Texnikumlar | Rasmiy xabarlar
4.11K subscribers
271 photos
68 videos
92 files
418 links
Янги профессионал таълим тизими–шахс, жамият ва иқтисодиёт манфаатлари интеграцияси.

Саволлар бўлса: texnikumlar@bk.ru почта манзилига юборинг

Реклама бўйича мурожаат: @analytic_22
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
#raqamlashtirish #diplomdublikat

Endi diplom dublikatini olish yanada osonlashdi

Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat (diplom) dublikatlarini olish istagini bildirgan fuqarolarga onlayn murojaat qilish imkoniyati yaratildi.

Endilikda fuqarolarning ta’lim muassasalariga borishlariga hojat qolmadi.

Fuqaro Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz orqali onlayn yoki oʻziga yaqin joydagi Davlat xizmatlari markazlariga borib diplom dublikatini olish uchun soʻrovnomani toʻldiradi, ortiqcha hech qanday hujjat talab etilmaydi.

Murojaat etilgan kundan boshlab o‘n ish kunida vakolatli organdan diplom dublikatini olib ketishi yoki fuqaro pochta xizmatidan foydalangan taqdirda o‘n besh ish kunida uning yashash manziliga yetkazib berilishi mumkin.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#raqamlashtirish

⚡️Texnikum va kollej o‘quvchilariga to‘lov-shartnoma berish raqamlashtirildi

Ma’lumki, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida barcha jarayonlar raqamlashtirilib, abituriyentlar va talabalarga qulay sharoitlar yaratilmoqda.

Endi texnikum va kollej o‘quvchilari to‘lov-shartnomalarni elektron shaklda, ortiqcha ovoragarchiliklarsiz onlayn olishlari mumkin.

Buning uchun vazirlikning prof.edu.uz platformasidan foydalangan holda shartnomani yuklab olish talab etiladi.

Joriy yildan boshlab shartnomalar faqat elektron shaklda taqdim etiladi.

@TEXNIKUMLAR