Panda Books
6.26K subscribers
2.14K photos
420 videos
6 files
1.99K links
Books & Book Reviews.
Zamonaviy mutolaa repertuari.

Insta: instagram.com/pandabooksuz

Donat: tirikchilik.uz/PandaBooks
Reklama: @pandapochtabot
Download Telegram
#tavsiya

Kecha She'riyat mulki sultoni tug'ilgan kuni edi. Uning nomi sharaflangan Alisher Navoiy metro stansiyasidan deyarli har kun foydalanaman. Ochig'i, mening eng sevimli bekatlarimdan biri.

Bugun bildimki, stansiya dizaynini loyihalashtirgan arxitektor Yashnar Mansurov hali ham hayot ekan. GazetaUz undan eksklyuziv intervyu olibdi.

https://www.gazeta.uz/ru/2024/02/09/navoi-station/

O'qib chiqishni tavsiya qilaman. Bu o'zbek me'morchiligi durdonasiga aylanib ulgurgan bekatligi aniq.

@panda_books
#tavsiya

Sizlarga ajoyib kontent topib keldim! Amerikada kitob o’qishga targ’ib qilish turli xil yo’llar bilan amalga oshirilishini bilarmidingiz?🤔

Hamyurtimiz tomonidan tayyorlangan ushbu videoda okeanorti jamiyatining o’zi ham qanchalar kitob 📚 o’qishni targ’ib qilishi hamda bepul kitoblar tarqatilishi haqida bilib olishingiz mumkin.

Tomosha qilish:
https://youtu.be/hoiDen6o9_E

Videoga layk bosib, “podpisatsa” qilishni va izohlarda "Panda Booksdan keldik!" deyishni unutmang! 😏

Let's Go!

@panda_books
Forwarded from Panda Books
#tavsiya

Muntazam kitob o'qishni samarali boshlab olish uchun Panda Booksdan maslahat

Zamon tezlashib bormoqda. Oldinlari 1-2 soatlik filmlar hech narsa emasdi, hozir esa 40 daqiqalik serial ko'rishga vaqt yo'q. Kitoblar bilan ham shunaqa.

Endigina kitob o'qishni boshlaganlarga, mutolaadan bezib qolmaslik uchun bitta foydali maslahat bermoqchiman - hajman kichik kitoblardan boshlang. Zamon tezlashyaptimi, siz ham unga moslashing. Ammo buni boshqa muhim jihatlari ham mavjud.

"Ozg'in" kitoblar o'qishning foydali jihatlari:

▪️Ishonch ortishi. Inson qachonki kitobni to'liq o‘qib tugatsa, unda o‘ziga bo‘lgan ishonch ortadi. Qalin epopeyani boshlab qo'yib, keyin uning yarmida qolib ketgandan ko'ra, shu vaqt ichida kichik kitobni tugatishingiz foydaliroq.

▪️Kitobxonlikka kirish. Ba'zilar o'zlarini yetarlicha kitob o'qimayman deb o'ylashadi, lekin 500 betlik jildni qo'lga olishdan qo'rqishadi. 100 sahifali kitob esa unchalik qo'rqinchli emas va odam o'zlarini kitobxon sifatida tanishtirishi uchun bir nechta qisqa kitoblarni o'qish kifoya.

▪️Ijtimoiy tarmoqlar ta'siri. Ko'pchilik ijtimoiy tarmoqlarda odatda yil oxirigacha o'qishi shart bo'lgan kitoblar ro'yxatini e'lon qiladi yoki yil boshida o'z oldiga turli maqsadlar qo'yadi. Agar ro'yxat qanchalik uzun bo'lsa, u shunchalik ishonchni mustahkam qiladi, buning uchun bitta qalin kitobdan ko'ra to'rtta "ozg'in" kitobni o'qish yaxshiroqdir.

▪️Va albatta narxlar. Qalin kitoblar O'zbekistonda taxminan 70-80 ming so'm turadi, yupqaroq kitoblar shuning yarmiga teng, o'z-o'zidan psixologik jihatdan kitoblarga ozroq pul sarflash yengilroq kechadi.

@panda_books
#tavsiya

Qarasam, anchadan beri shunchaki yangi kitoblarni tavsiya qilmay qo'yipman. Shunga bugun chek qo'ysak.

Orangizda kimda kim, maishiy texnika bozoriga ozroq qiziqqan bo'lsa, u holda umrida bir bora bo'lsin DYSON brendi haqida eshitgan bo'lsa ajabmas. Chunki u o'zining o'ta sifatli va shunga yarasha qimmatbaho mahsulotlari bilan tanilgan.

Ushbu brendga britaniyalik ixtirochi va tadbirkor Jeyms Dayson tomonidan asos solingan. Amazonni titkilab, uning 2021-yilda chop etilgan hayoti va ixtirolari haqida ajoyib kitobga duch keldim.

"Invention: A Life" kitobi o'z hayotida ko'plab muvaffaqiyatsizliklarga uchragan, lekin oxir-oqibat uni dunyoga mashhur qilgan bir talay mahsulotlar va texnologiyalarni ishlab chiqa olgan Jeyms Dayson o'tmishidan hikoya qiladi.

Bu kitob shunisi bilan ahamiyatliki, u biznes to'g'risida emas, balki ta'lim, liderlik va o'z ustida ishlash, shuningdek, muhandis-u olimlarning jamiyatda tutgan ahamiyati haqida. Bundan tashqari, u ixtirochi Jeyms Daysonning o'qib-o‘rganishga bo‘lgan kuchli ishtiyoqi, yangilikka intilishi va cheksiz tadbirkorlik ruhidan so'zlaydi.

Odatda bunday ajoyib kitoblar tezda rus tilida nashr etilardi, ammo Bloomsbury nashriyoti endilikda RUga mualliflik huquqlarini sotmasligini hisobga olsak, kitobning MDHda birinchilardan bo'lib, o'zbek tilida chop etilishiga umid qilsak bo'ladi.

Zero, ulkan muvaffaqiyatga erishgan biznesmen va ixtirochi olimlarning avtobiografiyalarini o'qish, kitobxonga istalgan biznes haqidagi kitobdan ko'ra ko'proq narsa berishiga aminman.

@panda_books
#tavsiya
Kogonda bundan qariyb bir yarim asr avval Buxoro amiri Abdulahadxon tomonidan qurdirilgan, Sharq va Gʻarb meʼmorchiligi anʼanalarini oʻzida mujassam qilgan uch qavatli muhtasham majmua — Kogon saroyi joylashgan.

Uni Abdulahadxon Rossiya imperatorini kutib olish uchun qurdirgan, ammo ba'zi sabablar bilan Oqposhsho yurtimizni ziyorat qila olmagan.

Gazetada ushbu saroy haqida ajoyib maqola chiqibdi. Ham tarixini o'qib, ham rasmlardan bahra oladigan joyi lekin.

Saroyning birinchi qavatida 17 ta xona boʻlib, ular orasida toʻrtta yotoqxona, yirik kutubxona, Gʻarb uslubida qurilgan oshxona, qabul zallari, shuningdek, ball zali va maestro xonasi ham boʻlgan ekan.

Qizig'i. bu kutubxona hozir ham mavjud va u ishlayapti (rasmda). Tashrif uchun rekomendayson manzil.

@panda_books
#tavsiya

Ideal dunyo haqidagi fikrlaringizni butunlay o'zgartirib yuboradigan 15 ta antiutopik kitob

Jorj Oruell - "1984"

Rey Bredberi - "Farengeyt bo'yicha 451 daraja"

Oldos Xaksli - "Jasur yangi dunyo"

Jorj Oruell - "Molxona"

Yevgeniy Zamyatin - "Biz"

Entoni Byordjess- "Mexanik apelsin"

Tatyana Tolstaya - "Кысь"

Andrey Platonov - "Xandaq"

Kurt Vonnegut - "Beshinchi qushxona yoxud bolalar salib yurishi"

Aleks Garland - "Plyaj"

Loren Oliver - "Delirium"

Stiven King - "Yuguruvchi odam"

@panda_books
#tavsiya

Enni Yakobsen — "Yadro urushi: Ehtimoliy ssenariy"


Hozirda juda mashhur bo'lgan kitob, umuman olganda, bu kitob bizning kelajagimiz aslida naqadar nozik va hech qanday yadro urushidan kafolatlanmaganigini ko'rsatadi.

Yakobsen (Jeykobsen)ning kitobi 1950-1991-yillarda odamlarga tinimsiz hamroh bo'lgan dahshatli tush - yadro urushi haqida hikoya qiladi. Muallif bo'lajak yadro urushi ssenariylaridan birini bizga taqdim etadi. Unda urush boshlansa AQSh, Rossiya, Xitoy kabi davlatlar qayerga hujum qilishi va qanday strategiyalar tayyorlab qo'ygani asoslangan.

@panda_books
#tavsiya

​​9-May bayramida mutolaa qilish uchun tavsiyalar

Xotira va qadrlash kuni - men uchun alohida e'tiborga molik bayram. Bunda ikkinchi jahon urushida qatnashgan ota-bobolarimiz ruhi yodga olinadi. Shuningdek, urushning dahshatli xotiralari asosida dunyo adabiyotidagi bir qator nodir asarlar bilan tanishishning ham ayni vaqti. Quyida o'z tavsiyalarim bilan bo'lishaman:

Erix Mariya Remark - "G'arbiy frontda o'zgarish yo'q"
Jahon klassikasiga aylangan asar. Bu kitob urushni romantizatsiya qilgan, siyosatchilarning ayyorona puch propagandasi qurboniga aylangan yosh askarlar haqida. Ular urushning eng oldi frontlarida jang qilisharkan, asta-sekin sovuq va qahrli reallik bilan to'qnash kelishadi. Adib urushda hech qanday romantika bo'lmasligini ta'sirli ochib bera olgan.

Abdurashid Nurmurodov - "Qon hidi"
Afg'on urushi va uning qatnashchilari, o'y-xayollari, orzulari haqidagi ajoyib asar. Bu urush bizga WWII dan kam talafot yetkazmagan.

Mansurxo'ja Xo'jaev - "Shermuhammadbek va qo'rboshilar jasorati"
Turkiston milliy ozodlik harakati namoyondasi Shermuhammadbek lashkarboshi va uning ajoyib qo‘rboshilari haqida hikoya qiluvchi asar. To'g'ri, u bevosita 2-JUga aloqador emas, ammo kitobda tariximizning juda kam o'rganilgan qismini yaxshi ochib berilgan.

Nikolay Saburov - "Zafar bahori"
Ro'yxatda topish eng qiyin bo'lgan asar.
Yoshligimda uydagi kutubxonamizda bo'lardi. O'shanda o'qib chiqqandim. U Ikkinchi jahon urushi haqida o'qigan ilk kitobimga aylangan. Unda qo'mondon Saburov o'z partizan guruhi bilan qilgan jasoratlari haqida hikoya qilinadi.

Abdurashid Nurmurodov - "O'lim ko'z yosh to'kkanda"
Ikkinchi jahon urushida fashizmga qarshi kurashib halok boʻlganlarning, mamlakatimiz ozodligi va mustaqilligi uchun jon bergan Oʻzbekistonning barcha oʻgʻlonlari xotirasi bag'ishlangan milliy asar.

Chingiz Aytmatov - "Jamila"
Bu asar bu ro'yxatda bevosita urushga bog'liq bo'lgani uchun tanlanmadi. Aytmatovning bu asari frontdan uzoqda urushdagi askarlar uchun mehnat qilayotgan oddiy insonlar taqdiri haqida so'zlaydi. Lui Aragon tomonidan "dunyodagi eng go'zal sevgi qissasi" deya ta'riflangan bu qissani ham o'qib chiqish lozim deb o'ylayman.

Shuningdek, O'tkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari", Said Ahmadning "Ufq", Shuhratning "Shinelli yillar" va Oybekning "Quyosh qoraymas" kitoblari top tavsiyalar hisoblanadi.

Agar sizda ham mavzuga doir tavsiyalar bo'lsa, izohlarda bo'lishing.

@panda_books
#tavsiya

Amazonda qiziq kitob bor ekan. Netflix strimingida namoyish etilgan 70 ga yaqin serial va kinolardagi taomlar va ichimliklar menyusini o'zida jamlagan retseptnoma deyish mumkin. Qiziq g'oya.

Yozuvchi Anna Painterning fikricha, sevimli shoungiz ko'rish vaqtida unda dasturxonga tortilgan taomni ta'tib ko'rish istagi kuchli bo'larkan.

Kechki payt film tomosha uchun o'sha film qahramonlari tanovul qiladigan menyuni yaratmoqchimisiz? Marhamat!

@panda_books
#tavsiya

Bill Geytsdan yozgi mutolaa uchun tavsiyalar

Bu ro'yxatdan, asosan, soft-skills, Sun'iy intellekt va insonlardagi yaxshi xislatlar haqidagi kitoblar o'rin olgan.

"Brave New Words", Salmon Xon
Muallif sunʼiy intellekt qanday qilib odamlar hayotini yaxshilashini va barchaga jahon darajasidagi taʼlim olish imkoniyatini berishi haqida o'z fikrlari keltirib o'tgan.

"How to Know A Person", Devid Bruks
Sizni tinglashlari uchun nutq va ijtimoiy ko'nikmalaringizni yaxshilash bo'yicha maslahatlar.

"Ayollar", Kristin Xanna
Vyetnam urushida askarlarni qutqarib qolgan AQSh armiyasi hamshiralari tarixi.

"Yuqumli saxiylik", Kris Anderson Muallof Internetning insonlardagi saxiylikka bo'lgan ta'sirini o'rganadi.

@panda_books
Forwarded from Bored Panda
#tavsiya

Sizlarga ajoyib dorama topib keldim!

"8lik Shousi" yoki "The 8 Show" – tezda mashhurlikka erishayotgan yangi serial. U o'zida o'tkir ijtimoiy muammo - yoshlar orasida o'z joniga qasd qilish, tengsizlik va o'zaro hamjihatlikda yashash kabi mavzularni yoritib bergan.

Bu bilan u ispanlarning "Platforma"si yoki "Kalmar o'yini"ni eslatib yuboradi. Ammo anchayin qiziqarli.

Hozircha 1 ta qism tomosha qildim va shunchaki Wow!

@boredpandablog