Texnikumlar | Rasmiy xabarlar
4.11K subscribers
271 photos
68 videos
92 files
418 links
Янги профессионал таълим тизими–шахс, жамият ва иқтисодиёт манфаатлари интеграцияси.

Саволлар бўлса: texnikumlar@bk.ru почта манзилига юборинг

Реклама бўйича мурожаат: @analytic_22
Download Telegram
#Qabul_2023
#infografika

⚡️21-avgust soat 09:00 holatiga ko‘ra, texnikumlarga qabul bo‘yicha jami 41 881 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.

Shundan:
Kunduzgi – 37 015 nafar;
Sirtqi – 4 265 nafar;
Kechki – 33 nafar;
Dual – 568 nafar ta’lim shakllari uchun (batafsil infografikada).

❗️Eslatma: hujjatlar my.uzbmb.uz elektron platformalari orqali 10-sentabr (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn qabul qilinadi.

@TEXNIKUMLAR
⚡️Texnikumlarda qabul kvotasining 50 foizi davlat granti asosida belgilangan kasb va mutaxassisliklar ro‘yxati

Eslatma: hujjatlar my.gov.uz sayti orqali qabul qilinmoqda.

@TEXNIKUMLAR
⚡️Yuridik texnikumlarining kirish imtihonlari qachon bo'lishi aniq bo'ldi

Kirish test sinovlari 29-30-avgust kunlari 2 smenada o‘tkaziladi.

1️⃣-smenada 09:00 dan 12:00 ga qadar;
2️⃣-smenada 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

📚 Test sinovlari 2 ta mutaxassislik fani (huquqshunoslik, chet tili) va 3 ta majburiy fan (ona tili, matematika, O‘zbekiston tarixi) dan o‘tkaziladi.

@TEXNIKUMLAR
Texnikumlar | Rasmiy xabarlar pinned «⚡️Yuridik texnikumlarining kirish imtihonlari qachon bo'lishi aniq bo'ldi Kirish test sinovlari 29-30-avgust kunlari 2 smenada o‘tkaziladi. 1️⃣-smenada 09:00 dan 12:00 ga qadar; 2️⃣-smenada 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi. 📚 Test sinovlari 2 ta mutaxassislik…»
Yuridik texnikumlarga qabul boʻyicha qoʻshimcha maʼlumotlar

Kirish test sinovlari 2023-yil 29-30-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi va 2 smenada o‘tkaziladi.

💰Adliya vazirligining yuridik texnikumlarida 2023/2024 oʻquv yili uchun toʻlov-kontrakt shaklida oʻqitish miqdorlari 6 370 000 soʻm etib belgilangan.

💵 Yuridik texnikumlarning takliflariga binoan, ularning imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, test sinovlari natijalariga koʻra qabul qilinmagan abituriyentlar Adliya vazirligining qarori bilan qoʻshimcha ravishda tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida qabul qilinishi mumkin.

Respublika oliy taʼlim muassasalarida “yurisprudensiya” taʼlim yoʻnalishi boʻyicha test sinovlarida ishtirok etib, unda Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga kirish test sinovlarini natijalari yuzasidan toʻlov-kontrakt boʻyicha minimal oʻtish balini toʻplagan, oʻqishga tavsiya etilmagan abituriyentlar joriy yilning 25-sentabriga qadar (shu kuni ham) toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga kirish uchun ariza bilan yuridik texnikumga murojaat qilishlari mumkin.

🗓 Yuridik texnikum o‘quvchilari to‘lov-kontrakt miqdorini o‘quv yili davomida shartnomada ko‘rsatilgan muddatlarda oyma-oy bo‘lib to‘lashi mumkin:

to‘lov-kontrakt miqdori oyma-oy bo‘lib to‘lash imkoniyati o‘quv yilining birinchi yarmi uchun to‘lov-kontrakt miqdorining kamida 50 foizini belgilangan muddatda to‘laganlarga taqdim etiladi;

2023/2024 o‘quv yili uchun abituriyentlar tomonidan o‘quv yilining birinchi yarmi uchun to‘lov-kontrakt miqdorining kamida 50 foizi 1-oktabrdan kechiktirmay to‘lanadi.

@TEXNIKUMLAR
Сиз раҳбарлик қилаётган техникум ёки касб-ҳунар коллежи ҳақида, у ердаги таълим йўналишлари ҳақида абитуриентларни хабардор қилишни истайсизми?

Вақтдан унумли фойдаланиш учун сизни ҳамкорликка чақирамиз. Каналимизда реклама хизмати мавжуд. Биз билан боғланинг.
👉@analytic_22

Бизда барчаси осон.

@TEXNIKUMLAR
#Qabul2023

Ҳозирда қабул жараёнлари давом этмоқда. Шу сабабли реклама хизматига кичик акциялар эълон қиламиз. Бизга мурожаат қилинг ва арзон нархда коллеж ёки техникумингизни реклама қилиб берамиз.

Мурожаат қилиш 👉 @analytic_22
Forwarded from Edu.uz
5-sentabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, texnikumlarga qabul bo‘yicha jami 100 199 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.

Shundan:
Kunduzgi – 90 697 nafar;
Sirtqi – 8153 nafar;
Kechki – 86 nafar;
Dual – 1 263 nafar ta’lim shakllari uchun (batafsil infografikada).

❗️Eslatma: hujjatlar my.uzbmb.uz elektron platformalari orqali 10-sentabr (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn qabul qilinadi.

Kvotalar to‘liq @eduuzuniversalbot’da



⚡️По состоянию на 10:00 5 сентябрь, для приема в техникумы онлайн регистрацию прошли 100 199 абитуриентов.

Из них:
На дневную форму обучения – 90 697 абитуриентов;
заочную – 8153;
вечернюю – 86;
дуальную – 1 263 (подробности в инфографике).

❗️Важно: документы принимаются через электронную платформу my.uzbmb.uz до 10 сентября (включительно) в онлайн формате.

Полная квота на @eduuzuniversalbot

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#qabul_2023 #texnikum
#infografika

6-sentyabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, texnikumlarga qabul bo‘yicha jami 105 939 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.

Shundan:
Kunduzgi – 95 910 nafar;
Sirtqi – 8 579 nafar;
Kechki – 91 nafar;
Dual – 1 359 nafar ta’lim shakllari uchun (batafsil infografikada).

❗️Eslatma: hujjatlar my.uzbmb.uz elektron platformalari orqali 10-sentabr (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn qabul qilinadi.

Kvotalar to‘liq @eduuzuniversalbot’da



⚡️По состоянию на 10:00 6 сентябрь, для приема в техникумы онлайн регистрацию прошли 105 939 абитуриентов.

Из них:
На дневную форму обучения – 95 910 абитуриентов;
заочную – 8 579;
вечернюю – 91;
дуальную – 1 359 (подробности в инфографике).

❗️Важно: документы принимаются через электронную платформу my.uzbmb.uz до 10 сентября (включительно) в онлайн формате.

Полная квота на @eduuzuniversalbot

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
⚡️Эртага коллеж ва техникумларга қабул якунланади

2023 йил 10 август куни профессионал таълим муассасалари (коллеж ва техникумлар) га абитуриентларни онлайн рўйхатга олиш бошланган эди.

🖥 Абитуриентларни рўйхатга олиш Билимни баҳолаш агентлигининг my.uzbmb.uz сайтида “Профессионал таълим муассасаларига қабул” бўлими орқали амалга оширилмоқда.

📆 10 сентябрь — профессионал таълим муассасаларига абитуриентларни онлайн рўйхатга олишнинг сўнгги куни ҳисобланади.

👨🏻‍💻 Шу сабабли профессионал таълим муассасаларида таҳсил олиш истагини билдирган абитуриентлар эртага 23:59 га қадар рўйхатдан ўтишлари мумкинлигини эслатиб ўтамиз.

@TEXNIKUMLAR
Ҳозирча имтихон ҳақида ҳеч қандай маълумотлар мавжуд эмас. Янгиликлар бўладиган бўлса, албатта, ушбу каналда маълумот берилади.

@TEXNIKUMLAR
#ProfTalim
#Qabul_2023

⚡️ Professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari sanasi aniq bo‘ldi

📆 2023/2024-o‘quv yili uchun professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikum) ga kirish test sinovlari 2023-yil 26–29-sentabr kunlari 2 smenada o‘tkaziladi. Bunda test sinovlari:

1️⃣-smenada 08:00 dan 11:00 ga qadar;
2️⃣-smenada 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

📚 Test sinovi kasb va mutaxassislikka mos 2 ta fan va barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan (ona tili, matematika, O‘zbekiston tarixi) dan o‘tkaziladi.

Unda talabgorlarga mutaxassislik fanlaridan 30 tadan, majburiy fanlardan 10 tadan jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 3 soat vaqt ajratiladi.

📌 Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob uchun:

🔹 1-mutaxassislik fanida — 3,1 balldan (jami 93 ball);
🔹 2-mutaxassislik fanida — 2,1 balldan (jami 63 ball);
🔹 majburiy fanlarda — 1,1 balldan (jami 33 ball) beriladi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilim va malakalarni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidan yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

@TEXNIKUMLAR
Texnikumlar | Rasmiy xabarlar pinned «#ProfTalim #Qabul_2023 ⚡️ Professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari sanasi aniq bo‘ldi 📆 2023/2024-o‘quv yili uchun professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikum) ga kirish test sinovlari 2023-yil 26–29-sentabr kunlari 2 smenada o‘tkaziladi.…»
2023/2024 oʻquv yili uchun kollej va texnikumlarga kirish test sinovlari joriy yil 26-29-sentyabr kunlari ikki smenada: 1-smena 08:00 dan 11:00 gacha, 2-smena 15:00 dan 18:00 gacha oʻtkaziladi. Bir smenada 21 060 nafar, bir kunda esa 42 120 nafar abituriyent test jarayonida ishtirok etadi.

Shuningdek, alohida iqtidor talab etiladigan kasb va mutaxassisliklarga oʻquvchilarni qabul qilish boʻyicha 2023/2024 oʻquv yili uchun 32 ta kollej va 19 ta texnikumda kasbiy (ijodiy) imtihonlar oʻtkaziladi. Texnikumlarda 25-sentyabr kunidan kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlandi.

Hozirda kollej va texnikumlarga kirish test sinovlarini tashkil etish uchun hududlarning maʼmuriy markazlari hamda 47 ta tuman (shahar)dagi 61 ta katta sigʻimli bino tanlab olinib, ularda test sinovlariga tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda.
Imtihonlarni ochiq va shaffof oʻtishini taʼminlash maqsadida keng jamoatchilik orasidan 1 500 nafarga yaqin nomzod guruh nazoratchisi sifatida jalb etilgan.
Test sinovi natijalarini imtihon oʻtkazilgan kunning ertasiga, yakuniy tanlov natijalarini esa 3-oktyabr kuni eʼlon qilish rejalashtirilgan. Test sinovlari jarayonlarini ommaviy axborot vositalarida kuzatib borish mumkin.

Shu oʻrinda, abituriyent-yoshlarimizdan test sinovi oʻtkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlarini soʻrab qolamiz. Belgilnagan vaqtdan kech qolganlar imtihonga kiritilmaydi.
Maʼlumot uchun aytib oʻtmoqchiman, 2023/2024 oʻquv yilida kollej va texnikumlarga kunduzgi, dual, sirtqi va kechki taʼlim shakllari boʻyicha 110 356 ta (shundan 33 657 tasi davlat granti) qabul parametri tasdiqlanib, abituriyentlarni roʻyxatga olish 2023-yil 10-avgustdan 10-sentyabrga qadar amalga oshirildi. Bunda ilk bor dual taʼlim shakli uchun 2 988 ta grant oʻrin ajratildi.
Bu yil respublika boʻyicha jami 327 ta kollej va texnikumga 175 853 nafar abituriyent hujjat topshirdi. Ulardan 140 868 nafari – kunduzgi, 28 649 nafari – sirtqi, 243 nafari – kechki va 6 093 nafari – dual taʼlim shakli boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan. 
Eng koʻp Toshkent temir yoʻl texnikumiga – 6 019 nafar, Qarshi Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumiga – 5 167 nafar, Andijon Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumiga – 4 042 nafar hujjat topshirilgan.
Bir oʻringa eng katta raqobat kunduzgi taʼlim shaklida taʼlim tili oʻzbek tilida olib boriladigan guruhlarda boʻlib, birgina Qarshi Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumining “Hamshiralik ishi” mutaxassisligiga – 107,4 nafar abituriyent toʻgʻri kelmoqda.

@TEXNIKUMLAR
Bugundan kollej va texnikumlarga kirish test sinovlari boshlandi

Sinovlar 26-29-sentyabr kunlari ikki smenada:

1-smena 08:00 dan 11:00 gacha,
2-smena 15:00 dan 18:00 gacha tashkil etiladi.

Bir smenada 21 ming 60 nafar, bir kunda esa 42 ming 120 nafar abituriyent test jarayonida ishtirok etadi.

Shuningdek, alohida iqtidor talab etiladigan kasb va mutaxassisliklarga oʻquvchilarni qabul qilish boʻyicha 32 ta kollej va 19 ta texnikumda kasbiy (ijodiy) imtihonlar oʻtkaziladi.

Ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytidan yuklab olish mumkin.

❗️ Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnoma bilan kelishi kerak.

📆 Test sinovi natijalarini imtihon oʻtkazilgan kunning ertasiga, yakuniy tanlov natijalarini esa 3-oktyabr kuni eʼlon qilinishi rejalashtirilgan.

@TEXNIKUMLAR
#Qabul2023   #Kollej   #Texnikum

⚡️ Birinchi kun natijalari e’lon qilindi

Ma’lumki, 2023-yil 26-sentabr kuni barcha hududlarda professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikumlar) ga kirish test sinovlari boshlandi.

26-sentabr kuni 61 ta binoda ikki smenada o‘tkazilgan test sinovlarida jami 23 ming nafarga yaqin abituriyent ishtirok etdi.

26-sentabr kuni o‘tkazilgan test sinovi natijalari talabgorlarning shaxsiy kabinetida e’lon qilindi.

Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.

@TEXNIKUMLAR
#Qabul2023 #Kollej #Texnikum

⚡️ Ikkinchi kun natijalari e’lon qilindi

2023-yil 27-sentabr kuni o‘tkazilgan professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikumlar) ga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 27-sentabr kuni test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.

📋 Ma’lumot uchun: 27-sentabr kuni o‘tkazilgan test sinovlarida jami 27 ming nafardan ziyod abituriyent ishtirok etdi.

@TEXNIKUMLAR
#Qabul2023   #Kollej   #Texnikum

⚡️ Uchinchi kun natijalari e’lon qilindi

2023-yil 28-sentabr kuni o‘tkazilgan professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikumlar) ga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 28-sentabr kuni test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.

📋 Ma’lumot uchun: 28-sentabr kuni o‘tkazilgan test sinovlarida jami 22,5 ming nafarga yaqin abituriyent ishtirok etdi.

@TEXNIKUMLAR
Kollej, texnikumlarning mandati qachon chiqadi?

Professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikum)ga kirish test sinovlari kecha, 29-sentyabrda tugadi.

Imtihon topshirganlarning javobi ertasi kuniyoq kechki payt e'lon qilinmoqda.

✔️ Mandat esa 3-oktyabr kuni e'lon qilinishi rejalashtirilgan.

@TEXNIKUMLAR