Fan olimpiadalari
25.2K subscribers
3.09K photos
141 videos
724 files
1.84K links
🇺🇿 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Fan olimpiadalarini o'tkazish va iqtidorli o'quvchilarni saralash boshqarmasi

Facebook: https://www.facebook.com/olimpdep
Instagram: https://www.instagram.com/olimpiada_departamenti/
Youtube: bit.ly/olimpdep
Download Telegram
#xalqaro_olimpiada #IMChO #международная_олимпиада #Bilasizmi
Xalqaro Mendeleev kimyo olimpiadasi
(International Mendeleev Chemistry Olympiad, IMChO)
➡️Xalqaro Mendeleev kimyo olimpiadasi MDH, Boltiqbo‘yi va Janubi-Sharqiy Yevropa davlatlarining iqtidorli o‘quvchilari ishtirok etib kelayotgan xalqaro olimpiadalardan biri hisoblanadi. Ushbu olimpiadada turli davlatlardan 8-9-10-11-sinf o‘quvchilaridan iborat terma jamoalar ishtirok etadi.
Olimpiadada ishtirok etadigan jamoa a'zolarining soni tashkiliy qo‘mita va ishtirok etuvchi davlat guruh rahbarlarining qo‘shma yig‘ilishida kvota asosida belgilanadi. Mazkur olimpiada 1966 yildan boshlab har yili turli davlatlarda o‘tkazib kelinmoqda. Bugungi kunda dunyoning 29 mamlakatidan kelgan 152 nafar eng iqtidorli o‘quvchilar kimyo fanidan murakkab va nostandart masalalarni yechishda bellashishadi.
🇺🇿O‘zbekiston ishtiroki: O‘zbekiston terma jamoasi 2004 yildan ushbu olimpiadada faol ishtirok etib kelmoqda. 2008 va 2013 yillarda esa, O‘zbekiston ushbu olimpiadaga mezbonlik ham qilgan.
📄Nazorat materiallari: Olimpiadaning rasmiy tili - bu ingliz va rus tillaridir. Terma jamoa rahbarlari nazorat materiallarini o‘z tillariga tarjima qiladilar. Xalqaro Mendeleev kimyo olimpiadasi 3 bosqichda o‘tkaziladi: birinchisi - nazariy tur (8 ta majburiy masala, ularning har biri maksimal 10 ball, jami 80 ball bilan baholanadi); ikkinchisi - nazariy tur (ishtirokchi o'z tanloviga ko‘ra 15 vazifadan 5 tasini bajaradi, har bir topshiriq uchun maksimal 15 ball, jami 75 ball); va uchinchisi - amaliy tur (75 ballga baholandi). Barcha ishtirokchilar individual tartibda baholanadi.
🥇🥈🥉 O‘zbekiston terma jamoasi natijalari: Mamlakatimiz o‘quvchilari 2004 yildan hozirgi kunga qadar 72 medallarni qo‘lga kiritishgan. Shulardan 6 ta oltin, 20 ta kumush, 46 ta bronza.
2020 yilning aprel oyida, Vengriyaning Budapesht shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan olimpiada, koronavirus pandemiyasi tufayli qoldirildi.
🎥 Quyidagi ilova orqali 2019 yilda Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o‘tkazilgan 53-Xalqaro Mendeleev kimyo olimpiadasidan videolavhani tomosha qilishingiz mumkin https://www.youtube.com/watch?v=Sw7CFR6Bor8

Vebsayt 👉 olympiad.uzedu.uz
Telegram 👉 @olimpdep
#IMChO #medalists #Xalqaro_olimpiada #bilasizmi #биласизми #международная_олимпиада #медалисты

|UZ| Xalqaro Mendeleev kimyo olimpiadasida (IMChO) shu kunga qadar medalga sazovor bo'lgan O'zbekiston terma jamoasi a'zolari

|RU| Члены сборной команды Узбекистана завоевавшие медали на Международной Менделеевской олимпиаде школьников по химии (IMChO) по сегодняшний день.

👏👏👏

Vebsayt 👉 olympiad.uzedu.uz
Telegram 👉 @olimpdep
#xalqaro_olimpiada #IPhO #международная_олимпиада

51-Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO) o'tkazilishi 2021-yilga ko'chirildi

⚙️Joriy yilning 18-26 iyul kunlari Litva davlatining 🇱🇹Vilnyus shahrida o'tkazilishi rejalashtirilgan 51-Xalqaro fizika olimpiadasi, IPhO prezidenti Prof. Rajdeep Singh Rawat hamda boshqaruv va tashkiliy qo'mitalarning muhokamalari natijasidagi qaror bilan 2021-yilga qoldirildi.

Shu bilan birga, 2021-2028 yillardagi olimpiada rejasi ham bir yilga surilib, shu yillardagi mezbon davlatlarning roziligi olingan.

Demak, 2020-yilda Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO) o'tkazilmaydi.

Vebsayt 👉 olympiad.uzedu.uz
Axborot tizimi 👉 oo.uzedu.uz
Telegram 👉 @olimpdep
#xalqaro_olimpiada #международные_олимпиады #update

COVID-19 pandemiyasi tufayli 2020 yilda O’zbekiston terma jamoalari ishtirok etishi rejalashtirilgan xalqaro fan olimpiadalari bo'yicha so'nggi ma'lumot
(2020 yil 28 may holatiga ko’ra)

O’zbekiston terma jamoalari (2019 yil 3 maydagi PQ-4306ga muvofiq) ishtirok etadigan xalqaro fan olimpiadalari:

1. Xalqaro matematika olimpiadasi (IMO) – 2020 yilning 8-18 iyul kunlari Rossiya davlatining Sankt-Peterburg shahrida o’tkazilishi rejalashtirilgan olimpiada, 2020 yilning 16-26 sentabriga ko’chirildi.

2. Xalqaro kimyo olimpiadasi (ICHO) – 2020 yilning 6-15 iyul kunlari Turkiya davlatining Istanbul shahrida o’tkazilishi rejalashtirilgan olimpiada joriy yilning 25 iyul kuni masofaviy tarzdagi nazariy imtihon ko'rinishida o’tkaziladi.

3. Xalqaro biologiya olimpiadasi (IBO) – 2020 yilning 3-11 iyul kunlari Yaponiyaning Nagasaki shahrida o’tkazilishi rejalashtirilgan olimpiada bekor qilinib, yapon tashkiliy qo'mitasi 11-12 avgust kunlari masofaviy tarzda muqobil IBO 2020 Challenge musobaqasini o’tkazadi.

4. Xalqaro fizika olimpiadasi (IPHO) – 2020 yilning 18-26 iyul kunlari Litva davlatining Vilnyus shahrida o’tkazilishi rejalashtirilgan olimpiada bekor qilinib, shu davlatning o'zida 2021 yilda o'tkazilishi belgilandi.

5. Xalqaro informatika olimpiadasi (IOI) – 2020 yilning 19-26 iyul kunlari Singapurda o’tkazilishi rejalashtirilgan olimpiada, masofaviy o'tkazilishi belgilandi.

O’zbekiston ishtiroki rejalashtirilgan boshqa xalqaro fan olimpiadalari:
1. Xalqaro Mendeleev olimpiadasi – 2020 yilning 20-27 aprel kunlari Vengriyaning Budapesht shahrida o’tkazilishi rejalashtirilgan olimpiadani boshqa sanaga ko'chirish belgilandi.
2. Xalqaro matematika musobaqasi – 2020 yilning 4-8 iyul kunlari Indoneziyaning Bagor shahrida o’tkazilishi rejalashtirilgan musobaqa o’tkazilishi bekor qilindi.

Vebsayt 👉 olympiad.uzedu.uz
Axborot tizimi 👉 oo.uzedu.uz
Telegram 👉 @olimpdep
#Xalqaro_olimpiada_2021

ХАЛҚАРО ОЛИМПИАДА ИШТИРОКЧИЛАРИ ФАРҒОНАДА ТАНТАНАЛИ КУТИБ ОЛИНМОҚДА

8–13 ноябрь кунлари Фарғонада Ўзбекистонда илк бор Аҳмад ал-Фарғоний номидаги халқаро физика олимпиадаси бўлиб ўтиши ҳақида аввалроқ хабар бергандик.

Бугун турли давлатлардан ташриф буюрган иштирокчиларни тантанали кутиб олиш маросими бўлиб ўтди. Ўқувчиларнинг бир неча кун давомида яшашлари учун "Grand Fergana Hotel" меҳмонхонасида барча шароитлар шаъй ҳолатга келтирилган.

Бир неча соатларда Олимпиаданинг тантанали очилиш маросими бўлиб ўтади.

Эслатиб ўтамиз, Халқаро олимпиадада дунёнинг 15 дан ортиқ давлатидан 100 нафардан ортиқ ўқувчи қатнашиши кутилмоқда.
#Xalqaro_olimpiada_2021

Халқаро олимпиада иштирокчилари Қўқон шаҳрига саёҳат қилдилар

8 ноябрдан буён Фарғона вилоятида бўлиб ўтаётган Аҳмад ал-Фарғоний номидаги халқаро физика олимпиадаси иштирокчилари жаҳон ҳунармандчилик маркази бўлган Қўқон шаҳрига саёҳат қилдилар.

Саёҳат давомида ўқувчиларга қадимги хонлик тарихи давридаги музей, асори-атиқалар, миллий ҳунармандчилик намунлари таништирилди.


Халқ таълими вазирлигининг расмий саҳифаларига уланиш
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Abu_Rayhon_Beruniy
#Xalqaro_olimpiada

📣 11-17-iyun kunlari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan ilk marotaba Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasi Xiva shahrida tashkil etiladi!

❗️ Ushbu nufuzli olimpiadada Germaniya, Turkiya, Ozarbayjon, Hindiston, Vetnam, Jazoir, Braziliya, Belarus, Rossiya, Qozog‘iston, Oman sultonligi, Gruziya, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston kabi mamlakat o‘quvchilari ishtirok etishadi.

📍 Shuningdek, olimpiadada faxriy mehmonlar, professorlar yosh bilimdonlar uchun mahorat darslari o‘tkazishi rejalashtirilgan.

👉 Yangi O‘zbekistonning iqtidorli yoshlarini aniqlash va qo‘llab –quvvatlash maqsadida tashkil etilayotgan Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasi yangiliklarini biz bilan birga kuzatib boring.
________

The Ministry of Preschool and School Education will host the first International Chemistry Olympiad named after Abu Reikhan Beruniy in Khiva. The Olympiad will take place from 11th to 17 th of June.

❗️ The pupils from Germany, Türkiye, Azerbaijan, India, Vietnam, Algeria, Brazil, Belarus, Russia, Kazakhstan, Sultanate of Oman, Georgia, Turkmenistan, Kyrgyzstan, Tajikistan, and Uzbekistan are expected to take part in this prestigious Olympiad.

📍 Within the framework of the Olympiad, the honorary guests and professors are planned to hold master classes for young scholars as well.

👉 Follow the news on the International Chemistry Olympiad named after Abu Reikhan Beruniy, which is organized to identify and support the talented youth of New Uzbekistan:

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_olimpiada
#Germaniyalik_hakam_taassurotlari

Johann Plank: "Algoritm asoschisi Al-Xorazmiy yurtida bo'lib turganimdan xursandman!"

– Men O‘zbekiston tarixi haqida ko‘p bilimga egaman, xususan, Xorazm haqida. Bu yer matematikada bir qator tamoyillarning asoschisi bo‘lgan hamda algoritm atamasi uning nomidan kelib chiqqan mashhur olim al-Xorazmiyning yurtidir.

– Men hamisha bu yerga kelishni istardim va bu istagim amalga oshib, shahringizdagi go‘zal binolar va ajoyib me’morchilik obidalari, san’at va madaniyatingizni ko’rib juda ta’sirlandim...

– Shunday tarixiy maskanda ta’lim va ilm-fan rivoji uchun olimpiada tashkil etilgani bilan O‘zbekiston hukumati hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini muborakbod etaman.

– Shuningdek, iqlim o‘zgarishlari va barcha yangi kashfiyotlarga bo‘lgan yuqori talab bizni kimyo sohasidagi malakali olimlarga muhtoj qilib qo‘ymoqda. Shu bois, bu olimpiada yoshlarni o‘z iqtidorini namoyon etish hamda kelajagini shu sohada ko‘rishiga undashning o‘ziga xos imkoniyati deb o‘ylayman...
__
Johann Plank, Myunxen Texnika Universitetida kimyo fakulteti anorganik kimyo bo‘yicha professor, Dubaydagi Burj Xalifa binosi, Kuala-Lumpurdagi Petranos egizak minoralari hamda boshqa ko'plab osmono'par binolar qurilishida ishlatilgan beton tarkibini kuchaytiruvchi kimyoviy moddalar yaratuvchisi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
#Xalqaro_olimpiada
#Taqdirlash_marosimi

⚡️ Abu Rayhon Beruniy nomidagi Xalqaro kimyo olimpiadasida o’zbekistonlik o’quvchilar 3 ta oltin, 8 ta kumush va 4 ta bronza medallarini qo’lga kiritishdi.

#Xiva #Fotoreportaj #Xalqaro_kimyo_olimpiadasi

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
#Xalqaro_olimpiada
#Fotoreportaj

34-Xalqaro Biologiya olimpiadasi (IBO-2023)da 3 ta bronza medalni qo'lga kiritgan terma jamoamiz a'zolari Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi.

#BAA #11_July #Tashkent

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_olimpiada
#Fotoreportaj

Yaponiyaning Chibo shahrida bo'lib o'tgan 64-Xalqaro matematika olimpiadasida (IMO) 3 ta bronza medalini qo’lga kiritgan O’zbekiston terma jamoasi a’zolari Toshkent shahriga yetib kelishdi.

❗️
O’quvchilarimiz Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o’rinbosari Usmon Sharifxodjayev, vazirlik mas’ullari va ota-onalar tomonidan Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi.

#Japan #Math #13_July

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_olimpiada
#Fotoreportaj

✈️ Yaponiyaning Tokio shahrida bo'lib o'tgan 53-Xalqaro fizika olimpiadasida (IPhO 2023) 1 ta bronza medali qo‘lga kiritilgan O’zbekiston terma jamoasi a’zolari Toshkent shahriga yetib kelishdi.

✔️O’quvchilarimiz vazirlik mas’ullari, Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab jamoasi va ota-onalar tomonidan Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi.

#Japan #Fizika #18_July

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
Telegram | 📹Youtube | Facebook | 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_olimpiada
#Fotoreportaj

✔️ Joriy yilning 16-24-iyul kunlari Shvetsariyada o‘tkazilgan 55-Xalqaro kimyo olimpiadasida ishtirok etgan O’zbekiston terma jamoasi a’zolari Toshkent shahriga yetib keldi.

⚡️O’quvchilarimiz Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi.

🏆Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi a'zolari 2 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.

#Tashkent #26July #IChO_2023

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_olimpiada

35-Xalqaro Informatika Olimpiadasida ishtirok etgan terma jamoamiz a'zolari Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi mas'ullari hamda ota-onalar va ustozlari tomonidan Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi.

❗️Eslatib o'tamiz, terma jamoamiz a'zolari Vengriyaning Seged shahrida bo‘lib o‘tgan nufuzli xalqaro informatika olimpiadasida yurtimiz tarixidagi ilk medallarini qo‘lga kiritishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Abu_Ali_ibn_Sino
#Xalqaro_olimpiada

Joriy yilning 9-14-iyun kunlari yurtimizda ilk bora Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasi boʻlib oʻtadi.

📍 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan Buxoro shahrida tashkil etiladigan ushbu olimpiadada Finlyandiya, Turkiya, Xitoy, Saudiya Arabistoni, Rossiya, Tojikiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, Mongoliya, Ozarbayjon, Hindiston, Quvayt, Belorus, Qatar, Gruziya, Tailand, Vyetnam va Oʻzbekiston jamoalari ishtirok etadi.

❗️ Nufuzli xalqaro tadbirda ushbu davlatlarning 30 ta jamoa (120 nafar ishtirokchi)si oʻzaro bahs yuritadi.

👉 Sinov jarayonlarini qator xorijiy davlatlardan jalb qilingan malakali ekspert, yetuk olim va professor-oʻqituvchilar baholab boradi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Abu_Ali_ibn_Sino
#xalqaro_olimpiada

Abu Ali ibn Sino nomidagi
xalqaro biologiya olimpiadasining ochilish marosimi bo'lib o'tdi

Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o'rinbosari Sardor Radjabov, viloyat hokimligi, mutasaddi tashkilotlar vakillari, shuningdek, olimpiadada ishtirok etuvchi xorijiy davlatlar o‘quvchi-yoshlari qatnashdi.

O‘ziga xos bayram shukuhiga ulanib ketgan tadbirda so‘zga chiqqanlar mazkur musobaqaning ahamiyatli jihatlari hamda uning ishtirokchi o‘quvchilar hayotidagi o‘rni xususida atroflicha fikr bildirib o‘tishdi.

✔️Vazir o'rinbosari o'z so'zi davomida buyuk mutafakkir Abu Ali ibn Sinoning dunyo ilm-fan rivojiga qo'shgan ulkan hissasi, uning ilmiy me’rosi va faoliyati bugungi kunga qadar dunyo olimlari tomonidan o'rganib kelinayotganligini alohida ta’kidlab o'tdi.

O‘zaro do‘stona va quvnoq tarzda davom etgan olimpiadaning ochilish marosimi diltortar kuy-qo‘shiqlar va o‘quvchi-yoshlarning beg‘ubor raqs davralariga ulanib ketdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Abu_Ali_ibn_Sino
#xalqaro_olimpiada
#fotoreportaj

🔴 Abu Ali Ibn Sino nomidagi
xalqaro biologiya olimpiadasining 1-tur bahslari boshlandi.

Eslatib o'tamiz: 1-tur yozma ish (nazariy) shaklida oʻtkazilib, ishtirokchilarga turli qiyinlik darajasidagi 50 ta topshiriq beriladi va jami 100 ball bilan baholanadi.

Mazkur tur topshiriqlarini bajarish uchun ishtirokchilarga 3 soat vaqt ajratiladi.

👉 Jonli efir

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Abu_Ali_ibn_Sino
#xalqaro_olimpiada
#fotoreportaj

🔴 Abu Ali Ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasining 2-tur bahslari Buxoro davlat tibbiyot uneversitetida bo'lib o'tmoqda.

Ma'lumot uchun: 2-tur amaliy ish shaklida oʻtkazilib, ishtirokchilarga 2 ta topshiriq beriladi va har biri 50 balldan maksimal 100 ball bilan baholanadi.

Mazkur tur topshiriqlarini bajarish uchun ishtirokchilarga 3 soat vaqt ajratiladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Abu_Ali_ibn_Sino
#xalqaro_olimpiada
#fotoreportaj

👉 Abu Ali Ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasi ishtirokchilari 2-tur imtihon jarayonlaridan so’ng Buxoro shahridagi tarixiy obidalariga sayohat qilishdi.

Ark qo’rg’oni va Labi Hovuz majmuasiga sayohat ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

❗️O’quvchilarning Buxoro haqidagi fikrlarini vazirlikning rasmiy sahifalari orqali kuzatib boring.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_olimpiada
#Fotoreportaj

✔️ Joriy yilning 25-30-iyun kunlari Turkiyaning Antalya shahrida o‘tkazilgan 28-O’smirlar o’rtasidagi Bolqon matematika olimpiadasi (JBMO)da ishtirok etgan O’zbekiston terma jamoasi a’zolari Toshkent shahriga yetib keldi.

⚡️O’quvchilarimiz Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi.

🏆Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi a'zolari 3 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.

olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM