Panda Books
6.26K subscribers
2.14K photos
420 videos
6 files
1.99K links
Books & Book Reviews.
Zamonaviy mutolaa repertuari.

Insta: instagram.com/pandabooksuz

Donat: tirikchilik.uz/PandaBooks
Reklama: @pandapochtabot
Download Telegram
#longread

Hayotda o'zgarishlarni boshlash haqida

Ko'pchiligimiz hayotimiz davomida hamisha biron yaxshi ish boshlashni orzu qilamiz. Zo'r ish. Lekin negadur ko'pincha hammasini boshlash uchun munosib lahzaning kelishini kutamiz. Dushanbadan. Yangi yildan. Nihoyat, munosib vaqt kelganida esa, ba'zilar endi kimdir ularga boshlash uchun ruxsat berishini kutishni boshlaydilar.

Aksariyatimiz: "Dunyodagi barcha imkoniyatlar allaqachon tepadagilar orasida bo'lib olingan va biz kabi "yangilar" uchun endi hech vaqo qolmagan", - degan fikrga ishonib yashaymiz. Hayotda bizga atalgan ko'p narsalarga o'zimizni noloyiq deya hisoblaymiz. Masalan, yaxshi kitob o'qishga, yaxshi kiyinib yurishga, sevimli ishimiz bilan shug'ullanishga, dunyo bo'ylab sayohat qilishga hayiqamiz, gohida hatto bunga haqqimiz yo'qdek tuyuladi.

Aminmanki, qachondir siz ham yangi nimadir boshlaganingizda, yo'lingizda millionlab hasadgo'y, negativ, tanqidchi, nazoratchi, pessimist va firibgarlarga duch kelasiz. Bunday to'siqlardan hamma ham "tirik qolib", yo'lida dadil davom etolmaydi. Xo'sh, unda qanday qilib baxtli hayotga erishish mumkin? Bunday mushkulotlarni yengib o'tishning siri nimada?

Hammasi oddiy. Ularni inkor qila oling. Hayotda hech narsa qilmagan odamgina xato qilmaydi. Xato qilishdan qo'rqmang. Va eng muhimi hayotingizda nimadir qilish uchun hech kimdan ruxsat kutmang. Bunday odamlar yo'q. Bunday sharoitlar yo'q. Bunday tashkilotlar yo'q (Aniqrog'i bor, ya'ni firibgarlar, ularning tuzog'iga tushmasangiz bas).

Ozmoqchimisiz, u holda yugurishni boshlang. IELTSdan 8.0 olmoqchimisiz, unda hozirdan ingliz tilini o'rganishni boshlang. Qimmatbaho mashina minishni istayapsizmi, unda bugundan pul yig'ishga tutining. Bilimingizni oshirmoqchimisiz, qo'lingizga kitob olib o'qishga kirishing. Ishni paysalga solgangiz bilan hech nima o'zgarib qolmaydi. Vaqt esa g'animat.

Qisqasi, bu har doim foyda beradigan taktika. Siz hayotda o'zingiz xohlagan va orzu qilgan barcha rejalaringizni amalga oshira olasiz, faqat buni boshlash uchun hech kimdan ruxsat so'rash shart emas. Boshlash uchun mavridini kutish ham kerak emas. Shunchaki boshlang... va nasib qilsa hammasi o'zgaradi.

@panda_books
#longread

Mingta ham kitobi sotib olinmaydigan yurtda shoirning, umuman, adabiyotning qadri qanday o'zi?

"Izlam" to'plamidagi "Jazba" she'riy kitobi bor yo‘g‘i 1500 nusxa bosilgan. Shunga qaramay, hozirgacha 600 ga yaqini sotilibdi xolos. Bu nashriyot eʼlon qilgan rasmiy maʼlumot deyapti shoirning o'zi.

Nashriyot obro'li, xodimlar professional. Shoir iste'dodli. Muhtasham zalda tantanali ravishda kitoblar taqdimot o'tkazildi, shoirlar chiqishlar qilishdi. Chop etilgani haqida hamma joyda e'lon berildi. Lekin...atigi 600 dona. (Uniyam 2 tasi o'zimda, Jontemir dastxati qo'yilganini sotib olganman, boshqasini nashriyot sovg'a qilgan).

Bilsangiz, bosmaxonalarda kitob chiqaradigan ulkan stanoklar joylashgan. Odatda ular katta-katta tirajni bosib chiqarishga moslashgan bo'ladi, ular uchun 1000 ta adad - bu juda kam. Qo'pol qilib aytganda sarflaydigan bo'yog'iga arzimaydi. O'shanchun kitoblar qimmatlashadi. Bu ketishda o'sha stanoklar bir kunmas bir kun ishlashdan to'xtashi aniq.

Qizig'a, nega bunday? Bizda kitob sotib olishga ishtiyoq yo'qmi yoki mablag' yetishmaydimi? Yoki boshqa sababmi? Toshkentku mayli, butun boshli viloyatlardan nega katta buyurtmalar tushmaydi, joylardan talab etilmaydi? Men faqat bu kitobni nazarda tutmayapman. Buni sher'iy kitob desak, ilmiy-ommabop asarlar haqida gapirmasam ham bo'ladi.

Nahot 36 millionlik aholisi bor davlatda badiiy-ilmiy kitoblar mingtayam sotilmaydi? Savollar jdua ko'p, javoblar esa yo'q.

📱 @panda_books
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Panda Books
#longread

Piramida yoxud Qudrat namoyishi

Yaqinda Youtube travel-blogeri — Anton Ptushkin o'zining Shpitsbergen arxipelagiga qilgan sayohatida bizning hayotimiz bilan uzviy bog'liq bo'lgan davlat to'g'risida qiziqarli bir tarixni hikoya qiladi.

Unga ko'ra, bundan deyarli yuz yilcha muqaddam SSSR Shvetsiyadan ushbu arxipelagda joylashgan kichik yer maydonini sotib oladi. U yerda shvedlarning eski ko'mir shaxtasi mavjud edi. SSSR ham Shpitsbergenda o'z ko'mir sanoatini yaratishga qaror qiladi. Kommunistik partiya shvedlarning eski shaxtalaridan foydalanmay, o'zlarining alohida shaxta tarmog'ini qurishni boshlashadi. Chunki bu yerda oddiy boshqa shaxtalardan farqli ravishda, ko'mir tepadan qazib tushilar edi.

Tabiiyki, sovetlar bu yerda "jannatmakon sotsializm" qurishga kirishadilar. Shu tariqa, orolda ajoyib aholi yashash punkti paydo bo'ladi. U yerda maktab, bog'cha, kinoteatr, basseyn, sport kompleksi, kasalxona va boshqa idoralarni barpo etiladi. Taxminan 2000 kishidan ortiq odam sobiq sovet respublikalari turli chekkalaridan olib kelinadi. Asosan, shaxtalarda ishlaydigan Donbass shaxterlari bu yerga jalb qilingan. Shimolning murakkab iqlim sharoitlariga qaramay, orolda istiqomat qilish materikdagiga qaraganda ancha yaxshiroq edi. Yuqori oylik maosh, G'arbga yaqinlik, sara oziq-ovqatlar natijasida bu yerda chinakamiga sotsializm qurilgan desak mubolag'a qilmagan bo'lamiz. Xullas, dunyodagi ENG shimoliy ko'mir shaxtasida ishlash unchalikam yomon ko'rinmasdi. Sovetlar bu jannatmakon manzilni yaqin-atrofdagi tog' shaklidan kelib chiqib "Piramida" deb nomlashadi.

Eng qizig'i, "Piramida"da qazib olinadigan ko'mir eksporti mahalliy aholining oziq-ovqati, zarur darmonlari, texnika va ish haqlarini to'lashni qoplamagan. Bir so'z bilan aytganda, "Piramida" o'zidan tushovi qimmat loyiha edi. Bir tiyin foyda keltirmagan, aksincha saqlab turish katta xarajat talab qiluvchi bu loyiha bir necha o'n yillar mobaynida faoliyat ko'rsatgan.

Bozor iqtisodiga asoslangan har qanday normal jamiyatda bu kabi o'zini oqlamagan loyiha tezda bekor qilinardi. Lekin sovet hukumati bu haqida o'ylab ham ko'rmagan. Sababi oddiy: ularni avvalboshdan bu yerdan foyda olish hecham qiziqtirmagan.

"Piramida" bu - "Sovet sotsializmining butun dunyo vitrinasi" bo'lishi kerak edi. U Kommunistik partiyaning qanchalik qudratli ekanligini isbotlashi lozim bo'lib, u yerda barcha narsa eng, eng, eng yaxshi qilib qurilgandi. Oddiy misol, "Piramida"dagi basseyn italyan arxitektori tomonidan loyihalashtirilgan bo'lsa, daraxt o'smaydigan oroldagi barcha binolar eng sifatli eman yog'ochlaridan yasalgandi, shaharchadagi asosiy "Столовая"da ovqatlanish esa mutlaqo tekin edi.

70-yillar boshida orol egasi - Norvegiya kambag'al va yetarlicha rivojlanmagan qirollik hisoblangan va orolda sovetlar bilan qo'shni yashagan 500 ga yaqin norveglarda "Piramida"dagi kabi sharoitlar juda katta taassurot qoldirgan. Sovetlar maqsadi ham shundan iborat edi aslida.

Qadim zamonlarda uzoq Misrda yashagan monarx hukmdorlar bo'lmish "firavn"lar o'zlarining qanchalik qudratli ekanliklarini ko'rsatib qo'yish maqsadida ulug'vor maqbaralar — piramidalar qurishgan. Bu o'sha davr uchun haqiqiy Demonstration of Power edi. SSSR ham o'zi yashab o'tgan butun umri davomida bunga o'xshash ko'pgina harakatlarni amalga oshirgan: Ilk bor odamzotni kosmosga uchirgan, eng qudratli bomba yaratgan va hokazo. Ushbu ro'yxatga bemalol "Piramida"ni ham qo'shib qo'yish mumkin.

Afsuski, "yerdagi sotsializm" uzoq yashamaydi. 80-yillar oxirida SSSR bu maskanni qulflab, shunchaki tark etadi. Bir necha o'n yil sharpa-shaharga aylangan "Piramida" yana asta-sekin "jonlanmoqda". Hozir orolda 300ga yaqin sobiq sovet davlati fuqarolari istiqomat qilsa, norveglar soni 2,5 ming kishidan sal oshadi. Qizig'i, hozir ham norveglar bu maskanga hayrat bilan boqishadi va turistik sayohatlar uyushtirishadi.

Chunki hozir Norvegiya dunyodagi eng rivojlangan davlatlardan biri, "Piramida"ni qurgan mamlakat esa dunyo xaritalaridan allaqachon o'chib ketgan...

@panda_books
Panda Books
Talabalar bahorgacha onlayn o'qishga qanday qaraysiz?
#longread

O'zi eng katta prikol bu yerda, man qaysi aqlim bilan XXI asrda sizlarga bu oprosni o'tkazganim bo'lishi kerak edi, afsuski emodjidan bildimki, buni faqat 11 kishi tushunibdi. Aslida bu kulguliku, shunday emasmi?

O'quvchi ta'lim haqida emas, maktab sharoiti haqida o'yliydi. Talaba ta'lim haqidamas, yotoqxona haqida o'yliydi. Muallim ta'lim haqidamas, oyligi kechikyotgani haqida o'yliydi. Direktor sharoitlarni yaxshilash haqidamas, qanday qilsa hokimdan gap eshitmaslik haqida o'yliydi. Ota-onayam bolasini bilimi haqidamas, uni kimdandir kam bo'p qomasligi haqida o'yliydi. Va bu reallik. Havo sovuqligi bu reallik, Ta'lim sifati pastligi bu reallik. Talaba o'z vaqtini o'qishga emas, internetga ko'proq sarflashi ham reallik.

Nazarbek tarjima qigan Nassim Talebni "Qora oqqushi" hali chop etilmadida, tavsiya qisam, A tak ruscha bo'lsayam o'qish kerak. Shart disamam bo'ladi. Unda yozilgan narsalar juda qiyin tilda, sodda tushintirganda - har qanday xavf kutilmagan joydan keladi, Taleb qora oqqush deb bizning hayotimizga katta o'zgarish qivoradigan noyob narsalarni ataydi. Yanayam, qisqa aytganda, har qanday qiyinchilikka tayyor tur.

Sizlarni oldingizga rejalashtirilmagan va Qora oqqushga aylanib bo'lgan - ta'lim tizimi turibdi. Aslida offlayn o'qibam baraka topmaysizlar, onlaynku umuman. Lekin tayyor turish kerak, doimo ikkinchi plan bilan yurishga harakat qilinglar. Mani ukam hammadan oldin ta'tilga ketgandi, mana bir oy o'tdi hoziram qaytmadi. Hozir o'ylasam to'g'ri qipti. Unga o'xshab mo'ljalni keng olib, o'z rejasini tuzganlar, ha deganda fikridan qaytadigan tizimni yutdi.

Til o'rganish kerak, rus tilini jinniga o'xshab kanseling qilib derazadan otvorishga shoshilmayla, ishga chiqqanda, bilim olishda kerak bo'ladi hali. Ingliz tilini hozir bog'cha bolasiyam biladi, AYLISdan 5 olish uyat endi. Xullas, kitob o'qishni umuman ta'limni tizimga aloqasi yo'q dimoqchiman.

Panda Books va yana shunaqa o'xshash 24738 ta ma'rifiy-ilmiy (kimlardir o'zidan aqlli yasavoganla desa kerak) kanallarni topib o'qiyla. Vaqtni ta'tilmikan yo'qmikan deb bosh qotirib o'tirishga sarflamayla, ertaga o'qib katta odam bo'p ketseyla, biror joyda mani eslab shunaqa digandi dib yurarsizlar.

Yana nimadurlar yozmoqchi edim, telim zaryadi tugayapti, uni ustiga sovuq....

📱 @panda_books
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Panda Books
Toshkent – kitob va kitobxonlar shahrimi? Sizning fikringiz. 📱 @panda_books
#longread

Toshkent – kitob va kitobxonlar shahrimi?

Yaqinda shu savol bilan murojaat qilgandim. Befarq bo'lmagan insonlar javob berishdi. Va ko'pchilikning fikri salbiy munosabat kasb etdi. Bu ajablanarli emas. Endi o'zim shu savolga javob berishga harakat qilsam.

Kitobxonlar shahri deyish uchun u yoki bu shahar ma'lum talablarga javob berishi lozim. Masalan, kitob do'konlari, nashriyotlar va kutubxonalar soni ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Agar bu borada oladigan bo'lsak, Toshkent respublikaning eng markaziy hududidir. O'zbekistonda eng ko'p kitob do'konlar albatta poytaxtda joylashgan. Nafaqat o'zbek, balki rus va ingliz tilida ham istalgan kitobni topish mumkin. Eski kitoblar shaydolari uchun bukinistik do'konlar ham topiladi. Diniy va tarbiyaviy kitoblar ham soni so'nggi yillar oshgan, masalan. Kutubxonalar va oliygohlar eng ko'p Toshkentda joylashgan. Xullas, bir so'z bilan aytganda, Toshkent bu borada mahalliy standartlarga to'liq javob beradi. Demak, uni kitoblar shahri deya olamiz.

Endi kitobxonlar shahrini belgilab beradigan ikkinchi muhim omilga to'xtalsak. Bu ham bo'lsa, faol ijtimoiy harakat. Shaharni shahar qiladigan narsa bu ko'rkam binolar yoki ko'chalar emas, aslida insonlarning o'zidir. Ko'p kitob bo'lsayu, uni o'qiydigan bo'lmasa, biz kitobxonmiz deya olamizmi? Milliy kutubxonaga borganimda u doim o'quvchilar bilan gavjum bo'lgan, lekin hamma kutubxonalar ham unday emas. Ba'zilari hali zamonaviy talablarga moslashmagan, o'zlariga kitobxonlarni jalb qilish borasida ishlashmaydi.

Toshkentda kitobxonlar uchun har yili Kitobxonlik haftaligi va festivallar o'tkaziladi, lekin uning qamrovi keng emas, teskari aloqa yetarlicha emas. To'g'ri, yana bitta yaxshi odat bu nashriyot va kitob do'konlari an'anaviy tarzda o'z maskanlarida turli uchrashuvlar va taqdimotlar o'tkazib turishadi. Bu ham kitobxonlik muhitini belgilab beradi. Masalan, BookUzdagi "Kitobxonlar arenasi" aytishimiz mumkin.

Va eng so'nggisi, kitobxonlarning o'z tashabbusi bilan notijoriy maqsaddagi uchrashuv va debatlari. Bu borada faxr bilan bizning bi guruh bookbloger do'stlarimiz bilan tashkil etgan "Book Talks" platformasini aytishimiz mumkin. Bu kabi format va qamrovi jihatdan hozircha kitobxonlar uchun ajoyib tadbir sifatida o'tayotganiga shubham yo'q.

Xullas, savolga "Ha" yoki "yo'q" deb javob berish murakkab. Undagi ba'zi faktorlar yaxshi, ba'zilari ustida esa yanada ishlash kerak. Agar men nimanidir ko'zdam qochirgan bo'lsam, izohlarda qoldirishingiz mumkin.

Yagona haqiqat shuki, istalgan shaharni kitobxonlar shahri qilish insonlarning o'z qo'lidadir.

📱 @panda_books
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#haqida

Zamonaviy kutubxona ochish

Albatta, kitobxon kishilarning deyarli barchasi kutubxonalarni sevsa kerak. Bizda, afsuski, joylarda bunday maskanlar kamayib ketgan. O'zim ham imkon qadar o'zim tug'ilib o'sgan joyda kutubxona ochishni o'z oldimga niyat qilib qo'yganman.

Ammo vaqt va zamon o'zgarib borayapti. Endi kutubxonalar shunchaki mingtacha kitob yig'ib, o'quv zali tashkil qilib qo'yish bilan cheklanib qolmayapti. Butun dunyoda kutubxonalar endilikda barcha qatlamdan o'qish va o'rganishni istagan kishilar uchun bir joyda yig'iladigan maskanga aylanib bormoqda.

Dunyodagi ko'plab kutubxonalarni kuzatib, imkon bo'lsa, ularga tashrif buyurib zamonaviy kutubxona konsepsiyasini tadbiq qilishni o'ylayman doim. Albatta, bu oson ish emas, ammo harakat qilib ko'rishga arziydi.

Bu haqida oldin ham yozgan edim. Shunchaki, endi shu yangiliklarni yurtimizga ham olib kelish qoldi.

Bizga zamonaviy kutubxonalar kerak.

📱 @panda_books
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
​​#haqida #longread

Jeyms Robinson bilan uchrashuv

Kecha o'zbek tilida chop etilgan eksklyuziv “Mamlakatlar tanazzuli sabablari” kitobi hammuallifi Jeyms Robinson bilan Toshkentdagi muhtasham konferens-zalda katta uchrashuv bo‘lib o'tdi. Ushbu kitobni o‘zbek tiliga tarjima qilinganida qattiq quvongandim, chunki uni faqat asl tili yoki rus tilida o'qisak kerak deb o'ylardim. Mana bugun uni muallifining Toshkentga kelib turibdi. Ayniqsa, kitob senzurasiz (O'zbekiston haqida joylari qoldirilgan holda) tarjima qilingani ham yangi davrning erkinlik mahsuli deyish mumkin.

Tadbirga keladigan bo'lsak, u yangi qurilgan nihoyatda muhtasham joyda o'tkazildi, tashkilotchilar yurtimizning ziyoli qatlamini jalb qila olgan, ular orasida yosh talabalar ham ko'p edi. Bookblogerlardan Mahin taqdimotda qatnashdi (boshqalar ham qatnashgan bo'lsa, izohlarda qoldiring). Coffee break'dan keyin chkariga kirib, joylarni egalladik, tadbirni taniqli iqtisodchi olim Behzod aka Hoshimov ochib berdi. So'ng, Jeyms Robinson so'zga chiqib asosiy ma'ruza boshlandi. Tadbir to'liq ingliz tilida olib borildi, undagi tashkilotchilik ham yuqori darajada tashkillangan. Har bir stulda bloknot va tuchka sovg'aga qo'yilgan. Keyin bilsam, ba'zi birlarida esa kitoblar ham sovg'a qilinibdi ekan (bizni stulda yo'q edi)

Kitobni ikki marta o'qigan bo'lsam ham, muallifning o'zidan kitob haqida eshitish boshqacha zavqli bo'larkan. J.Robinson davlatlar qanday qilib boyroq va farovonroq yashashi mumkinlgini misollar bilan tushintirib berdi. Kitobdagi asosiy nuqtalarga e'tibor qaratdi. Bir so'z bilan aytganda, kitobni sharhladi deyishimiz mumkin.

Albatta, o'tirganlarni O'zbekistonchi degan savol qiynagandi. Iqtisodchi professor bu savolga javob berarkan, yurtimiz hozircha rivojlangan davlat emasligi, lekin oldinga siljishlar borligini ta'kidladi. Misol uchun, J.Robinson mamlakatimizda majburiy va bolalar mehnatiga barham berilgani, paxta boykotdan chiqarilganini ijobiy baholadi. Shuningdek, xalqimizning boy madaniy va ilmiy salohiyatini Buxoriy bobomiz Hadislari misolida e'tirof qilib o'tdi. Barbados davlatini misol qilib, bizda ham hammasini o'zgartirishga umid uyg'otdi deyishim mumkin.

Bunday tadbirlarda faolroq ishtirok etaverish kerak deb o'ylayman, ayniqsa Panda Books a'zolari har qanday ilmiy-adabiy kechalarda old qatorlarda bo'lishini tilayman. Bu nafaqat dunyoqarashni o'stiradi, balki yangi tanishlar orttirishga ham imkon beradi.

@panda_books
​​#longread

Nozik ip

Rivoyat qilishlaricha, Krit shohi Minosning qizi Ariadna Kritga kemada olib kelingan va Labirint saroyida yashovchi maxluq Minotavrga yem bo'lishga mahkum qilingan baxtiqaro afinalik o'g'il-qizlar ichra jasur yigit Teseyni ko'rib, uni sevib qoladi. Bir amallab u bilan gaplashishga muvaffaq bo'ladi va agar u Ariadnani Kritdan o'zi bilan olib ketishga va xotinlikka olishga va'da bersa, uning labirintdan eson-omon chiqishiga yordam berishini aytadi. Tesey bunga rozi bo'ladi. Keyin esa Ariadna yordam so'rab usta Dedalga murojaat qiladi, axir aynan u Minotavr qamalgan ushbu labirintni qurgandi. Yarim odam, yarim buqa – Minotavrni ko'zdan panada saqlash uchun hech qachon chiqib ketib bo'lmaydigan qilib qurilgan "Labirint"dan sog' omonlikda qaytib chiqish mumkin?

Dedal qizga oddiy zig'ir ipidan bir to'p beradi va uni labirintga boradigan qahramonga berishni, u esa ipning bir uchini labirintga kiraverishiga bog'lashni va qolgan uchini o'zi bilan ichkariga kirganda olib yurishini tayinlaydi. Bir qarashda, qanday arzimas narsa! Ammo busiz labirintda najot yo'q.

E'tiborlisi, qahri qattiq shoh xizmatida dahshatli labirintni o'ylab topgan o'sha usta, undan omon chiqish uchun yordam so'raganlarga ham xizmat qilishga tayyor bo'ladi. Asrlar davomida Dedal mohir ijodkor va olim timsoli bo'lib kelgan: jamiyatdagi axloq normalarini ignor qila oladigan va unga emas, balki faqat o'zining ijodiga bo'ysunadigan g'ayrioddiy insonni o'zida mujassam etgan. Bunday qahramon Tafakkur yo‘lidan boradi – u ochiq, qo‘rqmas va o'zi izlagan haqiqat barchamizni ozod qilishiga ishonadi.

Ba'zan bizga kerak bo'lgan narsalar shundoqqina yaqinimizda bo'ladi - shunchaki qo'limizni uzatsak kifoya.

@panda_books
Panda Books
Bitta ijtimoiy savol hozir meni o'ylantirib qoldi. Aytaylik, ayni damda shaxsan o'zingizning yoningizda/uyingizda favqulodda vaziyatlar (baxtsiz voqealar, qora kunga masalan) uchun yig'ib qo'ygan jamg'armangiz bormi? Agar bor bo'lsa, qancha? Agar yo'q bo'lsa…
#longread

Avvalo, bu savol sof moliyaviy jihatni o'z ichiga olgandi. Men aslo hech kimning boshida Xudo ko'rsatmasin qora kun bo'lishini tilamayman. Lekin favqulodda vaziyat deganda, men nimani nazarda tutdim?

Hayotingiz — bu sizning eng qimmatbaho ne'matlaringizdan biridir. Uni imkon qadar baxtli va samarali o'tkazishingiz lozim. Ammo ba'zan biz bilan ko'ngilsiz vaziyatlar ham uchrab turish ehtimoli bor. Masalan, zudlik bilan bitta buyum sotib olmoqchisiz yoki pul solingan chemodangizni kimdir o'g'irlab ketdi yoki kutilmaganda ishdan bo'shadingiz va hokazo. Bu hech qanday qarashlar bilan bog'liq emas. Bu shunchaki har kimni hayotida ertami-kechmi aniq bo'ladigan narsa.

Misol uchun, o'zim ham endi Toshkentga kelganim vaqtlarim, bir necha bor 3-4 kunlab bir tiyin oshiqcha pulsiz qolib ketgan vaqtlarim bo'lgan. Hozir mana ishlayman va o'zim shu savolga javob beradigan bo'lsam: - Ha men bunday holat uchun jamg'arma bo'lishi kerak deb hisoblayman. Ayniqsa, orangizda hali oila qurmaganlar bo'lsa, bilingki oilali qiz va yigitda doimo ortiqcha pul olib qo'yilishi zarar qilmaydi.

Iqtisodga o'qiydiganlar bilishsa kerak, fanda "moliyaviy xavfsizlik yostiqchasi" degan tushuncha bor. Bu aynan o'sha zarur paytda ishlatiladigan jamg'armaga aytiladi. Hozirda o'qiyotgan kitobimda bunga duch keldim va buni obunachilarim bilan bo'lishishga qaror qildim. "Men talabamanku, qanday yig'aman?" deyishingiz mumkin. Bunga bir muddat ortiqcha shirinlik, mahsulot yoki kiyim olmasdan o'sha pullarni asrab jamg'arma to'plashingiz mumkin. Buni siz ham bemalol qila olasiz.

O'ylaymanki, endilikda moliyaviy jamg'arma haqida yana bir bor fikr yuritasiz. Bu haqida izohlarda yozib qoldiring.

Ha aytgancha, meni bunday moliyaviy jamg'armam hozircha $200.

@panda_books
​​#longread

Media qudratli qurol, omma esa unutuvchandir. Insonlar yaqin o'tmishda sodir bo'lgan ko'pgina muhim voqealarni deyarli yoddan chiqarganlar. Masalan, sovuq urush davri oxirlaridagi Yaqin Sharq muammolarining ko'pgina jihatlarini aytsak bo'ladi.

Yaqinda Iroqda o'tkazilgan so'rovnomalarga ko'ra, aholining 60%i Saddam Husayn davrida davlat farovon va odamlar baxtliroq yashaganligini ta'kidlashgan. G'arb mediasi va siyosati esa undan allaqachon dahshatli yovuz qahramon obrazini yaratib qo'ygan bo'lsada. Ha, u qattiqqo'l diktator bo'lgan, raqiblariga shafqat qilmagan, ammo o'z vaqtida hokimiyatni ushlab turish ham oson emasdi.

Musulmon dunyosidagi eng katta qarama-qarshiliklardan biri: sunniylar va shialar o'rtasidagi ixtilof Saddam davrida urushga aylanadi. Shialar uchun Makkadan keyingi ikkinchi muqaddas shahar hisoblangan — Najaf shahri (u yerda hazrat Alining vasiyatiga binoan uning jasadi dafn etilgan)ga Erondan qochib kelib yashagan Oyatullo Xumayniyni Saddam Husayn mamlakatdan quvib yuboradi. Keyinchalik ya'ni 1979-yilda Oyotullo Xumayniy Eronga qaytib boradi va Shoh hokimiyatini ag'darib, mamlakat tepasiga keladi. U endi Saddamdan o'ch olishga qaror qiladi. Saddam Husayn sunniy bo'lgan, shialarga nisbatan adovati aniq edi. Bu orada u katta urushga tayyorlana boshlaydi.

Qizig'i, uni bir tomondan shoh hokimiyati tarafdorlari bo'lgan AQSh (G'arb) ham, SSSR ham qo'llab-quvvatlaydi. AQSh va Yevropa Iroqqa katta qurol-aslaha va mahsulotlar yetkazib beradi. Bu Sovuq urush davridagi unikal holat desak bo'ladi. Harbiy bilimi bo'lmasa-da, Saddam Husaynning o'zi armiyaga bosh bo'ladi. Ammo bir necha haftada yutishni mo'ljallagan iroqliklar maqsadi amalga oshmaydi, eronliklar qisqa muddatda kuchli mudofaa chizig'i yaratadilar. Natijada urush uzoq 8 yilga cho'ziladi. Ikki tomondan millionlab insonlar halok bo'ladi, ammo urush hech bir tomonga g'alaba olib kelmaydi.

Bu orada Saddam Husayn Iroq neftini xorijiy kompaniyalar qo'lidan olib, milliylashtirishga qaror qiladi. Bu esa AQShning unga bo'lgan munosabatini o'zgartiradi. Natijada 1991-yilda AQSh Iroq qo'shnisi Quvaytga e'tibor qaratadi. Natijada Quvayt neftni belgilangan ko'ra arzonga sota boshlaydi. Saddam Quvaytdan narxni ko'tarishni, musulmon davlatlar bir-birini qo'llashi kerakligini tushuntirishga harakat qiladi, ammo foydasi bo'lmaydi. Oqibatda Saddam Husayn Quvaytga hujum qiladi, u bu safar ham xorijdan qo'llov olaman deb o'ylaydi. Lekin u adashgandi. AQSh tez orada Iroqqa sanksiyalar kiritadi va keyinchalik bostirib kiradi.

Keyinchalik yolg'onligi fosh bo'lgan bahona bilan AQSh Iroq hududiga kirib boradi, Saddam Husayn hokimiyatdan ag'dariladi, Iroq nefti esa oxir-oqibat AQShga o'tadi. Saddamning sobiq generallari va boshqa klanlar keyinchalik ISHIDni yuzaga keltiradi. Mamlakatda boshboshdoqlik va xaos boshlanadi. Oldin bemalol istagan kyimda yura olgan ayollar paranji kiyishga majburlanadi. Iqtisodiyot ham qayta tiklanmas zarbaga uchraydi.

Bu voqeadan saboq olsa bo'ladigan narsalar talaygina. Saddam Husaynning shaxs sifatida faoliyatini o'rganish bir masala, lekin hozir ko'pchilik bir paytlar o'sha diktatorni qo'llab-quvvatlagan, keyin hududiga bostirib kirib, uni ag'dargan G'arb hukumatlarini ishini esga olmaydi.

Media haqiqatda qudratli, omma esa unutuvchandir.

@panda_books
#longread

Propaganda

Biz ajdarho bilan jang qilaverib, o'zimiz ham ajdarhoga aylanib qolganimizni sezmaymiz.

Plossla kanalida propaganda mavzusidagi postni o'qib chiqdim. Va ular ko'zdan qochirgan, hozirgi avlod internetidagi bo'layotgan voqealar butun kartinasida tushib qolgan kichik, ammo muhim mozaika parchasini topgandek bo'ldim. Qiziqmi?

Informatsion makon - bu aslida propagandadan iborat. Qolgan hamma narsa o'sha propaganda uchun xizmat qiladi. Bizda propaganda deganda, asosan, siyosiy targ'ibot tushuniladi, ammo bu so'z keng va neytral tushuncha. Masalan, Panda Books va boshqa bookblogerlar kitobga targ'ib qilamiz, bu yaxshi ammo bu ham propaganda. Yoki Plosslarni o'zi ham yaxshigina propagandist kanalga aylangan, nazarimda. Chunki ularning postlarini o'qib, ba'zan kulgi, ba'zan jahl, ba'zan mavjud holatga g'azab tuyasiz. Xo'sh, ular nimani targ'ib qiladi?Balki anarxiyani targ'ib qilishar:) Ko'ryapsizmi, bu gaplarni yozayotib men ham propaganda qilayapman, aslida.. Xullas, qisqa aytganimizda, ma'lum fikr aniq yo'naltirilgan maqsadga qaratilar ekan, uning shu maqsadga yetishi davomida targ'ibot quroli bo'lish ehtimoli oshib boradi..

Ha, boyagi mozaikaning bo'lagi haqida. Bitta narsani esdan chiqarmaslik lozim. Bu juda muhim. Deylik, siz yangiliklar, umuman, informatsiyani qayerdan olasiz? OAV, ya'ni ommaviy axborot vositalaridan, to'g'rimi? Ular propaganda mashinasimi? Ha. Chunki qonunan ular berilgan ma'lumotning haqiqat yoki yo'qligiga javob beradilar, uning qanday talqin qilinishiga emas. Misol uchun, "Kecha Toshkentdagi do'konlardan birida o'g'rilik sodir bo'ldi" degan xabarni "Dahshat! Toshkentda yana o'g'rilik!", yoki "Bozorlarda o'g'irliklar soni yana bittaga oshdi" deya talqin qiladigan OAVlar ham topiladi. Bunda mazmun bitta bo'lsa ham, shaklan propagandaga o'rab taqdim qilinadi. Siyosatku aniq yoki masalan ba'zi diniy-islomiy kanallarda postlar orasida asosan bitta domlani ma'ruzalari tez-tez joylanishi mumkin. Natijada, siz o'sha domlaga muntazam duch kela boshlaganiz uchun uni boshqalardan afzal ko'rishingiz yoki aksi bo'lishi mumkin. Bu ham propaganda. Bu hamma sohada bo'lishi mumkin.

OAV propagandasi kuchli qurol. Buni ortidan hatto millionlab insonlar boshiga yetgan genotsidlar boshlangan (Ruanda qirg'ini yaqqol misol).

"Factfulness" kitobida yozilgandek, OAVlar yangiliklarni ichidan salbiy bo'yoqlarga belanganini olishni istashadi, chunki inson tabiati (internetda ayniqsa) negativga moyilroq. Faqat yaxshi yangiliklar yozadigan jurnalist tezda ishsiz qoladi.

Propaganda bilan to'qnashmaslikning imkoni yo'q, lekin uni filtr qilsa bo'ladi, ammo buning uchun aytilgandek ko'p o'qish, bilish va izlanish kerak. Shunda berilayotgan axborotda nima propaganda qilinayotganini darhol anglaysiz.. ishonavering, bu hozirgi kunda kerakli ko'nikmalardan biri. So bo'lasla...

@panda_books
​​#longread

"Men yetarlicha yaxshi emasmanmi?"

Shunday fikr har biringizning boshingizdan o'tgan bo'lsa ajab emas. O'z-o'zidan qoniqmaslik, har bir ishga o'ta talabchan yondashib, zavq ololmaslik – oqibatda depressiya va ruhiy zo'riqishga olib kelishi aniq.

Britaniyalik sobiq askar Maykl Kouplend yaqinda uchta cho'qqini zabt etibdi. Qizig'i, buni u o'z orqasiga muzlatkich ko'tarib olgan holda bajaribdi. Uning fikricha, muzlatkich – bu biz kundalik his qiladigan maishiy g'am-g'ussalarimiz, depressiya va xafaliklarimiz timsoli ekan. Bir tomondan yaxshi o'xshatish.

Ko'pchiligimiz har kun takrorlanadigan o'tkinchi va arzimas muammolar girdobida qolganmiz. Arzirli ish qilsakda yoki qila olsakda, uni doimiy mayda-chuyda rutubalar ichra yo'q qilamiz. O'z qadrimizni yerga uramiz, o'zimizni yetarlicha yaxshi ekanligimizni o'zimiz tan olmaymiz. Bunda boshqalardan nima kuta olardik..

Zamonaviy dunyoda, biz qo'limizdagi internet va smartfonlarimiz tufayli 24/7 rejimdagi informatsion borliqda yashayapmiz. Ma'lumotlar oqimi ulkan va uzluksiz, diqqatni bir joyga jamlash oson emas. Ammo bu sizni yengib qo'ymasligi kerak.

Ortimizda xuddi Maykl kabi muzlatkichni orqalab ulkan cho'qqilarni zabt etishdan cho'chimaslik lozim. Chunki siz buni uddalay olasiz.

Siz o'ylagangizdan ko'ra yaxshiroq, kuchliroqsiz.. faqat hozircha buni o'zingiz bilmaysiz xolos.

@panda_books
​​​​#longread

Ha, ungacha ham horror (dahshatli) asarlar bo'lgan. Hatto undan dahshatliroqlari ham. Qattiq qo'riqlanadigan turmaxonaning qorong'u yerto'lasida saqlanadigan seriyali qotillar haqidagi asarlar ham bisyor. Ammo bunaqasi bundan oldin ham, bundan keyin ham bo'lmasligi aniq. Horror'ning qonli sahifalariga o'ziga xos nafislik va didni qo'sha olgan kuchli asar edi u. Demak, bugun biz "Qo'zichoqlar sukunati" to'g'risida gaplashamiz.

Umid qilamanki, orangizda "The Silence of the Lambs" (Молчание ягнят) filmini tomosha qilishga o'zida jur'at topa olganlar bo'lsa kerak. Shafqatsiz manyak Gannibal Lekter haqida hikoya qiluvchi ushbu detektiv-horror romanlar turkumi amerikalik yozuvchi Tomas Xarris qalamiga mansub hisoblanadi. Aynan u ilk bor 1981-yilda o'zining "Qizil ajdarho" romanida keyinchalik kultga aylangan personaj – doktor Gannibal Lekter siymosini tasvirlaydi. U kannibal (o'z turini, ya'ni odam go'shtini iste'mol qiluvchi) va seriyali qotil edi. Va ayni paytda u johillikdan jirkanuvchi, inson psixologiyasini yuqori darajada tushunuvchi nozik did sohibi ham. Kutilmagan uyg'unlik, shunday emasmi? Unda qandaydir oliynasablarga xos xulq bor ediki, uning telbaligi va bir paytning o'zida daholigi fonida bu hatti-harakatlar qandaydir muhtashamlik kasb etadi. Albatta, shafqatsiz jinoyatchini romantizatsiya qilyotganimiz uchun mushtariylar bizni dashnom qilar, ammo bu asarning ruhiyati ham shunda - ya'ni uni bitta janrga sig'dirib bo'lmaydi: "Qo'zichoqlar sukunati" bu nafaqat horror, balki kuchli psixologik detektiv va ..ozgina romantika.

1988-yilda Tomas Xarrisning jahon bo'ylab millionlab nusxalarda sotilgan "Qo'zichoqlar sukunati" asari chop etiladi. U o'sha yili "Eng yaxshi roman" uchun Stoker mukofotini qo'lga kiritadi. 1991-yilda suratga olingan kitobning shu nomdagi kinoversiyasi esa (rejissor Jonatan Demmi) eng yaxshi erkak, ayol, ssenariy, film va rejissura yo'nalishlari bo'yicha nufuzli 5 ta Oskar mukofotiga ega chiqadi. Sababi, kinofilmda o'ta talantli aktyorlar jamoasi yig'ilgandi, ayniqsa, buyuk aktyor Entoni Xopkins tomonidan doktor Gannibal Lekter roli qoyilmaqom qilib ijro etilganini alohida e'tirof etish lozim. Keyinchalik Tomas Xarris Gannibal haqida yana 2 ta roman yozadi. Ularda yanada batafsil qahramon hayotiga kirib boriladi va kitobxonga uning bolaligi tanishtiriladi.

Asarni o'qish kerakmi? Bilmadim. Agar chigal detektiv masalalar ikir-chikirigacha ideal tortiq etiladigan jumboqlarnk sevsangiz o'qing. Horrordan o'ziga xos adrenalin ololsangiz ham o'qishingiz mumkin. Seriyali qotillar ichida shu paytga qadar eng nodir aql sohibi va nozik psixolog bo'lgan qahramon bilan tanishmoqchi bo'lsangiz, bemalol kitobni varaqlang. Lekin eng avvalo filmni tomosha qiling. Entoni Xopkins ijrosidagi sahnalarni tomosha qiling. Undagi Xichkokona etingizni junjiktirib yuboradigan darajadagi shivirlashlarga quloq tuting. Va shunchaki maftun bo'ling. Ammo unutmang, "Gannibalning shuuringizga yo'l topishiga imkon bermang". Har ehtimolga qarshi.

"Asar nega "Qo'zichoqlar sukunati" deb nomlanadi?" deb so'rayapsizmi? Buning javobini kitob haqidagi keyingi postlarimda batafsil aytib o'taman.

P.s: Rasm by December

@panda_books
​​#longread

"Игнор" qilishning salbiy oqibatlari

Hayotda har bir hatti-harakatimiz muayyan oqibatlarga olib kelishini yaxshi bilamiz. Deylik, shunday holatga duch keldik: kimgadir o'zimizni noroziligimizni bildirish yoki undan xafaligimizni ko'rsatmoqchimiz? Shunda nima qilish mumkin? Odatda uni rad qilamiz, shundaymi? Misol uchun, undan kelgan smslarni o'qiymizu, lekin javob yozmaymiz yoki yonimizga kelsa, go'yo ko'rmagandek o'tib ketamiz. Lekin ichimizdagi xafalikni, unga bo'lgan munosabatimizni yuziga shartta-shartta aytishga yo qodir bo'lmaymiz, yo buni xohlamaymiz. Xullas, har qanday vaziyatda ham "Ignor" qilganimizdan lazzat olamiz, "Bopladim!" deymiz ichimizda. Ammo bu doim ham bizning foydamizga ishlamasligi haqida hech o'ylab ko'rganmisiz? Ikki inson o'rtasidagi munosabat o'z yo'liga, ammo, aytaylik, bunday holat ikkita butun boshli davlat va tashkilotlar orasida sodir bo'lsachi? Keling, buni Falastin misolida ko'rib chiqamiz.

Tarixdan ma'lum, 1947-yilda, ya'ni 2-jahon urushidan keyin dunyoda mustaqil yahudiylar davlati tuzish borasida ishlar boshlanadi. Parallel ravishda endigina Buyuk Britaniya mandatidan chiqqan, 1 yarim million arablar yashaydigan Falastin davlati ham tuzilishi kerak edi. Yangi tuzilgan va 57 ta a'zodan iborat BMT tashkiloti bu masalani hal qilishni o'z bo'yniga oladi (UNSCOP qo'mitasi). Avvaliga yahudiylar mamlakatini Afrikadagi Uganda hududida tuzish g'oyasi beriladi, ammo sionistlar muqaddas kitoblarda yozilgan "sut va asal daryodek oqadigan joy" - ularning vatani bo'lishi kerak deya qa'tiy turib olishadi. Natijada Falastindagi real ahvolni bilish uchun BMTning 11 ta delegatdan iborat UNSCOP guruhi 1947-yilda Iyerusalimga keladi. Delegatsiya tarkibining neytralligiga alohida e'tibor beriladi: ular arab ham, musulmon ham, yahudiy ham bo'lmasligi, yevropasentrik, kuchli 5lik vakili ham bo'lmasligi kerak edi. Natijada, Gvatemala, Kanada, Shvetsiya, Eron (ha, ular ham) kabi davlatlar vakillaridan iborat bo'lib, rahbarlardan biri islandiyalik edi.

Xullas, ular Falastinga mahalliy vaziyatni bilishga kelishadi. Ammo arablar bu delegatsiyani iliq kutib olish o'rniga "ignor" qilish siyosatini qo'llaydilar. Bir hafta davomida ular bilan hech kim mutlaqo muloqot qilmaydi, hatto ular kirganida shovqinli bozorlar jimgina tarqab ketadi, maktablarida o'quvchilarga ularga salom bermaslik aytiladi. Ko'chalar iflosligini ko'rib hayron qolgan komissiya a'zolarini tashrifidan oldin shuni tozalab qo'yish ham arablar hayoliga kelmaydi. Bitta arab qishlog'iga borishganida esa uning aholisi qishloqni tark etadi. Xullas, hamma xuddi ularni ko'rmayotgandek ish tutaveradi. Arablarning hatti-harakatini komissiyaning obyektiv ma'lumot yig'ishida qiyinchilik tug'diradi. Aslida arablar shu orqali BMTga o'z xafaligini bildirmoqchi edi, biroq natija ular kutganidek bo'lmaydi.

Bir haftadan keyin Komissiya yahudiylar yashaydigan hududga o'tishadi. Arablardan farqli o'laroq, yahudiylar Komissiyani quchoq ochib kutib olishadi: ularda allaqachon Komissiyani kutib olish uchun maxsus agentlik tuzilgan bo'lib, ular hamma joyni chinniyu-chiroq qilib qo'yishgandi. Hattoki, bitta asosiy ko'chani nihoyatda obod ko'rsatish uchun har bir derazani yaltiratib tozalashgan ekan. Komissiya mahalliy aholi bilan suhbat qiladi, ular esa o'z fikrlarini ochiq bayon qilishadi. Maxsus agentlik ataylab komissiya vakillariga ularni tili (shved, fors kabi)da suhbat qila biladigan yahudiylarni ro'baro qilishadi. Oxir-oqibat Komissiya o'ziga kerakli ma'lumotlarni to'plab qaytadi.

Yakunda, komissiya BMTga o'z hisobotini yetkazadi, Falastin tomoni ular taklif qilgan barcha takliflarni rad qiladi va har qanday muzokalar stoliga o'tirishdan bosh tortadi. Voqealar rivojida qaysi davlat tuzilib, qaysinisi tuzilmay qolib ketganini esa o'zingiz yaxshi bilasiz. Albatta, bu yerda yana boshqa o'nlab faktorlar bor, ammo yuqoridagi keys falastinlik uchun katta salbiy rol o'ynagan omillardan biri hisoblanadi.

@panda_books
​​#longread

Demokratiya uzoqroq davom etadimi yoki diktatura?

Aleksandr Baunovning kitobini o'qirkanman, Ispaniya so'nggi diktatorining bir ishi o'ylantirib qo'ydi. Franko o'z umri so'nggida bo'lajak taxt vorisi sifatida shahzoda Xuan Karlosni ko'tarishga kirishadi. Bu diktatura uchun noodatiy rivojlanish modeli edi - qonxo'rlikdan ko'proq vegeterian shaklga o'tishga o'xshab, parlamentar monarxiyaga rozi bo'ladi.

Umuman olganda, Franko va boshqa diktatorlar uzoq muddat hukmronlik qilsada, ularda diktaturaning uzoq muddat saqlab qolish rejasi bo'lmaydi.

Ba'zi sabablarga ko'ra, demokratiyalar ham uzoq rejalashtirish gorizontiga ega emas, chunki demokratik liderlar odatda keyingi bir yoki ko'pi bilan ikkita saylov muddati haqida o'ylashadi. Amerikaga o'xshash davlatlar shuning uchun ham National security strategy tuzib olishadi, demokratik institutlar va faol jamoatchilik tizimni ushlab turadi. Doim ham emas albatta.

Lekin ma'lum bo'ladiki, diktaturaning ham rejalashtirish muddati juda qisqa, u oldiniga "o'zgarishlar ruhi" kabi shiorlar va usullar bilan hokimiyatga keladi, keyin bu usullar va shiorlar o'zgaradi, keyin yana va yana o'zgaraveradi. Buni men ko‘rib chiqayotgan rejimlar misolida juda tiniq ko'rsa bo'ladi. Masalan Rossiya rejimi misolida ko'rsak, Putin xuddi shunday ko'rinishda kelgandi - mamlakatni kommunistik revanshizmdan qutqarish, mulkni qayta taqsimlash edi birlamchi maqsad. Keyin ular rus elitasini G'arb elitasiga qo'shishni xohlashdi. Bu deyarli birinchi ikki muddat va hatto qisman Medvedev davridagi maqsad edi. Keyin barqarorlik shioriga o'tildi: hech narsani o'zgartirmaylik, hozir esa qarama-qarshilik shiori.

Diktatura ham qisqa rejalashtirish ufqiga ega, chunki u o'z hayotini saqlab qolish bilan band bo'ladi. Franko kabi diktatorlar, albatta, ochiqchasiga o'z shaxsiy manfaatlari va qattiqqo'lligini bildirmaydi. Diktator o‘z oldiga vazifa, maqsad – qandaydir qadriyatlarni saqlab qolish kerakligini aytadi. Odatda diktatura qadriyatlar paketi bilan keladi: "nega biz boshqalarga o‘xshamaymiz?" degan savolga ular "chunki men boshqalar kabi hukmronlik qilmayman, oddiy almashtiriladigan rahbarlar kabi emasman, chunki mening o‘ziga xos xalqim, o‘ziga xos qadriyatlar to‘plamiga ega o'zgacha mamlakatim bor. Bu o'ziga xoslik natijasida tashqi dunyo bizga hasad qiladi, shuning uchun biz ular bilan ziddiyatga ega bo'lishimiz kerak, qaysidir darajada qarama-qarshilikka", deydi u.

Keyin rejimning rahbarimi, yoki partiyaviy tuzum yoki kollektiv diktaturami - bari o'zini-o'zi saqlab qolish bilan shug'ullana boshlaydi. Omon qolish turli vaqtlarda turlicha harakatlarni talab qiladi. Ba'zan yumshoq, ba'zan qattiq siyosat.

Diktatura qachon tugaydi? Agar Franko va Salazar haqida gapiradigan bo'lsak, diktator o'lsa, diktatura ham o'ladi. Hech bir diktatura diktator tanasidan tashqarida o'z-o'zini ko'paytirishni ta'minlay olmaydi. Mana shu shaxsga bog'liq siyosat qurishning eng katta omili hisoblanadi.

@panda_books
#longread

Santa tarixi haqida

Santa Klaus personajining kelib chiqish tarixi haqida o'qisangiz qiziq narsalarga duch kelasiz. Bu yo'l sizni xuddi "Alisa Mo'jizalar mamlakatida" kitobida tasvirlangan Oq quyonning o'rasi kabi tubsizlikka itarib yuboradi. Keling, bir boshidan.

Avvalo, keng tarqalgan miflardan biri - Santa Klausning xristian diniy ta'limotidan kelib chiqish asoslari to'g'risida. Ko'p joylarda IV asrda hozirgi Turkiya hududida yashab o'tgan Avliyo Nikolay Santaning prototipi deb aytiladi. Ammo uning qizil kamzul kiygan soqolli bobo bilan hech qanday aloqasi bo'lmagan.

Tarix bunday. U yashagan davrlarda ayollar huquqi deyarli yo'q edi. Ayollar uchun biror tuzuk kimsaga erga tegishning o'zi - bir baxt bo'lgan. Agarda qizning oilasi kambag'al va qiziga sep qilishga mablag'i bo'lmasa, yosh qizlar o'z ota-onalari tomonidan unchalik katta bo'lmagan summa evaziga ishratxonalar yoki cho'rillikka sotib yuborilgan.

Kunlardan bir kuni Avliyo Nikolay xuddi shu holga tushgan uchta opa-singilni fohishalikdan (otasining ularni turmushga berish uchun sepiga puli bo'lmagani uchun) qutqarib qoladi. Avliyo ularning uyiga chordoq derazasidan tilla tanga tashlab ketadi. Aftidan, uyga mo'ri orqali tushib, qoldirib ketiladigan Rojdestvo sovg'alari an'anasi shu yerdan kelib chiqqan.

Yana bitta fakt. Xristian cherkovi Avliyo Nikolay kunini 6-dekabr kuni nishonlaydi. 24-dan 25-dekabrga o'tar kechasi (qishki tengkunlik vaqti) qadimgi yevropaliklar orasida butparastlik bayrami bo'lib, ularning hammasi olov atrofida aylanib, mast bo'lib raqsga tushishgan va o'zaro qovushishgan.

Skandinaviyaliklar orasida esa bu kechada g'azabnok ma'bud Odin osmonda qo'rqinchli ruhlar, Valkiriyalar va boshqa jinlar hamrohligida uchib yuradi degan qarash mavjud bo'lgan. Demak, shu yerdan biz vaqt o'tib bu dahshatli kortej yoqimliroq tus olib, Rojdestvo chanasiga qo'shilgan bug'ular va oy fonida tungi parvoz qiladigan Santa qiyofasiga kirgan degan xulosaga kelishimiz mumkin. Jangchi Valkiriyalar esa mitti yordamchilar, ya'ni troll yoki elflarga aylangan bo'lsa ajabmas.

Bir paytlar Yevropada xristianlik - bu kichik auditoriyali diniy sekta darajasida bo'lgan xolos. Vaqt o'tib birdaniga xristianlik Yevropada keng tarqalib ketishi natijasida, u asosiy din sifatida butparastlikni jamiyatdan siqib chiqaradi. Endi yangi dinga yangi bayramlar lozim edi, shunda rohiblar butparastlarning bayramini bir yumalatib, uni Rojdestvo bayramiga aylantiradilar. Xuddi, bugungi kunda "anaqalar" beg'ubor kamalakni bezbetlarcha o'zlashtirib olganidek (ularga kim huquq bergan o'zi?!).

Butparastcha gulxan borib-borib oxir-oqibat qulay uy kaminiga aylanadi. Avliyo Nikolay (Gollandiyaliklar uni qizil yepiskop liboslarida tasvirlashgan) esa asta-sekin Rojdestvo ota bo'lib qoladi.

Aytgancha, biz bilgan oppoq soqolli va qorin qo'ygan quvnoq bobo obrazi yozuvchi Charlz Dikkens tomonidan "Rojdestvo qo'shig'i" asarida atigi 200 yil oldin "yaratilgan". Bu borada Dikkensni zamonasining haqiqiy influenceri desak bo'ladi, chunki bungacha Father Christmas ko'proq g'amgin inson sifatida tasvirlangan.

Va XX asrda yuqoridagilarning barchasini - skandinav, golland, ingliz va katolik cherkovining g'oyalarini Amerikada yaratilgan ommaviy madaniyat va Gollivud (boshqa kim?) o'zaro qo'shib, aralashtirib yuboradi. SSSRga keladigan bo'lsak, u yerda Rojdestvo bo'lmagan, kommunistlar faqat Yangi yilni nishonlashni urfga olib kirishadi.

Xo'sh, butun dunyoga eksport qilingan va bugun biz biladigan qizil kamzulli va oq soqolli Santa Klausning so'nggi versiyasi faqat 1980-yillarga kelib dunyoga mashhur bitta gigant kompaniya buyurtmasi bilan kichik reklama agentligi tomonidan yaratilgan.

Ushbu gigant kompaniya esa Coca-Cola deb ataladi.

@panda_books
#longread

Hayotda o'zgarishlarni boshlash haqida

Ko'pchiligimiz hayotimiz davomida hamisha biron yaxshi ish boshlashni orzu qilamiz. Zo'r ish. Lekin negadur ko'pincha hammasini boshlash uchun munosib lahzaning kelishini kutamiz. Dushanbadan. Yangi yildan. Nihoyat, munosib vaqt kelganida esa, ba'zilar endi kimdir ularga boshlash uchun ruxsat berishini kutishni boshlaydilar.

Aksariyatimiz: "Dunyodagi barcha imkoniyatlar allaqachon tepadagilar orasida bo'lib olingan va biz kabi "yangilar" uchun endi hech vaqo qolmagan", - degan fikrga ishonib yashaymiz. Hayotda bizga atalgan ko'p narsalarga o'zimizni noloyiq deya hisoblaymiz. Masalan, yaxshi kitob o'qishga, yaxshi kiyinib yurishga, sevimli ishimiz bilan shug'ullanishga, dunyo bo'ylab sayohat qilishga hayiqamiz, gohida hatto bunga haqqimiz yo'qdek tuyuladi.

Aminmanki, qachondir siz ham yangi nimadir boshlaganingizda, yo'lingizda millionlab hasadgo'y, negativ, tanqidchi, nazoratchi, pessimist va firibgarlarga duch kelasiz. Bunday to'siqlardan hamma ham "tirik qolib", yo'lida dadil davom etolmaydi. Xo'sh, unda qanday qilib baxtli hayotga erishish mumkin? Bunday mushkulotlarni yengib o'tishning siri nimada?

Hammasi oddiy. Ularni inkor qila oling. Hayotda hech narsa qilmagan odamgina xato qilmaydi. Xato qilishdan qo'rqmang. Va eng muhimi hayotingizda nimadir qilish uchun hech kimdan ruxsat kutmang. Bunday odamlar yo'q. Bunday sharoitlar yo'q. Bunday tashkilotlar yo'q (Aniqrog'i bor, ya'ni firibgarlar, ularning tuzog'iga tushmasangiz bas).

Ozmoqchimisiz, u holda yugurishni boshlang. IELTSdan 8.0 olmoqchimisiz, unda hozirdan ingliz tilini o'rganishni boshlang. Qimmatbaho mashina minishni istayapsizmi, unda bugundan pul yig'ishga tutining. Bilimingizni oshirmoqchimisiz, qo'lingizga kitob olib o'qishga kirishing. Ishni paysalga solgangiz bilan hech nima o'zgarib qolmaydi. Vaqt esa g'animat.

Qisqasi, bu har doim foyda beradigan taktika. Siz hayotda o'zingiz xohlagan va orzu qilgan barcha rejalaringizni amalga oshira olasiz, faqat buni boshlash uchun hech kimdan ruxsat so'rash shart emas. Boshlash uchun mavridini kutish ham kerak emas. Shunchaki boshlang... va nasib qilsa hammasi o'zgaradi.

@panda_books
#longread

Yozuv

Manimcha, biz insonlarning eng yaxshi ixtirolaridan biri — bu yozuv. U og'zaki nutqdan biz ifodalamoqchi bo'lgan fikrlarni maxsus vositalar orqali o'qiladigan, saqlanadigan va bir-birimiz bilan ulashiladigan belgilarga aylantiradi. Biz fikrlarni abadiylashtirdik. Yozuv tarixiga qarasak, u bir-biridan mustaqil ravishda kamida 3 marta kashf qilingan - Yaqin Sharqda, Xitoyda va Markaziy Amerikada. Boshqa ixtirolar kabi qadimiy yozuv bizga Yaqin Sharq orqali yetib kelgan. Yozuv avvaliga savdo-sotiq va hisoblashda ishlatilgan, keyinchalik unda turli bitiklar, diniy matnlar, she'rlar, afsonalar va qadimiy hukmdorlar faoliyatini bayon qilishgan. Bundan so'ng, ilk qonun kodekslari yozila boshlangan.

Biz bilgan ilk yuridik kodeks, miloddan avvalgi 2100-yillarda shumer qiroli Ur-Nammuniki hisoblansa, biz bilgan eng mashhur va eng hajmi kattasi 1901-yilda hozirgi Iroq hududidan topilgan Bobil shohi— Xamurappi qonunlari. Ular ulkan xarsangtoshlarga stella sifatida akkad tilida o'yib yozilgan va omma uchun mo'ljallangan. Uning tepasida ma'bud Shamashdan qonunlarni qabul qilib olayotgan podshoh tasvirlangan. Hozir bu stelalar Parijdagi Luvr muzeyini bezab turibdi.

Kodeks aslida hozirgi hajmlarga solishtiradigan bo'lsak, uncha katta emas, atigi 282 qonundan iborat, ammo shuni o'ziyam ulkan imperiyani boshqarishga yetib ortgan. Masalan, AQShda yiliga 40.000 dan ortiq yangi qonun qabul qilinadi, o'zi qancha qonun borligini esa hech kim bilmasayam kerak.

Xamurappi qonunlari qanday tuzilganini sizlarga osongina o'rgatib qo'yishim mumkin:
AGAR siz mana bu jinoyat/ishni qilsangiz, unda BUNDAY tarzda jazolanasiz. Qonun jinsi va ijtimoiy mavqeyiga qarab o'zgarib turgan. Masalan, Tabib erkin fuqaro hisoblangan bemorini o'ldirib qo'ysa, qo'llari chopilgan, ammo qul bemor o'lib qolsa, jarima bilan qutulib qolingan. Jazolar asosan jarimalar yoki qatldan iborat edi, unda hozirgidek turmaga tashlash kabi jazo bo'lmagan.

Qizig'i, Xamurappi qonunlarida diniy qonunlar aks etmagan, holbuki podshoh ilohiy qudrat sohibi hisoblangan. Xamurappi qonunlari fuqaroning qaysi din yoki ma'budga e'tiqod qilishidan qat'i nazar bir xilda teng jazoga torta olgan. Ya'ni bu yerda davlat boshqa diniy kodeks yoki qonunlardan farqli o'z avomini fikri va e'tiqodini emas, uning faqat hatti-harakatini nazorat qilishga qaratilgan.

Xamurappi qonunlarini o'qirkansan, inson tabiati o'tgan shuncha ming yilliklar ichidan deyarli o'zgarmaganini ko'rib hayratga tushasan. Hatto 4000 yil o'tib ham, biz Xamurappi jinoyat deb hisoblagan ishlar bilan bitta fikrga kelamiz. Albatta, bitta farqi - bizda hozir qullar yo'q.

Bu Kodeks aslida o'sha davrgacha ishlatilgan sud-huquq tizimidagi oshkoralik va shaffoflik nuqtai nazaridan katta qadam bo'lgandi. Qonunlar ulkan xarsangtoshlarga o'yib yozilgan va bu xarsanglar hamma ko'rishi va o'qishi mumkin bo'lgan jamoat joylariga chiqarib qo'yilgan. Natijada barcha fuqaro agar jinoyat qilsa, uni nima kutayotgani ongli ravishda anglagan va bu tiyib turish mexanizmi vazifasini bajargan. Aybi isbotlanmaguncha, har bir inson aybsiz bo'lgan. Tabaqasidan qat'i nazar fuqarolar bir xilda jazoga tortilgan. Natijada shu vaqtga qadar o'z boyligi, ijtimoiy mavqeyi yoki xizmat vazifasidan foydalanib, mazlumlar va o'zidan kuchsizlarni ezib kelganlar ham Xamurappining qattiqqo'l kodeksidan omon qololmagan. Bu esa jamiyatdagi adolatni mislsiz darajada tartibga keltira olgan.

Ba'zan men ham Konstitutsiyamizni katta temir lavhlarga o'yib yozib, katta maydonlarga ilib qo'yish ma'qulmikan deb o'ylab qolaman. Albatta, bu uchun yana bizga adolatni joyiga qo'yoladigan Xamurappilar ham kerak.

@panda_books
Forwarded from Panda Books
#mundarija

Kanalda postlarni o'qish va topishni osonlashtiruvchi (#) heshteglar

#taqriz / #review / #feedback - Biror asarga yozilgan taqrizlarni oson topish uchun;

#tavsiya - Kanal muallifi tomonidan o'qish tavsiya etiladigan kitoblar ro'yxati uchun;

#sarhisob - Oy, mavsum yoki yil bo'yi mutolaa qilingan asarlarning ro'yxatini topish uchun;

#Youtube_tavsiya - YouTube videoxostingida ko'rish tavsiya etiladigan foydali kontentlar uchun;

#haqida - Biror qiziqarli mavzu haqida yozilgan postlar;

#list - kitoblar yoki foydali kontentlar ro'yxati;

#mutolaa - Ayni damda mutolaa qilinayotgan kitobdan iqtibos yoki parcha;

#newbook / #yangikitob - Panda Books tomonidan harid qilingan yoki sovg'a qilishgan kitoblar uchun;

#iqtibos - kitobdan iqtiboslar uchun;

#intervyu - Panda Books suhbatlari, podcastlari uchun;

#offtop - Kitob mavzusidan biroz tashqari sohalarga doir postlar uchun;

#longread - Uzuuun yozilgan katta postlaaaar;

#KitobMukofotlari - Dunyoning nufuzli kitob mukofotlari haqida ma'lumotlar uchun;

#bookstores - Ajabtovur kitob do'konlari haqida chiroyli fotolar va ma'lumotlar

#maqola - birorta kattaroq qiziqarli mavzu haqida maqolalar

#nazm - she'riy postlar

#tarjima - kamina tarjima qilgan postlar

@panda_books

Instagram | Youtube | Tiktok