Mehnat huquqi
25.7K subscribers
827 photos
145 videos
372 files
3.57K links
🌐Kanal orqali mehnat, pensiya va b. sohalarda:
⚖️Yangiliklaridan xabar topasiz;
✍️Savollaringizga javob olasiz;
🎓Olimlarning ilmiy ishlarini kuzatish mumkin.
💻 Murojaatlar va reklama uchun:
@MehnathuquqimurojaatBot
@MuhammadaminKarimjonov
Download Telegram
⚡️#Диққат

❗️Сизга муаммоларингиз бўйича юридик маслаҳатлар берувчи ва энг тезкор расмий маълумотларни биринчилардан етказишга ёрдам берадиган ТОП-7талик ҳуқуқ йўналишидаги каналларни тавсия
этамиз.

1️⃣ YURISTKADR – Амалиётчи юрист, адвокат Саидали Мухторалиев канали. Ушбу канал орқали юридик ва кадрлар хизмати соҳасида маслаҳат ҳамда мутахассисликларга оид барча саволларингизга жавоб топишингиз мумкин. ❗️Айниқса, ҳозир бу каналда янги Меҳнат кодекси бўйича фойдали маълумотлар ва керакли ҳужжатлардан намуналар берилмоқда.
👉 Каналга уланиш

2️⃣
ЮРИСТ ХИЗМАТИ – Халқни муаммоларига ечим топишда ёрдам кўрсатиш учун Малакали Юристлардан ташкил топган канал. Ушбу канал орқали барча соҳаларга оид муаммоли саволларингизга юридик ечим топишда МАЛАКАЛИ ЮРИСТЛАР хизмат кўрсатади. Юрист хизмати ҳозирда халқнинг ишончли ҳамкорига айланиб улгурди.
👉 Каналга уланиш

3️⃣
ADVOKAT ABDULLAYEV - Ушбу каналда адвокат Абдуллаев Абдумаликнинг ҳуқуқий йўналишда, айниқса тергов ва суд жараёнларига оид юқори савиядаги профессионал фикр-мулоҳазалари, муносабатлари бериб борилади.
👉Каналга уланиш

4️⃣
BAHODIR AHMEDOV – Ўткир танқид эгаси, ҳам адвокат, ҳам журналистик лаҳжага эга блогер-юрист Баҳодир Аҳмедов канали. У адвокат сифатида кўплаб суд ишларида натижалар қилган. Каналида солиқ, тадбиркорлик, янги қонунлар, банк, таълим ҳуқуқи ҳақида тушунтириб боради.
👉 Каналга уланиш

5️⃣
XALQ TA'LIMI INFO – Халқ таълими бўйича мутахассис Улуғбек Пўлатовнинг канали бўлиб, каналда таълимга оид янгиликлар, тизимидаги муаммолар ҳамда энг долзарб саволларга жавоб бериб борилади. Хуллас, таълим тизимига оид энг қайноқ янгиликлар биринчилардан бўлиб шу каналда эълон қилинади десак ҳам бўлаверади.
👉 Каналга уланиш

6️⃣
МEHNAT HUQUQI – Бу канал меҳнат ва ижтимоий таъминот қонунчилиги юзасидан содда ва халқчил тилда тушунтиришлар бериб боради. Шунингдек, мурожаатларингизга бепул жавоб оласиз. Мурожаатингиз сир сақланади.
👉Каналга уланиш

7️⃣ АDVOKAT QOSIMOV Узоқ йиллик тажрибали адвокат бўлиб, ҳуқуқ соҳасида кирмаган тешиги йўқ. Лекин жиноят бўйича фирибгарлик, ўзлаштириш/растрата, коррупцион жиноятлар каби суд ишларига чуқурроқ кирган. Ҳокимлар ва солиқ органлари ноқонуний қарорларини бекор қилишгаям жуда "уста".
👉Каналга уланиш

❗️Бу каналларга ҳозироқ уланиб қўйинг. Эртами, кечми муаммоларга дуч келганингизда бу мутахассислар сизга жуда асқотади
#test MK 323-moddasiga ko'ra, xodimning sog‘lig‘iga ziyon yetkazilganligi munosabati bilan bir yo‘la to‘lanadigan nafaqa miqdori jabrlangan xodimning o‘rtacha oylik ish haqi asosida hisoblangan ... ish haqidan kam bo‘lmasligi kerak.
Anonymous Quiz
59%
1 yillik
16%
2 yillik
18%
3 yillik
7%
4 yillik
241_242_Иш_ҳақи_сақланмайдиган_таътил.docx
26.1 KB
#maqola Toshkent davlat yuridik universiteti Mehnat huquqi kafedrasi katta o‘qituvchisi Muhammadamin Karimjonovning mazkur maqolasida ish haqi saqlanmaydigan taʼtil va uni berish tartibi (241, 242-moddalar) hamda rasmiylashtirish masalalari tahlil qilingan. Аriza, buyruqdan namunalar keltirilgan.

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
📩 Срочное сообщение!

📆Как вы знаете знаете с 30.04.2023 года вступил в силу новый Трудовой Кодекс, который предусматривает множество изменений в сфере трудовых отношений. И чтобы помочь нашим слушателям разобраться в этих изменениях, мы проводим ряд семинаров по новому ТК.

🔖Мы рассмотрим такие вопросы, как:

📌способствовать усвоению основных вопросов, возникающие при применении на практике положения нового Трудового кодекса
📌представление о предусмотренных ТК изменениях в правовом регулировании индивидуальных трудовых и непосредственно связанных с ними общественных отношений.

📆Дата: 18 и 19 мая
Время: 14:00
👨🏻‍🏫Семинар проводит: Гасанов Михаил Юсупович -
главный эксперт журнала «Справочник по кадровым вопросам», кандидат юридических наук, руководитель рабочей группы по разработке нового Трудового кодекса

Подробная информация

☎️Контактный тел: 99890 917 20 09
#savolimbor Aссалому алайкум, Муҳаммадамин. Меҳнат шартномасида меҳнатга ҳақ тўлаш миқдорини аниқ кўрсатмасдан “штат жадвалига мувофиқ” деб киритиб кетсак тўғрими?

https://t.me/mehnathuquqi javobi 📤:

Mehnat shartnomasida mehnat haqi miqdorini belgilashda shtat jadvaliga havola qiluvchi "Mehnat haqi shtat jadvaliga muvofiq belgilanadi" kabi jumlalardan foydalanish mehnat qonunchiligi talablariga zid hisoblanadi. Chunki MK 104-moddasiga ko’ra, mehnat shartnomasiga kiritilishi shart bo‘lgan shartlardan biri mehnatga haq to‘lash shartlari hisoblanadi. Unga ko'ra👇

mehnatga haq to‘lash shartlari (shu jumladan xodimning tarif stavkasi yoki maoshi miqdori, qo‘shimcha to‘lovlar, ustamalar va rag‘batlantiruvchi to‘lovlar).

Bundan tashqari, “Oʼzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini amalga oshirish uchun zarur boʼlgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʼgʼrisida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi 1-ilovasi “Xodimlar bilan tuziladigan mehnat shartnomasining namunaviy shakli”ga ham e’tibor bering https://regulation.gov.uz/oz/d/77541

11. Mehnatga haq to‘lash.
Xodimga quyidagicha haq to‘lash belgilanadi:
a) ______________________________________________________________________________________
(to‘lov turi va uning aniq summadagi yoki YTS razryadi ko‘rsatilgan holdagi, yohud tushumdan olingan foizlardagi miqdori)

b) amaldagi qonunchilikka va normativ hujjatlarga muvofiq mehnat sharoitlari bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha haq, ustama, kompensatsiyalar quyidagi miqdorlarda:
____________________________________________
(qo‘shimcha haq, ustama, kompensatsiyalar nomi)
( ularning miqdori)
____________________________________________

v) jamoa shartnomasi shartlari bilan nazarda tutilgan, shuningdek, berilgan (mavjud) huquqlar va mablag‘lar doirasida rahbar tomonidan belgilanadigan qo‘shimcha haq, ustama, mukofot, taqdirlashlar va rag‘batlantiruvchi turdagi boshqa to‘lovlar;
____________________________________________ (qo‘shimcha haq, ustama, kompensatsiyalar nomi)

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
#test Mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaning a’zolari bo‘lgan xodimlarga nisbatan ular o‘z vakolatlarini amalga oshirayotgan davrda tarif stavkasini (maoshni) pasaytirishga va ish beruvchi tashabbusiga ko‘ra mehnat shartnomasini bekor qilishga...
.
Anonymous Quiz
42%
yo‘l qo‘yilmaydi.
23%
yo‘l qo‘yilmaydi, 161-moddasi 2-qism 1-bandida nazarda tutilgan hollar mustasno.
23%
yo‘l qo‘yilmaydi, 161-moddasi 2-qism 1, 4, 5-bandlarida nazarda tutilgan hollar mustasno.
12%
mahalliy mehnat organing roziligi bilangina yo'l qo'yiladi.
#savollarhitparadi Hurmatli kanalimiz obunachilari. Sizlar tomoningizdan eng ko’p berilgan savollarga javoblar linkini bitta postda joylab bormoqdamiz. Tanishib chiqishingiz mumkin. Bu postimiz to’ldirilgan varianti.

1) Endi fuqarolik-huquqiy xususiyatga ega shartnomalar tuzish taqiqlandimi? 11-modda 3-qismi https://t.me/mehnathuquqi/4419
2) Endi pedagog xodimlar ta’tili necha kun bo’ladi? Kelayotgan yozda pedagoglar necha kun dam oladi? 501-modda https://t.me/mehnathuquqi/4729
https://t.me/mehnathuquqi/4547
3) Bitta tashkilotda yoki tarmoqda ko‘p yillik ish staji uchun beriladigan har yilgi qo‘shimcha mehnat ta’tili yuzasidan savollarga javoblar 220-modda https://t.me/mehnathuquqi/4716
4) Mehnat shartnomasini taraflarning kelishuviga ko‘ra bekor qilishning o'ziga xos jihatlari. Mehnat shartnomasini taraflarning kelishuvi bilan bekor qilish toʼgʼrisidagi qo'shimcha kelishuv va buyruqdan namunalar 157-modda https://t.me/mehnathuquqi/4687
5) Yangi Mehnat kodeksida homilador ayollarga beriladigan qoʼshimcha kafolat va imtiyozlar, ular mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning oʼziga xos xususiyatlari https://t.me/mehnathuquqi/4471
6) 12 yoshga to‘lmagan bolalarning yoki 16 yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolaning ota-onasidan biriga (ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxsga) beriladigan haq to‘lanadigan qo‘shimcha ta’til 401-modda https://t.me/mehnathuquqi/4717
7) Endi xodimga otgul bera olmaymizmi? 263-modda https://t.me/mehnathuquqi/4727
8) Ish haqi qisman saqlanadigan ta'til qanday ta'til, u qaysi holatlarda berilishi mumkin va qaysi holatlarda esa berilishi shart, oylik eng kamida qancha saqlab qolinadi? 240-modda https://t.me/mehnathuquqi/4722
9) Moddiy yordam masalasi… https://t.me/mehnathuquqi/4710
10) Xodim arizada sanani aniq qilib ko‘rsatsa, o‘sha sanada shartnomani bekor qilishga ish beruvchi majburmi? 160-modda https://t.me/mehnathuquqi/4698
11) Ta’tillar muddatini hisoblash tartibi 221-modda https://t.me/mehnathuquqi/4678
12) Yangi Mehnat Kodeksi bo'yicha Mehnat shartnomasining namunaviy shakli https://t.me/mehnathuquqi/4675
13) Mehnat munosabatlariga oid hujjatlardan, buyruqlardan namunalar https://t.me/mehnathuquqi/4657
14) O'quv ta'tillari 385-modda https://t.me/mehnathuquqi/4628
15) Amaliyotda eng ko'p qo'llaniladigan moddalarning eski va yangi kodeksdagi tartib raqamlari https://t.me/mehnathuquqi/4731
16) Ish haqi saqlanmagan ta'til muddatini qanday hisoblaymiz? https://t.me/mehnathuquqi/4691
17) Maqolada har yilgi mehnat taʼtilidan chaqirib olish tartibi, hamda rasmiylashtirish masalalari misollar bilan tahlil qilingan. Аriza, buyruqdan namunalar keltirilgan https://t.me/mehnathuquqi/4772
18) Ta’til 56 kalendar kundan oshishi mumkinmi? https://t.me/mehnathuquqi/4761
19) Mehnat shartnomasini bekor qilish toʼgʼrisida ogohlantirish muddatlari https://t.me/mehnathuquqi/4746
20) Ta’til uchun haq qanday to’lanadi? 25.3 nimani anglatadi? https://t.me/mehnathuquqi/4739
21) Ish haqi saqlanmaydigan taʼtil va uni berish tartibi https://t.me/mehnathuquqi/4779

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
#savolimbor Assalomu alaykum, mana bu postingizda (https://t.me/mehnathuquqi/4739) ta’til uchun haq to’lashni sodda qilib tushuntirib bergan ekansiz katta rahmat. Lekin bir narsaga tushunmadim oldin 25.4 ga bo’lar edik nega hozir 25.3 ga bo’linyapti. Chunki oldin ham 1 yilda 52ta yakshanba, 9ta ishlanmaydigan bayramlar bo’lganku? Oldindan katta rahmat.

https://t.me/mehnathuquqi javobi

Qiziq savol buni quyidagicha tushuntirib beramiz. MK 257-moddasiga (O‘rtacha ish haqi va uni hisoblab chiqarish tartibi) ko’ra, o‘rtacha kunlik ish haqi uni hisoblab chiqarishning barcha hollarida ushbu moddaning uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi qismlariga muvofiq hisoblab chiqarilgan o‘rtacha ish haqi summasini ish kunlarining o‘rtacha oylik soniga (25,3) bo‘lish orqali belgilanadi.

25.3 qanday kelib chiqqan


365 (1 yildagi kunlar soni, kabisa yili mustasno) – 52 (1 yildagi yakshanbalar soni) - 9 (ishlanmaydigan bayramlar soni) = 304
304/12 (1 yildagi oylar soni) = 25.3 ya’ni bu son ish kunlarining o‘rtacha oylik sonini ifodalaydi.

Unda nega oldin 25.4 ga bo’lingan? Oldin ham 1 yilda 52ta yakshanba, 9ta ishlanmaydigan bayramlar bo’lganku)) Bizning fikrimizcha buning sababi kabisa yilini hisobga olib, 365dan emas balki 366 kundan hisoblangan bo’lsa kerak.

366 (kabisa yili hisobiga) – 52 (1 yildagi yakshanbalar soni) - 9 (ishlanmaydigan bayramlar soni) = 305
305/12 (1 yildagi oylar soni) = 25.4

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
#Оғриқли_нуқта

Иш режими масаласида телеграм ижтимоий тармоғида (ташкилотнинг расмий канали ва ҳамкорларнинг @segmentuz, @yuristkadr, @mehnathuquqi каналлари) аноним сўровнома ўтказдик. Ҳолатни билмоқчи эдик. Сўровномада 22 минг нафардан ортиқ давлат фуқаролик хизматчилари иштирок этди.

Энг қизиғи, сўровнома натижаларига кўра, иштирокчиларнинг 32 фоизи дам олиш, яъни якшанба куни ишга чиққанлигини билдирган. Бу жараён ҳарчанд норматив ҳужжатларимизда иш режими қатъий кўрсатилганлигига қарамай, бизнинг оғриқли нуқтамиз эканлигини кўрсатди.

Бугун давлат хизматчилари муносиб меҳнат шароитларида ишлаш, ўз вақтида дам олиш ҳуқуқларини талаб қила бошлади. Бу эса нормал ҳолат. Бугун Янги таҳрирдаги Меҳнат кодексининг амалиётда тўлиқ ишлаши — давр тақазоси.

Шу мақсадда вазирлик ва идораларнинг кадрлар билан ишлаш бўлимларига давлат фуқаролик хизмати соҳасида ҳамда янги меҳнат қонунчилигидаги ўзгаришлар ҳақида тушунча бериш мақсадида “Yurist va kadr” НТМ билан ҳамкорликда қисқа муддатли ўқув курси ташкил этдик.

Унда 800 нафардан ортиқ персонал билан ишлайдиган кадрларнинг иштирок этиши белгиланди. Мақсадимиз — маъмурий ислоҳотлар жараёнида янги таҳрирдаги Кодекснинг кучга кириши билан меҳнат муносабатларини тўғри ташкил этиш, ходимлар, иш берувчилар ва давлат манфаатларининг мувозанатини таъминлаш юзасидан тушунтириш бериш.

Дастурнинг очилиш маросимида ушбу йўналишдаги раҳбар-кадрлар билан мулоқот қилиб, иш режимига қатъий риоя қилинишини таъминлаш масаласини ўртага қўйдик. Ва эндиликда барча ташкилотларда иш режими масаласи амалдаги қонунчилик билан тўлақонли мутаносиб ишлашини таъминлаш мақсадида бот эълон қилиб, мурожаатлар билан индивидуал ишлаймиз.

Мақсадимиз —
давлат хизмати жозибадорлигини ошириш, халқимизга хизмат кўрсатишда самарадорликка эришиш, оилалар фаровонлигини таъминлаш. Бу йўлда барча тоифадаги раҳбарлар бизни қўллаб-қувватлайди, деган ниятдамиз.

@otabek_khasanov
#qonunbilan Mehnat kodeksi 269-moddasiga ko’ra, xodimga ortiqcha to‘langan ish haqi (shu jumladan mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlar noto‘g‘ri qo‘llanilganda) undan undirilishi mumkin emas, bundan quyidagi hollar mustasno:
hisoblashdagi xatolik;
agar yakka tartibdagi mehnat nizolarini ko‘rib chiquvchi organ tomonidan xodimning mehnat normalarini bajarmaganlikdagi aybi e’tirof etilgan bo‘lsa;
xodimning sud tomonidan belgilangan g‘ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) sababli xodimga ortiqcha ish haqi to‘langan bo‘lsa.

Bundan tashqari, Fuqarolik kodeksi 1030-moddasiga ko’ra, quyidagilar asossiz orttirilgan boylik sifatida qaytarib berilmaydi:

ijro etish muddati to‘lgunga qadar majburiyatni bajarish yuzasidan topshirilgan mol-mulk, agar majburiyatda boshqacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa;

da’vo muddati o‘tganidan keyin majburiyatni bajarish yuzasidan topshirilgan mol-mulk;

ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar, hayot yoki sog‘liqqa yetkazilgan zarar tovoni, alimentlar va fuqaroga turmush kechirish vositasi sifatida berilgan boshqa pul mablag‘lari, uning tomonidan vijdonsizlik qilinmaganda va hisob-kitobda xatolar bo‘lmaganda;

mavjud bo‘lmagan majburiyatni bajarish uchun berilgan pul summalari va boshqa mol-mulk, agar qo‘lga kirituvchi mol-mulkni qaytarishni talab qilayotgan shaxsning majburiyat yo‘qligini bilganligini yoxud mol-mulkni xayriya maqsadlarida berganligini isbotlasa.

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
#savolimbor Assalomu alaykum, Muhammadamin aka. Mana bu postingizda https://t.me/mehnathuquqi/4730 davlat fuqarolik xizmatchisiga beriladigan 27 kalendar kunidan kam bo‘lmagan yillik asosiy ta’tilni pulli kompensatsiyaga almashtirish mumkin degan ekansiz, lekin 234-modda 3-qismida har yilgi uzaytirilgan asosiy mehnat ta’tillarini pulli kompensatsiya bilan almashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi deyilganku?

https://t.me/mehnathuquqi javobi

⚠️ MK 234-moddasini 3-qismini diqqat va e’tibor bilan o’qing! Bu yerda barcha yillik uzaytirilgan asosiy mehnat ta’tillarini pulli kompensatsiya bilan almashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi degan ma’no anglashilmayapti. Faqatgina 18 yoshga to‘lmagan xodimlarga va I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlarga beriladigan har yilgi uzaytirilgan asosiy mehnat ta’tillarini ya’ni 30 kalendar kun ta’tilni pulli kompensatsiya bilan almashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

18 yoshga to‘lmagan va I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlardan tashqari boshqa toifa xodimlar har yilgi uzaytirilgan asosiy mehnat ta’tillarini pulli kompensatsiya bilan almashtirishlari mumkin.

Shu jumladan, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari xodimlari va davlat fuqarolik xizmatchilari ham.

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
#savolimbor Assalomu alaykum, bir masalaga aniqlab kiritib bersangiz Muhammadamin. Agar xodim har yilgi mehnat ta’tilini pulli kompensatsiya bilan almashtirishni so’rab ariza yozsa, ish beruvchi arizani qanoatlantirishga majburmi?

https://t.me/mehnathuquqi javobi

⚠️ Yo’q, bu holatda ish beruvchi xodimning har yilgi mehnat ta’tilini pulli kompensatsiya bilan almashtirishni so’rab yozgan arizasini qanoatlantirishga majbur emas. Buni quyidagicha asoslab beramiz. MK 234-moddasi 2-qismiga ko’ra, xodimlarga ish davrida ularning xohishiga ko‘ra har yilgi mehnat ta’tili uchun ta’tilning ushbu Kodeksning 217-moddasida belgilangan eng kam davomiyligidan tashqari pulli kompensatsiya to‘lanishi mumkin.

⚠️ E’tibor bering mumkin deyilmoqda shart deyilmayapti. Demak, ish beruvchi xodimning arizasini rad qilishga haqli. Chunki bu ish beruvchiga 2 karra xarajatga tushadi. Ham xodimga pulli kompensatsiya, ham ishlagan kunlariga mehnat haqi to’laydi.

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
Forwarded from HR ADLIYA (rasmiy kanal)🇺🇿 (Shavkat Khamrakulov)
HR таътиллар бериш бўйича.pdf
680.5 KB
#so‘ragan_edingiz

✍️ XODIMGA MEHNAT TA’TILLARINI SHAKLLANTIRISH, BERISH HAMDA TA’TILLARNI RASMIYLASHTIRISH BO‘YICHA TAVSIYALAR taqdim etilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
Telegram
#savolimbor Assalomu alaykum, Ustoz. MK 403-moddasida homilador ayollarga antenatal (tug‘ruqqacha) parvarishlash uchun qo‘shimcha bo‘sh kunlar berilishi keltirilgan. Moddaning 2-qsimida esa homilador ayollarni antenatal (tug‘ruqqacha) parvarishlash tartibi va muddatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishi ko’rsatilgan. Shuni huquqiy asosini topa olmayapmiz?

https://t.me/mehnathuquqi javobi

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 832-son qaroriga ilova https://lex.uz/docs/-4535086 “O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari ro‘yxatini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 7-dekabrdagi PF-5590-son Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari ro‘yxatini (keyingi o‘rinlarda Ro‘yxat deb ataladi) shakllantirish tartibini belgilaydi.

Nizomning 13-bandiga ko’ra, ro‘yxatni birlamchi tibbiy-sanitariya yordami mutaxassislari va ixtisoslashgan mutaxassislar tomonidan ambulatoriya sharoitlarida va kunduzgi statsionar sharoitlarda ko‘rsatiladigan rejali tibbiy yordam hajmlari bo‘yicha shakllantirishda quyidagi harajatlar hisobga olinadi:

… g) onalar va bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatish, shu jumladan:
homilador ayollarni homiladorlik yoki gestatsiya davomida (kamida 7-marta) o‘tkaziladigan organizmning bo‘yida bo‘lishdan boshlab tug‘ilgunicha qorin ichida normal rivojlanshini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladigan kompleks tashhis qo‘yish, davolash va profilaktika tadbirlarini nazarda tutuvchi antenatal (tug‘ishgacha) parvarish qilish…

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
#savolimbor Assalomu alaykum. Men o'qituvchiman. May oyida ishga kirdim. Iyuldan ta’tilga chiqsak, menga ham ta’til beriladimi, chunki bor yo’g’i 2 oy ishlagan bo’laman xolosku?

https://t.me/mehnathuquqi javobi

MK 227-moddasi 6-qismiga ko’ra, har yilgi mehnat ta’tili o‘quvchilarning yozgi ta’tili davrida beriladigan ta’lim tashkilotlarining o‘qituvchilar tarkibiga birinchi ish yilidagi har yilgi mehnat ta’tili o‘quvchilarning yozgi ta’tili davrida to‘liq davomiylikda, ular ushbu ta’lim tashkilotiga ishga kirgan vaqtidan qat’i nazar, ishlab bergan vaqtiga mutanosib ravishda haq to‘langan holda beriladi. Mazkur toifadagi xodimlarga ikkinchi va keyingi ish yillari uchun beriladigan mehnat ta’tiliga, ushbu ta’til ish yili davomida qaysi vaqtda berilishidan qat’i nazar, to‘liq haq to‘lanadi.

❗️Ya’ni Sizga to’liq ta’til beriladi, lekin ta’til puli ishlab bergan vaqtingizga ya’ni 2 oyga mutanosib ravishda haq to‘langan holda beriladi.

❗️Masalan, o’qituvchi ta’tilini taxminan 56 kalendar kun deb olib turamiz, chunki bu bo’yicha tegishli hujjat hali chiqmadi (Batafsil bu postimizda yozganmiz (https://t.me/mehnathuquqi/4547). (56 (ta'til kunlari)/12(1 yildagi oylar soni)) *2 (ishlangan oylar soni ) = 9.3 MK 224-moddasiga ko’ra, ishlab berilgan vaqtga mutanosib ravishda mehnat ta’tili kunlari umumiy davomiyligini hisoblashda olingan 0,5 ga teng va undan ko‘p o‘nliklar bir kun deb yaxlitlanadi, 0,5 dan kami esa hisobdan chiqarib tashlanadi.

❗️ Demak, Sizga ta’til to’liq 56 kalendar kunga beriladi, ta’til puli esa 9 kun uchun to’lab beriladi. Ta’tillar uchun haq to’lashni bu postimizda batafsil tushuntirganmiz: https://t.me/mehnathuquqi/4739

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
#test PhD ilmiy darajasini olishga doir dissertatsiyani yakunlash uchun va darsliklar va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar qo‘lyozmalarining mualliflariga — ... oygacha asosiy ish joyida o‘rtacha ish haqi va lavozimi saqlangan holda ijodiy ta’tillar beriladi.
Anonymous Quiz
49%
3
33%
6
7%
9
12%
12
#savolimbor Assalomu alaykum. Rus tili oʻqituvchisiman, sherigim malaka oshirishga ketganda uni darslarini ham qo'shib oʻtdim.Lekin endi bu darslar uchun Tuman adliya boʻlimi haq toʼlash mumkin emas deyishibdi. Shu toʻgʻrimi?

https://t.me/mehnathuquqi javobi
Garchi adolatsizlik bo’lsada, afsuski bu to’g’ri. Biz bu adolatsizlik haqida avval ham yozgan edik https://t.me/mehnathuquqi/3763 Tasavvur qiling, bo‘lib o‘qitiladigan fan o'qituvchisi oylab ishga chiqmayapti, lekin uni darsini qo'shib o'tgan o'qituvchiga afsuski qo'shimcha haq to'lanmaydi yoki yo'q bo'lgan o'qituvchi o'rniga hech bo'lmasa muddatli mehnat shartnoma ham tuzishmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qaroriga asosan Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qaroriga 3-ilova “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash to‘g‘risida”gi Nizomga 21 va 22-bandlar kiritilgan https://lex.uz/ru/docs/-941876#-942505

Nizomning 22-bandiga ko’ra, bo‘lib o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha guruhlardan birining o‘qituvchisi turli sabablarga ko‘ra darsda bo‘lmagan holatlarda guruhlar qo‘shib o‘qitiladi hamda qo‘shib o‘qitganligi uchun qo‘shimcha haq to‘lovlari amalga oshirilmaydi.

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
#savolimbor Ассалому алейкум Янги мехнат кодекси буйича мехнат таътили 21 кун. иш зарурияти туфайли ходимни 12 кундан кецин чакириб олсак буладими?
Aloqador hujjatlar va moddalar.  MK 230, 231, 232

Maqolada yanada batafsil tushuntirganman: https://t.me/mehnathuquqi/4772


https://t.me/mehnathuquqi audio javobi 📤: