Fan olimpiadalari
29.4K subscribers
3.11K photos
143 videos
724 files
1.86K links
🇺🇿 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Fan olimpiadalarini o'tkazish va iqtidorli o'quvchilarni saralash boshqarmasi

Facebook: https://www.facebook.com/olimpdep
Instagram: https://www.instagram.com/olimpiada_departamenti/
Youtube: bit.ly/olimpdep
Download Telegram
#IMO #Xalqaro_olimpiada #Халқаро #bilasizmi #биласизми #международная_олимпиада

Xalqaro matematika olimpiadasi
(International Mathematical Olympiad, IMO)
Xalqaro matematika olimpiadasi dunyoning yosh matematiklari uchun eng katta va eng nufuzli forum deb nomlasak adashmagan boʼlamiz. Har yili iyul oyida, dunyoning 100 dan ortiq mamlakatidan kelgan 500-600 nafar iqtidorli yoshlar unda oʼzaro bellashadilar, muloqotda boʼlishadi va tajriba almashishadi.
Birinchi xalqaro matematika olimpiadasi Brashovda 1959 yilda boʼlib oʼtgan va unda Bolgariya, Vengriya, Sharqiy Germaniya, Polsha, Ruminiya, Sovet Ittifoqi, Chexoslovakiya terma jamoalari ishtirok etgan. Oʼzbekiston jamoasi ilk bor 1997 yili Аrgentinada boʼlib oʼtgan Xalqaro matematika olimpiadasida 3 nafar ishtirokchi va 1 nafar rahbar bilan qatnashgan. Oʼzbekiston terma jamoasi 1999 yildan boshlab Xalqaro matematika olimpiadasida toʼliq tarkibda, yaʼni 6 nafar ishtirokchi va 2 nafar jamoa rahbari bilan ishtirok etib kelmoqda.
🇺🇿Oʼzbekiston ishtiroki: Oʼzbekiston terma jamoasi birinchi medalni 2000 yilda Janubiy Koreyada qoʼlga kiritgan. Oʼzbekiston terma jamoasi oʼtgan davrda 18 marta ushbu olimpiadada ishtirok etib, 9 ta kumush va 27 ta bronza medallarini qoʼlga kiritgan. Bundan tashqari 30 dan ortiq ishtirokchilar olimpiadaning faxriy diplomlari bilan taqdirlangan.
📄Nazorat materiallari: Olimpiadaning rasmiy tili - bu ingliz, fransuz, ispan, rus va nemis tillaridir. Tashkiliy qoʼmita tomonidan tayyorlangan nazorat materiallari va baholash mezonlari barcha terma jamoalar rahbarlari oldida muhokama qilinadi va tasdiqlanadi. Shundan soʼng, terma jamoalarning rahbarlari nazorat materiallarini oʼzlarining davlat tillariga tarjima qiladilar.
Olimpiada musobaqasi ikki bosqichdan iborat boʼlib, har bosqichida 3 tadan masala, jami 6 ta masala taqdim etiladi. Har bir masala maksimal 7 ball (jami 42 ball) bilan baholanadi. Masalalar murakkabligi darajasi yuqori boʼlib, ular algebra, sonlar nazariyasi, geometriya, kombinatorika boʼlimlariga mansubdir.
💵 Ragʼbatlantirish: Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-4306-sonli qaroriga asosan ushbu xalqaro olimpiadada gʼolib boʼlgan oʼquvchilar va ularning oʼqituvchilari uchun pul mukofotlari (hamda ustamalar) berilishi belgilangan.
20 yildan buyon bu olimpiadalarga oʼquvchilarimizning ona yurt sharafini himoya qilish uchun bor kuchi va bilimi bilan gʼoliblikka intilishi, ishtiyoqini oʼlchab boʼlmaydi.
Bularning bari bizga davlatimiz tomonidan yaratib berilgan sharoit va aziz ustozlarning fidokorona mehnati samarasidir. Oldimizda yana bir marra - oltin medalni qoʼlga kiritish turibdi.
👉 @olimpdep 👈
Quyidagi videolavhada 1959 yildan 2019 yilgacha Xalqaro matematika olimpiadasida oltin medal olgan davlatlar statistikasi koʼrsatilgan:
https://www.youtube.com/watch?v=38xeYPAUPd0&feature=emb_title
#IMO #Xalqaro_olimpiada #Халқаро #bilasizmi #биласизми #международная_олимпиада

Международная математическая олимпиада
(International mathematical Olympiad, IМО)
Международную математическую олимпиаду можно назвать самым престижным в мире соревнованием для юных математиков. Каждый год в июле около 500-600 одарённых учащихся из более чем 100 стран мира соревнуются между собой, общаются с друг другом и делятся своим опытом.
Первая Международная олимпиада по математике была проведена в Брашове в 1959 году, в которой приняли участие команды из Болгарии, Венгрии, ГДР, Польши, Румынии, СССР и Чехословакии. Сборная Узбекистана впервые приняла участие в Международной математической олимпиаде, проходившей в Аргентине в 1997 году, с тремя участниками и одним лидером. Начиная с 1999 года сборная Узбекистана участвует в полном составе - шесть участников и двое лидеров команды.
🇸🇱Участие Узбекистана: Сборная Узбекистана завоевала первую медаль в 2000 году в Южной Корее. Сборная команда Узбекистана участвовала в олимпиаде 18 раз и завоевала 9 серебряных и 27 бронзовых медалей. Кроме того, более 30 участников были награждены похвальными дипломами. Перед Узбекистаном ещё стоит задача завоевать золотую медаль данной престижной олимпиады.
📄Контрольные материалы: Официальные языки олимпиады - английский, французский, испанский, русский и немецкий. Контрольные материалы и критерии оценки, подготовленные Оргкомитетом, обсуждаются и утверждаются лидерами всех национальных сборных. После этого лидеры команд переводят контрольные материалы на свой государственный язык.
Олимпиада проводится в два этапа, по три вопроса на каждом, в общей сложности шесть вопросов. Каждый предмет оценивается максимум в 7 баллов (всего 42 балла). Задачи имеют высокую степень сложности и связаны с такими разделами, как алгебра, теория чисел, геометрия, комбинаторика.
💵 Поощрение: В соответствии с постановлением Президента Республики Узбекистан № ПП-4306 «О мерах по организации непрерывной системы выявления одаренной молодежи и подготовки высококвалифицированных кадров» победителям данной международной олимпиады и подготовившим их учителям определено единоразовое денежное вознаграждение (а также надбавки к зарплате учителей и директоров).
👉 @olimpdep 👈
Нижеследующий видеоролик показывает статистику стран, завоевавших золотые медали на Международной математической олимпиаде с 1959 по 2019 годы:
https://www.youtube.com/watch?v=38xeYPAUPd0&feature=emb_title
#IMO #medalists #Xalqaro_olimpiada #Халқаро #bilasizmi #биласизми #международная_олимпиада #медалисты

|UZ| Xalqaro matematika olimpiadasida (IMO) 1997 yildan shu kunga qadar medalga sazovor bo'lgan O'zbekiston terma jamoasi a'zolari

|RU| Члены сборной команды Узбекистана завоевавшие медали на Международной математической олимпиаде (IMO) с 1997 года по сегодняшний день.

👏👏👏

👉 @olimpdep 👈
#IMO #matematika #xalqaro_olimpiada

Rossiya Federatsiyasining 🇷🇺 hukumat rahbari Mixail Vladimirovich Mishustin o'zining 2020 yil 18 apreldagi farmoyishi bilan Xalqaro matematika olimpiadasini 📐 o'tkazish sanasini avval rejalashtirilganidan 10 hafta keyinga kechiktirdi.

Xalqaro matematika olimpiadasi Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida 2020 yilning 16-26 sentyabr kunlari o'tkaziladigan bo'ldi.

Vebsayt 👉 olympiad.uzedu.uz
Telegram 👉 @olimpdep
#xalqaro #IBO #ICHO #IMO #IPHO #IOI

2️⃣0️⃣2️⃣0️⃣-yilda bo'lib o'tgan xalqaro fan olimpiadalari g'oliblariga bag'ishlangan sahifamiz bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin. 🥇🥈🥉
https://olympiad.uzedu.uz/Main/OlympiadResult/19

🇺🇿2020-yilga qadar O'zbekiston terma jamoalarining 5 ta nufuzli xalqaro fan olimpiadalaridagi natijalari va ishtiroki haqida ma'lumotni quyidagi havola orqali o'tib tanishishingiz mumkin
https://olympiad.uzedu.uz/Main/OlympiadResult/20

🏆Vebsaytimizning natijalar turkumida iqtidorli o'quvchilarimiz turli olimpiadalarda qo'lga kiritib kelayotgan natijalarni yoritib boramiz.
https://olympiad.uzedu.uz/Site/ResultsOlympiad

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲 👉 @olimpdep