Qonunga asosan hokimlar bir vaqtning o‘zida tegishli hududdagi xalq deputatlari Kengashiga rahbarlik qilish amaliyoti bekor qilinmoqda.
Mahalliy Kengash raisi vakolatlari kengaytirilib, “Kengash so‘rovi”, “Kengash tekshiruvi” institutlari joriy etiladi hamda hududni rivojlantirishda hokim va mahalliy Kengashning mas’uliyati kuchayadi.
Mazkur Qonun konstitutsiyaviy islohotlarimizning muhim tarkibiy qismi sifatida mahalliy Kengashlarni isloh qilish yo‘lida dadil qadam bo‘ladi.
#yalpimajlis57 #senat
@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qonun bilan bolalarga nisbatan oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik qilganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda.
Yana bir muhim jihat, zo‘ravonlik bilan bog‘liq jinoyat ishlari yuzasidan yarashuv to‘g‘risidagi arizani surishtiruv va dastlabki tergov bosqichlarida emas, sud muhokamasi paytida berish tartibi joriy qilinmoqda.
Bu esa, mazkur yo‘nalishda turli noo‘rin, bir yoqlama va yuzaki yondashuvlarga barham berishga hamda oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik holatlari kamayishiga xizmat qiladi.
#senat #yalpimajlis57
@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yalpi majlisda ko‘rib chiqiladigan masalalarni Senatning YouTube tarmog‘idagi sahifasi orqali onlayn kuzatib borishingiz mumkin.
#senat
#yalpimajlis57
@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qonun bilan kichik qiymatdagi va ikki bosqichli davlat xaridlari tushunchalari hamda davlat xaridlarini amalga oshirishning yangi turlari joriy qilinmoqda.
Bir shartnoma bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari (byudjet buyurtmachilari yigirma besh baravar) miqdoridan oshmagan xaridlar komissiyasining ishtirokisiz o‘tkazilishi mumkin.
Shu bilan birga, davlat xaridlari sohasida shikoyatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiya faoliyatida manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik asoslari Qonunda aniq ko‘rsatilmoqda.
Qonunning qabul qilinishi ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashga, raqobat muhitini yanada kuchaytirishiga, tadbirkorlarni keng jalb qilishga xizmat qiladi.
#yalpimajlis57 #senat
@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Biroq, hech birimizga sir emaski tabiblik yo‘li bilan turli kasalliklarni davolaymiz deya, bemor odamlarimizni umidvor qilib, aldab yurgan "soxta" tabiblar ham oramizda yo‘q emas.
Xalqimizni ana shunday firibgarlarning qurboniga aylanmasliklarini oldini olish hamda xalq tabobati faoliyatini tartibga solishga qaratilgan muhim Qonunni ko‘rib chiqdik.
Qonunga ko‘ra tegishli huquqqa ega bo‘lmagan shaxs tomonidan tibbiy tashxis qo‘yish, ruxsat etilmagan tibbiy xizmatni ko‘rsatish va ommaviy targ‘ib etganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda.
#yalpimajlis57 #senat
@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Uchrashuvda davlatlarimiz rahbarlarining sa’y-harakatlari bilan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida ko‘ptomonlama strategik aloqalar yangi bosqichga yuksalganligi e’tirof etildi.
Muloqotimiz davomida fan-ta’lim va innovatsiya, turizm sohalari hamda qishloq xo‘jaligi va ekologiya masalalari yuzasidan o‘zaro hamkorlik rejalarini muhokama qildik.
Shu bilan birga, savdo-iqtisodiy, texnologiya va transport hamda energetika va sanoat kooperatsiyalari yo‘nalishidagi yirik loyihalarni birgalikda amalga oshirish xususida fikr almashdik.
Parlamentlararo aloqalarni uzviy davom ettirish, do‘stlik guruhlari faoliyatini jadallashtirish hamda mahalliy vakillik organlari o‘rtasidagi hamkorlikka qaratilgan dasturlarni qabul qilishga kelishib oldik.
#senat #hamkorlik
@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yurtimizda xotin-qizlar manfaatlariga davlat siyosati darajasida eʼtibor qaratilayotgani yuqori baholanib, ayollar huquqi va gender tengligini taʼminlash yo‘nalishida tajriba almashish masalalarini muhokama qildik.
Muloqotimiz davomida xotin-qizlarning jamiyatda, ayniqsa, iqtisodiyot, tadbirkorlik sohalarida faolligini kuchaytirish maqsadida hamkorlik dasturlarini joriy etishga eʼtibor qaratdik.
Shuningdek, Xitoy bilan sog‘lom ona va bola dasturlarini davom ettirish hamda faol ayollarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha o‘quvlarni tashkil etish yuzasidan fikr almashdik.
#senat #hamkorlik
@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
boshchiligidagi parlament delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdik.
Unda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi ko‘p tomonlama hamkorlik hamda parlament va hukumatlarimiz bilan strategik muloqotlar tizimi yo‘lga qo‘yilganligi ta’kidlandi.
Kelgusida ham iqtisodiyot, investisiya, ta’lim va madaniyat, turizm yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildik.
Shu bilan birga, hududlararo aloqalarning kengayib borayotganligiga ham e’tibor qaratib, mahalliy vakillik organlari o‘rtasidagi munosabatlarni kuchaytirish yuzasidan fikr almashdik.
Parlamentlararo munosabatlar davlatlarimiz hamkorligining muhim tarkibiy qismi sifatida ular o‘rtasidagi muloqotlarni yanada faollashtirishga kelishib oldik.
#senat #hamkorlik
@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oliy Majlis Senatining ellik sakkizinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi
Yalpi majlisda masalalar muhokamasi jarayonini Senatning YouTube tarmog‘idagi sahifasi orqali onlayn kuzatib borishingiz mumkin.
#senat
#yalpimajlis58
@tanzilanarbaeva
Yalpi majlisda masalalar muhokamasi jarayonini Senatning YouTube tarmog‘idagi sahifasi orqali onlayn kuzatib borishingiz mumkin.
#senat
#yalpimajlis58
@tanzilanarbaeva
Mamlakatimizning iqtisodiy, ijtimoiy taraqqiyotida ham “Kreativ iqtisodiyot”ning o‘rni tobora kengayib bormoqda.
Shu bois, senatorlar bilan kreativ iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash, rivojlantirish va ushbu sohadagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan Qonunni muhokama qildik.
Qonun bilan kreativ iqtisodiyotning yo‘nalishlari, davlat siyosatining amalga oshirilish mexanizmi, vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlarining sohaga oid vakolatlari belgilab berilmoqda.
#senat
#yalpimajlis58
@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mazkur xalqaro anjuman parlamentlararo hamkorlik va muloqotni yanada mustahkamlashga qaratilgan bo‘lib, unda konstitutsiyaviy-huquqiy islohotlarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashdik.
Shu bilan birga, milliy va jahon konstitutsiyaviy taraqqiyotida global jarayonlarning mohiyatini aniqlash hamda jamiyatda konstitutsiyaviy qadriyatlarni ilgari surish bo‘yicha tajribalarimiz bilan o‘rtoqlashdik.
Konferensiya doirasida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi do‘stona aloqalar kengayib borayotgani, shu jumladan parlamentlararo hamkorlik yanada rivojlanayotgani ta’kidlab o‘tildi.
#senat #hamkorlik
@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Suhbat avvalida Ozarbayjonda bo‘lib o‘tgan parlament saylovi yuqori darajada tashkil qilingani va hamkasbimning saylovdagi muvaffaqiyati bilan qutladim.
Muloqotimiz davomida davlatlarimiz o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va ilmiy-texnikaviy sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning holati hamda istiqbollari yuzasidan fikr almashdik.
Shu bilan birga, oliy darajadagi kelishuvlarning bajarilishida parlament nazoratidan foydalanish hamda parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha 2024-2025-yillarga mo‘ljallangan “yo‘l xaritasi” ijrosiga doir amalga oshirilayotgan ishlarni muhokama qildik.
#senat
#hamkorlik
@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Uchrashuvda parlamentlararo ittifoq bilan hamkorlikda olib borayotgan ishlarimiz samaradorligi va istiqbolli rejalar haqida suhbatlashdik.
So‘nggi yillarda mamlakatimizdagi iqtisodiy rivojlanish, ijtimoiy himoya tizimining takomillashgani hamda gender tengligi va yoshlarni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan islohotlar suhbatdoshim tomonidan alohida e‘tirof etildi.
Shu bilan birga barqaror rivojlanish maqsadlari yo‘nalishidagi faoliyatimiz va bu borada parlament tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar ham qayd etib o‘tildi.
Muloqotimiz davomida 2025-yilda Markaziy Osiyo tarixida ilk marotoba O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan Parlamentlararo ittifoqning 150- assambleyasi dasturi, tadbirga doir rejalar va yangi loyihalarni ham muhokama qildik.
#senat #IPU
#hamkorlik
@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Chungong janoblari Parlamentlararo Ittifoq va O‘zbekiston parlamenti o‘rtasidagi hamkorlik hamda O‘zbekistonning Parlamentlararo Ittifoq faoliyatiga qo‘shgan katta hissasi uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
Muzokaralar davomida 2025-yilda O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan Parlamentlararo Ittifoqning 150- assambleyasiga tayyorgarlik ko‘rish masallarini ham muhokama qildik.
150-assambleya tarixiy ahamiyatga ega bo‘lishi hamda O‘zbekiston parlamenti tajribasini boshqa davlatlarga namunaviy jihatlarini namoyon etish haqida fikr almashdik.
Shu bilan birga Barqaror rivojlanish maqsadlarida belgilangan gender tengligi, ijtimoiy himoya, inson huquqlarini ta’minlash borasida parlament faoliyatini yanada kuchaytirish masalalari ham e’tiborimiz markazida bo‘ldi.
#senat
#hamkorlik
@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Unda O‘zbekiston tomonidan so‘nggi yillarda ilm-fanni rivojlantirishga qaratilgan amaliy ishlar, bu borada qisqa vaqt ichida ko‘plab huquqiy hujjatlar qabul qilinganligi qayd etildi.
“O‘zbekiston – 2030 strategiyasi” da zamonaviy texnologiyalarni jadal joriy etish va sanoatning turli tarmoqlarini raqamlashtirish asosiy ustuvor yo‘nalishlar qatorida belgilab berilganligi ham ta’kidlandi.
Amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida O‘zbekiston 2023 yilda Global Innovatsiyalar indeksi reytingida 2015 yilga nisbatan 40 pog‘onaga ko‘tarilgani alohida e’tirof etildi.
Kelgusida ham innovatsiya sohalarini rag‘batlantirish hamda parlamentlarning kadrlar salohiyatini oshirish va rivojlantirish yo‘nalishida tajriba almashish, fan va texnologiya sohasida global muloqotni kuchaytirish tashubbusini ilgari surdik.
#senat #IPU
#hamkorlik
@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Suhbat avvalida Markaziy Osiyoda ilk bora O‘zbekiston mezbonlik qilgan Kreativ iqtisodiyot bo‘yicha IV Butun jahon konferensiyasining yuqori saviyada tashkil etilganligi alohida e’tirof etildi.
Shuningdek, mamlakatimizda kreativ iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar, sohani rivojlantirish bo‘yicha qonunning qabul qilinishi ham ta’kidlab o‘tildi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining savdo va taraqqiyot konferensiyasi hamkorligida mamlakatlar o‘rtasida innovatsiyalar, texnologiyalar, kadrlar salohiyatini yuksaltirish bo‘yicha tajriba almashish masallarini muhokama qildik.
Shuningdek, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida ijodiy texnoparklarning global tarmog‘ini yaratishga oid takliflar yuzasidan fikr almashdik.
#senat #IPU
#hamkorlik
@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tadbirda maftunkor yurtimiz va unda amalga oshirilayotgan islohotlar tasvirlangan videorolikni namoyishi mehmonlarda iliq taassurot qoldirdi.
Shuningdek, tadbir davomida kelgusi yilning aprel oyida rejalashtirilgan Parlamentlararo Ittifoqning 150-yubiley Assambleyasi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekistonning turistik salohiyatini aks ettiruvchi ko‘rgazma ham xorijlik hamkorlarimizda vatanimiz haqida boy tasavvur uyg‘ota oldi deb o‘ylaymiz.
#senat
@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Muloqotimiz davomida munosib mehnat tamoyillarining tizimli tatbiq etilishi hamda 2026-2030 yillarga mo‘ljallangan yangi munosib mehnat bo‘yicha mamlakat dasturini ishlab chiqish bo'yicha rejalarimizni muhokama qildik.
Mamlakatimizda aholi o‘rtasida kambag‘allikni qisqartirish hamda farovonlik sari yuksaltirishga qaratilgan dasturning joriy etilganligi va unda xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan tavsiya etilgan standartlar inobatga olinganligi ta’kidlab o‘tildi.
Shuningdek, munosib mehnat tizimini takomillashtirishda qonunchilikka oid islohotlarning ahamiyati inobatga olinib, parlamentning ta’sirchan kuchi va vakolatlaridan samarali foydalanish yuzasidan fikr almashdik.
#senat #MOT
#hamkorlik
@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Parlamentlararo ittifoqning Maʼmuriy kengashi yig‘ilishida nutq bilan ishtirok etib, yig‘ilganlarni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan 150-Assambleyaga taklif qildik.
Yig‘ilishda mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lash, aholi farovonligini yuksaltirish, tinchlik va xavfsizlikni taʼminlash hamda barqaror rivojlanish yo‘lida demokratik islohotlar amalga oshirilayotgani taʼkidlandi.
So‘nggi yillarda Oliy Majlisning xorijiy mamlakatlar parlamentlari bilan aloqalari mustahkamlanib, Parlamentlararo ittifoq faoliyatidagi ishtiroki faollashgani alohida qayd etildi.
Tadbir ishtirokchilari tomonidan Vatanimizning boy tarixi, madaniy merosi, zamonaviy taraqqiyoti haqidagi maʼruza va videorolik qizg‘in olqishlar bilan qarshi olindi.
Kengash aʼzolari va xalqaro hamkorlar tomonidan Assambleyani yurtimizda o‘tkazish tashabbusi uchun minnatdorchilik bildirildi. Ular O‘zbekistonga tashrif buyurishni katta qiziqish bilan qabul qildilar.
Toshkentda bo‘lib o‘tadigan 150-yubiley Assambleya parlamentlararo global hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarishga hamda O‘zbekiston va butun Markaziy Osiyo mintaqasining xalqaro nufuzini yanada mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonamiz.
#senat
#hamkorlik
@tanzilanarbaeva
Yig‘ilishda mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lash, aholi farovonligini yuksaltirish, tinchlik va xavfsizlikni taʼminlash hamda barqaror rivojlanish yo‘lida demokratik islohotlar amalga oshirilayotgani taʼkidlandi.
So‘nggi yillarda Oliy Majlisning xorijiy mamlakatlar parlamentlari bilan aloqalari mustahkamlanib, Parlamentlararo ittifoq faoliyatidagi ishtiroki faollashgani alohida qayd etildi.
Tadbir ishtirokchilari tomonidan Vatanimizning boy tarixi, madaniy merosi, zamonaviy taraqqiyoti haqidagi maʼruza va videorolik qizg‘in olqishlar bilan qarshi olindi.
Kengash aʼzolari va xalqaro hamkorlar tomonidan Assambleyani yurtimizda o‘tkazish tashabbusi uchun minnatdorchilik bildirildi. Ular O‘zbekistonga tashrif buyurishni katta qiziqish bilan qabul qildilar.
Toshkentda bo‘lib o‘tadigan 150-yubiley Assambleya parlamentlararo global hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarishga hamda O‘zbekiston va butun Markaziy Osiyo mintaqasining xalqaro nufuzini yanada mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonamiz.
#senat
#hamkorlik
@tanzilanarbaeva
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Markaziy Osiyo tarixida ilk bor Parlamentlararo ittifoqning 150-assambleyasi O‘zbekistonda o‘tkaziladi
#senat #parlamenthamkorligi
#IPU150
@tanzilanarbaeva
#senat #parlamenthamkorligi
#IPU150
@tanzilanarbaeva