Texnikumlar | Rasmiy xabarlar
4.15K subscribers
271 photos
63 videos
80 files
385 links
Янги профессионал таълим тизими–шахс, жамият ва иқтисодиёт манфаатлари интеграцияси.

Саволлар бўлса: texnikumlar@bk.ru почта манзилига юборинг

Реклама бўйича мурожаат: @analytic_22

Техникумлар гуруҳи 👉 @texnikumlar_guruhi
Download Telegram
Kollej va texnikumlar imtihonining to’rtinchi kun natijalari e’lon qilindi

29-sentyabr kuni test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.

Ma’lumot uchun: 29-sentyabr kuni o‘tkazilgan test sinovlarida jami 13 ming nafardan ziyod abituriyent ishtirok etdi.

@TEXNIKUMLAR
⚡️Endi xotin-qizlar kollej va texnikumlarda davlat granti asosida taʼlim oladilar

Hukumatning “Kollej va texnikumlarda kasb (mutaxassislik) egallash istagida bo‘lgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 516-son (29.09.2023-y) qarori qabul qilindi.

Qarorga koʻra 2023/2024-oʻquv yilidan boshlab kollej va texnikumlarga qurilish, transport, kommunal, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi kasb (mutaxassislik) egallash istagida bo‘lgan xotin-qizlar davlat granti asosida taʼlim oladilar.

Xotin-qizlarni davlat granti asosida o‘qitish xarajatlari:

2023-yilda respublika byudjetidan byudjet mablag‘larini taqsimlovchi sifatida tizimida kollej va texnikumlar bo‘lgan vazirlik va idoralarga ajratilgan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi:

2024-yilidan boshlab esa Davlat byudjeti parametrlarini shakllantirishda nazarda tutiladi.

Kollej va texnikumlarga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan xotin-qizlar 10-oktyabrga qadar muassasa direktori nomiga davlat granti asosida taʼlim olish uchun ariza bilan murojaat qiladilar.

2023/2024-yilidan boshlab kollej va texnikumlar direktorlari davlat granti asosida taʼlim oladigan xotin-qizlar uchun Davlat byudjetidan ajratiladigan mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.

@TEXNIKUMLAR
Texnikumlar | Rasmiy xabarlar pinned «⚡️Endi xotin-qizlar kollej va texnikumlarda davlat granti asosida taʼlim oladilar Hukumatning “Kollej va texnikumlarda kasb (mutaxassislik) egallash istagida bo‘lgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 516-son (29.09.2023-y)…»
#Qabul2023   #Kollej   #Texnikum

⚡️ Beshinchi (so‘nggi) kun natijalari e’lon qilindi

2023-yil 30-sentabr kuni o‘tkazilgan professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikumlar) ga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 30-sentabr kuni test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.

📋 Ma’lumot uchun: 30-sentabr kuni o‘tkazilgan test sinovlarida 2 ming nafardan ziyod abituriyent ishtirok etdi.

@TEXNIKUMLAR
#Tezkor

⚡️2023/2024-o‘quv yili qabulida kollej va texnikumlarga o‘qishga tavsiya etilmagan abituriyentlar diqqatiga!

Professional ta’limda o‘qish imkoniyati kengaytirilmoqda. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyrug‘i bilan 2023/2024-o‘quv yilida my.uzbmb.uz platformasi orqali kollej va texnikumlarda (yuridik texnikumlar bundan mustasno) kasb yoki mutaxassislik egallash istagida ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarni qabul parametri doirasida mavjud vakant (bo‘sh) o‘rinlarga qabul qilish imkoniyati yaratildi.

Bunda birinchi navbatda, abituriyentlar test natijalari bo‘yicha ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya etilgan holda qabul qilinadi.

Shuningdek, qabul yakunlari bo‘yicha shakllanmagan (o‘quvchilar soni 12 nafardan kam bo‘lgan) guruhlarga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilingan o‘quvchilar arizasiga ko‘ra, ta’lim shakli o‘zgarmagan holda davlat granti asosida boshqa kasb (mutaxassislik)ga o‘zgartirishi mumkin.

Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlariga test sinovlarida ishtirok etib, o‘qishga tavsiya etilmagan abituriyentlar faqat ushbu texnikumdagi mos mutaxassislik bo‘yicha vakant o‘rinlarga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi. Ushbu texnikumlarning vakant o‘rinlariga mos mutaxassislik bo‘yicha o‘qishga da’vogar abituriyent bo‘lmagan taqdirda, mazkur muassasaning boshqa mutaxassisliklari bo‘yicha o‘qishga tavsiya etilmagan abituriyentlar qabul qilinishiga ruxsat beriladi.

Shu bilan birga, tibbiyot yo‘nalishidagi mutaxassisliklarga tavsiya etilmagan abituriyentlar boshqa kollej va texnikumlardagi vakant o‘rinlarga o‘qish uchun ham murojaat etishlari mumkin.

Vakant o‘rinlariga o‘qish istagida bo‘lganlar 2023-yilning 13-noyabr kuniga qadar professional ta’lim muassasasi ma’muriyatiga murojaat qilishlari lozim.

Izoh: Prezidentning 200-son (03.07.2023-y.) hamda Vazirlar Mahkamasining 516-son (29.09.2023-y.) qarorlarida belgilangan kasb (mutaxassislik)lar davlat granti asosida o‘qitiladi.

@TEXNIKUMLAR
Texnikumlar | Rasmiy xabarlar pinned «#Tezkor ⚡️2023/2024-o‘quv yili qabulida kollej va texnikumlarga o‘qishga tavsiya etilmagan abituriyentlar diqqatiga! Professional ta’limda o‘qish imkoniyati kengaytirilmoqda. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyrug‘i bilan 2023/2024-o‘quv…»
#eslatma
#ikki_kun_qoldi

⚡️Kollej va texnikumlarga o‘qishga tavsiya etilmagan abituriyentlar vakant joylarga qabul qilinmoqda

Vakant o‘rinlariga o‘qish istagida bo‘lganlar 2023-yilning 13-noyabr kuniga qadar professional ta’lim muassasasi ma’muriyatiga murojaat qilishlari lozim.

Izoh: Prezidentning 200-son (03.07.2023-y.) hamda Vazirlar Mahkamasining 516-son (29.09.2023-y.) qarorlarida belgilangan kasb (mutaxassislik)lar davlat granti asosida o‘qitiladi.

@TEXNIKUMLAR
Forwarded from Xushnudbek.uz
Kollej va texnikumlarga o‘qishga tavsiya etilmagan abituriyentlar vakant joylarga kirishi mumkin. Ariza berish uchun 2 kun vaqt qoldi

Bunda birinchi navbatda, abituriyentlar test natijalari bo‘yicha ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya etilgan holda qabul qilinadi.

Shuningdek, qabul yakunlari bo‘yicha shakllanmagan (o‘quvchilar soni 12 nafardan kam bo‘lgan) guruhlarga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilingan o‘quvchilar arizasiga ko‘ra, ta’lim shakli o‘zgarmagan holda davlat granti asosida boshqa kasb (mutaxassislik)ga o‘zgartirishi mumkin.

Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlariga test sinovlarida ishtirok etib, o‘qishga tavsiya etilmagan abituriyentlar faqat ushbu texnikumdagi mos mutaxassislik bo‘yicha vakant o‘rinlarga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.

Shu bilan birga, tibbiyot yo‘nalishidagi mutaxassisliklarga tavsiya etilmagan abituriyentlar boshqa kollej va texnikumlardagi vakant o‘rinlarga o‘qish uchun ham murojaat etishlari mumkin.

Vakant o‘rinlariga o‘qish istagida bo‘lganlar 2023-yilning 13-noyabr kuniga qadar professional ta’lim muassasasi ma’muriyatiga murojaat qilishlari lozim.


👉 @xushnudbek 👈
⚡️Коллеж ва техникумларга ўқишга тавсия этилмаган абитуриентлар вакант жойларга кириши мумкин. Эртага ариза беришнинг оҳирги куни

Бунда биринчи навбатда, абитуриентлар тест натижалари бўйича баллар кетма-кетлигига қатъий риоя этилган ҳолда қабул қилинади.

Шунингдек, қабул якунлари бўйича шаклланмаган (ўқувчилар сони 12 нафардан кам бўлган) гуруҳларга давлат гранти асосида ўқишга қабул қилинган ўқувчилар аризасига кўра, таълим шакли ўзгармаган ҳолда давлат гранти асосида бошқа касб (мутахассислик)га ўзгартириши мумкин.

Абу Али ибн Сино номидаги Жамоат саломатлиги техникумларига тест синовларида иштирок этиб, ўқишга тавсия этилмаган абитуриентлар фақат ушбу техникумдаги мос мутахассислик бўйича вакант ўринларга тўлов-контракт асосида қабул қилинади.

Шу билан бирга, тиббиёт йўналишидаги мутахассисликларга тавсия этилмаган абитуриентлар бошқа коллеж ва техникумлардаги вакант ўринларга ўқиш учун ҳам мурожаат этишлари мумкин.

Вакант ўринларига ўқиш истагида бўлганлар 2023 йилнинг 13 ноябрь кунига қадар профессионал таълим муассасаси маъмуриятига мурожаат қилишлари лозим.

@TEXNIKUMLAR
#eslatma

⚡️Bugun kollej va texnikumlarga o‘qishga tavsiya etilmagan abituriyentlardan vakant joylarga o‘qish uchun ariza qabul qilishning oxirgi kuni

Vakant o‘rinlariga o‘qish istagida bo‘lganlar BUGUN, 13-noyabr kuni ham professional ta’lim muassasasi ma’muriyatiga murojaat qilishlari lozim.

Izoh: Prezidentning 200-son (03.07.2023-y.) hamda Vazirlar Mahkamasining 516-son (29.09.2023-y.) qarorlarida belgilangan kasb (mutaxassislik)lar davlat granti asosida o‘qitiladi.

@TEXNIKUMLAR
#raqamlashtirish

⚡️Texnikum va kollej o‘quvchilariga to‘lov-shartnoma berish raqamlashtirildi

Ma’lumki, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida barcha jarayonlar raqamlashtirilib, abituriyentlar va talabalarga qulay sharoitlar yaratilmoqda.

Endi texnikum va kollej o‘quvchilari to‘lov-shartnomalarni elektron shaklda, ortiqcha ovoragarchiliklarsiz onlayn olishlari mumkin.

Buning uchun vazirlikning prof.edu.uz platformasidan foydalangan holda shartnomani yuklab olish talab etiladi.

Joriy yildan boshlab shartnomalar faqat elektron shaklda taqdim etiladi.

@TEXNIKUMLAR
⚡️Texnikumlarda kredit-modul tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi

Tasdiqlangan yangi tartibga ko'ra, texnikumlarda kredit-modul tizimida o‘quv jarayoni kredit to‘plash va ko‘chirishning Yevropa modeliga muvofiq tashkil qilinadi.

O‘quv yili davomiyligi ta’lim dasturi asosida belgilanadi. Akademik davr davomida o‘quvchi tomonidan to‘planishi lozim bo‘lgan kreditlar miqdori o‘quv rejasida ko‘rsatilgan majburiy va tanlov fanlarni o‘z ichiga oladi.

O‘quvchi bir o‘quv yilida kamida 60 kredit to‘plashi zarur. Texnikumlarda o‘quv yuklamasining hajmi o‘quv rejasi asosida belgilanadi.

Kredit-modul tizimida 1 kredit o‘rtacha 25-30 akademik soat hisobidagi o‘quv yuklamasiga teng qilib olinadi.

Bunda o‘quvchi muayyan fandan tegishli kreditlarni to‘plashi uchun belgilab olingan miqdordagi o‘quv yuklamasini o‘zlashtirishi zarur.

O‘quv yuklamasi auditoriya soati va mustaqil ta’lim soatiga bo‘linadi. Ta’lim dasturi o‘quv yili uchun o‘quvchi tomonidan qoida tariqasida, bir semestrda 30 kredit, bir o‘quv yilida 60 kredit to‘plashi inobatga olinib ishlab chiqiladi.

@TEXNIKUMLAR
📢📢📢 ASSALOMU ALAYKUM

Siz maqola chiqarmoqchisiz, lekin qanday maqola chiqarishni bilmayapsizmi 🤔

Maqola chiqarishga vaqtingiz yo'qmi🕐

Biz sizga #Xalqaro va #Respublika jurnallarda maqola chiqarishingizga yordam beramiz😊

#Qulay imkoniyatdan foydalaning

📊 Xizmatlarimiz orasiga endilikda

🗞 Maqola yozish
📓 Kurs ishi
📗 Referat
📘 Slayd va barcha kompyuter xizmatlari rus, ingliz, o‘zbek tillarida tayyorlab beriladi
🧨 3 yoki undan ortiq buyurtmalar uchun chegirmalarimiz mavjud! 💣

Murojaat uchun: @analytic_22
⚡️Kollej, texnikumlarni tugatganlar OTMda 3-kursdan o‘qishi mumkin

▪️ Bu haqida prezident boshchiligidagi yig‘ilishda so‘z bordi. Unga ko‘ra, yangi o‘quv yilidan boshlab texnikumlarda o‘qitish “Akademik” va “Ishchi kasb” ta’lim komponentlarining uzviyligini ta’minlaydigan yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yiladi.

🎓 Bunda:

kollej-texnikumning 1-2-kursidagi ta’lim dasturlari, darsliklari, bilimni baholash mezonlari va muallimlarga talablar oliygohlar bilan bir xil bo‘ladi;

texnikumlarda ham “kredit tizimi” joriy qilinib, fanni o‘zlashtirish bo‘yicha to‘plangan “kreditlar” oliygohlarda tan olinadigan tizim bo‘ladi.

Ya’ni, kollej-texnikumda ikki yil davomida yetarli “kredit” to‘plagan o‘quvchilar “2+2” yoki “2+3” dasturlari asosida oliygohlarning ikkinchi yoki uchinchi kurslarida ta’limni davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Kollej-texnikumda o‘qib, faoliyatini ishlab chiqarishda davom ettirmoqchi bo‘lganlarni sohadagi mavqeini oshirish bo‘yicha ham yangi tizim yo‘lga qo‘yiladi. Endi, kollej-texnikumda “ishchi kasb” yo‘nalishida o‘qiganlar ikki yoki uch yil ishlab, tajriba orttirganidan keyin, imtihon topshirib, “bakalavr”ga teng malaka darajasini olishi mumkin.

@TEXNIKUMLAR
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Prezident #yig‘ilish #Oliyta’lim #Profta’lim

Yig‘ilishda 50 ming kollej-texnikum o‘quvchisini dual ta’lim bilan qamrab olishni tashkil qilish topshirildi.

Bu ishlar, avvalo, to‘qimachilik, qurilish va qurilish materiallari, eltexsanoat, mashinasozlik yo‘nalishlarida boshlanadi.

Bundan buyon bilim va malakani baholash jarayonlari bosqichma-bosqich nodavlat tashkilotlarga o‘tkaziladi.

Oliy ta’lim vazirligiga bakalavr yo‘nalishlarini yiriklashtirish hisobiga ularning sonini 40 foizga qisqartirish, ushbu yo‘nalishlardagi ta’lim dasturlarini TOP-300 ga kirgan oliygohlar dasturi asosida yangilash topshirildi.

Aniq va fundamental fanlar bo‘yicha ilg‘or darsliklarni xorijiy tillardan bosqichma-bosqich tarjima qilish kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

@TEXNIKUMLAR
#Prezident #yig‘ilish #Oliyta’lim

Mutasaddilarga 1-maygacha talab yuqori 100 ta kasbni tanlab, Germaniya, Shveysariya va Buyuk Britaniya tajribasi asosida kasb standartlarini ishlab chiqish topshirildi.

Bunda kasbga talab ish beruvchi ehtiyojiga moslashadi. Ish beruvchilarning vakillari ta’lim muassasasida joylashishi uchun juda katta imkoniyatlar yaratiladi.

Ular bilan har bir oliygoh, texnikum va kollejda texnopark, laboratoriya va amaliy monomarkazlar tashkil etish shartligi ko‘rsatib o‘tildi.

Talabalar amaliyotni tashkil etilayotgan yangi korxonalarda ko‘proq o‘tkazishi lozimligi ta’kidlandi.

@TEXNIKUMLAR
#Prezident #yig‘ilish #Profta’lim

O‘tgan yilgi 380 ming maktab bitiruvchisidan 180 mingi ta’limni kollej, texnikum yoki oliygohda davom ettirmoqda. Qolgan 200 ming nafari mehnat bozoriga kirib kelmoqda.

Dual ta’lim bilan 234 ta profta’lim muassasasida barcha o‘quvchilar ham qamrab olinmagan. Vazirliklar o‘zlariga tegishli kollej va texnikumlarda o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlash tizimli ishga qo‘yilishi, ulardagi quvvatlar 100 foizga ishlatilishi kerak.

Qurilish vazirligida 13 ta, Suv xo‘jaligi vazirligida 9 ta, Veterinariya qo‘mitasidagi 5 ta kollej va texnikumda malakali amaliyotchi ustalarni ko‘paytirish, ish beruvchilar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish zarur.

@TEXNIKUMLAR
#Bilasizmi

diplom.edu.uz platformasi orqali bakalavr, magistr, litsey, texnikum, kasb-hunar maktabi va kollejlarni bitirganlik to‘g‘risidagi diplom ma’lumotlarining haqiqiyligini tekshirish va qo‘shimcha ta’lim ma’lumotlarini kiritish mumkin.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli ta’lim texnoligiyalarini rivojlantirish markazi tomonidan ishlab chiqilgan mazkur axborot tizimida bugungi kunda 2 mlnga yaqin bitiruvchilarning diplom ma’lumotlari jamlangan.

Tizim quyidagi jarayonlarni o‘z ichiga oladi:

bitiruvchilarning diplom ma’lumotlari kiritiladi va tasdiqlanadi;

diplom ma’lumotlari mavjud bo‘lmaganda bitiruvchilar Yagona identifikatsiya tizimi – OneID orqali ro‘yxatdan o‘tib, ma’lumotlarni kiritadi. Oliygoh esa diplom ma’lumotlari to‘g‘riligini tasdiqlaydi.

Platforma boshqa davlat idoralari axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan. Bunda ma’lumotlar avtomatik tarzda shakllanadi va diplom ma’lumotlarini kiritish talab etilmaydi.

@TEXNIKUMLAR
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM