Tanzila Narbaeva
18.8K subscribers
3.19K photos
91 videos
1 file
920 links
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi

Facebook:
https://www.fb.com/narbaevatanzila/
Instagram:
https://www.instagram.com/tanzilanarbaeva
Twitter:
twitter.com/TNarbaeva
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Bugun yurtimizning barcha maktablarida bitiruvchi yoshlar uchun so‘nggi qo‘ng‘iroq yangraydi.

Bu kun yangi hayot ostonasida turgan o‘g‘il-qizlarimiz uchun ham quvonchli, ham hayajonli va biroz tushkunli kun hamdir. Chunki qadrdon bo‘lib qolgan nurli maskanda sinfdosh do‘stlari, ustozlari bilan birga o‘tgan kunlari ortda qolmoqda. Endi ular uchun yangi maqsadlar sari dadil qadam quyish uchun keng imkoniyatlar ochilmoqda.

Bitiruvchi o‘g‘il-qizlarimizga shuni aytmoqchimanki, Siz Yangi O‘zbekistonning bunyodkorlarisiz, baxtli kelajagimiz egalarisiz.

Bu yo‘lda bilim olishni davom ettiring, mehnat qiling, ota-onangiz orzu-umidlarini ro‘yobga chiqaring. Kelajakda Sizlarning Vatanimiz kelajagi uchun munosib hissa qo‘shishingizga ishonaman.

Sizlarga baxt, omad va ulkan zafarlar tilayman! Parvozingiz hamisha baland bo‘lsin, aziz farzandlarimiz!

#bitiruvchi2024

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM