QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.7K subscribers
25.2K photos
2.75K videos
7 files
9.73K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yaponiya #hamkorlik #choy
🌱🫖 O‘ZBEKISTONDA YAPONIYANING CHOY O‘SIMLIGI YETISHTIRILMOQDA
• Respublikamizda choy o‘chimligi yetishtirilayotganidan xabaringiz bormi
• Ushbu choy navlari qaysi mamlakatdan keltirilganidan-chi
• Choy o‘simligini mamlakatimizda ekib, yetishtirishdan maqsad nima

Shu kabi muhim va qiziqarli savollarga javob topmoqchimisiz, unda saytimizda berilgan maqolani o‘qing.
————
#сотрудничество #Япония #чай
🌱🫖 В УЗБЕКИСТАНЕ ВЫРАЩИВАЮТ ЯПОНСКИЙ ЧАЙ
• Знаете ли вы, что в нашей республике выращивают чай
• Из какой страны завезены растения чая
• Какова цель посадки и выращивания чайного растения в нашей стране

Читайте статью на нашем сайте, чтобы узнать ответы на эти вопросы.

WWW /TELEGRAM /FACEBOOK/
YOUTUBE /INSTAGRAM
🌸BAHOR - hamma narsa gullaydigan va o‘zgarib turadigan davr. BAHOR so‘zida 5 ta harf, bahor manzaralari ajoyib va go‘zal bo‘ladigan 5 ta davlat.

#bahor #Ozbekiston #Yaponiya #Rossiya #Gollandiya #Gruziya #bu_gozal
*****
🌸ВЕСНА – время, когда все цветет и преображается. 5 букв в слове ВЕСНА, 5 стран, в которых весенние пейзажи сказочно красивы.

#весна #Узбекистан #Япония #Россия #Голландия #Грузия #это_красиво

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
O‘tgan haftada qaysi davlat istalgan ko‘rinishda, masalan, kub shaklida tarvuz yetishtirishni o‘rganib olgani haqida so‘rov o‘tkazilgandi.

So‘rovda jami 633 kishi ishtirok etdi. Shundan 227 kishi savolga to‘g‘ri javob bergan. To‘g‘ri javob — Yaponiya.

🍉Tarvuzda kub shaklini yaratish uchun maxsus qoliplar qo‘llaniladi. Bu ish tashqaridan oddiy tuyuladi, lekin aslida, o‘ta jiddiy yondashuvni talab qiladi. Har bir tarvuz dehqonlar tomonidan kuniga bir necha marta tekshiriladi, chunki tayyor mahsulot o‘z vaqtida qolipdan tozalanmasa, unda yorilish yoki naqshning buzilishi kabi turli nuqsonlar paydo bo‘lishi mumkin.

📝So‘rovlarimizda ishtirok eting. Bu yerda siz yangi bilimlarni o‘rganishingiz yoki qishloq xo‘jaligi sohasidagi faktlarni bilishingizga ishonch hosil qilishingiz mumkin.

#sorovnoma #tarvuz #Yaponiya

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘ZBEKISTON VA YAPONIYA HAMKORLIGI: TUPROQ UNUMDORLIGINI OSHIRISHDA MUHIM QADAMLAR

📈So‘nggi yillarda mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi sohasida Yaponiya bilan o‘zaro hamkorlik sezilarli darajada rivojlanmoqda.

Toshkent davlat agrar universitetida bo‘lib o‘tgan “O‘zbekistonda yuqori konsentratli fulvo kislotadan foydalangan holda qishloq xo‘jaligi yerlarini yaxshilash texnologiyasi” mavzusidagi seminar ham agrar sohadagi ikki tomonlama hamkorlikning bir ko‘rinishi desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz.

Seminarda Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti direktori Shuhrat Bobomurodov hamda Yaponiya davlatining “Japan Conservation Engineers & Co. LTD” kompaniyasi menejeri Yoshida Kazuyo, tuproq bo‘yicha maslahatchi Akiyama Nanako va vazirlikning boshqarma boshliqlari hamda respublikamizdagi fermer xo‘jaliklari vakillari ishtirok etishdi.

#seminar #Yaponiya

СОТРУДНИЧЕСТВО УЗБЕКИСТАНА И ЯПОНИИ: ВАЖНЫЕ ШАГИ В ПОВЫШЕНИИ ПЛОДОРОДИЯ ПОЧВЫ

📈В последние годы сотрудничество между нашей страной и Японией в сфере сельского хозяйства существенно развивается.

Семинар на тему «Технология улучшения состояния сельскохозяйственных угодий с использованием высококонцентрированной фульвокислоты в Узбекистане», прошедший в Ташкентском государственном аграрном университете, это ещё один пример поступательного развития двустороннего сотрудничества в аграрной сфере.

В работе семинара приняли участие начальники управлений Министерства сельского хозяйства, директор Института почвоведения и агрохимических исследований при министерстве Шухрат Бобомуродов и представители фермерских хозяйств республики, а с японской стороны - менеджер компании «Japan Conservation Engineers & Co LTD» Ёшида Казуё и советник по вопросам почвоведения Акияма Нанако.

#семинар #Япония

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
TUPROQNING SUV ХOSSALARINI O‘RGANISH VA AMALIYOTGA TATBIQ QILISHDA YAPONIYA TAJRIBASI

Joriy yilning 21-noyabr kuni Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Tuproqsifattahlil” DUK da Toshkent davlat agrar universitetining "Dehqonchilik va melioratsiya" kafedrasi olimlari va tashkilot mutaxassislari o'rtasida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Unda Yaponiya tajribasi asosida "Tuproqning to‘la namligi", "Tuproqning maksimal dala nam sig‘imi", "Tuproqning kapilyar namligi", "Tuproqning gigroskopik namligi", "Tuproqning so‘lish namligi" kabi tuproqning suv xossalarini o‘rganish orqali dehqonchilikda suv resurslaridan oqilona foydalanish mavzulari o‘zaro tajriba almashish orqali o'rganildi. Bu omillarni tushunish va boshqarish respublikadagi suv tanqisligi muammosini hal qilishga hissa qo‘shishi muhimligi ta‘kidlandi. Bundan tashqari, ushbu treningda tuproqning suv va havo rejimi haqida ham maʼlumotlar taqdim etildi.

#tuproqsifattahlil #yaponiya_tajribasi #tuproqning_suv_xossasi

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Yaponiya kompaniyalarini yangi istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha tenderlarda ishtirok etishga taklif qildi

🇺🇿🤝🇯🇵 Poytaxtimizda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazir oʻrinbosari Jamshid Xodjayev hamda Yaponiyaning Rossiya va yangi mustaqil davlatlar bilan savdo bo‘yicha ROTOBO assotsiatsiyasi prezidenti Masami Iijima boshchiligida “davlat va biznes” formatida davra suhbati tashkil etildi. Mamlakatimizdagi vazirlik va idoralar hamda ROTOBO assotsiatsiyasiga a’zo yirik kompaniyalar rahbarlarini bir joyga jamlagan ushbu tadbirda Qishloq xo‘jaligi vazirligi nomidan vazir o‘rinbosarlari Alisher Shukurov va Qahramon Yuldashevlar ishtirok etishdi.

Davra suhbatida joriy qo‘shma loyihalar va O‘zbekiston-Yaponiya savdo-investitsiya hamkorligini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinar ekan, mamlakatimizda tadbirkorlar va investorlarni qo‘llab-quvvatlash borasida imtiyoz va preferensiyalar amal qilayotgani ta’kidlandi.

📌 Tadbir yakunlari bo‘yicha tomonlar ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash va erishilgan kelishuvlarni sifatli amalga oshirish bo‘yicha keyingi chora-tadbirlar to‘g‘risida kelishib oldilar. Ishtirokchilar mazkur tadbir O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi iqtisodiy sheriklikning yangi o‘sish nuqtalarini shakllantirishga hamda o‘zaro hamkorlikni sezilarli darajada kengaytirish va mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirdilar.

#yaponiya #istiqbolli_taklif

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM