Texnikumlar | Rasmiy xabarlar
4.11K subscribers
271 photos
68 videos
92 files
418 links
Янги профессионал таълим тизими–шахс, жамият ва иқтисодиёт манфаатлари интеграцияси.

Саволлар бўлса: texnikumlar@bk.ru почта манзилига юборинг

Реклама бўйича мурожаат: @analytic_22
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
#bilasizmi

417 602 nafar o‘quvchi professional ta’limda tahsil olmoqda

Bu ko‘rsatgich 2020/2021-o‘quv yiliga nisbatan 2 barobar oshdi. Batafsil infografikada👆

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#Bilasizmi

🎓 Bugungi kunda respublikamizda professional ta’lim muassasalari soni jami 704 tani tashkil etadi. Shundan 330 tasi kasb-hunar maktabi, 166 tasi kollej, 208 tasi esa texnikum. Ularda hozir 417 542 nafar o‘quvchiga 26 768 nafar o‘qituvchi ta’lim bermoqda.

Shuningdek, 69 ta akademik litseyda 3 mingga yaqin pedagoglar 28 664 nafar o‘quvchiga bilim bermoqda.

Batafsil yuqoridagi infografikada👆

Telegram |Instagram |Facebook |YouTube
Forwarded from Edu.uz
#Bilasizmi

2021-yilgi milliy reytingda qaysi akademik litseylar TOP-5 talikdan joy olgan?

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan 2021-yil yakunlari boʻyicha e'lon qilingan milliy reytingda yurtimizning 5 ta akademik litseyi 4 ta muhim yo‘nalish bo‘yicha yuqori natija ko‘rsatib, TOP-5 talikdan o‘rin oldi. Ular:

➡️“TIQXMMI" Milliy tadqiqot universitetining “International house Tashkent" akademik litseyi;
➡️Toshkent xalqaro vestminster universiteti akademik litseyi;
➡️Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyi;
➡️Toshkent davlat oʼzbek tili va adabiyoti universiteti akademik litseyi;
➡️Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi.

Maʼlumot o‘rnida, milliy reytingda 65 ta akademik litseyning 7 ta indikator bo‘yicha faoliyati samaradorligi baholangan.

Telegram |Instagram |Facebook |YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

Bu yil quyidagi platformalar orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati yaratilgan:

Akademik litseyga qabul (1-iyundan 10-iyulga qadar)
👉 my.edu.uz

Kasb-hunar maktablariga qabul (1-iyuldan 20-iyulga qadar)
👉 my.edu.uz

Bakalavriat yo‘nalishlariga qabul (20-iyundan 20-iyulga qadar)
👉 my.uzbmb.uz yoki my.gov.uz

Magistratura mutaxassisliklariga qabul (1-yuldan 30-iyulga qadar)
👉 magistr.edu.uz

Texnikumni a’lo baho bilan tamomlagan abituriyentlarni suhbat asosida OTMga qabul qilish (5-iyuldan 25-iyulga qadar)
👉 my.edu.uz

Ikkinchi mutaxassislikka qabul (10-iyuldan 10-avgustga qadar)
👉 my.edu.uz

O‘qishni ko‘chirish (15-iyuldan 5-avgustga qadar)
👉 transfer.edu.uz — davlat OTMning biridan boshqasiga;
👉 my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMlariga.

@TEXNIKUMLAR
#Bilasizmi

diplom.edu.uz platformasi orqali bakalavr, magistr, litsey, texnikum, kasb-hunar maktabi va kollejlarni bitirganlik to‘g‘risidagi diplom ma’lumotlarining haqiqiyligini tekshirish va qo‘shimcha ta’lim ma’lumotlarini kiritish mumkin.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli ta’lim texnoligiyalarini rivojlantirish markazi tomonidan ishlab chiqilgan mazkur axborot tizimida bugungi kunda 2 mlnga yaqin bitiruvchilarning diplom ma’lumotlari jamlangan.

Tizim quyidagi jarayonlarni o‘z ichiga oladi:

bitiruvchilarning diplom ma’lumotlari kiritiladi va tasdiqlanadi;

diplom ma’lumotlari mavjud bo‘lmaganda bitiruvchilar Yagona identifikatsiya tizimi – OneID orqali ro‘yxatdan o‘tib, ma’lumotlarni kiritadi. Oliygoh esa diplom ma’lumotlari to‘g‘riligini tasdiqlaydi.

Platforma boshqa davlat idoralari axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan. Bunda ma’lumotlar avtomatik tarzda shakllanadi va diplom ma’lumotlarini kiritish talab etilmaydi.

@TEXNIKUMLAR
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #eslatma

⚡️Shoshiling, ikki kun qoldi! 56.7 balldan kam to‘plaganlar ham kollej/texnikum tanlovida qatnasha oladi

Xabaringiz bor ayni kunlarda oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar my.uzbmb.uz saytida kollej yoki texnikumlarning kasb va mutaxassisligi hamda ta’lim shaklini tanlamoqda. Tanlov 27-avgustga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Bunda amaldagi tartibga ko‘ra kirish imtihonlarida qatnashgan barcha abituriyentlar tanlovda ishtirok etishi mumkin. Kollej/texnikumlarga qabulda minimal o‘tish ballari belgilanmagan.

Shunday ekan, sizlarda 2 kun vaqt qolmoqda.

❗️Ma’lumot uchun joriy yilda texnikum yoki kollejlarga alohida ro‘yxatdan o‘tib, imtihon topshirilmaydi. Yoʻnalish tanlab qoʻysa boʻldi. Abituriyentlar tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z tanlovlarini o‘zgartirishlari mumkin.

Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari (MANDAT) tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.

@TEXNIKUMLAR
#bilasizmi

⚡️ESLATMA! Kollej va texnikumlarning ayrim kasb(mutaxassislik)lariga to‘lov-kontrakt asosida tavsiya etilgan xotin-qizlar to‘liq davlat granti asosida ta’lim olishi mumkin

Ushbu imkoniyatdan foydalanish bo‘yicha nizom Vazirlar Mahkamasining 516-son qarori (29.09.2023-y.) bilan tasdiqlangan.

Unga ko‘ra:
🔠kollej va texnikumlarga qurilish, transport, kommunal, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi kasb (mutaxassislik) bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan xotin-qizlar o‘quv yilining 10-oktyabriga qadar ushbu kollej yoki texnikum direktori nomiga davlat granti asosida o‘qish uchun ariza bilan murojaat qiladilar.

🔠arizalar taalluqliligi bo‘yicha kollej va texnikumlar tomonidan uch ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi hamda umumlashtirilgan holda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmalariga taqdim etiladi.

🔠hududiy boʻlinmalar umumlashtirilgan maʼlumotlarni 15-oktyabrga qadar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga yuboradi.

@TEXNIKUMLAR