QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
16.5K subscribers
25.7K photos
2.76K videos
7 files
9.83K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
CHANG VA QUM BO‘RONLARI TA’SIRINI KAMAYTIRISH MASALALARI MUHOKAMA ETILDI

📅 Joriy yilning 13-17-noyabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan forumda Cho‘llanishga qarshi kurashish Konvensiyasining bajarilishini ko‘rib chiqish qo‘mitasining 21-sessiyasi (CRIS-21) doirasida BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) “Chang va qum bo‘ronlariga qarshi kurashda kuchlarni birlashtirish: birgalikda biz global javobga hissa qo‘shishimiz mumkin” mavzusida fikr almashildi.

196 mamlakatdan 500 dan ortiq delegatsiya vakillari ishtirok etgan ushbu tadbir turli xorijiy davlatlarning ushbu tabiiy hodisaga qarshi kurashish borasidagi sa’y-harakatlarini namoyish etish, milliy, mintaqaviy va mintaqalararo harakatlarga tayangan holda ushbu yo‘nalishdagi global choralarni targ‘ib qilish bo‘yicha fikr almashish maqsadida o‘tkazildi.

Anjuman davomida qishloq xo‘jaligida chang va qum bo‘ronlariga qarshi kurashish bo‘yicha uchta yangi nashr, ya’ni, “Qum va chang bo‘ronlari: yumshatish, moslashish, qishloq xo‘jaligida xatarlarni boshqarish siyosati va choralari bo‘yicha qo‘llanmasi” va “Qum va chang bo‘ronlariga tayyorgarlik, chorvachilik jamoalari ishtirokida favqulodda vaziyatlarni rejalashtirish: Mo‘g‘uliston bo‘yicha amaliy tadqiqotlar” hisoboti va “Eron Islom Respublikasida qishloq xo‘jaligining qum va chang bo‘ronlariga chidamliligini oshirish uchun investitsiyalar va harakatlarni kuchaytirish uchun favqulodda rejalashtirish jarayoni” qo‘llanmalari taqdim etildi.

Forum yakunida qurg‘oqchilikka chidamlilikni oshirish, ayollarning yer huquqlarini targ‘ib qilish hamda chang va qum bo‘ronlariga qarshi kurashish, shuningdek, mamlakatlar qishloq xo‘jaligi yerlarini tiklashda erishayotgan yutuqlarni muhokama qilish uchun yangi platforma yaratishga kelishildi.

#chang #muhokama #fikr_almashinuv

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM