Panda Books
5.86K subscribers
2.07K photos
400 videos
6 files
1.94K links
Books & Book Reviews.
Zamonaviy mutolaa repertuari.

Insta: instagram.com/pandabooksuz

Donat: tirikchilik.uz/PandaBooks
Reklama: @pandapochtabot
Download Telegram
#haqida

Paradoks

Insonlar bir vaqtda o'zi erkin bo'lishni, ammo shu bilan birga boshqa insonlarni nazorat qilishni istaydi.

@panda_books
#haqida

Zamonaviy terrorizm

IQ darajasi 80dan oshmaydigan va istalgan davlatda yashirinib yotgan bir to'da zombilardan tashkil topgan "Mudroq hujralar" (Спящие ячейки) ma'lum bir vaqtda Darknet tarmog'i orqali harakatga o'tish haqidagi signal oladi. Lekin bu signalni kim yubordi, qayerdan keldi, asosiy buyurtmachi kim, ularni kim yolladi - hech kim bilmaydi, jin urgur bu zanjir nihoyatda uzun va chigal.

Biror bir aniq talab, siyosiy dastur yoki yagona tuzilmaning yo'qligi — zamonaviy terrorizmni qandaydir ma'nosiz, oddiy "qonli hammom"ga aylantirib qo'ydi. Bu yerda endi na buyurtmachini, na uning ko'zlagan maqsadini aniqlashning imkoni bor.

Eng kulgilisi, keyin bir vaqtning o‘zida bir nechta "mas’uliyatli" terroristik tashkilotlar go'yo "Buni biz uyushtirgandik!", "Yo'q-yo'q, bu biz edik!" deya bir-biri bilan teraktni kim amalga oshirgani ustidan tortishisb o'tiradi...(

Xullas, biz bilgan xalqaro munosabatlardagi — mustahkam siyosiy harakatlarga asoslangan, kuchli ichki ierarxiyaga ega va terrordan faqat o'z qat'iy talablari vositasi sifatida foydalanilgan Terrorizm, endilikda shunchaki bir guruh noma'lum kuchlarning “terrorizm” brendi ostidagi "otishma o'yini"ga aylanib ketdi.

@panda_books
#haqida

Ideal imperializm

Shu kunlarda Mo'g'uliston prezidenti yurtimizda mehmon bo'lib turibdi. Bu voqea munosabati bilan bitta post esimga tushib qoldi.

So'nggi yillarda ba'zi bir siyosatchilar negadur o'zlarining qadimgi imperiyalarini tiklashni "qo'msab qolishdi". Keling, tiklasak, yaxshisi Mo'g'ullar imperiyasini qayta tiklaylik:)

Xazil-xazil bilan-u, lekin imperiyaning tarixiy chegaralariga qaytishini shunchaki tasavvur qiling:

Bunda G'arb va Sharq o'zaro birlashadi — qadimda Sariq dengizidan to Adriatika dengiziga qadar nihoyatda ulkan sarhadlar mo'g'ullar qo'l ostida bo'lgan. Ushbu imperiya bo'ylab erkin sayohat qilish mumkin edi. Keng hudud, samarali soliq tizimi, savdo-sotiq, mahalliy hokimiyatlarning saylanishi va Chingizxon ilg'or qonunlari ostida yashash..

Eng asosiysi, har kim xohlaganicha yashaydi, xohlaganicha kiyinadi, xohlagan tilida gapiradi va xohlagan diniga e'tiqod qiladi. Muhimi, o'lpon to'lasangiz bas.

Yashasin Mo'g'ul liberalizmi:)!

@panda_books
Forwarded from Panda Books
#mundarija

Kanalda postlarni o'qish va topishni osonlashtiruvchi (#) heshteglar

#taqriz / #review / #feedback - Biror asarga yozilgan taqrizlarni oson topish uchun;

#tavsiya - Kanal muallifi tomonidan o'qish tavsiya etiladigan kitoblar ro'yxati uchun;

#sarhisob - Oy, mavsum yoki yil bo'yi mutolaa qilingan asarlarning ro'yxatini topish uchun;

#Youtube_tavsiya - YouTube videoxostingida ko'rish tavsiya etiladigan foydali kontentlar uchun;

#haqida - Biror qiziqarli mavzu haqida yozilgan postlar;

#list - kitoblar yoki foydali kontentlar ro'yxati;

#mutolaa - Ayni damda mutolaa qilinayotgan kitobdan iqtibos yoki parcha;

#newbook / #yangikitob - Panda Books tomonidan harid qilingan yoki sovg'a qilishgan kitoblar uchun;

#iqtibos - kitobdan iqtiboslar uchun;

#intervyu - Panda Books suhbatlari, podcastlari uchun;

#offtop - Kitob mavzusidan biroz tashqari sohalarga doir postlar uchun;

#longread - Uzuuun yozilgan katta postlaaaar;

#KitobMukofotlari - Dunyoning nufuzli kitob mukofotlari haqida ma'lumotlar uchun;

#bookstores - Ajabtovur kitob do'konlari haqida chiroyli fotolar va ma'lumotlar

#maqola - birorta kattaroq qiziqarli mavzu haqida maqolalar

#nazm - she'riy postlar

#tarjima - kamina tarjima qilgan postlar

@panda_books

Instagram | Youtube | Tiktok
#haqida

Milliy valyuta

Kim hozir shu kupyuralarni eslaydi? 1lik, 3lik, 5lik, 10 so'mlik ham bo'lardi oldin:)

So'm muomalaga chiqqaniga 30 yil bo'libdi. Lekin afsuski, bu kupyuralardan birortasiyam bugungacha yetib kelmadi.

@panda_books
#haqida

4-iyulga bag'ishlanadi.

Men Bayden va Tramp o'rtasidagi "debatlar"ni ko'rib, ular menga nimani eslatib yuborayotgani haqida uzoq o'yladim. Ushbu sochiga oq oralagan, zaif va zo'rg'a gapirayotgan qariyalarning zerikarli nomenklatura nutqlari. Ushbu xalq haqidagi hech kim ishonmaydigan quruq vatanparvarlik shiorlari. Misr mumiyolarining naftalinlik turlari. Keyin tushundim. Albatta. Men tug'ilgan vaqtlar. 80-yillari o'rtalaridagi Sovet Ittifoqi.

Brejnev vafot etganida 78 yoshda edi (hozirgi Tramp kabi). Andropov atigi 68 yoshda. Chernenko 72da. 82 yoshli Bayden bilan solishtirganda ular shunchaki bolalar. Biroq (sovet davrinimg so'nggidagidek) amerikaliklar Prezidenti uchun uyalishadi va bu gapirayotgan gapini chalkashtirib yuboradigan cholning imperiyani boshqarishga qodir emasligi aniq. Unda mamlakatni kim boshqaradi? KPSS MK Siyosiy byurosi va KGB. Ya'ni, AQSh Demokratik partiyasi va razvedka xizmatlari yoki hozirgi terminda aytganda "Deep state".

Afsuski, o'xshashliklar shu bilan tugamaydi. Men "cancel culture", woke qo'mita va tobora ko'proq "Komsomolskaya pravda" gazetasi eslatib yuborayotgan The New York Times haqida yozib o'tirmayman. Ammo boshqa ko'plab o'xshashliklar mavjud: qisqarayotgan iqtisodiyot, infratuzilmaviy kollaps, katta davlat qarzi, oshib ketgan harbiy byudjet, Afg'onistondagi muvaffaqiyatsizlik, Yaqin Sharq va Ukrainadagi proksi-nizolar, Tayvan ko'rinishidagi o'z Kubasi va hatto Covid-19 ko'rinishidagi o'z Chernobili ham hukmron elita va muassasalarning xalqdan uzilib qolgani va qobiliyatsizlik ekanligini fosh qildi.

Men hali ham qandaydir umumiy tushkunlikni his qilyapman. SSSRda 80-yillarning oxirida televizorda Lenin, "glasnost", qayta qurish va yorqin kommunistik kelajak haqida gapirilganda, hamma umidsizlikdan ichkilikka berilganini eslayman. Televizorda inklyuzivlik, kamalak bayrog'i va transgender odamlar haqida gapirilayotganda amerikaliklar hozir boshdan kechirayotgan semirish, narkotik va antidepresantlardan o'limlar ko'payotgani o'sha yolg'on va syurreal davrlarni eslatadi.

Tarixiy drama qoidalariga ko'ra, Bayden endi sekin-asta olib tashlanishi va uning o'rniga yanada baquvvat va yoshroq odam keltirilishi kerak. Amerikalik "Gorbachev" sahnaga chiqish arafasida. Kaliforniya gubernatori Gavin Nyusomning bu yetakchiga aylanishi ehtimoli katta. Bu yomon tanlov - Kaliforniya uning prezidentligi davrida yashash uchun yaroqsiz axlatxonaga aylandi. Ammo u Siyosiy byuroni qoniqtiradi va bu asosiysi. Bu Qo'shma Shtatlardagi "demokratiya"ning oxiri bo'ladi. O'ynab bo'ldik, yetadi.

Darvoqe, men bu satrlarni Amerikada o‘qib, ishlagan, Amerikani sevadigan va Buyuk Amerika imperiyasi yana 1000 yil davom etishini istagan inson sifatida yozyapman. Aytish mumkinki, men eng katta va eng sodiq muxlis sifatida yozyapman. Ammo dejavyu tuyg'usi va so'nggi sovet davrining chiriyotgan tebranishlari juda kuchli. Men amerikaliklar bizning davrimizda boshdan kechirgan narsalarni boshdan kechirishlarini xohlamayman, biz esa dahshatli mag'lubiyat, qashshoqlik va xo'rlikni boshdan kechirdik.

Make America Great Again!

- Rashev

@panda_books
Panda Books
Yuval Hararining "XXI asr uchun 21 ta saboqlar" kitobini qayta o'qib chiqdim. Ba'zi kitoblarni qayta o'qib turish nihoyatda foydali. Bu tartib bo'yicha "Sapiens" va "Homo Deus"dan keyingi 3-kitob. Bu kitobni jamiyatimozda ko'pchilik tushunib o'qib chiqishi…
#haqida

Geosentrizm yoki hali-hamon ma'bud Odinni eslab turishimiz haqida

Qadimgi rim va yunon olimlari Koinotning tuzilishi haqidagi g'oyalarni, uning markazida Yer turadi degan qarashga bog'lashgan. Bu keyinchalik rad qilingan bo'lsa-da, hali-hamon uning ta'sirida yashayapmiz. Aniqrog'i Ptolemey Sistemasida.

Misol uchun, hafta kunlari lotinda quyidagicha:
Dies Solis(Yakshanba) Quyosh kuni;
Dies Lunae (Dushanba) Oy kuni;
Dies Martis (Seshanba) Mars kuni;
Dies Mercurĭi(Chorshanba) Merkuriy kuni;
Dies Jovis(Payshanba) Yupiter kuni;
Dies Veneris(Juma) Venera kuni;
Dies Saturni(Shanba) Saturn kuni.

Qadimgi germanlar rimliklar tizimini o'zlashtirishadi, lekin Rim va yunon xudolari o'rniga o'z xudolarini qo'yishadi.

Endi ularning zamonaviy davomchilari hisoblanmish inglizlar orqali biz biladigan hafta kunlariga e'tibor bering.

Sunday(yakshanba) Quyosh kuni;
Monday (dushanba) Oy kuni;
Tuesday(seshanba) Rimliklar urush xudosini o'z urush xudosi Tyuskoga almashtirishadi;
Wednesday(chorshanba) qadimgi skandinavlarning Oliy xudosi Odin sharafiga;
Thursday (payshanba) Odinning o'g'li momaqaldiroq ma'budi Tor;
Friday(juma) Odinning xotini Freyya yo Frigga sharafiga;
Saturday(shanba) Saturn ma'budini shunday qoldirishgan;

Xullas, tarix va astronomiya juda qiziqarli narsada.

@panda_books
#haqida

Demografik muammoga to'g'ri qarash

Ko'pchilik kuchli iqtisodchi olimlarning asarlarini o'qisangiz, ularning demografik o'sishning pasayishi hodisasini kelajakda insoniyat oldida turgan eng dolzarb muammo sifatida ko'rsatishini ko'rish mumkin. Lekin bu yerda shunday kichik nyuans borki, bunga e'tiborga bermay iloj yo'q. U ham bo'lsa, demografik o'sishga iqtisodiy nuqtai nazardan qarash oxir-oqibat yaxshi natija olib kelmasligi mumkin. Tushuntiraman.

Tug'ilishga irratsional tarafdan emas, ratsional prizma orqali qarashingiz bilanoq — istalgan mamlakatda tug'ilish darajasi darhol pasayishni boshlaydi. Nega?

Agar o'ylab koradigan bo'lsak, tug'ilajak farzandga baxtli va tashvishsiz bolalik yaratishni, keyin uning munosib ta'lim olishi, tarbiyasi va hayoti davomida maksimal qo'llab-quvvatlashni istagini amalga oshrish oson narsa emas, Ya'ni farzandga go'yo loyiha sifatida ratsional qarasak — ma'lum bo'ladiki, bu apriori ziyoniga tushadigan, ko'p riskka ega loyihaki, hech bir aqli raso odam bunday tavakkalga qo'l urmagan bo'lardi. Yaqinda ikkinchi farzandi tug'ilgan ota sifatida men tanamda qilib aytyapman buni.

Shu sababdan ham ko'plab zamonaviy jamiyatlar hozir demografik jarlik yoqasida turibdi. Bundan qutulishng chorasi esa farzandli bo'lishga irratsional tarafdan qarashdir. Masalan, din bunda katta yordam berishi mumkin. Chunki din insonlarni oilali bo'lishga va ko'p farzand ko'rishga chaqiradi.

Aslida bizning sevgi-muhabbatimiz, boshqalarga g'amxo'rlik qilishimiz - barcha-barchasi irratsional holatdir. Avval-boshidan farzandli bo'lishga Project sifatida qaramaslik kerak. Ba'zilar avvalo farzandim ertaga meni boqadi deya farzandli bo'ladi. Bunday dunyoqarash egoizmdan o'zga narsa emas.

Ota-ona bo'lish — juda katta baxt va buni sizga ratsional tarzda izohlab bera olmayman. Buni iloji yo'q.

O'ylaymanki, bu bizning fitratimizdagi eng sof va buyuk ne'matlardan biri.

@panda_books
Forwarded from Bored Panda
#haqida

Siyosiy qotilliklar

Biz yashayotgan XXI asrda zumer avlodi uchun tarixdagi siyosiy qotilliklar hech qanday emotsiya uyg'otmaydi. Ular hatto yaqin davrda bo'lib o'tganlardan ham bexabar. Masalan, Yuliy Sezarga qilingan suiqasd bizlarga uzoq o'tmish bo'lib tuyulsa, Boris Nemsovga qilingan suiqasd biz uchun unday emas. Ammo negadur Zumerlar tarixda Putinga qarshi siyosiy opponentlar faqat Navalniydan boshlangan deb bilishadi. Mayli, bunga qaytamiz.

Siyosiy raqiblarni jismonan yo'q qilish - insoniyat tarixining eng qadimgi qurollaridan biridir. Hozirgi avlod ancha tinch davrda yashayotgani uchun Navalniy yoki Sinzdyo Abe o'limidan qattiq shok tushib qolishgandi. Ammo biz bilgan tinch davr allaqachon ortda qoldi.

Aynan, Amerikani o'ziga keladigan bo'lsak, ulardagi prezidentlarga qilinadigan suiqasdlar bo'yicha bemalol alohida fan tashkil qilsa bo'ladi. Ehhe, Gamiltondan tortib, Linkoln, Kennedi va Reygangacha.... Har bir davrda bu eski usul hech qayerga yo'q bo'lib ketmadi. Va mana biz yana o'sha an'analarga qaytishayotganini ko'rib turibmiz.

Trampga qilingan suiqasd - bu jiddiy chaqiriq, raqiblar endi hech narsadan qaytmasligiga ishora.

Uning muvaffaqiyatsizlikka uchrashi esa aksincha Trampning saylovlarda yanada ko'proq ovoz olishiga imkon.

Ha, Tramp qaytadi, kuchliroq bo'lib qaytadi.

@boredpandablog
#haqida

Van Gog

Aytgancha, kechagi ko'rgazma davomida Van Gog hayoti haqida oldin e'tibor bermagan bir faktni o'qib qoldim.

Bilasiz, Vinsent Van Gog 1853-yilda Niderlandiyadagi qishloqlarning birida tug'iladi. Unda yoshlikdan san'atga katta qiziqish bor esa-da, afsuski, uning hayot yo'li ancha og'ir va egri-bugri kechadi. Rassomchilik galereyasiga kelishdan oldin u o'qituvchi va missioner bo'lib ishlaydi. Va nihoyat 27 yoshga kelibgina, hamma ishni tashlab faqat tasviriy san'at bilan jiddiy shug'ullanishga ahd qiladi va ilk asarlarini yaratishni boshlaydi. Boshida tund va realistik kartinalardan sekin-asta yorqin, ekspressiv rasmlar chiza boshlaydi. Uning energiyasi uning kartinalarida yaqqol ko'rinib turadi.

U davrda odamlar bizdagidek uzoq umr ko'rishmagani va ta'limning uzviyligi kamroqligini hisobga olsak, Van Gog deyarli o'rtayosh paytida hayotida keskin burilish qilgan bo'lib chiqyapti. Beixtiyor ich-ichimda Vinsentga nisbatan hayrixohlik va tushunish his qildim. I feel it.

Hozir men ham aynan 27 yoshdaman va bunday qarasam, chorak asr yashab qo'yibman. Hayotini deyarli yarmi o'tib bo'lganingda, qalbingning tub-tubida bekinib yotgan va butun umr talpinganing mashg'ulot bilan shug'ullanishni boshlash osonmas. Biz eng shafqatsiz qotillarmiz. Eng birinchi ichimizdagi orzulari osmon bolakayni o'ldirishdan boshlaymiz.

Bu yana bir tomondan motivatsiya ham beradi. Hali hech narsa yo'qotilgani yo'q, Sening hayoting faqat seniki. Uni qanday o'tkazish o'zingga bog'liq.

Kim bilsin, balki sening ichingdagi mitti bolakay ham buyuk dahodir?! Faqat sendan iltimos!!...

Uni o'ldirib qo'yma.

@panda_books