QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
22.4K photos
2.66K videos
7 files
9.14K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
HAMKORLIKDAGI LOYIHA ISTIQBOLLARI MUHOKAMA QILINDI

🟥 Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov boshchiligida Qatarning “Baladna” kompaniyasi maslahatchisi Shon Makkelin bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Onlayn muloqotda “Baladna” kompaniyasi tomonidan Jizzax viloyatida sut va sut mahsulotlarini ishlab chiqarish va yirik chorvachilik kompleksini tashkil etish loyihasining istiqbollari muhokama qilindi.

🟢 Shuni aytib o‘tish kerakki, mazkur loyiha bo‘yicha ishlar birmuncha avval boshlangan bo‘lib, joriy yilning 15-iyunida Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Jizzax viloyati hokimligi tomonidan ishlab chiqilgan Memorandum loyihasi imzolanib, Qatar tomoniga taqdim etilgan edi. Ayni paytda Qatar tomonidan mazkur Memorandum imzolanishi kutilmoqda.

🔗 Shuningdek, 7-12 iyul kunlari taklif etilayotgan yer maydonlari va investitsiya shart-sharoitlarini o‘rganish va kerakli tahlillarni o‘tkazish maqsadida, mazkur kompaniya maslahatchisi Shon Makkelinning O‘zbekistonga tashrifi amalga oshirilgan edi.

Onlayn uchrashuvda loyiha doirasida ishlab chiqariladigan sut va sut mahsulotlariga aholining qay darajada ehtiyoji borligi, bu yerda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni qo‘shni davlatlarga eksport qilish imkoniyatlari haqida fikrlashildi.
Shuningdek uchrashuv so‘ngida loyihani amalga oshirish ishlarini jadallashtirish maqsadida hozirda mavjud bo‘lgan masalalarni bartaraf etishga kelishildi.

#onlayn_uchrashuv #muhokama #istiqbollar

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM