Mehnat huquqi
26.4K subscribers
857 photos
179 videos
383 files
3.78K links
🌐Kanal orqali mehnat, pensiya va b. sohalarda:
⚖️Yangiliklaridan xabar topasiz;
✍️Savollaringizga javob olasiz;
🎓Olimlarning ilmiy ishlarini kuzatish mumkin.
💻 Murojaatlar va reklama uchun:
@MehnathuquqimurojaatBot
@MuhammadaminKarimjonov
Download Telegram
#loyiha Oʼzbekston Respublikasining yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining 393-moddasi talablariga muvofiq ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi bilan kelishilgan holda noqulay mehnat sharoitlariga ega boʼlgan, ayollarning mehnatidan foydalanish cheklanadigan ayrim ishlar roʼyxatini belgilash huquqidan foydalanishga sharoit yaratib berish uchun Oʼzbekiston Respublikasi Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik vazirligi va Sogʼliqni saqlash vazirligi tomonidan va Ijtimoiy-mehnat masalalari boʼyicha respublika uch tomonlama komissiyasi bilan kelishilgan holda noqulay mehnat sharoitlariga ega boʼlgan, ayollarning mehnatidan foydalanish cheklangan ayrim ishlar roʼyxatini tasdiqlash toʼgʼrisida qaror loyihasi ishlab chiqilgan.

Mazkur loyihada ayollarning reproduktiv salomatligini asrash va onkologiya kasalliklarini kelib chiqishini oldini olish maqsadida 21 ta iqtisodiyot tormoqlari boʼyicha mehnat sharoitlari noqulay (zararli va havfli) boʼlgan 95 ta ishlar turi va kasblar roʼyxati tasdiqlanmoqda https://regulation.gov.uz/oz/d/78137
Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
#loyiha O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi tomonidan 1999-yil 15-aprelda 684/04-1-son bilan tasdiqlangan Mehnat shartnomasi alohida asoslarga ko‘ra bekor qilinib, ogohlantirish muddati pullik kompensatsiyaga almashtirilganda xodimlarga moddiy madad berish tartibi haqidagi tushuntirishiga (ro‘yxat raqami 720, 1999-yil 10- may) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin https://regulation.gov.uz/oz/d/78581

1. Birinchi xatboshidagi “102-moddasining birinchi va to‘rtinchi qismlarida” so‘zlari “137-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlari, 146-moddasining birinchi va ikkinchi qismlari, 165-moddasining birinchi va uchinchi qismlari hamda 168-moddasining uchinchi qismida” so‘zlari bilan almashtirilsin.

2. Ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ogohlantirish muddatini pullik kompensatsiyaga almashtirish:
xodim bilan ish beruvchining o‘zaro kelishuvi asosida (137-moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan ogohlantirish paytidan e’tiboran ikki haftalik ogohlantirish muddatini);
boshqa hollarda ish beruvchining xohishi asosida amalga oshiriladi.”

3. Uchinchi xatboshidagi “67-moddasining birinchi va uchinchi” so‘zlari “100-moddasining birinchi va to‘rtinchi” so‘zlari bilan almashtirilsin.

4. To‘rtinchi xatboshidagi “67-moddasi” so‘zlari “100-moddasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
#loyiha 2023-yil 1-may kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zXDP fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda bir qator qonun loyihalari birinchi va ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi. Yig‘ilishda shuningdek, “Pedagog xodimning maqomi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ham atroflicha ko‘rib chiqilib, ma’qullandi.

“Pedagog xodimning maqomi to‘g‘risida”gi qonun loyihasining 21-moddasiga ko’ra (Pedagog xodimlarni ijtimoiy himoya qilish), pedagog xodimlar umumiy belgilangan yoshdan 5 yilga qisqartirilgan holda imtiyozli pensiya olish huquqiga ega.

Qonun loyihasining 28-moddasiga ko’ra, pedagog xodimlar, harbiy akademik litseylar, tarbiya koloniyalari oʼqituvchilari – maxsus ish staji kamida 25 yil boʼlgan taqdirda umumiy belgilangan yoshni 5 yilga qisqartirilgan holda imtiyozli pensiya olish huquqiga ega bo’ladilar.

Demak, agar Qonun qabul qilinsa 25 yillik maxsus stajga ega pedagog xodimlar: erkaklar — 55 yoshga to‘lganda; ayollar — 50 yoshga to‘lganda yoshga doir pensiya olish huquqiga ega bo'lishlari mumkin bo'ladi https://regulation.gov.uz/oz/d/25127

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
#loyiha “Pedagog xodimning maqomi to‘g‘risida”gi qonun loyihasining 18-moddasi 3-qismiga ko’ra, (Pedagog xodimning mehnatiga haq toʼlash), davlat taʼlim tashkiloti pedagog xodimining bazaviy lavozim maoshi bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan kam boʼlishi mumkin emas https://regulation.gov.uz/oz/d/25127

⚠️ Demak, agar Qonun qabul qilinsa davlat taʼlim tashkiloti pedagog xodimining lavozim 3 million 300 mingdan so’mdan kam bo’lmasligi kerak.

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
#loyiha “Pedagog xodimning maqomi to‘g‘risida”gi qonun loyihasining 21-moddasiga ko’ra, davlat taʼlim tashkilotlarining pedagog xodimlariga quyidagilar kafolatlanadi https://regulation.gov.uz/oz/d/25127:

5️⃣6️⃣ ish kunidan iborat yillik haq toʼlanadigan uzaytirilgan taʼtil;

bayram (ishlanmaydigan) kunlari munosabati bilan bir bazaviy lavozim maoshi miqdorida mukofotlar;

uzaytirilgan taʼtil berilganida, kalendar yilda bir marta bazaviy lavozim maoshi miqdorida sogʼligʼini tiklash uchun moddiy yordam.

Tasavvur qilyapsizmi, 9ta bayram (ishlanmaydigan) kunlari (11-noyabr ham qo’shilsa 10ta bo’ladi) munosabati bilan bir bazaviy lavozim maoshi miqdorida, ya'ni eng kamida 3 million 300 ming so’m mukofot kafolatlanmoqda. Ishonish qiyinaaa)) Aksariyat pedagog xodimlar shu vaqtgacha hattoki 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kunida ham mukofot olishmagan. Bundan tashqari, ta’til berilganda eng kamida 3 million 300 ming so’m moddiy yordam. Hozircha jaa xursand bo'lib ketmanglar, Qonun qabul qilinguncha ushbu kafolatlar yo’qolib qolishi ham mumkin)) Agar Qonun loyihasidagi mana shu va boshqa kafolatlar saqlanib qolsa bormi, Abdulla Oripovning o’sha mashhur she’ridagi orzular haqiqatga aylanadi:

Bir kun kelar,
domlalar qadri
Tog' bo'ladi,
osmon bo'ladi.
Bizga kulgan odamlar dardi
Dil tubida armon bo'ladi.

Bir kun kelar,
muallim sho'rlik
Sanab yurmay tiyinlarini,
Daftar, kitob tutar harbiylar,
Tashlab chipor kiyimlarini.

Bir kun kelar,
mashina olar
Domla oylik moyonasiga.
Muallima qirq savat solar
Quda tomon to'yonasiga.

Muallimlar ta'til puliga
Kiz chiqarib, o'g'il uylaydi.
Uylanmagan bo'ydoq domlalar
Qiz tanlashga cho'chib turmaydi.

Bir kun kelar,
G'am chekmas hech kim
Tushligi-yu yo'l kirasiga.
Dam olishga borar domlalar
Ovro'paning Fransiyasiga.

Bir kun kelar,
domlani hamma
Qadri baland zot deb biladi.
Go'daklar ham prokurorlikmas,
Domlalikni orzu qiladi.

"Qachon kelar o'sha kun?"-dersiz,
Sabr qiling,
sal shoshmay turing.
O'sha kunlar yetib kelguncha
Qadringizni ehtiyot qiling!
Qalbingizni ehtiyot qiling!

Abdulla Oripov

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
#loyiha “Pedagog xodimning maqomi to‘g‘risida”gi qonun loyihasining 24-moddasiga ko’ra, oliy maʼlumotga ega boʼlmagan ammo taʼlim tashkilotlarida kamida 5 yil ish stajiga ega pedagog xodim kirish test sinovlarisiz, toʼlov-kontrakt asosida va qabul parametrlaridan tashqari oliy taʼlim muassasasining pedagogika yoʼnalishi boʼyicha sirtqi, kechki va masofaviy taʼlim shakliga suhbat asosida oʼqishga qabul qilinadi https://regulation.gov.uz/oz/d/25127

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
#loyiha 🎼   Ishlab chiqarish korxonalari xodimlarining ish vaqti va dam olish kunlarini mazmunli oʻtkazish hamda madaniy saviyasini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi e'lon qilindi (https://regulation.gov.uz/oz/d/79388)
Unga ko'ra, Respublikada mavjud barcha ishlab chiqarish korxonalariga ish kuni boshlanishi va tugashi paytida milliy kuy va qoʻshiqlar, shu jumladan, maqomning eshitilib turishi amaliyotini yoʻlga qoʻyish tavsiya etiladi. Loyihada tavsiyaviy kuy va qo'shiqlar ro'yxati ham keltirilgan...

Qaror loyihasi muhokamasi 26-mayga qadar davom etadi. Balki, playlistga takliflaring bordir))

P.S. Exxx, yomon alam qiladida...Mehnat qonunchiligida, ayniqsa, ish vaqti bilan bog'liq shuncha muammolar borligida, shu kerakmidi. Undan ko'ra, normal ish vaqtiga rioya qilinishini nazorat qilish haqida bosh qotirish muhimroq emasmidi...

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
#loyiha “Mehnat daftarchalarini yuritish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi burug’i loyihasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylangan https://regulation.gov.uz/oz/d/80310

Loyiha 19-may sanasida portalga joylangan. Muhokamasi 3-iyun sanasida tugallanadi. Hozircha birorta taklif berilmagan. Ko’rishlar soni 30 ta.

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
#loyiha Ma’muriy binolarning qorovullari va ushbu binolardagi xizmat xonalari farroshlar shtat birligi sonini belgilashning tarmoqlararo namunaviy normasini tasdiqlash haqidagi O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi burug’i loyihasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylangan https://regulation.gov.uz/oz/d/80697
Uzluksiz kecha-kunduz (24 soat) tashkil etilgan bitta postda ishlashi uchun qorovullarning shtatlar soni quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:

N=(7*24):40

Bunda:

N – kecha-kunduz 1 postga to‘g‘ri keladigan qorovullar soni;

7 – bir haftadagi kular soni;

24 – bir kundagi soatlar soni;

40 – normal ish vaqti.

Hisoblash uchun misol: tashkilotda kecha-kunduz ishlaydigan bitta xavfsizlik posti mavjud. Bir haftada 7 kun mavjud, bir kunda 24 soat mavjud, bir haftada (7*24=168) soat mavjud, bir haftadagi jami soatlar normal ish vaqti (40 soat)ga bo‘linadi (168:40=4,2),shunda N=4,2. Yaxlitlash bilan bitta post uchun 4,5 shtat birligini tashkil etadi.

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
#loyiha To‘liq moddiy javobgarlik to‘g‘risida o‘zi bilan yozma shartnomalar tuzilishi mumkin bo‘lgan xodimlar egallaydigan lavozimlar va ishlarning NAMUNAVIY RO‘YXATIni tasdiqlash haqidagi O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi burug’i loyihasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylangan https://regulation.gov.uz/oz/d/82149

⚠️ Diqqat! Xodim bilan to‘liq yakka tartibdagi moddiy javobgarlik yoki jamoaning (brigadaning) to‘liq moddiy javobgarligi to‘g‘risida shartnoma tuzish bo‘yicha tavsiyalar, ushbu shartnomalarning namunaviy shakli tasdiqlanganligi haqida avval xabar bergan edik 👉 https://t.me/mehnathuquqi/5037

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
“Судлар_томонидан_меҳнат_шартномаси_контрактини_бекор_қилишни_тартибга.docx
90 KB
#loyiha ⚠️ Диққат! Диққат! Диққат!

Меҳнат қонунларининг тўғри ва бир хилда қўлланилишини таъминлаш ва меҳнат низоларини кўришда судларда вужудга келадиган масалаларни тушунтиришда 17.04.1998 йилдаги 12-сон Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг қарори (https://lex.uz/docs/1444779) муҳим ўрин тутади. Лекин Янги Меҳнат кодекси қабул қилингач, ушбу пленум қарори ҳам янгиланиши лозим эди.

📍 Эътиборингизга Янги Меҳнат кодекси қабул қилиниши муносабати билан меҳнат қонунларининг тўғри ва бир хилда қўлланилишини таъминлаш ва меҳнат низоларини кўришда судларда вужудга келадиган масалаларни тушунтириш мақсадида ишлаб чиқилаётган “Судлар томонидан меҳнат шартномаси (контракти)ни бекор қилишни тартибга солувчи қонунларнинг қўлланиши ҳақида”ги Олий суди Пленумининг қарори лойиҳаси тақдим қилинмоқда. Бефарқ бўлманг!

📤 Таклифларингизни plenum.oliy@sud.uz электрон почта манзилига ворд вариантда юборишингиз мумкин.

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://t.me/mehnathuquqi
#plenumgataklif Dam olish nafaqasi nima???
Plenum qarori loyihasining (https://t.me/mehnathuquqi/5635) 23-bandida “dam olish nafaqasi” tushunchasi ketgan: Ish beruvchi MK 165-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan xodimni ogohlantirish muddatini ogohlantirish muddatining davomiyligiga muvofiq keladigan pullik kompensatsiya bilan almashtirishga haqlidir. Mehnat shartnomasini bekor qilish haqida ogohlantirish oʼrniga xodimga pul kompensatsiyasi toʼlanganlik mehnat shartnomasini bekor qilishda xodimga beriladigan boshqa xil toʼlovlarni (foydalanilmagan taʼtil uchun kompensatsiya toʼlash, dam olish nafaqasi, MKning 100-moddasiga binoan ishga joylashish muddatida oʼrtacha ish haqi saqlash va b.) berishdan ish beruvchini ozod qilmasligiga sudlarning eʼtibori qaratilsin.
Aslida mehnat qonunchiligida bunday tushuncha yo’q. Sizlarga bu tushuncha qayerdan paydo bo’lib qolganligini aytaymi)) Aslida bu yerda Mehnat kodeksi 173-moddasidagi “ishdan bo’shatish nafaqasi” tushunchasi qo’llanilishi kerak edi. Ruschada esa bu tushuncha “Выходное пособие” deyiladi. Shu joyida “google tarjimon” salgina xato qilgan degan yaxshi gumondamiz)) Demak, shunda plenum qarori ruschada yozilib o’zbek tiliga tarjima qilinganmi yoki…

P.S. Lekin qolgan o’rinlarda “ishdan bo’shatish nafaqasi”tushunchasi ishlatilgan.

Plenum qarori 23-bandidagi “dam olish nafaqasi”ni “ishdan bo’shatish nafaqasi” tushunchasiga o’zgartirish lozim.

Tarjima bilan bog’liq bunday qo'pol xatoliklarga ko’nikib ham qoldik. Hattoki Amaldagi Mehnat kodeksida ham o’ta jiddiy qo’pol xatolar bor. Batafsil:

https://t.me/mehnathuquqi/5138
https://t.me/mehnathuquqi/4497

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
#plenumgataklif 143-modda 2-qismmi yoki 155-modda 2-qism 8-bandmi?

Plenum qarori loyihasining (https://t.me/mehnathuquqi/5635) 44-bandiga ko’ra, MKning 143-moddasiga asosan ish beruvchi boʼsh (vakant) ish oʼrni mavjud boʼlgan taqdirda, sogʼligʼining holatiga koʼra, tibbiy xulosaga muvofiq yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarining taʼsirini istisno etadigan, sogʼligʼining holati boʼyicha qarshi koʼrsatma boʼlmagan ishga doimiy oʼtkazishga muhtoj boʼlgan xodimni uning roziligi bilan shunday ishga oʼtkazishi shart.
Xodim MK 143-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan boshqa ishga oʼtkazilishni rad etgan taqdirda, shuningdek agar ish beruvchida xodim sogʼligʼi holati boʼyicha qarshi koʼrsatma boʼlmagan boshqa ish boʼlmasa, xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi xodim sogʼligʼi holati boʼyicha qarshi koʼrsatma boʼlmagan boshqa ishga oʼtkazilishni rad etganligi yoxud ish beruvchida tegishli ish boʼlmaganligi munosabati bilan xodimga ishdan boʼshatish nafaqasi toʼlangan hamda 100-moddasida nazarda tutilgan kafolatlar taqdim etilgan holda MK 155-moddasi ikkinchi qismining 8-bandiga bekor qilinishi mumkin.

Aslida arzimasdek masala bo’lib ko’rinishi mumkin, lekin ertaga bu katta “boshog’riqlarni” keltirib chiqaradi. Masalan, kadr buyruqda mehnat shartnomasini bekor qilish asosi sifatida “143-modda 2-qism”ni ko’rsatgan, lekin tekshiruvchi organ keladida yo’q “155-modda 2-qism 8-band”ni ko’rsatishing lozim, Plenumda shunday deyilgan deydi.
Aslida kadr “143-modda 2-qism”ni ko’rsatib to’g’ri qilgan. Buni quyidagicha asoslaymiz. MK 144-moddasi 2-qismi yoki 269-modda 2-qismidagi quyidagi jumlalarga e’tibor bering: “…xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi ushbu Kodeks 143-moddasining ikkinchi qismi bilan bekor qilinsa…”. Ya’ni MK ning o’zida ham shartnomani bekor qilish asosi sifatida 143-modda 2-qismiga havola berilyapti 155-modda 2-qism 8-bandiga emas. Plenum qarori loyihasida esa aksincha bo’lyapti. Huddi shu holat, plenum qarori loyihasidagi mehnat shartnomasini bekor qilishning quyidagi moddalariga ham taalluqli 137 (42-band), 156 (41-band), 169 (52-band).

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
#plenumgataklif МК 157-моддаси ва 160-моддаси 4-қисмини қўллаш билан боғлиқ тушунмовчилик юзасидан...

Пленум қарори лойиҳасининг (https://t.me/mehnathuquqi/5635) 20-банди 6-хатбошисига кўра, меҳнат шартномаси ходимнинг ташаббусига кўра ўн тўрт календарь кун огоҳлантириш муддати тугагунга қадар ҳам иш берувчи билан ходимнинг келишувига кўра бекор қилиниши мумкин. Қонунда белгиланган ёки тарафлар келишувига кўра қисқартирилган огоҳлантириш муддати ўтмасдан ходимнинг розилигисиз меҳнат муносабатларини бекор қилиш ушбу меҳнат шартномасини бекор қилишни ғайриқонуний деб топишга ва ходимнинг аввалги ишига тиклаш ҳақидаги талабини қаноатлантиришга асос бўлади. Ходимнинг огоҳлантириш муддати ўтмасдан ўзбошимчалик билан ишни ташлаши у томонидан меҳнат мажбуриятларини бузиш деб баҳоланади.

Ушу хатбошини қуйидагича таҳрир қилишни таклиф қиламиз: Меҳнат шартномаси ходимнинг ташаббусига кўра ўн тўрт календарь кун огоҳлантириш муддати тугагунга қадар ҳам иш берувчи билан ходимнинг келишувига кўра бекор қилиниши мумкин. Қонунда белгиланган ёки тарафлар келишувига кўра қисқартирилган огоҳлантириш муддати ўтмасдан ходимнинг розилигисиз меҳнат муносабатларини бекор қилиш ушбу меҳнат шартномасини бекор қилишни ғайриқонуний деб топишга ва ходимнинг аввалги ишига тиклаш ҳақидаги талабини қаноатлантиришга асос бўлади. Ходимнинг огоҳлантириш муддати ўтмасдан ўзбошимчалик билан ишни ташлаши у томонидан меҳнат мажбуриятларини бузиш деб баҳоланади. Бу ҳолатда меҳнат шартномасига алоҳида қўшимча келишув тузиш талаб этилмайди.

📍 Масалан, ходим бугундан 27-сентабрдан у билан тузилган меҳнат шартномасини бекор қилишни сўради. Иш берувчи ҳам рози. Ходимнинг аризасига иш берувчи розиман деб қайд қилади. Бўлди, тамом. Бу ҳолатда алоҳида қўшимча келишув тузиш шарт эмас

Бироқ амалиётда МК 157 моддаси ва 160-моддаси 4-қисмини қўллаш билан боғлиқ жуда кўп тушунмовчиликлар бўлмоқда. Меҳнат қонунчилиги талабларига риоя этилиши устидан давлат назорати ва текширувини амалга оширувчи органлар ҳам аксарият ҳолатларда ходим ва иш берувчи ўртасидаги келишувга кўра меҳнат шартномаси огоҳлантириш муддати тугашига қадар бекор қилинганда (МК 160-моддаси 4-қисми) қўшимча келишув тузилмаган деб асоссиз эътирозлар билдиришмоқда.
#mavzu №4 Assalomu alaykum, hurmatli kanalimiz obunachilari!

🔰 Kanalimiz jamoasi Sizga Mehnat huquqi fanidan mavzulashtirilgan ma’lumotlarni berib bormoqda.

🖐 Mazkur haftadagi 4- mavzu “Mehnat shartnomasini bekor qilishning umumiy asoslari. Xodim tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish” deb nomlanadi.

📚 O’qish tavsiya etiladigan qonun hujjatlari:

✔️1. Mehnat kodeksi (155-160-moddalar) https://lex.uz/docs/-6257288#-6261386

✔️2. Fuqarolik kodeksi (49-50) https://lex.uz/docs/-111189

✔️3. Oila kodeksi (138-moddasi) https://lex.uz/docs/-104720

✔️4. “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonun (64-moddasi) https://www.lex.uz/docs/-26477#-27379

✔️5. “Muayyan huquqdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash tariqasidagi jazolarning ijrosini tashkil etish hamda shartli hukm qilingan shaxslar ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi” Yo’riqnomaning 13-bandi https://www.lex.uz/docs/-3323415

✔️6. “Kadrlarni davlat grantlari asosida maqsadli tayyorlash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom https://lex.uz/docs/-755838

✔️7. “Muqobil xizmatni tashkil etish va O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining uni o‘tashi tartibi to‘g‘risida”gi Nizom 18-19-bandlari https://lex.uz/docs/-243740

✔️8. “Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida” Nizomning 11-bandi https://lex.uz/docs/-357102

✔️9. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 12-sonli “Sudlar tomonidan mehnat shartnomasi (kontrakti)ni bekor qilishni tartibga soluvchi qonunlarning qo‘llanilishi haqida”gi qarori 14-15, 40, 45-bandlari https://lex.uz/docs/-1444779

“Sudlar tomonidan mehnat shartnomasi (kontrakti)ni bekor qilishni tartibga soluvchi qonunlarning qo‘llanilishi haqida”gi Oliy sud Plenum qarori loyihasining https://t.me/mehnathuquqi/5635 17-20-bandlari

✔️10. Idoraviy mansubligi, mulkchilik va xo‘jalik yuritish shakllaridan qat’i nazar, korxona, muassasa, tashkilot ichki mehnat tartibining namunaviy qoidalari (ro‘yxat raqami: 746, 14.06.1999-y.) 2.23 — 2.28-bandlari https://www.lex.uz/docs/-811392

📚O’qish tavsiya etiladigan maqolalar:

✔️1. Toshkent davlat yuridik universiteti Mehnat huquqi kafedrasi katta o‘qituvchisi Muhammadamin Karimjonovning ushbu maqolasida mehnat shartnomasini taraflarning kelishuvi (MK 157-moddasi)ga ko‘ra bekor qilishning o'ziga xos jihatlari tahlil qilingan. 🔗 Shuningdek, maqolada mehnat shartnomasini taraflarning kelishuvi bilan bekor qilish toʼgʼrisidagi qo'shimcha kelishuv va buyruqdan namunalar keltirilgan. Ko'pchilikning taklif va istaklaridan kelib chiqib, maqola kirill yozuvida tayyorlangan https://t.me/mehnathuquqi/5651

🎬Ko'rish uchun tavsiya etiladigan video:
Mehnat kodeksining 155-160-moddalari tahlili
https://youtu.be/iVmZ6ZV25u0?si=Pt0BoZRU9vhxhmHz

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://t.me/mehnathuquqi
#loyiha “Oliy taʼlim tashkilotlariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi toʼgʼrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylangan https://lex.uz/docs/-973497
Oliy taʼlim tashkilotining kafedra mudiri, professor, dotsent, katta oʼqituvchi, oʼqituvchi (assistent), oʼqituvchi-stajyor lavozimi Nizomga muvofiq tanlov asosida 3 yil (izoh: amaldagi qonunchilik bo’yicha 5 yil )muddatga egallanadi.
3 yillik muddat tamom boʼlgandan keyin koʼrsatib oʼtilgan lavozimlar boʼyicha Nizomga muvofiq tanlov oʼtkaziladi.

⚠️ Diqqat! Hozirda Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-fevraldagi 20-son qaroriga ilova “Oliy ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida” nizom oliy ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni (professor-o‘qituvchilar tarkibini) tanlov asosida ishga qabul qilish tartibini belgilaydi https://lex.uz/docs/-973497

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
#loyiha “Oliy taʼlim tashkilotlariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi toʼgʼrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasiga ko’ra https://lex.uz/docs/-973497

Quyidagi shaxslarga pedagog sifatida faoliyat olib borish taqiqlanadi:

tegishli maʼlumoti va kasb tayyorgarligi boʼlmagan;

sudning qaroriga asosan muayyan huquqdan mahrum qilingan;

sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb eʼtirof etilgan;

psixiatriya yoki narkologiya muassasalarida hisobda turgan;

pedagoglik faoliyatini amalga oshirishga toʼsqinlik qiladigan kasallikka chalingan.

Mazkur bandning ikkinchi, toʼrtinchi va beshinchi xatboshilarida keltirib oʼtilgan holatlar bartaraf etilganda pedagog sifatida faoliyat olib borishiga ruxsat beriladi.

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi