Mehnat huquqi
28.7K subscribers
901 photos
218 videos
393 files
4.01K links
🌐Kanal orqali mehnat, pensiya va b. sohalarda:
⚖️Yangiliklaridan xabar topasiz;
✍️Savollaringizga javob olasiz;
🎓Olimlarning ilmiy ishlarini kuzatish mumkin.
💻 Murojaatlar va reklama uchun:
@MehnathuquqimurojaatBot
@MuhammadaminKarimjonov
Download Telegram
#bilasizmi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks 192-1-moddasiga ko'ra (to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazish tartibiga doir talablarga rioya etmaslik)

to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazuvchi shaxs tomonidan mazkur tadbirlarni o‘tkazish tartibiga doir talablarga rioya etmaslik, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari miqdorida (3 million 300 ming so'm) jarima solishga sabab bo‘ladi.

To‘yxonalar, kafe va restoranlarning mansabdor shaxsi tomonidan to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni o‘tkazish tartibiga doir talablarga rioya etmaslik, —
bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ushbu moddaning 2-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

"To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni o‘tkazishni tartibga solish to‘g‘risida"gi Nizom https://lex.uz/ru/docs/-5153833 to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni o‘tkazish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi hamda xalqimizning milliy urf-odatlari, ma’naviyati, madaniyati, an’analari va qadriyatlarini hurmat qilishga, jamoat tartibini saqlashga, fuqarolarning huquqlarini himoya qilishga, oilaviy tadbirlarni o‘tkazishda shuhratparastlik, dabdaba va isrofgarchilikning oldini olishga qaratilgan.

Qaniydi endi mana shu normalar amalda hech bo'lmasa 10% ishlasa bormidi...

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
Forwarded from Soliq qo‘mitasi
#bilasizmi #deklaratsiya

Ta'lim uchun yo‘naltirilgan mablag‘lardan daromad soligʻini masofadan qaytarib olish mumkin

👩‍🎓 "Kontrakt", nodavlat maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda ipoteka kreditlari uchun yo‘naltirilgan mablag‘dan 12% daromad solig‘ini qaytarib olishda soliq organlariga tashrif buyurmasdan, my3.soliq.uz orqali shartnoma va toʻlov hujjatlarini biriktirgan holda deklaratsiya yuborish mumkin.

“Soliq deklaratsiyalarini yuborish” elektron xizmatida foydalanuvchining ish haqi va boshqa daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar avtomatik shakllanadi.

Jismoniy shaxslarning quyidagilar uchun yoʻnaltirilgan daromadlaridan 12% miqdorida daromad soligʻini masofadan qaytarib olish mumkin:
▫️kontrakt;
▫️nodavlat maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlari;
▫️ipoteka kreditlari.

Bu haqda batafsil videoqoʻllanmada tanishing

❗️Deklaratsiya elektron raqamli imzodan foydalangan holda yuboriladi.

Elektron raqamli imzo olish bo‘yicha videoqo‘llanma

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#Bilasizmi

Qisqarishga tushgan psixolog, kutubxonachi hamda laborantlar endi qanday harakat qilishi kerak?


Hozirgi kunda umumta’lim muassasalaridagi psixolog, kutubxonachi hamda laborant lavozimlari qisqarishga tushganligi uchun xodimlarga ogohlantirish xatlari berish boshlangan bo‘lishi mumkin.

Shu sababli, bugungi maqolamizda qisqarishga tushayotgan xodimlar uchun mehnat qonunchiligida qanday imtiyoz va kafolatlar borligiga batafsil to‘xtalib o‘tdik.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/839

Telegram I Facebook I YouTube