Panda Books
6.26K subscribers
2.14K photos
420 videos
6 files
1.99K links
Books & Book Reviews.
Zamonaviy mutolaa repertuari.

Insta: instagram.com/pandabooksuz

Donat: tirikchilik.uz/PandaBooks
Reklama: @pandapochtabot
Download Telegram
#iqtibos

- Ajoyib tuflichalar! - gap qotdi Uill.
- Nimaga? - so'radim undan.
- Ular bu dunyoniki emas!
- Nima uchun?
- Chunki bu dunyoda hayotidan charchagan odamlar yashaydi.

Jojo Moyes - "To seni topgunimcha"

📱 @panda_books
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#iqtibos

"Dunyodagi eng go'zal narsalarni nartsisslar yaratgan.
Eng qiziqarlilarini shizoidlar yaratgan.
Eng ezgularini depressivlar yaratgan.
Eng imkonsizlarini psixopatlar yaratgan.

Sog'lom odamlar esa insoniyat tarixiga deyarli hissa qo'shishmagan."

Pyotr Gannushkin, psixolog

📱 @panda_books
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#iqtibos

"Voqealar rivojining eng xavfli ssenariysi — bu Xitoy, Rossiya va ehtimol Eron o'rtasidagi ulkan ittifoqidir va bu mafkuraviy asosga emas, balki umumiy norozilik asosiga qurilgan “antigegemonlik" koalitsiyasidir. Ko'lami bo'yicha uni Sovet-Xitoy bloki bilan taqqoslash mumkin, faqat bu safar Xitoy yetakchi, Rossiya esa ergashuvchi bo'ladi. Ushbu ssenariy sodir bo'lishining oldini olish uchun Qo'shma Shtatlardan bir vaqtning o'zida Yevroosiyoning g'arbiy, sharqiy va janubiy chegaralarida o'z geostrategik qobiliyatini namoyish etish talab qilinadi".

Zbignev Bjezinskiy, "Buyuk shaxmat taxtasi: Amerika hukmronligi va uning geostrategik imperativlari" (1997-yil) kitobidan parcha

📱 @panda_books
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
​​#iqtibos

Gitlerning shaxsiy kutubxonasi

Ikkinchi jahon urushi mualliflaridan biri nemis fashistik partiyasi yetakchisi Adolf Gitlerning yoqtirgan sovg'alaridan biri - kitoblar bo'lgani ko'pchilikka sir emas. Va unda nihoyatda ulkan kitoblar kolleksiyasi ham mavjud edi. Quyidagi ilmiy-tarixiy hujjatli kitob Fyurerning shaxsiy kutubxonasiga bag'ishlangan.

"So'nggi yarim asr davomida Adolf Gitler kutubxonasining qoldiqlari AQSH Kongress kutubxonasining Nodir kitoblar bo'limidagi konditsionerli qorong'u javonlarni egallab turibdi. Bir vaqtlar Gitlerning yog'och panellar, qalin gilamlar, mis lampalar, yumshoq stullar - bir so'z bilan aytganda nafis jihozlangan uchta kutubxonasi — Myunxen, Berlin va Berchtesgaden yaqinidagi Obersalzbergdagi shaxsiy turar-joylardagi kitob javonlarini bezab turgan kitoblar hozir Vashington markazida, aniqrog'i, Vashington Milliy alleyasi va naq AQSh Oliy sudining ro'parasida joylashgan Tomas Jefferson binosining bezaksiz, xira yoritilgan gumbazi ostida, po'lat javonlarda qatorlashib turibdi.

Urushdan keyin Gitlerning shaxsiy kutubxonasini o'rganishda fashistlar yetakchisining "7000 jildga yaqin" shaxsiy to'plamining deyarli yarmi harbiy masalalarga bag'ishlanganligi ma'lum qilinadi.

Uni o'rgangan tadqiqotchi Ochsnerning so'zlariga ko'ra, Gitlerda "Napoleon yurishlari, Prussiya qirollari, muntazam harb bilan shug'ullangan har bir nemis va prussiya hukmdori hayoti va dunyo tarixidagi deyarli barcha ma'lum harbiy yurishlar haqida" kitoblar bo'lgan. Ochsnerning ta'kidlashicha, Napoleonning harbiy kampaniyalari haqidagi kitoblariga Gitlerning "o'z qo'li bilan yozilgan keng qamrovli ma'lumotlar bilan to'ldirilgan" va general Verner fon Blomberg tomonidan Gitlerga berilgan "AQSh qurolli kuchlari haqida 400 ta kitob, risola va monografiya" to'plami ham mavjud bo'lgan. Xususan, Ochsner Teodor Ruzveltning Ispaniya-Amerika urushi haqidagi Hisoboti va general Fridrix Vilgelm fon Shtoybenning Amerika inqilobi davrida Jorj Vashington qo'shinlarini tayyorlash tajribasi haqidagi kitoblari ham bir paytlar kitob javonlarida turganligini eslatib o'tadi.

"Uniformalar, qurol-yarog'lar, ta'minot, safarbarlik, tinchlik davrida armiya qurish, targ'ibot va ballistika bo'yicha keng qamrovli ishlar bo'lgan", deydi Ochsner. "Aslida, bu 7000 kitobda yoritilgan harbiy bilimlarning qadimiy yoki zamonaviy sohasi bo'lishidan qat'i nazar, Gitler ularning ko'pini boshidan oxirigacha o'qiganligi aniq."

Gitlerning o'zi ham uning harbiy masalalarga qiziqishi yoshligida Geynrix Gerlingning Franko-Prussiya urushi haqidagi ikki jildli tasvirli tarixi kitobi nusxasini ko'rganida boshlanganligini ta'kidlaydi.

"Hitler's Private Library: The Books That Shaped His Life" kitobidan.

@panda_books
#iqtibos

"Narkom (Xalq komissari o'sha paytda Timoshenko) menga I.V.Stalinga qo'ng'iroq qilishni buyurdi. Men qo'ng'iroq qilyapman. Telefonga hech kim javob bermaydi. Men uzluksiz qo'ng'iroq qilaverdim. Nihoyat, navbatchi qorovul generalining uyqusiragan ovozini eshitaman. "-Kim gapiryapti?" "-Bosh shtab boshlig'i Jukov. Meni zudlik bilan o'rtoq Stalin bilan bog'lang!" "-Nima? Hozirmi? - xavfsizlik boshlig'i hayratda qoldi. - O'rtoq Stalin uxlab yotibdi" "- Darhol uyg'oting, nemislar shaharlarimizni bombardimon qilmoqda!".

— Marshal G.K. Jukovning "Xotiralar"idan

1941-yil 22-iyun soat tonggi 3 da bo'lib o'tgan ushbu voqea keyinchalik butun insoniyat tarixiga o'chmas iz bo'lib kiradigan urushni debochasi edi.

@panda_books
#iqtibos

"Maqsad ayollarga ular ham inson ekanini tushuntirish"

– Eshonxo'jayev. "O'zbekiston tavalludi" kitobidan.

@panda_books
Orzudan suv ichar jasorat guli,
Muhabbat uyg'otar yurak haprig'in,
Azobu alamsiz muhabbat hech yo'q,
Ularsiz ishqivor o'chib qolgan cho'g'.
"Sevgi yo'q" desalar inonma hargiz,
Gul qachon o'sibdi xashagu xorsiz.

#iqtibos #ChingizAytmatov #MuxtorShoxonov

@panda_books
#iqtibos

"Adabiyot - bu stil, boshqa hech nima emas".

Lui-Ferdinand Selin, yozuvchi

@panda_books
Forwarded from Panda Books
​​#iqtibos

Musulmon dunyosi o'zining intellektual va iqtisodiy hayotini yo'qotganda, G'arbiy Yevropa taraqqiyoti boshlandi. XI asrning ikkinchi yarmida G'arbiy Yevropada uchta muhim o'zgarish yuz beradi.

Birinchidan, katolik cherkovi va qirol hokimiyatlari bir-birlariga hukmronlik qilishga urinishlari muvaffaqiyatsizlikka uchradi, bu esa ular o'rtasida "modus vivendi" tartibi (ikki davlat yoki tuzum o'rtasida tinch munosabatlar o'rnatilishi)ni va ular ajratishni institutlashtirishga olib keldi. Bu G'arbiy Yevropa aktor (siyosiy maydondagi o'yinchilar)lari va institutlari o'rtasida decentralization (markazsizlashtirish) va kuchlar muvozanatiga katta hissa qo'shdi.

Ikkinchidan, universitetlar tashkil etila boshlandi va intellektual sinfning asta-sekin paydo bo'lishi va rivojlanishi uchun institutsional asos yaratildi. Akvinadan Lyutergacha, Kopernikdan Galiley va Nyutongacha bo'lgan inqilobga sabab bo'lmish ko'plab mutafakkirlar universitet bitiruvchilari va professorlari edilar.

Uchinchidan, G'arbiy Yevropadagi iqtisodiy inqirozlarning dvigateli bo'la oladigan savdogar va tadbirkorlar sinfi shakllana bordi. Diniy, siyosiy, ziyoli va iqtisodiy sinflar o'rtasidagi yangi aloqalar nihoyat jamiyatni turli xil progressiv jarayonlarga, jumladan, Renessans, geografik tadqiqotlar, Protestant islohoti, ilmiy inqiloblar, Amerika va Buyuk Fransuz inqiloblari va Sanoat inqiloblariga boshlab keldi. Bu jarayonlar natijasida G'arbiy Yevropa bir paytlar ilmiy va siyosiy sohalarda ustun bo'lgan raqobatchilari — musulmon dunyosi va Xitoydan o'zib ketishiga sabab bo'ldi.

— Ahmet Kuru, "Islom, Avtoritarizm va Qoloqlik"

Kitob pdf shakli👉 shu yerda

@panda_books
#iqtibos

Kremniy vodiysida kremniy konlari yo'qligi haqida

Nima uchun XXI asrda yirik davlatlar uchun muvaffaqiyatli urushlar olib borish juda qiyin? Buning sabablaridan biri, iqtisodiyotning tabiati o'zgarganida. Ilgari iqtisodiy aktivlar asosan moddiy edi va fath etish - boyitishning ochiq-oydin usuli hisoblangan. Jang maydonida dushmanlaringizni mag'lub etib, ularning shaharlarini talash, aholisini qul bozorlarida sotish, qimmatbaho bug'doy maydonlari va oltin konlarini o'zingizga olib mo'may pul ishlashingiz mumkin edi. Qadim zamonlarda rimliklar asirga olingan yunonlar va gallarni sotgan, XIX asrda esa amerikaliklar Kaliforniyaning oltin konlarini va Texasdagi chorvachilik fermalarini egallab boyib ketishgan.

Ammo XXI asrda bu yo'l bilan faqat arzimas foyda olish mumkin. Bugungi kunda asosiy iqtisodiy boyliklar bug'doy maydonlari, oltin konlari yoki neft konlaridan emas, balki muassasalar va texnik bilimlardan iborat. Ammo bilimni kuch bilan fath etib bo'lmaydi. "ISHID" kabi guruhlar Yaqin Sharqdagi shaharlarni talon-taroj qilish va neft quduqlarini egallash orqali gullab-yashnashi mumkin (ular Iroq banklaridan 500 million dollardan ko'proq o'g'irlashgan, 2015-yilda esa neft sotishdan yana 500 million dollar olgan).

Lekin yirik davlatlar uchun, masalan, Xitoy yoki AQSh uchun kulgili summa. YaIMi 20 trillion dollardan oshgan Xitoy arzimas milliard uchun urushga kirishishi dargumon. Agar AQSh bilan urushga trillionlab dollar sarflasa, Xitoy bu xarajatlarni, urushdan ko'rgan yo'qotishlar va savdo aylanmasining qisqarishini qanday qoplaydi?

Balki Xitoy xalq armiyasi g‘alaba qozonib, Kremniy vodiysi boyliklarini qo‘lga kiritar? Ha, Apple, Facebook va Google kabi korporatsiyalar milliardlab dollarga ega, ammo bu boyliklarni kuch bilan qo'lga kiritib bo'lmaydi. Silikon vodiysida kremniy konlari mavjud emas.

Harari, "XXI asr uchun 21 ta saboq"

@panda_books
#iqtibos

"Narkom (Xalq komissari o'sha paytda Timoshenko) menga I.V.Stalinga qo'ng'iroq qilishni buyurdi. Men qo'ng'iroq qilyapman. Telefonga hech kim javob bermaydi. Men uzluksiz qo'ng'iroq qilaverdim. Nihoyat, navbatchi qorovul generalining uyqusiragan ovozini eshitaman. "-Kim gapiryapti?" "-Bosh shtab boshlig'i Jukov. Meni zudlik bilan o'rtoq Stalin bilan bog'lang!" "-Nima? Hozirmi? - xavfsizlik boshlig'i hayratda qoldi. - O'rtoq Stalin uxlab yotibdi" "- Darhol uyg'oting, nemislar shaharlarimizni bombardimon qilmoqda!".


Marshal G.K. Jukovning "Xotiralar"idan

1941-yil 22-iyun soat tonggi 3 da bo'lib o'tgan ushbu voqea keyinchalik butun insoniyat tarixiga o'chmas iz bo'lib kiradigan urushni debochasi edi.

@panda_books
#iqtibos

Qadim zamonlardan beri Ossuriyadan Xitoy Sin imperiyasigacha bo'lgan buyuk davlatlar urushlar sabab yaralgan. 1914-yilda mavjud bo'lgan barcha buyuk davlatlar ham muvaffaqiyatli urushlar natijasida o'z maqomiga ega bo'lgan edilar.

Hatto Qo'shma Shtatlar ham nafaqat iqtisodiy tadbirkorlik, balki harbiy harakatlar tufayli ham buyuk davlat maqomiga erishdi. 1846-yilda AQSh qo'shinlari Meksikaga bostirib kirdi va Kaliforniya, Nevada, Yuta, Arizona, Nyu-Meksiko, Kolorado, Kanzas, Vayoming va Oklaxoma shtatlarining bir qismini egallab oldi. Tinchlik shartnomasi orqali esa Texasning anneksiya qilinishini ham muhrladi. Ushbu urushda 13 mingga yaqin amerikalik askarlar halok bo'ldi va mamlakat o'z hududini 2,3 million kvadrat kilometrga oshirdi (bu Fransiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Ispaniya va Italiyaning umumiy maydonidan ko'proq). Bu ming yillikning kelishuvi edi.

Harari, "XXI asr uchun 21 ta saboq"

@panda_books
#iqtibos

Ammo 2018-yilda global elitada bu turdagi urushlar o'tmishda qolib ketganiga ishonish uchun yaxshi asoslar bor. Albatta, ba'zi uchinchi dunyo diktatorlari va nodavlat aktorlar hali ham urushlardan foyda ko'rishadi, ammo yirik davlatlar bu mahoratni "yo'qotganga o'xshaydi".

Isroil haqida ham shunday deyish mumkin. Mamlakat oxirgi muvaffaqiyatli urushini 1967-yilda olib bordi. Bundan keyin Isroil ko'p urushlar tufayli emas, balki ulardan qochib gullab-yashnadi. Bosib olingan hududlarning aksariyati mamlakat uchun og'ir iqtisodiy yuk bo'lib chiqdi va unga imkonsizs siyosiy majburiyatlarni yukladi. Eron kabi Isroil ham so‘nggi paytlarda urushda g‘alaba qozonish orqali emas, balki harbiy avantyurlardan voz kechish orqali o‘zining geosiyosiy mavqeini yaxshiladi.

Isroilning eng ashaddiy dushmanlari Iroq, Suriya va Liviyada urush olib borishdi, biroq Isroil sovuqqonlikni saqladi. Netanyaxuning asosiy siyosiy yutug‘i (2018 yil mart oyi holatiga ko‘ra) u mamlakatni Suriyadagi fuqarolar urushiga jalb qilishga yo‘l qo‘ymadi. Agar xohlasa, Isroil Mudofaa kuchlari Damashqni bir hafta ichida egallab olishlari mumkin edi, lekin nimaga kerak? Isroil armiyasi uchun G'azo sektorini qo'lga kiritish va XAMAS rejimini ag'darish yanada oson bo'lardi, biroq Isroil bu qadamni qo'yishni bir necha bor rad etgan.

Harbiy qudrati va tajovuzkor siyosatchilarning qat'iy ritorikasiga qaramay, Isroil urush orqali hech narsaga erishmasligini yaxshi biladi. AQSh, Xitoy, Germaniya, Yaponiya va Eron kabi Isroil ham 21-asrdagi eng muvaffaqiyatli strategiya - bu kutish va boshqalarga sizning manfaatlaringiz uchun kurashishga manipulyatsiya qilish ekanligini biladi.

Harari, "XXI asr uchun 21 ta saboq"

@panda_books
Forwarded from Panda Books
#mundarija

Kanalda postlarni o'qish va topishni osonlashtiruvchi (#) heshteglar

#taqriz / #review / #feedback - Biror asarga yozilgan taqrizlarni oson topish uchun;

#tavsiya - Kanal muallifi tomonidan o'qish tavsiya etiladigan kitoblar ro'yxati uchun;

#sarhisob - Oy, mavsum yoki yil bo'yi mutolaa qilingan asarlarning ro'yxatini topish uchun;

#Youtube_tavsiya - YouTube videoxostingida ko'rish tavsiya etiladigan foydali kontentlar uchun;

#haqida - Biror qiziqarli mavzu haqida yozilgan postlar;

#list - kitoblar yoki foydali kontentlar ro'yxati;

#mutolaa - Ayni damda mutolaa qilinayotgan kitobdan iqtibos yoki parcha;

#newbook / #yangikitob - Panda Books tomonidan harid qilingan yoki sovg'a qilishgan kitoblar uchun;

#iqtibos - kitobdan iqtiboslar uchun;

#intervyu - Panda Books suhbatlari, podcastlari uchun;

#offtop - Kitob mavzusidan biroz tashqari sohalarga doir postlar uchun;

#longread - Uzuuun yozilgan katta postlaaaar;

#KitobMukofotlari - Dunyoning nufuzli kitob mukofotlari haqida ma'lumotlar uchun;

#bookstores - Ajabtovur kitob do'konlari haqida chiroyli fotolar va ma'lumotlar

#maqola - birorta kattaroq qiziqarli mavzu haqida maqolalar

#nazm - she'riy postlar

#tarjima - kamina tarjima qilgan postlar

@panda_books

Instagram | Youtube | Tiktok