #review / #feedback - Biror asarga yozilgan taqrizlarni oson topish uchun;

#tavsiya - Kanal muallifi tomonidan o'qish tavsiya etiladigan kitoblar ro'yxati uchun;

#sarhisob - Oy, mavsum yoki yil bo'yi mutolaa qilingan asarlarning ro'yxatini topish uchun;

#Youtube_tavsiya - YouTube videoxostingida ko'rish tavsiya etiladigan foydali kontentlar uchun;

#haqida - Biror qiziqarli mavzu haqida yozilgan postlar;

#list - kitoblar yoki foydali kontentlar ro'yxati;

#mutolaa - Ayni damda mutolaa qilinayotgan kitobdan iqtibos yoki parcha;

#newbook / #yangikitob - Panda Books tomonidan harid qilingan yoki sovg'a qilishgan kitoblar uchun;

#iqtibos - kitobdan iqtiboslar uchun;

#intervyu - Panda Books suhbatlari, podcastlari uchun;

#offtop - Kitob mavzusidan biroz tashqari sohalarga doir postlar uchun;

#longread - Uzuuun yozilgan katta postlaaaar;

#KitobMukofotlari - Dunyoning nufuzli kitob mukofotlari haqida ma'lumotlar uchun;

#bookstores - Ajabtovur kitob do'konlari haqida chiroyli fotolar va ma'lumotlar

#maqola - birorta kattaroq qiziqarli mavzu haqida maqolalar

#nazm - she'riy postlar

#tarjima - kamina tarjima qilgan postlar

@panda_books

Instagram | Youtube | Tiktok