Tanzila Narbaeva
19.7K subscribers
3.34K photos
95 videos
1 file
926 links
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi

Facebook:
https://www.fb.com/narbaevatanzila/
Instagram:
https://www.instagram.com/tanzilanarbaeva
Twitter:
twitter.com/TNarbaeva
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Bugun yurtimizning barcha maktablarida bitiruvchi yoshlar uchun so‘nggi qo‘ng‘iroq yangraydi.

Bu kun yangi hayot ostonasida turgan o‘g‘il-qizlarimiz uchun ham quvonchli, ham hayajonli va biroz tushkunli kun hamdir. Chunki qadrdon bo‘lib qolgan nurli maskanda sinfdosh do‘stlari, ustozlari bilan birga o‘tgan kunlari ortda qolmoqda. Endi ular uchun yangi maqsadlar sari dadil qadam quyish uchun keng imkoniyatlar ochilmoqda.

Bitiruvchi o‘g‘il-qizlarimizga shuni aytmoqchimanki, Siz Yangi O‘zbekistonning bunyodkorlarisiz, baxtli kelajagimiz egalarisiz.

Bu yo‘lda bilim olishni davom ettiring, mehnat qiling, ota-onangiz orzu-umidlarini ro‘yobga chiqaring. Kelajakda Sizlarning Vatanimiz kelajagi uchun munosib hissa qo‘shishingizga ishonaman.

Sizlarga baxt, omad va ulkan zafarlar tilayman! Parvozingiz hamisha baland bo‘lsin, aziz farzandlarimiz!

#bitiruvchi2024

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿

O‘mon Sultonligining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Vafo Jabr Nosir al-Busaidiy bilan uchrashuv o‘tkazdik.

Muloqotimiz davomida savdo-iqtisodiy aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish, fan, ta’lim, madaniyat va turizm yo‘nalishlarida hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha ham fikr almashdik.

O‘zaro tashriflarni amalga oshirish orqali ikki davlat parlamentlari o‘rtasidagi munosabatlarni faollashtirish diqqat markazimizda bo‘ldi.

#hamkorlik
@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish masalalari bilan tanishish maqsadida navbatdagi tashrif manzilimiz Buxoro viloyati bo‘ldi.

Viloyatda aholi bandligiga ko‘maklashish, bu borada tadbirkorlarni, ayniqsa, oilaviy tadbirkorlikni qo'llab- quvvatlash ishlari holatini tegishli ijro organlari va tijorat banklari ishtirokida muhokama qildik.

Davlatimiz tomonidan yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanish borasida aniq vazifalar belgilab olindi.

Joylarda aholi muammolarining hal etilishida mahallalar yettiligi va mahalliy Kengash deputatlarining hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.

Buxorolik hamyurtlarimiz, sohalar vakillari bilan suhbatlarimiz davomida ularni qiziqtirgan masalalar bo‘yicha samimiy muloqotlar o‘tkazdik, bir qator takliflarning ustida ishlashga kelishib oldik.

#senat

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Bugun Misr Arab Respublikasi Senati Raisi Abdulvahob Abdulroziq boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildik.

Uchrashuvda davlatlarimiz hukumatlari tomonidan iqtisodiy-ijtimoiy, madaniy-ma’rifiy sohalarda amalga oshirilayotgan loyihalar yuzasidan fikr almashdik.

Savdo-iqtisodiy, fan-ta’lim, turizm yo‘nalishlaridagi hamkorligimizni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildik.

Ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish uchun parlamentlar o‘rni muhimligini qayd etib, Memorandum imzoladik.

#senat #hamkorlik

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM