Mehnat huquqi
28.2K subscribers
877 photos
202 videos
389 files
3.91K links
🌐Kanal orqali mehnat, pensiya va b. sohalarda:
⚖️Yangiliklaridan xabar topasiz;
✍️Savollaringizga javob olasiz;
🎓Olimlarning ilmiy ishlarini kuzatish mumkin.
💻 Murojaatlar va reklama uchun:
@MehnathuquqimurojaatBot
@MuhammadaminKarimjonov
Download Telegram
#test Yangi mulkdor ... bilan MK 489-moddasining 1-qismi 1-bandiga muvofiq mehnat shartnomasini bekor qilishga haqlidir.
Anonymous Quiz
35%
tashkilot rahbari
4%
rahbar o‘rinbosarlari
8%
bosh buxgalter
7%
tashkilot alohida bo‘linmasi rahbari
46%
barcha javoblar to'g'ri
#qonunbilan
O‘zbekiston Respublikasi
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
direktorining 2024 yil 4 sentyabrdagi
8-son buyrug‘i bilan "Aksiyadorlik jamiyatlari xodimlarining aksiyalarga egalik qilish rejasini joriy etish
tartibi to‘g‘risida"gi NIZOM tasdiqlandi.

Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi hududida aksiyadorlik jamiyatlari xodimlarining aksiyalarga egalik qilish rejasini joriy etish tartibini belgilaydi.
https://lex.uz/pdfs/7140095
Xodim boshqa ishga doimiy o‘tkazilsa, intizomiy jazosi o’z kuchini yo’qotadimi?

#savolimbor Assalomu alaykum hurmatli yuristlar.Xodim ishlab turgan lavozimida 5 oy oldin xayfsan intizomiy jazosini olgan. Bugundan MKning 140 moddasi tartibida oʻz roziligi bilan doimiy boshqa ishga oʻtkazilyapti. Shunda 5 oy avval olgan intizomiy jazosi bowqa lavozimga oʻtganligi uchun oʻz kuchini yuqotadimi

https://t.me/mehnathuquqi javobi :

Yo’q, yo’qotmaydi, amal qilaveradi. Buni quyida asoslaymiz.


MK 315-moddasiga ko’ra, intizomiy jazoning amal qilish muddati u qo‘llanilgan kundan e’tiboran bir yildan oshmasligi kerak.
Agar intizomiy jazo qo‘llanilgan kundan e’tiboran bir yil ichida xodimga yangi intizomiy jazo qo‘llanilmasa, u intizomiy jazoga tortilmagan deb hisoblanadi. Bunda intizomiy jazo ish beruvchining buyrug‘i chiqmasidan avtomatik tarzda tugallanadi.

Ish beruvchi intizomiy jazoni o‘z tashabbusiga ko‘ra, xodimning bevosita rahbarining, kasaba uyushmasi qo‘mitasining iltimosnomasiga, shuningdek xodimning iltimosiga ko‘ra, bir yil o‘tguniga qadar muddatidan oldin olib tashlash huquqiga ega. Intizomiy jazoni muddatidan oldin olib tashlash ish beruvchining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.

Ushbu moddada nazarda tutilgan intizomiy jazo tugallanishi va olib tashlash qoidalari ish beruvchining tashabbusi bilan ushbu Kodeks 161-moddasi ikkinchi qismining 4 va 5-bandlariga muvofiq mehnat shartnomasi bekor qilingan holda qo‘llanilmaydi.

MK 138-moddasiga ko’ra, xodim aynan o‘sha ish beruvchida ishni davom ettirganda uning mehnat vazifalarini o‘zgartirish xodimni boshqa ishga o‘tkazish hisoblanadi.

MK 140-moddasiga ko’ra, xodimni boshqa ishga doimiy o‘tkazishga faqat uning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.

⚠️ Demak, yuqoridagilardan xulosa qilib aytamizki, xodim doimiy yoki vaqtincha boshqa o’tkazilganda, avvalgi intizomiy jazosi amal qilaveradi, jazo o’z kuchini yo’qotmaydi. Agar ish beruvchi xohlasa, intizomiy jazoni istalgan vaqt olib tashlashga haqli.

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://t.me/mehnathuquqi
Mehnat huquqi
Iltimos, anonim so'rovnomamizda ishtirok etib fikringizni bildirsangiz.

Siz ta'tilingizdan to'liq foydalanasizmi?
Barchangizga katta rahmat hurmatli obunachilar!

So'rovnoma natijalari sizga ham qiziq bo'layotgan bo'lsa kerak. Ta'tildan to'liq foydalanmaydigan xodimlar soni ko'pligi albatta ijobiy holat emas.

Mehnat ta’tili dam olish va ishlash qobiliyatini tiklash uchun beriladi. Nima sababdan xodimlar ta'til olish huquqdan foydalanmaydi?
Shu masalani ham o'rganishda bizga ko'mak beraolasizmi?
#savolimbor Mehnat shartnomasini elektron tuzish mumkinmi?

https://t.me/mehnathuquqi javobi📤:

Ha, mumkin. Mehnat kodeksi 106-moddasiga ko’ra mehnat shartnomasi yozma shaklda tuziladi. Biroq shartnomaning yozma shakli deganda faqat qog’oz shaklidagi shartnomani tushunmasligimiz lozim. Buni quyidagi normativ-huquqiy hujjatlar bilan asoslashga harakat qilamiz👇

❗️Fuqarolik kodeksi 366-moddasiga (Shartnomaning shakli) ko’ra, yozma shartnoma taraflar imzolagan bitta hujjatni tuzish yo‘li bilan, shuningdek pochta, telegraf, teletayp, telefon, elektron aloqa yoki hujjat shartnomadagi tarafdan chiqqanligini ishonchli suratda aniqlash imkonini beradigan boshqa aloqa yordamida hujjatlar almashish yo‘li bilan tuzilishi mumkin.

❗️“Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi Qonunning 4-moddasiga (Elektron raqamli imzoning va qo‘lda shaxsan qo‘yilgan imzoning bir xil ahamiyatga ega ekanligini e’tirof etish shartlari) ko’ra, bir vaqtning o‘zida quyidagi shartlarga rioya etilgan taqdirda, elektron hujjatdagi elektron raqamli imzo qog‘oz hujjatga qo‘lda shaxsan qo‘yilgan imzo bilan bir xil ahamiyatga ega bo‘ladi, agar👇

elektron raqamli imzoning haqiqiyligi tasdiqlangan bo‘lsa;

elektron raqamli imzo kalitining sertifikati elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash paytida yoxud imzolash paytini belgilovchi dalillar mavjud bo‘lganda elektron hujjatni imzolash paytida amalda bo‘lsa;

elektron raqamli imzodan elektron raqamli imzo kalitining sertifikatida ko‘rsatilgan maqsadlarda foydalanilayotgan bo‘lsa.

Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shartlarga bir vaqtning o‘zida rioya etilgan taqdirda, yuridik shaxsning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan elektron hujjat yuridik shaxsning muhri bilan tasdiqlangan qog‘oz hujjatga tenglashtiriladi.

❗️"Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida"gi Qonunning 4-moddasiga (Elektron hujjat aylanishi) ko'ra, elektron hujjat aylanishidan bitimlar tuzish (shu jumladan shartnomalar tuzish), hisob-kitoblarni, rasmiy va norasmiy yozishmalarni amalga oshirish hamda boshqa axborotni uzatishda foydalanish mumkin.

⚠️ Demak, yuqoridagi qonun hujjatlari talablariga qat'iy rioya qilinsa, mehnat shartnomasini elektron shaklda tuzish mumkin.

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://t.me/mehnathuquqi

Telegram
Pensiya yoshi oshadimi❗️

Strategik islohotlar agentligi tomonidan pensiya tizimini takomillashtirish maqsadida Prezident farmoni loyihasini ishlab chiqish tavsiya etiladi. Bunda: pensiya tizimini keng ko‘lamli isloh qilish, shu jumladan pensiya tayinlash shartlarini qayta ko‘rib chiqish, pensiya yoshini umr davomiyligiga moslab qayta ko‘rib chiqish, ish staji yoki pensiya olish uchun badallarni qayta ko‘rib chiqish, pensiya tizimining moliyaviy barqarorligini taʼminlash va aholi qamrovini oshirish kabi jihatlar inobatga olinishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Batafsil: 👉 https://asr.gov.uz/news/11896

👉 https://t.me/the_bakiroo/8448

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://t.me/mehnathuquqi
Forwarded from Bandlik Vazirligi
❗️Раис жаримага тортилди

Қашқадарё вилоятидаги маҳалла раисининг пахта теримига чиқмаганларга бола пули берилмаслиги бўйича тарқалган овозли хабари юзасидан Давлат меҳнат инспекцияси ўрганиш ўтказди.

Ўрганиш давомида Шаҳрисабз туманидаги “Пахтакор” МФЙ раиси Л.Ўроқов 2024 йил 9 октябрь куни Нушкент қишлоғининг “Нушкент бирлашайлик” телеграм каналига ушбу овозли хабарни юбориб ишсиз фуқароларни пахта йиғим-теримига чақирганлиги, шундан сўнг улар теримга келганлиги маълум бўлди.

Ҳолат юзасидан Л.Ўроқовга нисбатан, Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги Кодекснинг 51-моддаси 1-қисмига асосан базавий ҳисоблаш миқдорининг 50 баравари (18 750 000 сўм) миқдорида жарима қўлланилди.

❗️Унутманг! Меҳнат кодексининг 5-моддасига асосан мажбурий меҳнат тақиқланган. Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодекснинг 51-моддасига мувофиқ меҳнатга бирон-бир шаклда маъмурий тарзда мажбурлаш базавий ҳисоблаш миқдорининг 50 бараваридан 100 бараваригача миқдорда жарима солишга сабаб бўлади.

Худди шу ҳаракат такроран ёки вояга етмаган шахсга нисбатан содир этилса, Жиноят кодексининг 148²-моддасига асосан жавобгарликка тортилади.

🔴Мажбурий меҳнатга жалб қилиш ҳолатларига дуч келсангиз Бандликка кўмаклашиш бўлимлари ёки 1282 - қисқа рақами ҳамда @munosibmehnat_bot телеграм боти орқали Давлат меҳнат инспекциясига мурожаат қилишларингиз мумкин!

@mehnatvazirligi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Pensiya va nafaqaning farqini bilasizmi

Juda ko‘pchilik pensiya va nafaqa tushunchalarini sinonim deb hisoblaydi ya’ni pensiya nafaqa so‘zining ruschasi deb xato o‘ylashadi (aslida, nafaqa rus tiliga “пособие” deb tarjima qilinadi).

Ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlarda ham foydalanuvchilar pensioner va nafaqaxo‘r tushunchalarini sinonim sifatida noo‘rin ishlatishadi.

Xo‘sh, bu ikki tushunchaning farqi nimada

O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuniga ko‘ra, yetarlicha ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolar va ularning oilalari pensiya olish huquqiga ega. Ushbu Qonun bilan davlat pensiyalarining quyidagi turlari belgilanadi https://lex.uz/docs/-112314:

1. yoshga doir pensiya.
2. nogironlik pensiyasi.
3. boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi.

Qonunning 7-moddasiga ko’ra, yoshga doir pensiya olish huquqiga:
erkaklar — 60 yoshga to‘lganda va ish stajlari kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda;

ayollar — 55 yoshga to‘lganda va ish stajlari kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda ega bo‘ladilar.

“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan shartlar va me’yorlarga muvofiq davlat pensiyasini tayinlash uchun zarur ish stajiga ega bo‘lmagan shaxslar nafaqa olish huquqiga egalar.

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-son qaroriga 1-ilova “Ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan ayrim toifadagi shaxslarga nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom nafaqalarni tayinlash, qayta hisoblash, ularning turini o‘zgartirish va to‘lash tartiblarini belgilaydi https://lex.uz/ru/docs/-6411319 ( oldingi 107-sonli qaror mazkur 119-son qaror bilan 2023-yil 23-martda o’z kuchini yo’qotgan)

Ushbu Nizom bo‘yicha quyidagi nafaqalar tayinlanadi:

a) nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarga nogironlik nafaqasi;
b) parvarishlash nafaqasi;
v) nogironlik nafaqasi;
g) boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi;
d) yoshga doir nafaqa.

Nizomning 19-bandiga ko’ra, yoshga doir nafaqa ayollarga — 60 yosh (bolalikdan nogironligi bo‘lgan farzandi bor (bo‘lgan) onalarga esa 55 yoshdan)
va erkaklarga — 65 yoshga yetganda tayinlanadi.

⚠️ Shuningdek, nafaqaning boshqa turlari ham bor: ishdan bo'shatish nafaqasi, ishsizlik nafaqasi, bolalar nafaqasi, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa va boshqalar!



Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
Masofaviy ta’lim shaklida o'qiydigan xodimlar uchun ham ish haqi saqlangan ta'til beriladimi ish joyidan?

#savolimbor Assalomu alaykum. Sirtqida o’qiydiganlar uchun beriladigan kafolatlar haqidagi postizni o’qidim. Lekin men masofaviyda o’qiyman. Kadrimiz masofaviylarga ta’til berilmaydi chunki onlayn o’qiysizlarku deyapti. Lekin men imtixonni o’qish joyiga borib, oflayn topshiramanku? Iltimos, masofaviy o’qiydigan xodimlar uchun ham kafolatlar haqida tushuntirish bering.

https://t.me/mehnathuquqi javobi 📤:

MK 385-moddasi kechki yoki sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha ta’lim olayotgan xodimlar uchun kafolatlar va kompensatsiyalarni berishni tartibga soladi! E'tibor bering, masofaviy ta’lim shaklida o'qiydigan xodimlar uchun kafolatlar va kompensatsiyalar nazarda tutilmagan! Lekin garchi Mehnat kodeksida bu toifa xodimlar uchun kafolatlar nazarda tutilmagan bo'lsada, qonunchilik hujjatlarida kafolatlar nazarda tutilgan!

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 3-oktabrdagi 559-son qaroriga ilova “Oliy ta’lim tashkilotlarida masofaviy ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 22-bandiga ko’ra, ish faoliyatini masofaviy ta’lim bilan qo‘shib olib borayotgan talabalarga semestr oxirida yakuniy baholashdan o‘tish, bitiruvchilarga esa yakuniy davlat attestatsiyasini topshirish, bitiruv malakaviy va magistrlik ishini himoya qilish uchun kamida 1️⃣5️⃣ kalendar kun muddatga ish haqi saqlangan holda ta’til beriladi https://lex.uz/docs/-6221502

⚠️ Demak, Sizga semester oxirida yakuniy imtixonlar uchun kamida 1️⃣5️⃣ kalendar kun muddatga ish haqi saqlangan holda ta’til beriladi.

❗️Ta’til berish uchun asos sifatida ish joyingizga o’qish joyidan ma’lumotnoma  va OTM tomonidan tasdiqlangan yakuniy nazorat grafigi nusxasini taqdim qilishingiz mumkin. O’qish joyidan ma’lumotnomani  my.gov.uz saytidan yuklab olishingiz mumkin!

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📌 Bugun, soat 22:15 da “Milliy” telekanalida Muhammadamin Karimjonov jamoasi kuzgi mavsumning uchinchi o‘yinida ishtirok etadi.

Ko‘rsatuv homiysi - 🏦 “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savolimbor
Аssalomu aleykum, savolim bor edi. Hozirda kasaba uyushmasi aʼzoligidan chiqmoqchiman. Lekin maktab administratsiyasi aʼzolikdan chiqsang “bolьnichnыy” uchun nafaqa ololmaysan deyishdi. Аgar kasaba uyushmasi aʼzoligidan chiqsam, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik varaqasiga (bolьnichnыy) toʼlanadigan pul menga toʼlanmaydimi? Oʼzi umuman bu pul qaysi jamgʼarmadan toʼlanadi?

Javob
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 281-moddasida ish beruvchi qonunchilikda belgilangan tartibda o‘rtacha ish haqi yoki uning bir qismi miqdorida xodimga vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha nafaqasi to‘laydi.

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 314-son qarori bilan tasdiqlangan “Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqalarni hamda yangi tug‘ilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimga nafaqani tayinlash hamda to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 3-bandiga ko‘ra budjet tashkilotlari tomonidan nafaqa budjet mablag‘lari hisobidan to‘lanadi. Ish beruvchilar tomonidan nafaqa o‘z mablag‘lari hisobidan to‘lanadi.

Demak vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi (bolьnichnыy) kasaba uyushmasi mablag‘laridan to‘lanmaydi. Bundan ko‘rinib turibdiki, kasaba uyushmasi aʼzoligidan chiqishingiz siz oladigan mehnatga layoqatsizlik nafaqasiga hech qanday ta’sir qilmaydi.

Mehnat kodeksining 37-moddasiga asosan, ishga qabul qilishni, xodim uchun ehtimol tutilgan imtiyozlar va preferensiyalarni, shu jumladan ustamalarni, mukofot pullarini, ishda yuqori martabaga ko‘tarilishni, shuningdek mehnat shartnomasining bekor qilinishini muayyan kasaba uyushmasiga yoki xodimlarning boshqa birlashmasiga mansublik yoki mansub emaslik, unga a’zo bo‘lish yoxud undan chiqish bilan bog‘lash taqiqlanadi.

Kasaba uyushmalariga yoki xodimlarning boshqa birlashmalariga mansubligi yoki mansub emasligi belgisi bo‘yicha o‘zini kamsitilgan deb hisoblagan shaxs kamsitilganlik fakti ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin. Kamsitilgan shaxsning kamsitishni bartaraf etish, buzilgan huquqini tiklash va o‘ziga yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplash va ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilish to‘g‘risidagi talablari sud tartibida hal etiladi.

Xulosa shuki, sizning kasaba uyushmasiga a’zo emasligingiz vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi to‘lanmasligiga sabab bo‘lmaydi. Bundan tashqari agar ish beruvchi sizga kasaba uyushmasiga a’zo emasligingizni sabab qilib ko‘rsatib, biror imtiyozdan mahrum qilsa, bu kamsitish sanaladi. Ushbu vaziyatda ish beruvchini sudga berishga haqlisiz.

Vaziyat yuzasidan batafsil ma’lumot olish uchun ma’ruza ko‘rib chiqing.
https://youtu.be/O8ms2Qedfdo?si=pTGKwFEHs3hIcKII (37-modda)
https://youtu.be/f-MdGbgkbYg?si=n-wG_uUJ_Jqy_Vyq (281-modda)

Huquqiy maslahatga uchun quyidagiga yozing
https://t.me/MehnathuquqimurojaatBot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Cўраган_эдингиз

Мурожаат: Ички ўриндош ходимларга ҳам "декрет" пули тўланадими?

Ушбу масала юзасидан эксперт, Тошкент давлат юридик университети катта ўқитувчиси Муҳаммадамин Каримжонов маълумот берди.

◽️
Сизда ҳам ҳуқуқий соҳада, фаолиятингиз билан боғлиқ мурожаат бўлса, бизга йўлланг!

Каналга уланиш — @argos_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📌 Bugun, soat 22:15 da “Milliy” telekanalida Muhammadamin Karimjonov jamoasi kuzgi mavsumning uchinchi o‘yinida ishtirok etadi.

Ko‘rsatuv homiysi - 🏦 “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savolimbor Xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilinmoqda, lekin xodimni ta’tildan qarzdorligi bor. Xodim ta’tildan qarzdorligini to’lamoqchi emas? Qanday yo’l tutaylik?

https://t.me/mehnathuquqi javobi 📤

MK 269-moddasi 2-qismi 6-bandiga ko’ra, xodim qaysi ish yili hisobiga ta’til olib bo‘lgan bo‘lsa, o‘sha yil tugaguniga qadar mehnat shartnomasi bekor qilinganda ta’tilning ishlab berilmagan kunlari uchun xodimning yozma roziligidan qat’i nazar, ish haqidan ushlab qolish amalga oshiriladi.

Ushlab qolinadigan summa bo’lmasachi? Bu holatda xodim ixtiyoriy to’laydi. Agar xodim ixtiyoriy to’lamasa, sud tartibida undiriladi! Xodimni sudga bering.

⚠️ Diqqat! MK 269-moddasi 3-qismiga ko’ra, har yilgi mehnat ta’tilining ishlab berilmagan kunlari uchun ushlab qolishlar mehnat shartnomasi ushbu Kodeks 137-moddasining to‘rtinchi qismida, 143-moddasining ikkinchi qismida, 146-moddasining beshinchi qismida, 161-moddasi ikkinchi qismining 1, 2 va 3-bandlarida, 168-moddasi birinchi qismining 1, 2, 6, 8 va 9-bandlarida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra, shuningdek xodimning tashabbusi bilan ushbu Kodeks 160-moddasining sakkizinchi qismida ko‘rsatilgan uzrli sabablar mavjud bo‘lganda bekor qilingan taqdirda amalga oshirilmaydi. Basharti ishga qabul qilishga doir belgilangan qoidalarning buzilishi yoxud yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatning davom etishiga monelik qiluvchi holatlarning yuzaga kelishi xodimning aybli harakatlari (harakatsizligi) bilan bog‘liq bo‘lmasa, mehnat shartnomasi ushbu Kodeks 168-moddasining 4 va 5-bandlariga ko‘ra bekor qilinganda ham bunday ushlab qolish amalga oshirilmaydi.

❗️E’tiboringizga xuddi shu masala bo’yicha sud materialini taqdim qilamiz! Fuqarolik ishlari boʼyicha Shovot tumanlararo sudi 08-08-2023-yilda ko’rilgan 2-2203-2305/5288 sonli ishi (https://public.sud.uz/report/CIVIL). Unga ko’ra, daʼvogar Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi Xorazm viloyat hududiy boshqarmasining «UzAuto Motors» АJning manfaatida javobgar D.X.ga nisbatan pul undirish haqidagi daʼvo arizasi to'liq qanoatlantirilgan.

D.X. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi xodim tashabbusiga ko’ra bekor qilingan, D.X. bilan mehnat taʼtili olib boʼlgan davr uchun ish yili tugamasdan turib mehnat shartnomasi bekor qilinganligi oqibatida taʼtilning ishlanmagan davrga tegishli kunlari uchun 760 453 soʼm miqdorida debitorlik qarzdorlik paydo boʼlganligi, javobgarga ushbu qarzdorlikni ixtiyoriy toʼlash yuzasidan talabnoma yuborilgan boʼlsada, oqibatsiz qoldirganligini bildirib, suddan mazkur daʼvo arizani davlat boji toʼlovisiz ish yurituvga qabul qilishni, javobgardan «UzAuto Motors» АJ foydasiga 760 453 soʼm va pochta harajati uchun toʼlangan 33.000 soʼm undirish haqida hal qiluv qarori chiqarishni, ishni palata vakili ishtirokisiz koʼrib chiqishni soʼragan. Sud da’vogarning pul undirish haqidagi daʼvo arizasini to’liq qanoatlantirgan.

Javobgar D.X. dan «UzAuto Motors» АJ foydasiga 760 453 soʼm, pochta xarajati uchun toʼlangan 33.000 soʼm , davlat foydasiga 330.000 soʼm davlat boji undirilgan.

⚠️ Demak, xodim qarzdorlikni ixtiyoriy tartibda to’lasa to’ladi, aks holda sud tartibida undirilishini tushuntiringlar! Sud tartibida undirilsa xodim qarzdorlikdan tashqari, davlat boji va pochta xarajatlarini ham to’laydi!

💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
#qonunbilan
O'zbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmasevtika xodimlari mehnatiga haq to'lashning tarif setkasiga o`zgartish kiritildi.

https://lex.uz/pdfs/7148333

Huquqiy maslahatga uchun quyidagiga yozing
https://t.me/MehnathuquqimurojaatBot
#qonunbilan
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida malaka oshiradigan boshqaruv kadrlarining lavozimlari tarkibini tasdiqlandi.

https://lex.uz/pdfs/7147529

Huquqiy maslahatga uchun quyidagiga yozing
https://t.me/MehnathuquqimurojaatBot