Mehnat huquqi
26.1K subscribers
833 photos
153 videos
381 files
3.64K links
🌐Kanal orqali mehnat, pensiya va b. sohalarda:
⚖️Yangiliklaridan xabar topasiz;
✍️Savollaringizga javob olasiz;
🎓Olimlarning ilmiy ishlarini kuzatish mumkin.
💻 Murojaatlar va reklama uchun:
@MehnathuquqimurojaatBot
@MuhammadaminKarimjonov
Download Telegram
#savolimbor Bolnichniy puli kimlarga 100 foiz to’lab beriladi?

https://t.me/mehnathuquqi javobi :

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 314-son qaroriga 1-ilova “Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqalarni hamda yangi tug‘ilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimga nafaqani tayinlash hamda to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 22-bandiga ko’ra, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi ish stajining davomiyligidan qat’i nazar, o‘rtacha ish haqining 1️⃣0️⃣0️⃣ foizi miqdorida quyidagilarga to‘lanadi https://lex.uz/docs/-6978570#-6980192:

baynalminal (izoh: "baynalmilal" to'g'ri, arabcha— millatlararo degani. Qonunchilik hujjatlarida ham imloviy xatolar ketib turadi😊) jangchilarga;

qaramog‘ida 16 yoshga (o‘quvchilar 18 yoshga) yetmagan 3️⃣ yoki undan ortiq bolalari bo‘lgan xodimlarga;

Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda qatnashgan xodimlarga;

Chernobil AESdagi avariya natijasida radioaktiv ifloslanish zonasidan evakuatsiya qilingan va ko‘chirilgan, qon hosil qiluvchi organlar kasalliklari (o‘tkir leykoz), qalqonsimon bez (adenoma, rak) va xavfli o‘smalar bilan bog‘liq kasalliklarga chalingan xodimlarga;

mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi natijasida vaqtinchalik mehnatga layoqatsiz bo‘lgan xodimlarga;

pandemiya, texnogen, tabiiy va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan hollarda, ushbu favqulodda vaziyatlarga sababchi bo‘lgan infeksiyasi bilan zararlanishi yoki zararlangan deb gumon qilinishi munosabati bilan karantinga joylashtirilgan va 14 yoshgacha bo‘lgan bolasini parvarish qilayotgan ota-onalarga (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar, vasiylar, homiylar).

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://t.me/mehnathuquqi
#savolimbor
Assalomu alaykum. Qaynsinglim farrosh bo'lib ishlaydi. Kasal bo'lub, rahbaritatni ogohlantirish uchun qizini chiqardi. Zavxoz tel qilib bosim o'tkazgan, singlim:"ishlamaganim bo'lsin", deb aytib yuborgan. Zavxoz singlim nomidan ariza yozib, boshqa odamni ishga olgan. Bu albatta noto'g'ri, zavxozga qanday chora ko'riladi?


🔰 Javob
Ma’lum bo‘lishicha, siz bilan tuzilgan mehnat shartnomasi o‘zingiz yozgan ariza bilan emas, balki “zavxoz” yozgan ariza bilan bekor bo‘lgan. Buning qonunga zid ekanligi yaqqol ma’lum holat.
Sababi Mehnat kodeksining 160-moddasiga binoan, xodim nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasini, shuningdek muddati tugaguniga qadar muddatli mehnat shartnomasini o‘n to‘rt kalendar kun oldin bu haqda ish beruvchini yozma shaklda ogohlantirgan holda bekor qilishga haqli.

Plenum qaroriga binoan, mehnat shartnomasini bekor qilishga xodim shu tashkilotdagi ishni haqiqatda tashlab ketish istagini bildirgan yozma arizasiga binoan yo‘l qo‘yiladi.
Sudlar da’vogarning mehnat shartnomasini bekor qilish haqidagi arizani ish beruvchining qistovi natijasida berganligi to‘g‘risidagi vajlarini sinchkovlik bilan tekshirmoqlari lozim.
Bunda sudlarning e’tibori, xodimni ariza yozishga nafaqat majburlash, bosim yoki tazyiq o‘tkazish, balki xodimda mehnat munosabatlarini tugatish istagi bo‘lmay turib, ish beruvchi tomonidan uni ariza yozishga faol ravishda undash harakatlari ham qistov sifatida baholanishi lozimligiga qaratilsin.
Plenum qaroriga ko‘ra, xodimning tashabbusiga ko‘ra uning mehnat shartnomasini bekor qilish haqidagi yozma arizasi bo‘lmaganda, shuningdek u ogohlantirish muddati tugagunga qadar o‘z arizasini qaytarib olishni bildirgan, ish beruvchi esa buni rad etib, mehnat shartnomasini bekor qilgan bo‘lsa mehnat shartnomasini qonunni ochiq-oydin buzgan holda bekor qilish deb hisoblanadi.

Ushbu vaziyatda siz ish beruvchi ya’ni rahbardan (“zavxoz”dan emas) ishdan bo’shaganligingiz haqidagi buyruqni nusxasini olib yashab turgan hududingizdagi fuqarolik ishlari bo’yicha sudiga da’vo arizasi kiriting. Bundan tashqari tumaningiz hududidagi adliya bo’limi, prokuratura, davlat mehnat inspeksiyalariga ham murojaat qilishingiz mumkin.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 49-moddasiga asosan, mansabdor shaxs tomonidan mehnat va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish, — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Bunda ishlab turgan joyingiz rahbari ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
Zavxozga qanday chora ko'rish masalasini ishlab turgan joyingiz rahbari hal qiladi.

Batafsil ma’lumot olish quyidagi video tomosha qiling:
https://youtu.be/5CAJGDqmYPk?si=yxWDgJs2nU4qZkcL
Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang
@mehnathuquqi
#savolimbor Assalomu alaykum, Muhammmadamin aka. Bolnichniy tayinlash va to’lash uchun tashkilotda alohida Komissiya tashkil qilinishi shartmi?

https://t.me/mehnathuquqi javobi :

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 314-son qaroriga 1-ilova “Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqalarni hamda yangi tug‘ilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimga nafaqani tayinlash hamda to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 5-bobi 52-76-bandlari nafaqalarni tayinlash va to‘lashni tartibga soladi https://lex.uz/docs/-6978570#-6980192

52-bandga ko’ra, nafaqalar xodimning asosiy ish joyidan tashkilotning Nafaqa tayinlash komissiyasi yoki ish beruvchi tomonidan buyruq bilan vakil qilingan shaxs tomonidan tayinlanadi. Komissiya tarkibi, a’zolari soni va raisi ish beruvchining buyrug‘i yoki boshqaruvining qarori bilan tasdiqlanadi.

⚠️ Demak, e’tibor berdingizmi nafaqalar xodimning asosiy ish joyidan tashkilotning Nafaqa tayinlash komissiyasi yoki ish beruvchi tomonidan buyruq bilan vakil qilingan shaxs tomonidan tayinlanadi. Aynan Komissiya tomonidan tayinlanadi deyilmagan. Bolnichniy puli ish beruvchi tomonidan buyruq bilan vakil qilingan shaxs tomonidan ham tayinlanishi mumkin!

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://t.me/mehnathuquqi
#savolimbor Assalomu alaykum, Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish oliy ma’lumotga ega shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslarida onlayn o’qishni boshladim. Menga ham yakuniy nazorat ishlari boshlanganda MK 385-moddasi bo’yicha o’quv ta’tili beriladimi?

https://t.me/mehnathuquqi audio javobi :

Aloqador moddalar: MK 227, 228, 383, 385

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://t.me/mehnathuquqi
#savolimbor Assalomu alaykum, Muhammadamin Ustoz. Yuridik universitetdagi 6 oylik qayta tayyorlash kurslari uchun to’langan kontrakt summasining 12% miqdorini qaytarib olsak bo'ladimi?

https://t.me/mehnathuquqi javobi :

Soliq kodeksi 378-moddasi 16-bandiga ko’ra https://lex.uz/docs/-4674902#-4687277, soliq to‘lovchining quyidagilarga yo‘naltiriladigan, soliq solinishi lozim bo‘lgan ish haqi va boshqa daromadlari:

... O‘zbekiston Respublikasining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim olish (o‘zining, shuningdek 26 yoshga to‘lmagan farzandlarining yoki erining (xotinining) ta’lim olishi) uchun to‘lov. Mazkur imtiyoz soliq to‘lovchining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qish uchun tijorat banklari tomonidan ajratilgan ta’lim kreditlariga (foizlari bilan) qoplashga yo‘naltirilgan daromadlariga nisbatan ham qo‘llaniladi...

⚠️ Diqqat! E’tibor berdingizmi, ushbu soliq imtiyozi O‘zbekiston Respublikasining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim olish (o‘zining, shuningdek 26 yoshga to‘lmagan farzandlarining yoki erining (xotinining) ta’lim olishi) uchun to‘lovga nisbatan tatbiq qilinadi.

Ya’ni sodda qilib aytganda, 6 oylik qayta tayyorlash (oliy ma’lumotga ega shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash) kurslari uchun to’langan kontrakt summasining 12% miqdori qaytarib berilmaydi!

Mavzuga aloqador postlarimiz bilan tanishib chiqing👇

👉https://t.me/mehnathuquqi/4913
👉https://t.me/mehnathuquqi/6523

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://t.me/mehnathuquqi
#savolimbor Assalomu alaykum, Ustoz! savol bor edi: VMQ-263-son bilan belgilangan pedagog xodimlarning mehnat ta'tiliga 2024-yil 17-iyun (dam olish kuni dushanba), 18-iyun (qo`shimcha dam olish kuni seshanba) uchun haq to`lanadimi?

https://t.me/mehnathuquqi javobi :

MK 216-moddasi 1-qismiga ko’ra, har yilgi mehnat ta’tili dam olish va ishlash qobiliyatini tiklash uchun ish o‘rni (lavozimi) hamda o‘rtacha ish haqi saqlab qolingan holda xodim ishdan ozod etiladigan, xodimga har yili ish yili davomida beriladigan vaqt davridir.

Bundan tashqari, MK 233-moddasi 1-qismiga ko’ra, har yilgi mehnat ta’tilida bo‘lgan vaqti uchun xodimga ushbu Kodeksning 257-moddasiga muvofiq hisoblab chiqariladigan o‘rtacha ish haqining saqlanishi kafolatlanadi.

Yuqoridagi moddalar mazmunidan, har yilgi mehnat ta’tilining barcha kunlari uchun haq to’lashligi anglashilmoqda. Biz bu haqida juda ko’p marotaba gapirdik! Hattoki, Bandlik vazirligining javob xatini ham ilova qilgan edik 👉 https://t.me/mehnathuquqi/4918

Demak, biz yuqorida har yilgi mehnat ta’tilining barcha kunlari uchun haq to’lanishi borasida o’z pozitsiyamizni bayon qildik. Eng qizig'i amaliyotda hozir 2 xil standart ketmoqda. Ayrim tashkilotlar har yilgi mehnat ta’tilining barcha kunlari uchun haq to’lashmoqda!

Endi esa VMQ 263ga o’tamiz! O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 26.06.2023 yildagi 263-son qaroriga ko’ra, ushbu me’yorlarda keltirilgan xodimlarga yillik uzaytirilgan mehnat ta’tili uchun haq to‘lashda yakshanba va bayram kunlari inobatga olinmaydi https://lex.uz/ru/docs/-6516542 Aslida mana shu o'rinda bayram kuni emas ishlanmaydigan bayram kuni deyilishi to'g'ri bo'lar edi! Chunki bayram kunlari 30 dan ortiq, ishlanmaydigan bayran kunlari esa 9ta! Masalan, bugun 2-iyul kuni ham Qonun bilan belgilangan bayram, Davlat gerbi qabul qilingan kun!

E’tibor bering, VMQ 263da yakshanba va bayram kunlari inobatga olinmaydi deb aytilmoqda. MK 208-moddasi 9ta ishlanmaydigan bayram kunlari keltirilgan. 18-iyun esa qo’shimcha dam olish kuni, bayram kuni emas!

17-iyun dushanbachi? MK 208-moddasiga ko’ra, dam olish kuni ishlanmaydigan bayram kuniga to‘g‘ri kelgan taqdirda, dam olish kuni bayramdan keyingi ish kuniga ko‘chiriladi. Ya’ni 17-iyun dushanba bu yakshanba deganidir.

Xulosa qiladigan bo’lsak, 16-iyun (Qurbon hayit (Iyd al-Adha) diniy bayramining birinchi kuni), 17-iyun dushanbaga ko’chgan yakshanba uchun haq to’lanmaydi. 18-iyun qo’shimcha dam olish kuni uchun esa haq to’lanishi lozim deb hisoblaymiz! Bundan tashqari MK 257-moddasiga ko'ra, ish kunlarining o‘rtacha oylik sonining 25,3 ni hisoblashda ham qo'shimcha dam olish kunlari hisobga olinmagan! Ya'ni 365 (1 yildagi kunlar soni, kabisa yili mustasno) – 52 (1 yildagi yakshanbalar soni) - 9 (ishlanmaydigan bayramlar soni) = 304
304/12 (1 yildagi oylar soni) = 25.3 ya’ni bu son ish kunlarining o‘rtacha oylik sonini ifodalaydi. E'tibor berdingizmi, 25.3 da qo'shimcha dam olishlar kunlari e'tiborga olinmagan!

⚠️ Yana bir bor o’z pozitsiyamizni eslatib o’taman, aslida har yilgi mehnat ta’tilining barcha kunlari uchun haq to’lanishi shart!

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://t.me/mehnathuquqi
#savolimbor Assalomu alaykum Ustoz, xodimga MKning  385-moddasi 4-qismidagi kafolatni ish beruvchi "ta'lim ta'tili" buyrugida ko'rsatishi shartmi?   Chunki ish beruvchi xodimni  ta’lim tashkiloti joylashgan yerga borishi va u yerdan qaytib kelishi uchun yiliga bir marta yo‘lkira haqini oldindan qanchaligini(summasi) bilmaydiku? Prokuratura  "o‘quv ta’tillari buyrugida MKning  385-moddasi 4-qismidagi yo‘lkira haqini to'lab berish ko'rsatilmagan" deb protest kiritmoqda.  Shu haqida tushuntirish bersangiz?

Aloqador moddalar: MK 385 - modda.

Mavzuga aloqador postimiz⬇️
https://t.me/mehnathuquqi/5955

https://t.me/mehnathuquqi audio javobi
  📤:

💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
#savolimbor Assalomu alaykum, Ustoz. Yuridik universitetdagi 6 oylik qayta tayyorlash kurslarini tugatganlar qayerda ishlashi mumkin?

https://t.me/mehnathuquqi javobi :

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-son qaroriga 1-ilova “Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati to‘g‘risida”gi Nizomning 7-9-bandlariga ko’ra https://lex.uz/docs/-3098964

Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazida yuridik mutaxassislik bo‘yicha qayta tayyorlash kurslarini tamomlagan va belgilangan namunadagi diplomni olgan shaxslar:

yuriskonsult yordamchisi lavozimida;

yuridik xizmat xodimi yoxud yuriskonsult lavozimida;

yuridik xizmat boshlig‘i lavozimida (yuridik mutaxassislik bo‘yicha kamida 2 yillik ish stajiga ega bo‘lsa) ishlashlari mumkin.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-apreldagi 189-son “Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha tayyorlash tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori 3-bandiga ko’ra https://lex.uz/docs/-5358249

2030-yil 1-yanvardan boshlab xalq ta’limi, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida yuridik fanlardan faqat oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan yoki Markazda pedagogik qayta tayyorlash kurslarini tugatgan va belgilangan namunadagi diplomni olgan oliy ma’lumotli shaxslar dars berish huquqi ega bo‘ladi. Bunda 2030-yil 1-yanvarga qadar xalq ta’limi, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida oliy noyuridik ma’lumotga ega shaxslar tomonidan yuridik fanlardan dars berishda yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslarini muvaffaqiyatli tugatib, belgilangan namunadagi diplomni olgan shaxslar ustuvorlikka ega bo‘ladi;

oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslarini muvaffaqiyatli tugatib, belgilangan namunadagi diplomni olgan shaxslar tegishli mutaxassislik bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlarning yuridik xizmati bilan bir qatorda fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ishlash huquqiga ega bo‘ladi.

❗️ Ya'ni sodda qilib aytganda, 6 oylik qayta tayyorlash kurslarini bitirib, prokuror, sudya, advokat, notarius va boshqa shu kabi lavozimlarda ishlay olmaysiz.

Faqat yuqorida keltirib o'tilgan lavozimlardagina ishlay olasiz👆!

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://t.me/mehnathuquqi
Tunda ko’chada yurganlarni PPS olib ketishga haqqi bormi?

#savolimbor Assalomu alaykum Muhammadamin aka savolim bor edi. Men bu xolatga uje kop duch keldim kechasi soat 23:00 dan keyin kochada sayr qilib yursak gox yolgiz gox ortoqlar bilan gox ana boring yigitchilik sevgan qiziz bilan pps xodimlari kelib olib ketib qolishyapti shunga xaqlari bormi shunday qonun bormi chiqarilganmi. Biz kechki payt bolsaxam mast xolatda bolmasak biron jinoyat qilyotgan bolmasak birovni tincihini buzib bezovta qilmayotgan bolsakxam olib ketiwga xaqlari bormi?

https://t.me/mehnathuquqi javobi :

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-iyuldagi 399-son “Ichki ishlar organlari patrul-post xizmati faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan 2023-yil 1-yanvardan boshlab ichki ishlar organlari faoliyatiga bosqichma-bosqich “E-patrul” tizimi joriy etilib, fuqaroning shaxsini aniqlash uchun ichki ishlar bo‘limiga olib borish amaliyotidan voz kechildi hamda barcha ma’lumotlar joyida planshet orqali tekshirilib, ichki ishlar organlari patrul-post xizmati xodimlarining faoliyati “bodikamera”dan foydalangan holda amalga oshirilishi yo‘lga qo‘yildi https://lex.uz/docs/-6126561

Patrul-post xizmati saf bo‘linmalari xodimlari quyidagi hollarda fuqarolarni to‘xtatishi va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar yoki “E-patrul” tizimi orqali ularning shaxsini aniqlashi mumkin:

👉shaxs jinoyat yoki ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan yoxud qidiruvda deb gumon qilish uchun asoslar mavjud bo‘lganda;
👉shaxsni sodir etilgan jinoyat yoki ma’muriy huquqbuzarlik haqida ma’lumotga ega deb hisoblash mumkin bo‘lganda;
👉qonunchilikka muvofiq shaxsni ushlab turish uchun boshqa qonuniy asoslar mavjud bo‘lganda.

❗️Xodim shaxsni to‘xtatib, undan shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishni va “E-patrul” tizimi orqali uning shaxsini aniqlashni talab qilganda shaxsga uni to‘xtatganlik hamda undan shaxsini aniqlash talab etilayotganligi sabablari va asoslarini tushuntirib berishi shart, bundan xizmat doirasidagi ma’lumotlar mustasno.

Yonida shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan fuqaro quyidagi hollarda shaxsiga aniqlik kiritish uchun ichki ishlar organlariga olib boriladi:

👉uning shaxsini planshet orqali aniqlash imkoni bo‘lmagan hollarda;
👉qidiruvda bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan shaxslar aniqlangan hollarda;
👉shaxsiga aniqlik kiritish jarayonida qarshilik ko‘rsatgan hollarda;
👉jamoat joylarida huquqbuzarlik sodir etish vaqtida ushlangan hollarda (joyida ma’muriy bayonnoma tuziladigan hollar bundan mustasno).

⚠️ Demak, PPX xodimlari Sizni istalgan payt ichki ishlar bo’limiga olib keta olmaydi.

❗️Diqqat! PPX xodimlari Sizni to’xtatganda qochmang, baqir-chaqir qilmang, janjal ko’tarmang! O’zingizni bosiq va xushmuomala tuting! Aks holda, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 194-moddasiga ko‘ra Sizni Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslikda ayblab 15 sutkagacha qamashlari ham mumkin (xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa)!

❗️“Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonun https://lex.uz/docs/-3027843 hamda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-iyuldagi 399-son qarori https://lex.uz/docs/-6126561 bilan tanishib chiqing! Huquqingizni biling va talab qiling!


Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://t.me/mehnathuquqi
#savolimbor Assalomu alaykum. Biz ko‘p qavatli uyda istiqomat qilamiz. Bizga xizmat ko‘rsatadigan kompaniyaning aytishicha Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 15-apreldagi 114-son buyrug‘i bilan majburiy badal (ta'rif) summasi may oyidan boshlab salkam uch baravarga ko‘tarilibdi. Kompaniya hech chanday umumiy yig‘ilish qarorisiz majburiy badal summasini o‘zgartirishi huquqiga egami?

https://t.me/mehnathuquqi javobi :

Davlatimiz rahbarining “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarishni yanada samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 278-son qarori asosida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining “Ko‘p kvartirali uy-joy fondi umumiy mulkni va unga tutash hududlarni saqlash uchun mulkdorlarning majburiy badallari yoki to‘lovlarining eng kam miqdorini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i qabul qilindi https://mc.uz/oz/views/diqqat-bu-muhim

Ayrim BSK (Boshqaruv servis kompaniyalari) mazkur buyruqni asos qilib, majburiy badallar yoki to'lovlar miqdorini g'ayriqonuniy ravishda oshirmoqdalar!

Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish sohasidagi munosabatlar “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi Qonuni bilan tartibga solinadi https://lex.uz/docs/-4586282

Mazkur Qonunning 6-moddasiga ko‘ra, umumiy mol-mulkni saqlash, undan foydalanish va uni ta’mirlash hamda ko‘p kvartirali uyga tutash yer uchastkasini obodonlashtirish uchun joylar mulkdorlari majburiy badallarining yoki to‘lovlarining miqdori umumiy yig‘ilish qarori bilan belgilanadi.

Qonunning 28-moddasida ko‘p kvartirali uyni boshqarish shartnomasi boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi bilan joylarning mulkdorlari o‘rtasida har bir joy mulkdori bilan ushbu Qonun talablariga muvofiq yozma shaklda, umumiy yig‘ilish qarorlarida ko‘rsatilgan shartlar asosida tuzilishi belgilangan.

Ushbu moddaning uchinchi qismida ko‘p kvartirali uyni boshqarish shartnomasida shartnoma narxini belgilash tartibi, shuningdek to‘lovni to‘lab berish tartibi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerakligi belgilangan.

Shuningdek, Fuqarolik kodeksining 356-moddasiga ko‘ra, shartnomani bajarganlik uchun taraflarning kelishuvi bilan belgilangan bahoda haq to‘lanadi. Qonunda nazarda tutilgan hollarda tegishli vakolatga ega bo‘lgan davlat organlari belgilaydigan yoki tartibga soladigan baholar (tariflar, rassenkalar, stavkalar va h.k.) qo‘llaniladi. Shartnoma tuzilganidan keyin bahoni o‘zgartirishga qonunchilik yoki shartnomada nazarda tutilgan hollarda va shartlarda yo‘l qo‘yiladi.

O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining 2024-yil 15-apreldagi 114-son buyrug‘ining 3-bandida “joriy yildan boshlab ko‘p kvartirali uylarning boshqarish organlari hamda mulkdorlar tomonidan majburiy badallar yoki to‘lovlarning umumiy yig‘ilish orqali yuqoridagi nizom talablariga asosan minimal ishlar ro‘yxatidan kelib chiqib, belgilanishini nazoratga olish” qayd etilgan.

Yuqoridagilarga asosan, majburiy to‘lovlarning miqdorini o‘zgartirish uchun umumiy yig‘ilish o‘tkazilishi va majburiy to‘lovlarning miqdorini o‘zgartirish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilinishi hamda mazkur umumiy yig‘ilish qarorlarida ko‘rsatilgan shartlar asosida har bir mulkdor bilan tuzilgan ko‘p kvartirali uyni boshqarish shartnomasiga tegishli o‘zgartirish kiritilishi lozim (shartnomada shartnoma bahosiga bir tomonlama o‘zgartirish kiritish nazarda tutilgan hollar bundan mustasno).

⚠️ Mazkur tartibga amal qilinmasdan, kompaniya tomonidan majburiy to‘lovlarning miqdori bir tomonlama o‘zgartirilgan bo‘lsa, oshirilgan miqdordagi majburiy to‘lovlarni to‘lashga majbur emassiz.

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://t.me/mehnathuquqi
Xodim 1,5 yilga Koreyaga o’qishga ketmoqda, ish joyini saqlab qolishni imkoni bormi?

#savolimbor Assalomu alaykum, Ustoz bitta masalada maslahatiz kerak edi! Bizada Koreyaga magistarturaga o'qishga kirgan xodimlarimiz bor edi! Ularni o'qish muddati 18 oy ekan.....Shunga ula so'rashayotgan edi....shu o'qish davrida mehnat shartnomasini bekor qilmasdan, ta'tilmi yoki shunga o'xshash holatlar bo'yicha qanaqadur norma bormidi?
Tadbirkorlik va biznes oliy maktabida o'qivotkanda VMQ ga asosan lavozimi va o'rtacha ish haqqi saqlangan holda ta'til berilishi belgilangan edi ?

https://t.me/mehnathuquqi javobi :

Ayrim qonunchilik hujjatlarida o’qish davrida xodimning ish o‘rni (lavozimi) va o‘rtacha oylik ish haqi saqlab qolinishi belgilangan! Masalan, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-iyuldagi 460-son qaroriga 4-ILOVA “Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistraturasiga o‘qishga qabul qilish va uni tashkil etish tartibi to‘g‘risida” Nizomning 9-bandiga ko’ra, magistraturada ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qish davrida magistratura tinglovchilarining egallab turgan ish o‘rinlari (lavozimlari) va o‘rtacha oylik ish haqi saqlab qolinadi https://lex.uz/docs/-4923372#-4924064

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17.05.1996 yildagi 180-son “O‘zbekiston Respublikasi bank-moliya akademiyasining faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida”gi qarori 9-bandiga ko’ra, Akademiyaning magistraturasi, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilari uchun ularning o‘qish davrida asosiy ish joyi bo‘yicha lavozimi va o‘rtacha ish haqi saqlab qolinadi. Boshqa joylardan kelgan tinglovchilarga asosiy ish joyi bo‘yicha o‘qish joyigacha va undan qaytib kelish joyigacha bir martalik yo‘l haqi (bir yilda bir martadan ko‘p emas) to‘lanadi.

❗️Qonunchilik hujjatlarida belgilanmagan holatlardachi? Aytaylik, xodim xorijga o’qishga kirdi? Bu holatda nima qilish mumkin? Bu vaziyatda xodimga MK 240-moddasi bo’yicha ish haqi qisman saqlanadigan ta’til berilishi mumkin❗️

Ish haqi qisman saqlanadigan taʼtilning davomiyligi qanchadan oshmasligi kerak

Аvvalo, bunday taʼtil jamoa kelishuvlarida yoxud jamoa shartnomasida yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, ular mavjud boʼlmaganda esa mehnat shartnomasida nazarda tutiladi va bunday taʼtilning kalendar yil davomidagi eng koʼp davomiyligi belgilanishi mumkin. Ya’ni ushbu ta’tilning maksimal chegarasi belgilanmagan. Ish haqi saqlanmagan ta’tilga chalg’imaslik lozim! Ish haqi saqlanmagan ta’tilning esa maksimal chegarasi bor 3 yoki 6 oy (MK 241-moddasi).

MK 240-moddasi 2-qismiga koʼra, xodimga ish haqi qisman saqlanadigan taʼtil berish va uning davomiyligi toʼgʼrisidagi masala har bir muayyan holda mehnat shartnomasi taraflarining kelishuviga koʼra hal etiladi. Xodimning unga bunday taʼtil berilishiga roziligi ish beruvchiga yozma ariza berish orqali bildiriladi.

Аgar jamoa shartnomasi yoki mehnat shartnomasida ish haqi qisman saqlanadigan taʼtil nazarda tutilmagan boʼlsa xodimga bunday taʼtil berib boʼlmaydimi

Bemalol bersa bo’ladi! Batafsil quyidagi maqolamiz bilan tanishib chiqing👇

Ish haqi qisman saqlanadigan taʼtil va uni berish tartibi (240-modda) hamda rasmiylashtirish masalalari quyidagi maqolamizda tahlil qilingan. Аriza, buyruqdan namunalar keltirilgan https://t.me/mehnathuquqi/7440

👉 Ha aytgancha, MK 104-moddasiga ko’ra, ish beruvchi xodim bilan qo’shimcha kelishuv tuzib, xodimning o‘qishdan keyin shartnomada belgilangan muddatdan kam bo‘lmagan muddatni ishlab berish majburiyati to‘g‘risida qo’shimcha shartlarni kiritib qo’ysa bo’ladi!

👉 Bundan tashqari, MK 348-moddasiga ko’ra, xodim mehnat shartnomasini shartnomada yoki ish beruvchining hisobidan o‘qitish to‘g‘risidagi kelishuvda shartlashilgan muddatdan oldin uzrli sabablarsiz bekor qilingan taqdirda, xodim ish beruvchi uni o‘qitish uchun qilgan, o‘qish vaqti tugaganidan keyin haqiqatda ishlab bermagan vaqtiga mutanosib tarzda hisoblab chiqarilgan xarajatlarning o‘rnini, agar mehnat shartnomasida yoki o‘qitish to‘g‘risidagi kelishuvda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, qoplashi shart.
O'rindoshga ham bolnichniy puli berilishi kerakmi?

#savolimbor Assalomu alaykum.Bizda yarim stavkada ishlaydigan xodim bolnechniga chiqqanedi.Asosiy joyidan mehnatga layoqatsizlik nafaqasini olgan.Lekin bizdan ham olishi kerakligini aytyapdi.Shu tog'rimi.Iltimos asosli qaror yoki yuridik hujjat aytaolasizmi shu bo'yicha.Oldindan rahmat

https://t.me/mehnathuquqi javobi :

Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 18-oktabrdagi 297-son qaroriga ilova "O‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to‘g‘risida"gi Nizomning 18-bandiga ko’ra, o‘rindoshlar o‘rindoshlik asosidagi ish joyi bo‘yicha vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi olish, ayollar esa, bundan tashqari, homiladorlik va tug‘ish nafaqalari olish huquqiga egadir https://lex.uz/docs/-2070161

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 314-son qaroriga 1-ilova “Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqalarni hamda yangi tug‘ilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimga nafaqani tayinlash hamda to‘lash tartibi to‘g‘risida” nizomning 40-bandiga ko’ra, nafaqalar o‘rindoshlik asosidagi (shu jumladan, ichki o‘rindoshlik asosidagi) ish joyi bo‘yicha ham alohida to‘lanadi, sog‘liqni saqlash muassasasi tomonidan berilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi o‘rindoshlik asosidagi ish joyidan nafaqa olish uchun asos hisoblanadi https://lex.uz/docs/-6978570

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://t.me/mehnathuquqi
Nogiron farzandi borlardan daromad solig’i ushlanmaydimi?

#savolimbor Ассалому алайкум Укитувчи болиб ишлайман ногирон фарзандим борлиги учун подаход ушланмасди лекин отписной пулимда 12% олиб колинибти даромат солиги деб Бу канчалик тогри? Жавобингизни кутаман, олдиндан рахмат

https://t.me/mehnathuquqi javobi :

👉 Soliq kodeksining 380-moddasiga ko’ra, bolaligidan nogironligi bo‘lgan, doimiy parvarishni talab etadigan farzandi bilan birga yashab uni tarbiyalayotgan ota yoki onaga daromad solig'i kamaytiriladi. Ya’ni daromadlar qaysi oyda olingan bo‘lsa, o‘sha oyda har bir oy uchun mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1,41 baravari miqdoridagi daromadlar bo‘yicha soliq solishdan ozod etiladi.

👉Masalan, bolaligidan nogironligi bo‘lgan, doimiy parvarishni talab etadigan farzandi bilan birga yashab uni tarbiyalayotgan ota yoki ona 4 million so‘m maosh olsa, mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1.41 baravari miqdori (1 mln 50 ming *1.41= 1 mln 480 ming 500 so‘m) dan 12% daromad solig‘i ushlanmaydi qolgan 2 mln 519 ming 500 so'mdan esa 12% daromad solig‘i ushlanadi, oylik maoshdan boshqa daromadlar yo'q deb tasavvur qilamiz.

💡Ya’ni agar Siz 4 million maosh olsangiz 480 ming so‘m emas, balki taxminan 302 ming daromad solig‘i to‘laysiz.

❗️Demak, xulosa qiladigan bo’lsak, sizning ta’til pulingizning 1 mln 480 ming 500 so‘m qismidan 12% daromad solig‘i ushlanmaydi, undan oshgan qismidan esa soliq ushlanadi! (Diqqat! Ta'tili pulidan boshqa daromadlar yo'q deb tasavvur qilamiz!)

❗️ Bu imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki sog‘liqni saqlash muassasasining doimiy parvarish zarurligini tasdiqlovchi tibbiy ma’lumotnomasi asosida beriladi.
👉 Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasi z-bandiga ko‘ra, bolalikdan nogiron farzandlarning onalari ularni 8️⃣ yoshgacha tarbiyalagan bo‘lsa — ish staji kamida 2️⃣0️⃣ yil bo‘lgan taqdirda umumiy belgilangan yoshni5️⃣yilga qisqartirilgan holda imtiyozli pensiya olish huquqiga egalar.

👉Basharti, ayol o‘gay o‘g‘il va o‘gay qizni ular 8 yoshga to‘lguniga qadar kamida 5️⃣ yil tarbiyalagan bo‘lsa, pensiya tayinlashda ular haqiqiy farzandlar bilan teng ravishda hisobga olinadi.

💡Demak, agar bolalikdan nogiron farzandni 8️⃣ yoshgacha tarbiyalagan onalar, ish staji kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda 50 yoshdan imtiyozli pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar.

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://t.me/mehnathuquqi
#savolimbor? Assalomu aleykum xodim ish haqi saqlanmagan holda berilgan taʼtildan muddatidan oldin ishga chiqmoqchi Mehnat kodeksida ish haqi saqlanmagan holda berilgan taʼtildan chaqirib olish nazarda tutilmagan qanday yoʻl tutgan maʼqul ?

Aloqador moddalar:  MK 232, 241-moddalar

https://t.me/mehnathuquqi audio javobi  📤:
#savolimbor Assalomu aleykum  sentabr oyida farzandli  bolishim kerak.  O'rnimga  apacham  dikret  tatiliga chiqib farzandimga  qarasa boladimi?

Aloqador moddalar: MK 405, 410 - moddalari, VMQ 314

https://t.me/mehnathuquqi audio javobi
  📤:

💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
Dekret puli qachon 75% to'lanadi?

#savolimbor Assalomu alaykum men maktabda laborant boʻlib ishlayman yaqinda dekretga chiqdim va menga ishxonam dekret pulimni 75 % boʻyicha xisoblab tashlab berdi. Meni Voyaga yetmagan 3 nafar farzandim bor 4 chi farzandimga dekretga chiqqanman aslida menga dekretimni voyaga yetmagan 3 nafar farzandim borligi uchun 100 % qilib hisoblab berishi kerak emasmidi. Farzandlarimni metirkasini ham ularga ilova uchun berganman.

https://t.me/mehnathuquqi javobi :

MK 404-moddasiga ko’ra, ayolga tug‘ruqqacha 70 kalendar kun hamda tug‘ruqdan keyin 56 kalendar kun (tug‘ish qiyin kechgan yoxud ikki yoki undan ortiq bola tug‘ilgan taqdirda 70 kalendar kun) homiladorlik va tug‘ish ta’tili berilib, qonunchilikda belgilangan, lekin o‘rtacha oylik ish haqining 75 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda nafaqa to‘lanadi.

⚠️ Diqqat! 👉 Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 314-son qaroriga 1-ilova “Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqalarni hamda yangi tug‘ilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimga nafaqani tayinlash hamda to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 22-bandiga ko’ra, qaramog‘ida 16 yoshga (o‘quvchilar 18 yoshga) yetmagan 3 yoki undan ortiq bolalari bo‘lgan xodimlarga vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi ish stajining davomiyligidan qat’i nazar, o‘rtacha ish haqining 100 foizi miqdorida to‘lanadi.

❗️Demak, e’tibor bering 16 yoshga (o‘quvchilar 18 yoshga) yetmagan 3 yoki undan ortiq bolalari bo‘lgan xodimlarga bolnichniy puli 100% to’lanadi. Dekret pulini 75% yoki 100% to’lash bolalar soniga bog’liq emas, balki xodimning ishga qabul qilingan kundan keyingi stajiga ibog’liq!

👉 Nizomning 35-bandiga ko’ra, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha hamda yangi tug‘ilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimga beriladigan nafaqalar xodim:
ishga qabul qilingan kundan 12 oygacha ish stajiga ega bo‘lganda — o‘rtacha oylik ish haqining 75 foizi;
ishga qabul qilingan kundan 12 oy ortiq ish stajiga ega bo‘lganda — o‘rtacha oylik ish haqining 100 foizi miqdorida to‘lanadi.

👉Etibor bering, umumiy ish staj haqida emas, aynan ishga qabul qilingan kundan keyingi staj haqida gap ketmoqda. Ya’ni aytaylik, 10 yillik ish stajiga ega ayol, boshqa yangi ishga qabul qilindi va oradan 6 oy o’tgach dekretga chiqdi, dekret puli 75 % to’lanadi.

Demak, agar Siz ishga qabul qilingan kundan boshlab 12 oygacha ish stajiga ega bo‘lsangiz, dekret puli 75 % to’lanadi, hattoki 3ta voyaga yetmagan farzandingiz bo’lsada!

Aytaylik, ayol 2024-yil iyul oyida ishga kirdi. 6 oydan so’ng dekretga chiqib ketdi, bu holatda ayolga dekret puli 75% to’lanadi! Endi huddi shu ayol, dekretdan so’ng bola parvarish ta’tiliga chiqib, 2-farzandiga dekretga chiqdi. Bu holatda esa 100% to’lanadi, sababi ayolni ishga qabul qilinganiga 12 oydan oshdi!

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://t.me/mehnathuquqi
#savolimbor Assalomu alaykum, Muhammadamin Ustoz. Xususiy ta’lim tashkilotlaridagi (xususiy universitet, maktab) pedagoglarga ham 56 kun ta’til beriladimi?

https://t.me/mehnathuquqi javobi :

“Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonun 14-moddasi 3-qismida davlat ta’lim tashkilotlarining pedagoglariga davomiyligi ko‘pi bilan 56 kalendar kundan iborat bo‘lgan haq to‘lanadigan har yilgi asosiy uzaytirilgan mehnat ta’tili kafolatlanadi. Ayrimlar mana shu normani asos qilib, nodavlat ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlariga 56 kun berilmaydi, kamida 21 kun bersa ham bo’ladi deyishayotgan bo’lishi mumkin.

Lekin MK 218-moddasiga ko’ra har yilgi asosiy uzaytirilgan ta’tillar ayrim toifadagi xodimlar uchun ham ular mehnat vazifalarining o‘ziga xos jihatlari va xususiyatlariga hamda boshqa holatlarga qarab belgilanadi. Bunday ta’tillar olish huquqiga ega bo‘lgan xodimlarning ro‘yxati va ushbu ta’tillarning davomiyligi qonunchilikda belgilanadi.

Pedagoglar esa yuqori darajadagi his-hayajon, aqliy zo‘riqish, asab tangligi bilan bog‘liq ya’ni alohida tusga ega bo‘lgan ishlardagi ayrim toifadagi xodimlar jumlasiga kiradi! Davlat tashkilotidagi pedagog yuqori darajadagi his-hayajon, aqliy zo‘riqish, asab tangligini boshdan kechiradiku, nodavlatdagilar esa yo'qmi?

MK 501-moddasi (Pedagog xodimlar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari)ga ko’ra, ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlariga haftasiga o‘ttiz olti soatdan ortiq bo‘lmagan ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligi belgilanadi va yillik uzaytirilgan mehnat ta’tili beriladi. Pedagog xodimlar ish vaqtining aniq davomiyligi va yillik uzaytirilgan mehnat ta’tilining davomiyligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha respublika uch tomonlama komissiyasi bilan kelishilgan holda belgilanadi.

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-iyundagi 263-son qarori pedagog xodimlar uchun yillik uzaytirilgan mehnat ta’tili davomiyligi me’yorlarini belgilaydi https://lex.uz/ru/docs/-6516542 Qarorning 1-bandiga ko'ra, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq pedagog xodimlar uchun yillik uzaytirilgan mehnat ta’tili va qo‘shimcha ta’tillar davomiyligi me’yorlarini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 501-moddasida pedagog xodimlar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari sifatida pedagog xodimlar uchun yillik uzaytirilgan mehnat ta’tilining davomiyligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha respublika uch tomonlama komissiyasi bilan kelishilgan holda belgilanishi nazarda tutilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

❗️Diqqat! E’tibor bering, yuqoridagi qonunchilik hujjatlarida ta’lim tashkilotlari davlat yoki nodavlatga ajratilmagan. Ya’ni yuqoridagi yillik uzaytirilgan ta’til bilan bog’liq talablar, nafaqat davlat, balki xususiy ta’lim tashkilotlari(universitet, maktab, maktabgacha ta’lim tashkilotlari va boshqalar)ga ham birdek taalluqli.

Bundan tashqari, "Ta'lim to'g'risida"gi Qonun 3-moddasiga e'tibor bering, unga ko'ra davlat akkreditatsiyasi — davlat ta’lim muassasalari va tashkilotlari, shuningdek nodavlat ta’lim tashkilotlari (bundan buyon matnda ta’lim tashkilotlari deb yuritiladi) faoliyatining davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablariga hamda o‘quv dasturlariga muvofiqligining davlat tomonidan e’tirof etilishi hamda ularning bitiruvchilariga ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatlarni topshirish huquqining taqdim etilishidan iborat jarayon.

Ya'ni "Ta'lim to'g'risida"gi Qonundan kelib chiqsak ta'lim tashkilotlari deyilganda davlat ta’lim muassasalari va tashkilotlari, shuningdek nodavlat ta’lim tashkilotlari ham nazarda tutiladi!

❗️Demak, yuqoridagilardan xulosa qiladigan bo’lsak, nodavlat ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlariga ham 56 kalendar kundan iborat bo‘lgan haq to‘lanadigan har yilgi asosiy uzaytirilgan mehnat ta’tili berilishi kerak!


Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://t.me/mehnathuquqi
#savolimbor Assalomu alaykum. Man 2 ta joyda ishlayman. Iqlim uchun bizlarga ish haqqimizga qo‘shimcha haq to‘laydi. Martgacha to‘ladi 2-ish joyimdan endi to‘lamayapti. So‘rasam 1 ta joydan olasan deyishdi. Shu to‘g‘rimi kimdir biladimi ? Iltimos bilsangiz javob yozing...

https://t.me/mehnathuquqi javobi :

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-sentabrdagi 743-son qaroriga 1-ilova “Tabiiy-iqlim va maishiy sharoitlari og‘ir va noqulay bo‘lgan joylarda ishlovchi xodimlar mehnatiga haq to‘lashga tuman koeffitsiyentlarini, shuningdek, ularga har yili beriladigan qo‘shimcha ta’tilning eng kam muddatini belgilash va qo‘llash tartibi to‘g‘risida”gi nizom mulkchilik shakllaridan qat’i nazar tashkilotlar tomonidan tabiiy-iqlim va maishiy sharoitlari og‘ir va noqulay bo‘lgan joylarda ishlaganlik uchun mehnatga haq to‘lashga tuman koeffitsiyentlarini va yillik qo‘shimcha ta’tillarni belgilash shartlarini tartibga soladi https://lex.uz/docs/-4502806

Niozmning 12-bandiga ko’ra, o‘rindoshlik bo‘yicha ishlaganda ustama faqat asosiy ish joyi bo‘yicha to‘lanadi.

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://t.me/mehnathuquqi
Xodimga 1 yoki 2-guruh nogironlik berilsa, shartnomani bekor qilish kerakmi?

#savolimbor Ассалому алайкум яхшимисизлар. Мен 2023 йил октябр ойидан мехнатга лаекатсизлик варакасидаман суяк сил касаллиги буйича. Менга 2 гурух ногиронлиги белгиланса мехнат фаолиятимни давом эттирсам булади. Иктисодчи булиб ишлайман. Илтимос жавоб берсангиз. Мехнат кодекининг кайси моддасида шу хакида курсатилган.

https://t.me/mehnathuquqi javobi :

MK 423-431-moddalari nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlariga bag’ishlangan! MK 425-moddasiga ko’ra, nogironligi bo‘lgan shaxslar mehnatga oid yakka tartibdagi huquqiy munosabatlarda boshqa xodimlar kabi huquqlarga ega, mehnatni muhofaza qilish sohasida, ish vaqti, ta’tillar va boshqa mehnat shart-sharoitlari borasida esa ular o‘zi uchun qonunchilikda, shuningdek mehnat to‘g‘risidagi boshqa huquqiy hujjatlarda belgilangan qo‘shimcha imtiyozlardan foydalanadi.

“Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonun 42-moddasiga ko’ra, nogironligi bo‘lgan shaxs odatdagi mehnat sharoitlariga ega tashkilotlarda, nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnatidan foydalanuvchi ixtisoslashtirilgan korxonalarda, sexlarda va uchastkalarda ishlashga, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan yakka tartibdagi mehnat faoliyatini yoki boshqa faoliyatni amalga oshirishga haqli.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining 20.11.2023 yildagi 26-son “Sudlar tomonidan mehnat shartnomasini bekor qilishni tartibga soluvchi qonunchilikni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 47-bandiga ko’ra, sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, xodim bajarishi lozim bo‘lgan ishni uddalashidan qat’iy nazar, agar tibbiy xulosaga ko‘ra xodim ushbu ishni bajarishi to‘g‘ri kelmasa yoki mehnat jamoasi a’zolari yoxud ular xizmat qiladigan fuqarolar uchun xavf tug‘dirsagina, mehnat shartnomasini sog‘lig‘i holatiga ko‘ra bekor qilinishiga yo‘l qo‘yiladi.

Agar xodim unga topshirilgan ishni uddalasa, tibbiy xulosaga ko‘ra sog‘lig‘ining yomonlashuvi, shuningdek xodimga nogironlik berilishi, mehnat shartnomasini MK 143-moddasining ikkinchi qismi bilan bekor qilish uchun yetarli sabab bo‘lib hisoblanmaydi.

Sudlar tibbiy xulosada xodimning mehnatga layoqatlilik darajasi qanday belgilanganligini alohida tekshirishlari zarur. Agar berilgan tibbiy xulosada xodim mehnat faoliyatiga to‘liq qobiliyatsiz deb e’tirof etilgan bo‘lsa, mehnat shartnomasi taraflarning xohish-irodasiga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra MK 168-moddasi birinchi qismining 5-bandiga asosan bekor qilinadi.

❗️Demak, yuqoridagilardan xulosa qilsak, xodimga nogironlik berilishi mehnat shartnomasini bekor qilish uchun yetarli sabab bo‘lib hisoblanmaydi. Qachonki agar tibbiy xulosaga ko‘ra xodim ushbu ishni bajarishi to‘g‘ri kelmasa yoki mehnat jamoasi a’zolari yoxud ular xizmat qiladigan fuqarolar uchun xavf tug‘dirsagina, mehnat shartnomasini sog‘lig‘i holatiga ko‘ra bekor qilinishiga yo‘l qo‘yiladi.

Mavzuga aloqador postlarimiz:

Nogironligi bo‘lgan shaxs bilan ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilishga yo‘l qo‘yilmaydimi👉 https://t.me/mehnathuquqi/7444

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://t.me/mehnathuquqi