Panda Books
5.74K subscribers
2.1K photos
410 videos
6 files
1.96K links
Books & Book Reviews.
Zamonaviy mutolaa repertuari.

Insta: instagram.com/pandabooksuz

Donat: tirikchilik.uz/PandaBooks
Reklama: @pandapochtabot
Download Telegram
#newbook #yangikitob

Asaxiy Books nashriyotining yangi premyera kitobi – Bo Bennettning "Mantiqiy xato" kitobi yetib keldi.

Asarda mantiqiy fikrlashda yo'l qo'yiladigan xatolar va bahslarda to'g'ri argument keltirish yoki aksincha argumentlarga qanday aniq javob berish haqida so'z boradi.

@panda_books
#newbook #yangikitob

Sevimli yozuvchim Jorj Oruellning o'zbekchada yangi chop etilgan "Ruhoniy qizi" kitobini jo'natishdi.

Bu asar chiqqanidan beri o'qishga ancha qiziqqandim, har holda men uchun Oruellning hali kashf etilmagan qirralari bisyor. Ko'ramiz.

O'qib chiqqanlar bormi?

@panda_books
#newbook #yangikitob

Kecha Asaxiy Books do'konlarida o'tkazilgan aksiyadan foydalanishga qaror qildim va atigi 24 ming so'mdan sotib olingan kitoblarim:

Mario Pyuzo - "Cho'qintirgan ota"
Gabriel Garsiya Markes - "Buzrukning kuzi".


Birinchisi ancha yillar oldin o'qigandim, narigisini esa bu yil nihoyat tugataman degan umiddaman. Aytgancha, kitoblarning sifati menga ma'qul bo'ldi.

@panda_books
#yangikitob #newbook

Sabohiddin Alining "Ichimizdagi shayton" asari bizda mart oyi uchun "Oy Kitobi" sifatida tanlangani esingizdami?

Hozirgacha boshlab qo'yganlar bormi? a tak so'rovnomada 150dan ortiq inson ovoz bergandi shu kitobga:)

@panda_books
#newbook #yangikitob

"Huzur" nashriyotidan bir dunyo "huzurli kitoblar" jo'natishibdi. Bayram oldi xursand bo'ldim. "Huzur" nashriyoti ham kitobxonlar jamiyatida allaqachon o'z auditoriyasiga ega bo'lib ulgurgan.

Masalan, Sherbek Bobonorning "Qora suyaklar" kitobi hali nashr qilinmasdan oldin o'qib chiqqandim, "o'zbek zamonaviy adabiyotida nima bor?" desa bemalol shu kitobni ko'rsatsa bo'ladi, masalan.

Sabohiddin Alining "Ichimizdagi shayton" kitobi kanalda Mart oyi uchun oy kitobi edi. Shuni tugatishimiz kerak. Qolgan kitoblar ham juda yaxshi deb o'ylayman.

Huzurlashamiz do'stlar!

@panda_books
Panda Books
Photo
#newbook #yangikitob

Bugun xarid qilgan kitoblarim:

Yasunari Kavabata"Tanlangan asarlar" // "Progress" nashriyoti, Moskva, 1971-yil.

Filipp Buonarotti2 tomlik "Заговор во имя равенства" // "SSSR Fanlar akademiyasi nashriyoti", Moskva, 1964-yil.

Ikkalasiniyam o'qib chiqishga oshiqyapman.

@panda_books
#newbook #yangikitob

"Akademnashr"dan yangi premyera!

Xurshid Abdurashidning "Dardisar" kitobi yetib keldi. Ilk o'quvchilar u haqida allaqachon iliq fikrlar bildirishga ulgurishdi.

Juda noodatiy nom va syujetga ega asar. Tez orada bu kitob mutolaasiga kirishamiz, albatta.

@panda_books
#newbook #yangikitob

Adabiy xazinamiz boy. Shunchalik boyki, Abdulla Qahhordek mashhur yozuvchining ham avval e'lon qilinmagan yoki bir bor chop etilib, "unutilgan asarlar"i bisyor.

Ushbu to'plamda shu kabi asarlar – "Qotilning tug'ulishi", "Zilzila" qissalari hamda "Tashvish" komediyasi o'rin olgan.

Zabarjad Media nashriyoti shunday ajoyib imkonni bizga tortiq etgani uchun rahmat!

@panda_books
#newbook #yangikitob

Anchadan beri olishni o'ylab yurgan kitobimni Hayitdagi Asaxiy chegirmasi bahona xarid qildim. Bugun opkelishdi.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf – "Baxtiyor oila".

@panda_books
#newbook #yangikitob

Asaxiy Booksdan yangi premyera yetib keldi.

Robert Grin kitobxonlarimizga ancha tanish yozuvchi hisoblanadi. Uning yangi kitobi – "Mahorat" chinakam professionalga aylanish uchun qanday ko'nikmalar zarurligini tushuntirib beradi. Iste'dodini o'z vaqtida va to'g'ri yo'naltirgan, boyita olganlarda mohirlar safidan joy olish imkoni ko'proq bo'ladi.

Kitobni, albatta, o'qib chiqamiz.

@panda_books
Forwarded from Panda Books
#mundarija

Kanalda postlarni o'qish va topishni osonlashtiruvchi (#) heshteglar

#taqriz / #review / #feedback - Biror asarga yozilgan taqrizlarni oson topish uchun;

#tavsiya - Kanal muallifi tomonidan o'qish tavsiya etiladigan kitoblar ro'yxati uchun;

#sarhisob - Oy, mavsum yoki yil bo'yi mutolaa qilingan asarlarning ro'yxatini topish uchun;

#Youtube_tavsiya - YouTube videoxostingida ko'rish tavsiya etiladigan foydali kontentlar uchun;

#haqida - Biror qiziqarli mavzu haqida yozilgan postlar;

#list - kitoblar yoki foydali kontentlar ro'yxati;

#mutolaa - Ayni damda mutolaa qilinayotgan kitobdan iqtibos yoki parcha;

#newbook / #yangikitob - Panda Books tomonidan harid qilingan yoki sovg'a qilishgan kitoblar uchun;

#iqtibos - kitobdan iqtiboslar uchun;

#intervyu - Panda Books suhbatlari, podcastlari uchun;

#offtop - Kitob mavzusidan biroz tashqari sohalarga doir postlar uchun;

#longread - Uzuuun yozilgan katta postlaaaar;

#KitobMukofotlari - Dunyoning nufuzli kitob mukofotlari haqida ma'lumotlar uchun;

#bookstores - Ajabtovur kitob do'konlari haqida chiroyli fotolar va ma'lumotlar

#maqola - birorta kattaroq qiziqarli mavzu haqida maqolalar

#nazm - she'riy postlar

#tarjima - kamina tarjima qilgan postlar

@panda_books

Instagram | Youtube | Tiktok
#newbook #yangikitob

Xulio Kortasar ijodi juda boy va qiziqarli. Bugun uning "Ishg'ol qilingan uy" asarini xarid qildim. Umid qilamanki, bu nihoyatda ajoyib mutolaa bo'ladi.

Sizchi, Kortasar ijodi bilan tanishmisiz?

@panda_books
#newbook #yangikitob

Asaxiy Booksdan yangi premyera - Tara Vestoverning "Talaba" ("Educated") kitobi yetib keldi.

Kitob bizda ham dolzarb bo'lgan ta'lim olish va farzandlarning, ayniqsa, qizlarning ta'lim olishi haqida. O'zi, umuman, o'qishning ahamiyati nimada?

Kitobda shu savollarga javob berilgan. Demak, o'qiymiz.

@panda_books
#newbook #yangikitob

Yaqin insonimdan ham bayram munosabati bilan kitob hadya oldim😊

Bu Jeyms Vansning "Hillbilly Elegy: A Memoir of a Family and Culture in Crisis", o'zbek tilida "Hillbillining mungli qo'shig'i" edi. Bu odam hozir Trampning vitse-prezidenti bo'ladi, agar saylovda yutishsa.

Kanalimni sinchiklab kuzatadiganlar topgandur, bu kitob haqida yaqinda yozgandim. O'qishni juda-juda istayotgan asarim edi.

Thank you!

@panda_books
#newbook #yangikitob

Toni Shey - "Baxt yetkazish"

Yangi kitoblar.. (ha ular ham ikkita) Muvaffaqiyatli biznes tarixi haqida o'qish va o'rganish aslo foydadan holi emas. Ayniqsa, hozirgi onlayn savdo va marketpleyslar dolzarb bo'lib turgan bir davrda.

@panda_books
#newbook #yangikitob

Bugun bayram munosabati bilan o'zimga-o'zim yangi kitoblar sovg'a qildim. Bular:

Asli Sanjar - "Haram"
Romand kanizak Didanur va istanbullik xonim Jamila taqdiri misolida Usmonli ayollari hayoti haqida hikoya qilinadi.

Bahodir Yenishehirlio'g'li - "Antikvarchi"
Unda antiqa buyumlar sotuvchisi Jamilbey va uning achchiq qismati to'g'risida so'z boradi. Kitob armon bo'lgan kelajak va iztirobli o'tmish so'zlaydi deyilgan annotatsiyada.

E'tiborlisi, bu har ikki yangi kitobning tarjimoni do'stimiz Ilhom Salimov. Bir tomondan uning ushbu endigina tandirdan uzilgan tarjimalaridan ham bahramand bo'lamiz.

Hali ularni o'qidingizmi?

@panda_books
#newbook #yangikitob

Uni uzoq vaqt kutdim. Tarjima qilinishidan. Chop etilishidan. Sovg'a qilishlarini kutdim. Hammadan. Yaqinlarimdan, do'stlarimdan, tanishlarimdan, mahallamdagi Qosim akadan.

Ammo bo'lmadi. Oxir-oqibat o'zim borib sotib oldim.

@panda_books
#newbook #yangikitob

Andrey Platonovni ilk bor bundan bir necha yil avval "Jon" romanini o'qiganimda yoqtirib qolgandim. Juda murakkab tilda yozilgan yana bir kitobi “Xandaq” ilk bor o'zbek tilida taqdim etilgandi. U janr jihatidan ham falsafiy, ham antiutopik romandir. Va albatta, o'zining zarbdor fikrlari va og'irgina muhiti bilan allaqachon meni qiziqtirib qo'ydi.

Bahonada asta-sekin mening kutubxonamda ham "akadem-nasr" turkumi to'planib boryapti.

@panda_books
#newbook #yangikitob

Doktor Adham Bakar - "Iroda tarbiyasi"

Aslida hamishayam faqat o'zimga kitob olavermayman. Masalan, rafiqam yaqinda shu kitobni olib berishimni so'ragandi. Hadyamdan juda xursand bo'ldi. Keyin o'zim ham ozroq varaqlasam, yaxshiga o'xshayapti. Balki undan so'ng men ham mutolaa qilarman.

O'qiganmisiz?

@panda_books
#newbook #yangikitob

Lev Tolstoy umrining so'nggida islom dini va uning payg'ambari Muhammad (s.a.v.) shaxsiyatiga qiziqqani sir emas.

Men uning "Iqrornoma"sini maktab paytimda o'qigandim, ilk marta, endi yaxshiroq tushunish uchun qayta o'qimoqchiman. Unda Tolstoy o'zining falsafiy, diniy va ruhiy qarashlarini juda ta'sirli bir tarzda ochiq bayon etgan.

Kitob hajman kichkina, bir kunda tugatish mumkin, shu bilan birga aqlan va man'an boy ozuqa olishingizga aminman.

@panda_books