Mehnat huquqi
26K subscribers
832 photos
151 videos
379 files
3.63K links
🌐Kanal orqali mehnat, pensiya va b. sohalarda:
⚖️Yangiliklaridan xabar topasiz;
✍️Savollaringizga javob olasiz;
🎓Olimlarning ilmiy ishlarini kuzatish mumkin.
💻 Murojaatlar va reklama uchun:
@MehnathuquqimurojaatBot
@MuhammadaminKarimjonov
Download Telegram
#savolimbor Assalomu aleykum ustoz. Bir masalada yordamingiz kerak. Bir xodimamiz tugish tatiliga chiqgan. Muddatidan oldin qaytmoqchi. Shu qonuniymi? Iyulda tatili tugaydi. Chaqirib oladigan bulsak yangi MK buyicha qanday amallarni bajaraman. Iltimos yul yuriq kursating. Moddalarni kursatib javob berasizlar degan shartlarni quymoqda xodim.
P.S. Savolga aloqador moddalar: 404,405, 2667 yo'riqnoma 28-bandi

https://t.me/mehnathuquqi javobi 📤🎧Javob audio shaklda taqdim qilinadi.

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
Forwarded from Oylik bot
Мактабгача ва мактаб таълими педагог ходимлари меҳнатига ҳақ тўлаш бўйича базавий тариф ставкалар миқдори

Батафсил:
➡️ https://idum.uz/ru/archives/16643

——————

Базовые тарифные ставки по оплате труда педагогов государственных образовательных учреждений

Подробно:
➡️ https://idum.uz/ru/archives/16643

🚀 @oylikbot_uz

👉 Ойлик маошни ҳисобловчи бот
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Pensiyaoldi yoshidagilarni qisqarishga tushirish mumkinmi?

#savolimbor До пенсии осталось два года .Меня сокращают.Имеет ли право организация на сокращение. Если пенсионный возраст не подошёл...

P.S. Savolga aloqador moddalar: 161, 164, 165, 167, 173, 100 va "Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to'g'risada"gi Qonun 14-moddasi. Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 7-yanvarda 588-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan yo'riqnoma https://lex.uz/ru/docs/-596542

https://t.me/mehnathuquqi javobi 📤🎧Javob audio shaklda taqdim qilinadi.

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
#savolimbor Устоз, ассалому алайкум.Апрел ойининг 15 саналарида эски ккодекс билан огоҳлантириш берилган ишдан бўшаш бўйича, энди янги кодекс нормалари қўйилиб ишдан бўшатиладими. Туловларчи?

P.S. Savolga aloqador moddalar: 161, 164, 165, 167, 173, 100

https://t.me/mehnathuquqi javobi 📤🎧Javob audio shaklda taqdim qilinadi.

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
#test 📮Xodim mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi arizani pochta jo‘natmasini topshirish haqidagi xabarnoma bilan yuborishga haqli. Bunda mehnat shartnomasini bekor qilish haqidagi ogohlantirish muddatini hisoblab chiqarish...
Anonymous Quiz
38%
ish beruvchi tomonidan ariza olingan sanadan so‘ng keyingi ish kunida boshlanadi.
30%
ish beruvchi tomonidan ariza olingan sanadan so‘ng keyingi kunda boshlanadi.
18%
xodim pochta jo'natmasini yuborgan kunda boshlanadi.
14%
xodim pochta jo'natmasini yuborgan keyingi kunda boshlanadi.
#loyiha 🎼   Ishlab chiqarish korxonalari xodimlarining ish vaqti va dam olish kunlarini mazmunli oʻtkazish hamda madaniy saviyasini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi e'lon qilindi (https://regulation.gov.uz/oz/d/79388)
Unga ko'ra, Respublikada mavjud barcha ishlab chiqarish korxonalariga ish kuni boshlanishi va tugashi paytida milliy kuy va qoʻshiqlar, shu jumladan, maqomning eshitilib turishi amaliyotini yoʻlga qoʻyish tavsiya etiladi. Loyihada tavsiyaviy kuy va qo'shiqlar ro'yxati ham keltirilgan...

Qaror loyihasi muhokamasi 26-mayga qadar davom etadi. Balki, playlistga takliflaring bordir))

P.S. Exxx, yomon alam qiladida...Mehnat qonunchiligida, ayniqsa, ish vaqti bilan bog'liq shuncha muammolar borligida, shu kerakmidi. Undan ko'ra, normal ish vaqtiga rioya qilinishini nazorat qilish haqida bosh qotirish muhimroq emasmidi...

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
Mehnat huquqi
#loyiha 🎼   Ishlab chiqarish korxonalari xodimlarining ish vaqti va dam olish kunlarini mazmunli oʻtkazish hamda madaniy saviyasini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi e'lon qilindi (https://regulation.gov.uz/oz/d/79388) Unga ko'ra, Respublikada…
Ha yana bir gap)) Ishlab chiqarish korxonasi deganda faqat zavod, fabrikalarni tushunmanglar. "Mehnatni muhofaza qilish to'g'risida"gi Qonun 4-moddasiga ko'ra,  ishlab chiqarish faoliyati deganda nafaqat mahsulot ishlab chiqarish, xomashyoni qayta ishlash, balki ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish chog‘ida amalga oshiriladigan harakatlar yig‘indisi ham tushuniladi...

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
#savolimbor Ассалому алайкум. Устоз таьтиллар 56 кундан ошмаслиги керакми?
P.S. Savolga aloqador moddalar: 222

https://t.me/mehnathuquqi javobi 📤🎧Javob audio shaklda taqdim qilinadi.

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
#savolimbor Ассалому алайкум. Устоз ходим таьтилдан чакириб олинса,  таьтил пули кайтариб бериладими?

https://t.me/mehnathuquqi javobi 📤:
 
"Yillik mehnat ta’tili vaqtida saqlanib qolinadigan o‘rtacha ish haqi miqdorini aniqlash tartibi to‘g‘risida"gi 2985 Yo'riqnoma
21-bandiga ko'ra, xodim ta’tildan chaqirib olinsa va ta’tilning qolgan qismi boshqa muddatga ko‘chirilsa, ta’tilning ko‘chirilgan kunlariga to‘g‘ri keladigan to‘langan o‘rtacha ish haqi summasi bajarilgan ish yoki ishlangan vaqt uchun oylik ish haqi hisobiga yoziladi. Ta’tilning foydalanilmagan qismi kunlariga haq to‘lash uchun o‘rtacha ish haqi belgilangan tartibda hisoblab chiqiladi.

Asos: https://lex.uz/docs/-3590278 2985 Yo'riqnoma 21-bandi.

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
#test MK 330-moddasiga ko'ra, boquvchi vafot etganligi munosabati bilan bir yo‘la beriladigan nafaqaning miqdori marhumning o‘rtacha yillik ish haqining ....... baravaridan kam bo‘lmasligi kerak.
Anonymous Quiz
45%
2
24%
4
25%
6
7%
8
#bilasizmi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks 192-1-moddasiga ko'ra (to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazish tartibiga doir talablarga rioya etmaslik)

to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazuvchi shaxs tomonidan mazkur tadbirlarni o‘tkazish tartibiga doir talablarga rioya etmaslik, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari miqdorida (3 million 300 ming so'm) jarima solishga sabab bo‘ladi.

To‘yxonalar, kafe va restoranlarning mansabdor shaxsi tomonidan to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni o‘tkazish tartibiga doir talablarga rioya etmaslik, —
bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ushbu moddaning 2-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

"To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni o‘tkazishni tartibga solish to‘g‘risida"gi Nizom https://lex.uz/ru/docs/-5153833 to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni o‘tkazish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi hamda xalqimizning milliy urf-odatlari, ma’naviyati, madaniyati, an’analari va qadriyatlarini hurmat qilishga, jamoat tartibini saqlashga, fuqarolarning huquqlarini himoya qilishga, oilaviy tadbirlarni o‘tkazishda shuhratparastlik, dabdaba va isrofgarchilikning oldini olishga qaratilgan.

Qaniydi endi mana shu normalar amalda hech bo'lmasa 10% ishlasa bormidi...

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
Dekret puli qanchada to'lanishi kerak?
#savolimbor Assalomu alaykum ustoz xodim dekret ta'til pulini dekretga chiqandan song qancha vaqta olishi kerak shu savolga javob bersangiz. Oldindan katta raxmat.

https://t.me/mehnathuquqi javobi 📤

"Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida" Nizom https://lex.uz/docs/-357102 ( ro'yxat raqami 1136)
103-bandiga ko'ra, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha tayinlangan nafaqalar, shu jumladan sil kasalligi sanatoriylarida davolanish uchun beriladigan nafaqalar ish haqi to‘lash uchun belgilangan muddatlarda to‘lanadi .
Nizomning 104-bandiga ko'ra esa, homiladorlik va tug‘ish nafaqasi tug‘ishdan oldin amalda foydalanilgan kunlarning sonidan qat’i nazar, ta’tilning to‘liq davri uchun bir yo‘la to‘lanadi .

❗️Demak, xulosa qiladigan bo'lsak, homiladorlik va tug‘ish nafaqasi ish haqi to‘lash uchun belgilangan muddatda ta’tilning to‘liq davri uchun bir yo‘la to‘lab beriladi.

❗️MK 253-moddasiga ko'ra esa, xodimlarga ish haqi to‘lash muddatlari jamoa shartnomasida yoki ichki hujjatda, ular mavjud bo‘lmaganda esa mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan muddatlarda belgilanadi va har yarim oyda bir martadan kam bo‘lishi mumkin emas . Xodimlarga oylik ish haqi, qoida tariqasida, 16 kundan ko‘p bo‘lmagan tanaffus bilan ikki qismga bo‘lingan holda (bo‘nakda va qolgan qismi miqdorida) to‘lanadi

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
#savolimbor Assalomu aleykum vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasini hisoblashda xodimning oʻrindoshlik asosidagi ish haqi hisobga olinadimi iltimos asosni aytinglar

https://t.me/mehnathuquqi audio javobi 📤
Aloqador hujjatlar va moddalar. VMQ-297 18-19-bandlari, 2667-yo'riqnoma 19-bandi, MK 432-442

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
Forwarded from Segment.uz
Бугун - якшанба. Дам олиш кунида ишга чиқдингизми?

❗️Сўровнома давлат хизматчилари учун
Anonymous Poll
29%
Ҳа, ишга чақиришди
46%
Йўқ, дам олдим
13%
Якшанба куни ишга чақиришмайди
12%
Шанба ва якшанба анчадан буён оила даврасида ўтяпти