Texnikumlar | Rasmiy xabarlar
4.18K subscribers
272 photos
63 videos
80 files
395 links
Янги профессионал таълим тизими–шахс, жамият ва иқтисодиёт манфаатлари интеграцияси.

Саволлар бўлса: texnikumlar@bk.ru почта манзилига юборинг

Реклама бўйича мурожаат: @analytic_22

Техникумлар гуруҳи 👉 @texnikumlar_guruhi
Download Telegram
#qabul2024
#abituriyent

Abituriyentlar test uchun to‘lovlarni bugun ham amalga oshirsa bo‘ladi

Testga kirish uchun talab etiladigan to‘lovni amalga oshirishning so‘nggi muddati bugun, 26-iyun soat 23:59 gacha etib belgilangan.

Bugundan kechikkan abituriyentlar test sinovlariga qo‘yilmaydi.

Hujjat topshirish kecha soat 23:59 da yakunlandi.

Ma’lumot uchun, 2024–2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ishtirok etish uchun 894 279 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi.

@TEXNIKUMLAR
❗️Test sinovlari 14–28-iyul kunlari o‘tkazilishi kutilmoqda

Shuningdek, rejaga ko’ra, 1–25-iyul kunlari ijodiy imtihonlar o‘tkaziladi. Abituriyentlar ijodiy imtihonda to‘plagan balini o‘sha kunning o‘zida, testda to‘plagan balini ertasiga bilishi mumkin.

Ijodiy imtihon va test sinovlari to‘liq yakunlangandan so‘ng, ro‘yxatdan o‘tishning ikkinchi bosqichida abituriyentlar 15 kun davomida test ballaridan kelib chiqib, 5 tagacha yo‘nalishni, ta’lim shaklini (kunduzgi, kechki, sirtqi), tanlov ustuvorligini tanlaydi.

Shundan so’ng mandat chiqadi. Yiqilganlarga esa kollej yoki texnikumga kirishga imkoniyat beriladi.

✔️ @mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.

@TEXNIKUMLAR
#РАСМАН #ТАРҚАТИНГ
⚡️❗️Тест синовлари 14-июльдан бошланади, мандат 22-августга қадар эълон қилинади

📌 2024/2025 ўқув йили учун олий таълим муассасаларига кириш тест синовлари 2024 йил 14 июлдан 28 июл кунига қадар ўтказилиши режалаштирилган.

📖 Имтиҳонлар 28 июлда якунланади ҳамда 30 июлдан бошлаб 15 кун йўналиш танлаш имконияти яратилади.

📆 13 августда (шу куни ҳам танлаш мумкин бўлади) ушбу муддат якунланади.

7 кунлик муддатдан сўнг мандат ҳисобланади ҳамда 21-22 августда мандат эълон қилинади.

@TEXNIKUMLAR
Янги ўқув йилидан олийгоҳлар қошидаги жами 73 та академик лицейда тажриба тарзида “Халқаро бакалавриат” ва “A-level” дастурлари жорий қилинади.

Бу дастурлар асосида сертификат олган ўқувчилар ўша олийгоҳга имтиҳонсиз, контракт асосида қабул қилинади.

Ёшларимиз хорижий олийгоҳларда ўқиш учун математика, инглиз тили ва илмий фикрлаш бўйича “SAT” имтиҳонини топширмоқда. Бу тестларда 75 фоиздан юқори натижа кўрсатган ўқувчилар чет элни энг нуфузли олийгоҳларига грант ютаяпти.

- Энди бундай ёшларни ўзимизни олийгоҳларга ҳам грантга қабул қиламиз,
- деди Президент.

@TEXNIKUMLAR
⚡️Rasman: Oliygohlarning birinchi va ikkinchi kurslaridagi fanlar texnikumlar bilan uyg‘unlashadi.

Natijada texnikumni muvaffaqiyatli bitirganlar to'g'irdan-to'g'ri oliygohga 2-3 kursdan qabul qilinadilar!

Texnikumning birinchi va ikkinchi yilini yaxshi o‘qigan yoshlarga xalqaro klassifikatorning tegishli darajasiga mos keluvchi diplom beriladi.

Ularga oliygohni ikkinchi yoki uchinchi kursidan o‘qishni kontrakt asosida davom ettirish imkoniyati beriladi.

Kasbi bo‘yicha malaka darajasi va ikki yillik staji bor yoshlar korxona tavsiyasi bilan oliygohlarga kontrakt asosida qabul qilinadi.

@TEXNIKUMLAR
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Litseyga qabulda maksimal ball qancha?

2024/2025-oʻquv yili uchun akademik litseylarning ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi o‘tkaziladigan FANLAR MAJMUASI, TEST TOPSHIRIQLARI SONI hamda BAHOLASH MEZONLARI

👉 Barcha test topshiruvchilar uchun topshiriqlar soni jami 60 ta bo‘lib, shundan 20 tasi o‘quvchining intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash bo‘yicha hamda ta’lim yo‘nalishlariga mos ikkita fan bo‘yicha esa, jami 40 ta test savollari tushadi.

📌 To‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball — 146:

🔹IQ — 1.1*20 =22;
🔸1-fan — 3.1*20=62;
🔹2-fan — 3.1*20=62.

@TEXNIKUMLAR
#qabul2024
#akademik_litsey
#infografika

Akademik litseylarga qabul bo‘yicha arizalar statistikasi

2-iyul soat 18:00 holatiga ko‘ra, 35 186 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.

☝️Eslatma, hujjatlar 10-iyulga qadar (shu kuni ham) my.edu.uz portali orqali onlayn qabul qilinadi.

@TEXNIKUMLAR
#qabul2024
#infografika
#kasbhunarmaktablari

Kasb-hunar maktablariga qabul bo‘yicha arizalar statistikasi

2-iyul soat 18.00 holatiga ko‘ra kasb-hunar maktablariga jami 33 735 nafar o‘quvchi onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.

Eslatma: hujjatlar my.edu.uz elektron platformasi orqali 20-iyul (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn qabul qilinadi.

@TEXNIKUMLAR
❗️❗️DIQQAT❗️❗️

🏥ABU ALI IBN SINO NOMIDAGI JAMOAT SALOMATLIGI TEXNIKUMI BITIRUVCHILAR DIQQATIGA!!!

Tibbiyot bitiruvchilarni OTM ga suhbat asosida oʻqishga kirishda
SUHBAT IMITIHONIGA TAYORLANISH UCHUN KANALIMIZGA TAKLIF QILAMIZ!

BU KANALIMIZDA
OTM GA SUHBAT TAYORLANISH UCHUN:

📑 QARORLAR
🩺 Klinik fanlar
🦠 BIOLOGIYA
🌡 KIMYO
VA BARCHA MAʼLUMOTLAR HUJJAT TOPSHIRISH USULLARI .

SAMARQAND DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETIGA SUHBAT ASOSIDA HUJJAT TOPSHIRMOQCHILAR UCHUN ALOHIDA TAYORLANISH KURSI MAVJUD!

🗣SUHBAT SAVOLLARI JAVOBLARI VA TUSHISHI EHTIMOLI BOR SAVOLLAR MUHOKAMA QILINADI.

https://t.me/texnikum_suhbat_tayorlanish

Guruhga qo'shilish uchun havolani ustiga bosing 👆👆👆👆

Реклама
#qabul2024
#infografika
#kasbhunarmaktablari

Kasb-hunar maktablariga qabul bo‘yicha arizalar statistikasi

4-iyul soat 18.00 holatiga ko‘ra kasb-hunar maktablariga jami 86 939 nafar o‘quvchi onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.

Eslatma: hujjatlar my.edu.uz elektron platformasi orqali 20-iyul (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn qabul qilinadi.

@TEXNIKUMLAR
🎓 Texnikumni imtiyozli ( Baholari aʼlo 85% ''5'' )  tugatgan talabalar ''SUHBAT'' asosida 2-kursdan OTMlarga kirish imkoniyati mavjud.

🫥 DIQQAT
Bizda INTENSIV TAYYORLOV KURSI
"Barcha tibbiyot texnikumlarini ijobiy baholarga bitirgan.
🔎 Aziz yoshlar keling.
📌 Imkoniyatni qo'ldan boy bermang!

💬 Nega aynan biz
🎙 Aniq planlashtirilgan reja.
🎙 Yuqori sifatli darslar.
🎙 Yetarli tajriba.
🎙 Tushish ehtimoli yuqori savollar va ularga javoblar

🫥 ONLINE: Koʻp sonli talabalarni soʻroviga koʻra endi bizda masofadan kurslarimizga ham qabul boshlandi.

🫥 OFFLINE:
🫥 Hozirda offline kurslarimiz davom etyapti.

👥 Ustozlar:
Ziyoyev Sarvar
Sheraliyev Asliddin
Muxamadaliyev Asadbek
📌 Bog'lanish uchun tel nomer:
📞 +998990904639
📞 +998939784008

👤 Telegram: @PATHOLOGIST_N1
@Mukhamadaliev
🗂 Hozir ayni shu toifaga kiruvchi abituriyentlar uchun qabul davom etyapti shoshiling ⚡️
📍 Manzil:
Fargʻona shahar VAI ''MONOMARKAZ''.

📈 🟢 " KANALIMIZGA ULANISH '' uchun bosing!!!

Реклама
⚡️SAVOL: Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar uchun oliy ta’limga qabul qilish bo‘yicha suhbat qachon boʻladi?

JAVOB:
Amaldagi Nizomga muvofiq, onlayn ro‘yxatdan o‘tgan (my.edu.uz orqali) bitiruvchilarning tizimga yuklangan hujjatlari oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari tomonidan har yili 5-avgustga qadar o‘rganib chiqiladi va o‘rganish natijalari bo‘yicha abituriyentlarning shaxsiy kabineti orqali ularga xabar beriladi.

Bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha o‘tkaziladigan suhbat jarayoni har yili 10-avgustdan 25-avgustgacha, oliy ta’lim muassasasi tomonidan belgilangan muddatda o‘tkaziladi.

Suhbat o‘tkazish muddatlari suhbat jarayonlari boshlanishidan kamida bir hafta oldin oliy ta’lim muassasasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Suhbat orqali qabul qilish tartibi texnikumni tamomlagan yildan boshlab ikki yil mobaynida tatbiq etiladi.

@TEXNIKUMLAR
⚡️Техникумларни аъло баҳолар билан битирганларни 2-курсга қабул қилиш бошланди

Ҳукумат қарорига асосан техникумларни муваффақиятли тамомлаган битирувчиларни суҳбат асосида олий таълим муассасалари бакалавриатига 2-курсдан ўқишга қабул қилиш тартиби белгиланган.

Ушбу тоифадаги абитуриентлар 2024 йил 5 июлдан бошлаб Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлигининг Ягона таълим хизматлари портали my.edu.uz орқали онлайн рўйхатдан ўтказилмоқда.

Рўйхатдан ўтишда абитуриент тўғрисидаги маълумотлар платформада автоматик шаклланади. Рўйхатдан ўтказиш жараёни жорий йилнинг 25 июлига қадар давом этади.

Маълумот учун, ушбу Низом олий ҳарбий, олий ҳарбийлаштирилган таълим муассасаларига, Тошкент давлат юридик университетига, Ўзбекистонда фаолият олиб бораётган хорижий ва нодавлат олий таълим ташкилотлари ҳамда уларнинг филиалларига нисбатан татбиқ этилмайди.

@TEXNIKUMLAR
Texnikumlar | Rasmiy xabarlar pinned «⚡️Техникумларни аъло баҳолар билан битирганларни 2-курсга қабул қилиш бошланди Ҳукумат қарорига асосан техникумларни муваффақиятли тамомлаган битирувчиларни суҳбат асосида олий таълим муассасалари бакалавриатига 2-курсдан ўқишга қабул қилиш тартиби белгиланган.…»
Абитуриентларга рухсатномаларни бериш бошланди

2024-2025 ўқув йилида олий ва профессионал таълим муассасаларига кириш учун онлайн рўйхатдан ўтган абитуриентларга “Абитуриент рухсатномаси”ни бериш бошланди.
Абитуриентлар тест синовларида иштирок этиш учун “Абитуриент рухсатномаси”ни my.uzbmb.uz сайтига шахсий идентификация рақами ҳамда паспорт серияси ва рақамини киритган ҳолда олишлари мумкин.

@TEXNIKUMLAR
❗️Абитуриент эслаб қолинг: Абитуриентлар тест синовига паспорт (ID-карта) ва абитуриент рухсатномаси билан белгиланган вақтдан кечикмаган ҳолда келишлари лозим.

Паспорт нусхаси ёки бошқа ҳужжатлар билан келган, шунингдек, кечикиб келган абитуриентлар тест синовларига киритилмайди.

@TEXNIKUMLAR
⚡️Abituriyentlar diqqatiga!

❗️Ma'lumki, 2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlari 14-iyuldan boshlanadi.

📌 Test sinovlari kuniga 2 smenada tashkil etiladi. 1-smena soat 08:00 da, 2-smena 15:00 da boshlanadi. Abituriyentlardan test sinovlari boshlanishidan kamida bir yarim soat oldin belgilangan hududga yetib kelishlari talab etiladi.

Test sinovlarida ishtirok etish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi” my.uzbmb.uz sayti orqali berilmoqda.

⚡️ Test sinovlari boshlanishiga sanoqli kunlar qolganligi bois abituriyentlardan o‘zlariga tegishli “Abituriyent ruxsatnomasi”ni yuklab olishlarini hamda chop etib qo‘yishlarini so‘raymiz.

❗️Abituriyentlar ruxsatnomada belgilangan manzildagi binoda, ko‘rsatilgan sanada va smenada test sinovlarida ishtirok etadi. Abituriyentlarga boshqa hudud, kun va smenada test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat etilmaydi.

📋 Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.

❗️ Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!

⭐️ Barcha abituriyentlarga test sinovlarida omad tilaymiz!!!

@TEXNIKUMLAR
#ДИҚҚАТ #ТАРҚАТИНГ

⚡️❗️Эртага, 11-июль куни соат 11:00 дан 13:00 га қадар ёки 14:00 дан 15:00 га қадар барча абитуриентлар рухсатномаларида кўрсатилган манзилдаги ўзлари тест синовида иштирок этадиган бинога келиб, тест синови ўтказиладиган жойлар билан танишиб кетишлари мумкин.

@TEXNIKUMLAR
Bugun test topshirganlarning natijalari ertaga e’lon qilinadi

Hukumat qarori (20.06.2017 №393) bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq abituriyentning test sinovidan toʻplagan ballari haqidagi maʼlumot test sinovi oʻtkazilgan kunning ertasiga eʼlon qilinadi.

Yaʼni bugun testda ishtirok etganlar oʻzlari toʻplagan ballni ertaga bila oladi.

Barcha uchun test sinovlari toʻliq yakunlanganidan soʻng abituriyentlarga yoʻnalish tanlash imkoniyati ochiladi.

To'plagan ballidan kelib chiqib yo'nalish tanlashdan avval abituriyentlarga @mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining o'tgan yillardagi oʻtish ballari bilan tanishishni tavsiya etamiz.

@TEXNIKUMLAR