QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
16.5K subscribers
25.7K photos
2.76K videos
7 files
9.83K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
#qishloq_xojaligi #royxatdan_otkazish #muhokama

🔰Bugun, 24-noyabr kuni Toshkentda O‘zbekiston Respublikasida ilk marta o‘tkaziladigan qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazishning istiqboldagi rejalari muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO), O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi ekspertlari hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etdi.

Davra suhbatida FAOning Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy bo‘limi statistika bo‘yicha mutaxassisi Georgiy Kvinikadze boshqa mamlakatlarning qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha tajribasi, shuningdek, tashkilotning bu borada amalga oshirgan ishlari haqida taqdimot qildi.

👉Batafsil
*****
#сельское_хозяйство #перепись #обсуждение

🔰Сегодня, 24 ноября в Ташкенте прошёл круглый стол, посвященный обсуждению дальнейших планов по проведению первой сельскохозяйственной переписи в Узбекистане.

В мероприятии приняли участие эксперты Продовольственной и сельскохозяйственной организации Объединённых Наций (FAO), Государственного комитета Республики Узбекистан по статистике, Министерства сельского хозяйства Республики Узбекистан, а также представители других заинтересованных министерств и ведомств.

В ходе прошедшего круглого стола Георгий Квиникадзе, специалист по статистике Регионального отделения FAO по Европе и Центральной Азии, рассказал об опыте других стран по организации сельскохозяйственной переписи, а также о проделанной со стороны FAO работе в этом направлении.

👉Подробнее

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
#Yigilish #Muhokama #Subsidiya

📌2022-yil 30-noyabr kuni Qishloq xo‘jaligi vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi vakillari, qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Qahramon Yuldashev boshchiligidagi jamoa, tegishli boshqarmalar, vazirlik huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi xodimlari, suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Rustam Qarshiyev rahbarligidagi jamoa, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi vakillari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Prezidentning “Qishloq xo‘jaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 1-martdagi PQ-144-son qarorining ijro holati hamda yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish, suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga Davlat byudjetidan subsidiya mablag‘lari ajratilishini taʼminlash masalalari muhokama etildi.

Shuningdek, Vazirlar Maxkamasining “Fermer xo‘jaliklarining nasos agregatlari va sug‘orish quduqlari isteʼmol qiladigan elektr energiyasi qiymatini qoplash uchun O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetidan subsidiyalar ajratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 3-maydagi 320-son qaroriga muvofiq amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha ham muloqot qilindi.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
ANDIJON VILOYATIDA O‘TKAZILGAN SEMINARDA KUZ-QISH ISHLARI MUHOKAMA QILINDI

“2022-2023-yillar kuz-qish oylarida olib boriladigan ishlar”
mavzusida Qishloq xo‘jaligi vazirligi Andijon viloyati Shahrixon tuman bo‘limi rahbariyati tashabbusi bilan “Yangi Vahim” mavzesida seminar bo‘lib o‘tdi.

#seminar #muhokama #Andijon
*****
НА СЕМИНАРЕ В АНДИЖАНСКОЙ ОБЛАСТИ ОБСУДИЛИ ОСЕННЕ-ЗИМНИЕ РАБОТЫ

Прошел семинар на тему «Работы, подлежащие проведению в осенне-зимние месяцы 2022-2023 гг.», который был организован по инициативе руководства Шахриханского районного отдела Андижанской области Министерства сельского хозяйства РУ.

#семинар #Андижан

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
UZUMCHILIK VA VINOCHILIKNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI: SAMARADORLIK VA KELGUSIDAGI REJALAR

🍇Joriy yilning 4-yanvar kuni Qishloq xoʻjaligi vazirligida uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish masalalalari boʻyicha uchrashuv boʻlib oʻtdi.

🍷Uchrashuvda sohadagi mavjud muammolar (koʻchatchilik, kadrlar masalasi, kredit, eksport va investitsiya) va ularning yechimi boʻyicha takliflar muhokama qilindi.

👉Batafsil

#vazir #uchrashuv #muhokama #uzumchilik #vinochilik #kochatchilik #eksport #investitsiya

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QISHLOQ XO‘JALIGI KOOPERATIVLARINING FERMERLAR UCHUN IMKONIYATLARI

👥O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Germaniya Xalqaro Hamkorlik Jamiyati (GIZ) vakillari ishtirokida “Qishloq xo‘jaligi kooperativi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan ikkinchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

#kooperativ #uchrashuv #muhokama #hamkorlik
*****
СЕЛЬХОЗ КООПЕРАТИВЫ – НОВЫЕ ВОЗМОЖНОСТИ ДЛЯ ФЕРМЕРОВ

👥Состоялась вторая встреча с участием представителей Министерства сельского хозяйства РУ и Германского общества международного сотрудничества (GIZ), посвященная обсуждению законопроекта “О сельскохозяйственном кооперативе”.

#кооператив #встреча #обсуждение #соотрудничество

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘ZBЕKISTON-TURKIYA QISHLOQ XO‘JALIGI TIZIMIDA HAMKORLIK ISTIQBOLLARI

🇹🇷 Qishloq xo‘jaligi vazirligida Turkiya Respublikasi Savdo vazirligi va Tashqi iqtisodiy aloqalar kengashining texnik konsalting sohasida eng ilg‘or 10 ta xususiy kompaniyalari vakillaridan iborat delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🌾Uchrashuvda Turkiya tomoni O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasini so‘nggi 5 yilda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida rivojlanib borayotganini yuqori baholab, kelgusida qishloq xo‘jaligini modernezatsiyalash ehtiyoji borligini hisobga olgan holda O‘zbekistonga qardosh do‘st davlat sifatida ushbu tizimning rivojlanishi uchun o‘z hissalarini qo‘shishga va ilg‘or tajribalarini bo‘lishishga tayyorligi ma’lum qilindi.

🧬 Shuningdek, qishloq xo‘jaligida zararkunandalarga qarshi kurashishda suv, tuproq va undagi foydali tirik organizmlarga bo‘lgan salbiy ta’sirni kamaytirishga qaratilgan ilmiy izlanishlarni hamkorlikda olib borish va qishloq xo‘jaligi ekinlari va chorva mollarini iqlim o‘zgarishi xatarlaridan sug‘urtalash bo‘yicha Turkiya tajribasini o‘rganish taklifi ilgari surildi.

#turkiya #hamkorlik #muhokama

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
CHANG VA QUM BO‘RONLARI TA’SIRINI KAMAYTIRISH MASALALARI MUHOKAMA ETILDI

📅 Joriy yilning 13-17-noyabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan forumda Cho‘llanishga qarshi kurashish Konvensiyasining bajarilishini ko‘rib chiqish qo‘mitasining 21-sessiyasi (CRIS-21) doirasida BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) “Chang va qum bo‘ronlariga qarshi kurashda kuchlarni birlashtirish: birgalikda biz global javobga hissa qo‘shishimiz mumkin” mavzusida fikr almashildi.

196 mamlakatdan 500 dan ortiq delegatsiya vakillari ishtirok etgan ushbu tadbir turli xorijiy davlatlarning ushbu tabiiy hodisaga qarshi kurashish borasidagi sa’y-harakatlarini namoyish etish, milliy, mintaqaviy va mintaqalararo harakatlarga tayangan holda ushbu yo‘nalishdagi global choralarni targ‘ib qilish bo‘yicha fikr almashish maqsadida o‘tkazildi.

Anjuman davomida qishloq xo‘jaligida chang va qum bo‘ronlariga qarshi kurashish bo‘yicha uchta yangi nashr, ya’ni, “Qum va chang bo‘ronlari: yumshatish, moslashish, qishloq xo‘jaligida xatarlarni boshqarish siyosati va choralari bo‘yicha qo‘llanmasi” va “Qum va chang bo‘ronlariga tayyorgarlik, chorvachilik jamoalari ishtirokida favqulodda vaziyatlarni rejalashtirish: Mo‘g‘uliston bo‘yicha amaliy tadqiqotlar” hisoboti va “Eron Islom Respublikasida qishloq xo‘jaligining qum va chang bo‘ronlariga chidamliligini oshirish uchun investitsiyalar va harakatlarni kuchaytirish uchun favqulodda rejalashtirish jarayoni” qo‘llanmalari taqdim etildi.

Forum yakunida qurg‘oqchilikka chidamlilikni oshirish, ayollarning yer huquqlarini targ‘ib qilish hamda chang va qum bo‘ronlariga qarshi kurashish, shuningdek, mamlakatlar qishloq xo‘jaligi yerlarini tiklashda erishayotgan yutuqlarni muhokama qilish uchun yangi platforma yaratishga kelishildi.

#chang #muhokama #fikr_almashinuv

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
HAMKORLIKDAGI LOYIHA ISTIQBOLLARI MUHOKAMA QILINDI

🟥 Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov boshchiligida Qatarning “Baladna” kompaniyasi maslahatchisi Shon Makkelin bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Onlayn muloqotda “Baladna” kompaniyasi tomonidan Jizzax viloyatida sut va sut mahsulotlarini ishlab chiqarish va yirik chorvachilik kompleksini tashkil etish loyihasining istiqbollari muhokama qilindi.

🟢 Shuni aytib o‘tish kerakki, mazkur loyiha bo‘yicha ishlar birmuncha avval boshlangan bo‘lib, joriy yilning 15-iyunida Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Jizzax viloyati hokimligi tomonidan ishlab chiqilgan Memorandum loyihasi imzolanib, Qatar tomoniga taqdim etilgan edi. Ayni paytda Qatar tomonidan mazkur Memorandum imzolanishi kutilmoqda.

🔗 Shuningdek, 7-12 iyul kunlari taklif etilayotgan yer maydonlari va investitsiya shart-sharoitlarini o‘rganish va kerakli tahlillarni o‘tkazish maqsadida, mazkur kompaniya maslahatchisi Shon Makkelinning O‘zbekistonga tashrifi amalga oshirilgan edi.

Onlayn uchrashuvda loyiha doirasida ishlab chiqariladigan sut va sut mahsulotlariga aholining qay darajada ehtiyoji borligi, bu yerda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni qo‘shni davlatlarga eksport qilish imkoniyatlari haqida fikrlashildi.
Shuningdek uchrashuv so‘ngida loyihani amalga oshirish ishlarini jadallashtirish maqsadida hozirda mavjud bo‘lgan masalalarni bartaraf etishga kelishildi.

#onlayn_uchrashuv #muhokama #istiqbollar

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM