Islom hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Husayn Ibrohim Toha bilan uchrashdik.
Suhbatimiz davomida Xiva shahri 2024 yilda “Islom dunyosining turizm poytaxti” deb eʼlon qilinganligi va shu doirada amalga oshirilayotgan loyihalar haqida fikr almashdik.
Ikki tomonlama aloqalarning bugungi holati hamda ularni barcha yoʼnalishlarda yanada kengaytirish masalalarini muhokama qildik.
Shuningdek, islom sivilizatsiyasi uchun munosib hissa qoʼshgan buyuk allomalarimizning maʼnaviy-maʼrifiy boy merosini hamkorlikda oʼrganish va targʼib etishga ham kelishib oldik.
#hamkorlik
@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni.
Ushbu bayram barchamizga oilalarimiz, davlatimiz gʼururi va iftixori - farzandlarimiz ekanligini eslatib turadi.
Hammamizga ayonki, zamonaviy bilimga ega, ma’naviyatli, oʼz qadrini anglagan insonlar yashaydigan davlat boshqa mamlakatlar bilan raqobatdosh boʼla oladi.
Oila institutini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, bolalarni har tomonlama komil inson qilib tarbiyalash - mamlakatimiz ijtimoiy siyosatining oʼzgarmas tarkibiy qismidir.
Lekin davlatimiz tomonidan koʼrsatilayotgan har qanday yordam va qoʼllovdan ham koʼra, har bir bola haqiqiy mehrni oilada, oʼz yaqin insonlaridan oladi.
Oilaviy bolalar uylarida tarbiyalanayotgan bolalarimiz, ularni bagʼriga olgan fidoyi insonlar bilan oʼtkazgan suhbatimiz buning yorqin isbotini koʼrsatdi.
Аzizlar!
Sizlarni bugungi bayram bilan tabriklab, farzandlarimizga barkamollik va baxt-saodat tilayman!
#bolalarkuni
@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun biz - Surxondaryodamiz!
Eng avvalo viloyatning Angor tumanida istiqomat qilayotgan koʻp bolali Xoshimovlar Oilaviy uyiga borib, aziz bolajonlarimiz va ularning mehribon ota-onalarini bugungi bayram bilan tabriklab chiqdik.
#1iyun #bolalarkuni
@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryo viloyatida hududning ijtimoiy-iqtisodiy holati tahlil qilindi.
Ushbu hudud iqtisodiy salohiyatining rivojlanish darajasi tez sur’atlarda yuksalib borishini, aholining turmush darajasi muttasil oshib borayotganini kuzatdik.
Aholi bandligiga ko‘maklashish, tadbirkorlikni rivojlantirish, viloyatning chekka qishloqlarida yashaydigan hamyurtlarimizga zarur sharoitlar yaratilishi masalalari diqqat markazimizda bo‘ldi.
Mehnatkash yurtdoshlarimiz bilan turli joylarda o‘tkazgan samimiy suhbatlarimiz davomida ular o‘z tashabbus va takliflarini bildirdilar.
#senat
@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM