Mehnat huquqi
26.2K subscribers
842 photos
161 videos
382 files
3.71K links
🌐Kanal orqali mehnat, pensiya va b. sohalarda:
⚖️Yangiliklaridan xabar topasiz;
✍️Savollaringizga javob olasiz;
🎓Olimlarning ilmiy ishlarini kuzatish mumkin.
💻 Murojaatlar va reklama uchun:
@MehnathuquqimurojaatBot
@MuhammadaminKarimjonov
Download Telegram
#test Xodim mast holatda dastgohni buzib qo‘ydi va 20 million miqdorda tashkilotga zarar yetkazdi. Bu holatda xodim yetkazilgan zararni...
Anonymous Quiz
3%
2 oylik ish haqi miqdorida qoplaydi
7%
3 oylik ish haqi miqdorida qoplaydi
40%
o‘rtacha oylik ish haqi miqdorida qoplaydi
51%
to‘liq qoplaydi
#konvensiya
C005 - Minimum Age (Industry) Convention, 1919 (No. 5)
O`n to`rt yoshga to`lmagan bolalar faqat bitta oila a`zolari ishlaydigan korxonadan tashqari biron bir davlat yoki xususiy sanoat korxonasida yoki ularning biron bir tarmog`ida ishga joylashtirilmaydi yoki ishlamaydi. Ushbu Konvensiya qoidalarining bajarilishini ta`minlash uchun sanoat korxonasining har bir ish beruvchisi o`zining qo`l ostida ishlayotgan o`n olti yoshga to`lmagan barcha shaxslar va ularning tug`ilgan sanalari reyestrini yuritishi shart.

Mazkur konvensiyaning to`liq matni bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.
https://www.ilo.org/dyn/normlex/en/f?p=NORMLEXPUB:12100:::NO:12100:P12100_ILO_CODE:C005:NO
Konvensiya matnini o`zbek yoki boshqa tilga o`girib, o`qish uchun bu yerga kiring.
https://translate.google.com/?hl=ru&sl=en&tl=uz&op=translate

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang
https://t.me/mehnathuquqi
#savolimbor
Ассалому алайкум! Мурожаатимнинг мазмуни шундан иборатки мен Олий таълим муассасасида иккинчи мутахассислик бўйича таълим оламан. Олий таълим муассасасининг чақирув қоғози асосида бир ойлик ўқиш учун иилаётган ташкилотда таътилга чиқсам менга ойлик маошимга устама ҳаққи тўланадими жавоб учун олдиндан рахмат.

🔰Javob
Mehnat kodeksining 256-moddasiga asosan, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida ta’lim olayotgan xodimlarga laboratoriya-imtihon sessiyasida qatnashish davrida quyidagi tartibda:
birinchi va ikkinchi kursda ta’limning kechki shaklida oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olayotganlarga har yili kamida yigirma kalendar kun,
o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida ta’lim olayotganlarga har yili kamida o‘n kalendar kun,
oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida sirtdan ta’lim olayotganlarga esa, har yili kamida o‘ttiz kalendar kun;
uchinchi va undan keyingi kursda ta’limning kechki shaklida oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olayotganlarga har yili kamida o‘ttiz kalendar kun,
o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida ta’lim olayotganlarga har yili kamida yigirma kalendar kun,
oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida sirtdan ta’lim olayotganlarga esa, har yili kamida qirq kalendar kun;
oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida bitiruv imtihonlarini topshirish davrida kamida o‘ttiz kalendar kun;
diplom loyihasini (ishini) tayyorlash va yoqlash davrida oliy o‘quv yurti talabalariga to‘rt oy, o‘rta maxsus o‘quv yurti talabalariga esa ikki oy muddat bilan o‘rtacha oylik
ish haqi saqlangan holda qo‘shimcha ta’tillar beriladi.

O‘zbe
kiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligining 2018-yil 28-fevraldagi 8-q/q, 47-son qarori bilan tasdiqlangan "Yillik mehnat ta’tili vaqtida saqlanib qolinadigan o‘rtacha ish haqi miqdorini aniqlash tartibi to‘g‘risida"gi yo'riqnomaga asosan, o‘rtacha ish haqi miqdorini hisoblab chiqishda qonunchilik hujjatlariga muvofiq sug‘urta badallarini (davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha badallarni) hisoblashdagi barcha to‘lovlar hisobga olinadi.
Yuqoridagilardan xulosa qilish mumkinki, sizga ta'til paytingizda o'rtacha oylik ish haqingiz miqdorida pul to'lanadi.

Murojaatlar uchun: @MehnathuquqimurojaatBot Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang
@mehnathuquqi
#test Agar Mehnat kodeksida boshqacha holat nazarda tutilmagan bo‘lsa, xodim yetkazilgan zarar uchun.... moddiy javobgar bo‘ladi.
Anonymous Quiz
56%
to'liq
31%
o‘zining o‘rtacha oylik ish haqi miqdori doirasida
9%
o‘zining 3 oylik ish haqi miqdori doirasida
4%
o‘zining 1yillik ish haqi miqdori doirasida
#lekinbufakt
Bugun Xalqaro oilalar kuni
International Day of Families 15 May


🇺🇳 Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1993 yildagi A/RES/47/237-sonli rezolyutsiyasi bilan har yili 15-may Xalqaro oilalar kuni sifatida nishonlanadi.

Bitta yaxshi, bitta yomon xabar:
👉1995-yilda jahon mamlakatlarining 89 foizi ayollarga homiladorlik va tug’ish ta’tilini taklif qilgan bo’lsa, 2015-yilda 96 foiz mamlakatda ayollar mazkur turdagi ta’tillarni olish huquqiga egadirlar.
👉Jahonda uysiz oilalar soni oshmoqda. Ba’zi Yevropa mamlakatlarida umumiy uysiz aholining 20 foizdan oshiqrog’i boshpanasiz oilalar hisobiga to’g’ri kelmoqda.

💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇
@mehnathuquqi
#test Xodimning vafoti munosabati bilan bir yo‘la beriladigan nafaqaning miqdori, marhumning necha yillik o‘rtacha ish haqidan kam bo‘lishi mumkin emas.
Anonymous Quiz
41%
1
33%
3
20%
6
6%
7
#konvensiya
C006 - Night Work of Young Persons (Industry) Convention, 1919 (No. 6)
O`n sakkiz yoshga to`lmagan yoshlar tungi vaqtda biron-bir davlat yoki xususiy ishlab chiqarish korxonasida yoki uning biron bir tarmog`ida, faqat bitta oila a`zolari ishlaydigan korxonadan tashqari, tungi vaqtda ishga joylashtirilmaydi, bundan keyin nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. O`n olti yoshga to`lgan yoshlar quyidagi ishlab chiqarish korxonalarida jarayonning o`ziga xos xususiyatiga ko`ra kechayu kunduz uzluksiz olib borilishi zarur bo`lgan ishlarda tungi vaqtda ishga olinishi mumkin: temir va po`lat ishlab chiqarish; shisha buyumlar; qog`oz ishlab chiqarish;
xom shakar ishlab chiqarish; oltin qazib olishni qisqartirish bo`yicha ishlar.

Mazkur konvensiyaning to`liq matni bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.
https://www.ilo.org/dyn/normlex/en/f?p=NORMLEXPUB:12100:::NO:12100:P12100_ILO_CODE:C006:NO
Konvensiya matnini o`zbek yoki boshqa tilga o`girib, o`qish uchun bu yerga kiring.
https://translate.google.com/?hl=ru&sl=en&tl=uz&op=translate

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang
https://t.me/mehnathuquqi
#qonunbilan 🚫Trikotaj va tikuvchilik ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalariga
(https://lex.uz/docs/-2230759) ko’ra,
🧶Trikotaj va tikuvchilik ishlab chiqarishi bilan shug‘ullanuvchi barcha tashkilotlarda havo harorati yengil jismoniy ishda 21 С, o‘rtacha og‘ir ishda 17 С va og‘ir ishda 16 С dan past bo‘lmasligi kerak.
📛Xodimlarning isinishi uchun xonalardagi harorat 22 С dan kam bo‘lmasligi kerak.
✔️Isinish xonalarigacha bo‘lgan masofa binolarda joylashgan ish joylaridan 75 m dan, bino tashqarisidagi ish joylaridan esa 150 m dan ko‘p bo‘lmasligi lozim.

P.S Shu qog'ozdagi qoidalar amalda qanchalik ishlar ekan...😊

Telegram kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇👇👇
@mehnathuquqi
#qonunbilan Pensiya tayinlash muddatlarini bilasizmi?

O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunining 47-moddasiga ko’ra👇

Pensiyalar:

a) yoshga doir pensiya
— agar pensiya olish huquqi paydo bo‘lgan kundan boshlab 6️⃣0️⃣ kun ichida uni so‘rab murojaat etilgan bo‘lsa, pensiya yoshiga to‘lgan kundan e’tiboran tayinlanadi. Ushbu pensiya umrbod tayinlanadi;

b) nogironlik pensiyasi — agar nogironlik belgilangan kundan boshlab 6️⃣0️⃣ kun ichida pensiya so‘rab murojaat etilgan bo‘lsa, TMEK nogironlikni belgilagan kundan e’tiboran tayinlanadi. Ushbu pensiya butun nogironlik davri uchun tayinlanadi. 60 yoshdan oshgan erkak va 55 yoshdan oshgan ayol nogironlarga — nogironlik pensiyalari umrbod tayinlanadi. Ana shu nogironlarni qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish faqat ularning arizasiga binoan amalga oshiriladi;

v) boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi — pensiya olish huquqi paydo bo‘lgan kundan boshlab, lekin pensiya tayinlanishi uchun murojaat etishdan oldingi 6️⃣ oydan oshmagan muddatdan e’tiboran tayinlanadi. Pensiya ushbu Qonunning 19-moddasiga muvofiq marhumning oila a’zosi mehnatga qobiliyatsiz deb hisoblangan butun davr uchun, oilaning: erkaklar — 60 yoshga, ayollar — 55 yoshga to‘lgan a’zolari uchun esa — umrbod tayinlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi hududida belgilangan tartibda karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi va tarqalishi munosabati bilan cheklovchi choralar (karantin) joriy etilganda, agar fuqarolar cheklovchi choralar (karantin) davrida yoki ular tugatilgandan keyin pensiya tayinlashni so‘rab bir oy ichida murojaat qilgan bo‘lsa, ularga pensiya uni olish huquqi yuzaga kelgan kundan e’tiboran tayinlanadi.

Boshqa barcha hollarda pensiya murojaat etilgan kundan e’tiboran tayinlanadi.

Bir pensiyadan boshqasiga o‘tkazish pensioner tegishli ariza va barcha zarur hujjatlar bilan murojaat etgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan e’tiboran amalga oshiriladi.

💻Murojaatlar uchun: @MehnathuquqimurojaatBot Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang https://t.me/mehnathuquqi
Ходимга йиллик таътил қандай берилади? Чет эл фуқаросини ишга қабул қилиш қандай расмийлаштирилади?

Бу ва бошқа саволларга жавобларни Кадрлар тизимида ўқинг!

🎓Муаллифлар
Тавсия устида бир вақтни ўзида бир нечта муаллифлар ишлайди - кадрлар масалалари бўйича тажрибали мутахассислар, ҳуқуқшунослар, Меҳнат вазирлиги ва Давлат меҳнат инспекцияси вакиллари.

📝Мисоллар ва вазиятлар
Аниқ ва тушунтиришларни талаб қиладиган баҳсли масалаларга босқичма-босқич кўрсатмалар.

📑Ҳужжатлар намуналари
Барча керакли ҳужжатлар шаблонлари, уларни тўлдириш мисоллари билан.

⚠️Қонунчилик базаси
Барча тавсиялар конун коидаларга ҳаволалар билан бериб ўтилган. Тавсиянинг устига бир марта босиш орқали меъёрий хужжатга ўтишингиз мумкин ва уни излашга вақт сарфламайсиз.

Кадрлар тизимида барча маълумотлар оддий ва қулай ёзилган - бу кўплаб қонун ва қоидаларни тушунишни осонлаштиради.

👉🏻Ҳавола орқали Кадрлар тизимидан бепул фойдаланиб кўринг, ва барча саволларингизга жавоб олинг: https://bit.ly/3ldYnis
#test Ma’naviy zarar uchun to‘lanadigan kompensatsiyaning miqdori ish beruvchining xatti-harakatiga berilgan bahoni hisobga olib, sud tomonidan belgilanadi, lekin bu miqdor xodimning ........ kam bo‘lishi mumkin emas.
Anonymous Quiz
15%
2 oylik o‘rtacha oylik ish haqidan
29%
3 oylik o‘rtacha oylik ish haqidan
23%
1 yillik o‘rtacha oylik ish haqidan
33%
oylik ish haqidan
#savolimbor Mehnat qonunchligida 3 yoshga to’lmagan bolasi bor ayollarga berilgan kafolatlarni bilamiz. Kattaroq yoshdagi bolalari bor ayollarga qanday kafolatlar bor?

https://t.me/mehnathuquqi жавоби 📤:

📌Меҳнат қонунчилигида 3 ёшга тўлмаган боласи бор аёллардан ташқари, 12 ёки 14 ёшга тўлмаган (16 ёшга тўлмаган ногирон болани) тарбиялаётган аёлларга ҳам айрим кафолатлар назарда тутилган. Булар қуйидагилардир:

👉14 ёшга тўлмаган битта ва ундан ортиқ болани (16 ёшга тўлмаган ногирон болани) тарбиялаётган ёлғиз ота, ёлғиз онага (бева эркаклар, бева аёллар, никоҳдан ажрашганлар, ёлғиз оналарга) ва муддатли ҳарбий хизматни ўтаётган ҳарбий хизматчиларнинг хотинларига йиллик таътиллар, уларнинг хоҳишига кўра ёз вақтида ёки улар учун қулай бўлган бошқа вақтда берилади (МК 144).

👉Ҳомиладор аёлларни ва 14 ёшга тўлмаган боласи (ўн олти ёшга тўлмаган ногирон боласи) бор аёлларни уларнинг розилигисиз тунги ишларга, иш вақтидан ташқари ишларга, дам олиш кунларидаги ишларга жалб қилишга ва хизмат сафарига юборишга йўл қўйилмайди. Шу билан бирга ҳомиладор аёлларни ва уч ёшга тўлмаган боласи бор аёлларни тунги ишларга жалб қилишга бундай иш она ва боланинг соғлиғи учун хавф туғдирмаслигини тасдиқловчи тиббий хулоса бўлган тақдирдагина йўл қўйилади (МК 228).

👉Ҳомиладор аёлнинг, 14 ёшга тўлмаган боласи (16 ёшга тўлмаган ногирон боласи) бор аёлнинг, шу жумладан ҳомийлигида шундай боласи бор аёлнинг ёки оиланинг бетоб аъзосини парвариш қилиш билан банд бўлган шахснинг илтимосига кўра, иш берувчи тиббий хулосага мувофиқ уларга тўлиқсиз иш куни ёки тўлиқсиз иш ҳафтаси (119-модда) белгилашга мажбурдир (МК 229).

👉12 ёшга тўлмаган икки ва ундан ортиқ боласи ёки ўн олти ёшга тўлмаган ногирон боласи бор аёлларга ҳар йили 3 иш кунидан кам бўлмаган муддат билан ҳақ тўланадиган қўшимча таътил берилади (МК 232).

👉12 ёшга тўлмаган икки ва ундан ортиқ боласи ёки 16 ёшга тўлмаган ногирон боласи бор аёлларга уларнинг хоҳишига кўра, ҳар йили 14 календарь кундан кам бўлмаган муддат билан иш ҳақи сақланмаган ҳолда таътил берилади. Бундай таътил йиллик таътилга қўшиб берилиши ёки иш берувчи билан келишиб белгиланадиган даврда ундан алоҳида (тўлиқ ёхуд қисмларга бўлиб) фойдаланилиши мумкин (МК 232).

💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
#test Xodimning pul undirishga doir boshqa talablari necha yildan ortiq bo‘lmagan muddat uchun qondiriladi.
Anonymous Quiz
35%
2
53%
3
3%
4
10%
5
#konvensiya
C007 - Minimum Age (Sea) Convention, 1920 (No. 7)
“Kema” atamasi davlat yoki xususiy mulk bo`lishidan qat`i nazar, dengizda navigatsiya bilan shug`ullanadigan har qanday turdagi barcha kemalar va qayiqlarni o`z ichiga oladi; urush kemalarini bundan mustasno. O`n to`rt yoshga to`lmagan bolalar kemalarda ishlamaydi, faqat bitta oila a`zolari ishlaydigan kemalar bundan mustasno. Ushbu qoida agar bunday ishlar davlat organi tomonidan tasdiqlangan va nazorat qilingan bo`lsa, bolalarning maktab kemalarida yoki o`quv kemalarida bajargan ishlariga nisbatan qo`llanilmaydi.

Mazkur konvensiyaning to`liq matni bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.
https://www.ilo.org/dyn/normlex/en/f?p=1000:12100:17561372935914::NO::P12100_SHOW_TEXT:Y
Konvensiya matnini o`zbek yoki boshqa tilga o`girib, o`qish uchun bu yerga kiring.
https://translate.google.com/?hl=ru&sl=en&tl=uz&op=translate

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang
https://t.me/mehnathuquqi
#savolimbor
Ассалому алайкум! Бир фуқаро 3 ойлик дастлабки синов муддати билан ишга қабул қилинса ва меҳнат шартномаси тузилса, кейин 3 ойлик синов муддатини қониқарсиз ўтаган бўлса. Ушбу фуқаро билан тузилган меҳнат шартномаси Меҳнат кодексининг 100-моддаси 2-қисми 2-банди ходимнинг малакаси етарли бўлмаганлиги билан бекор бўладими ёки ҳали расмий ходим бўлмагани учун иш берувчи дастлабки синов муддатини қониқарсиз ўтагани учун ўз ихтиёри билан бекор қилиши мумкинми

Javob
Аввало меҳнат қонунчилигида расмий ёки норасмий ходим тушунчаси йўқ. Дастлабки синов билан ишга олинганларга ҳам меҳнат тўғрисидаги қонун ҳужжатлари ва корхонада ўрнатилган меҳнат шартлари тўлиқ татбиқ этилади. Яъни синов даври меҳнат стажига киритилади. Дастлабки синовдагилар ҳам ойлик, байрам пули, мукофотлар олади ёки уларга ҳам интизомий жазолар қўлланилади.

❗️Шартномани бекор қилиш масаласига келсак, Сизнинг ҳолатингизда шартнома 100-моддаси 2-қисми 2-банди билан эмас🙅‍♂️ балки 87-модда билан бекор қилинади⚠️ Меҳнат кодексининг 107-моддасига эътибор қаратсангиз 8️⃣7️⃣-модда ҳам меҳнат шартномасини бекор қилиш асосларидан бири ҳисобланади. Демак дастлабки синов муддати тугагунга қадар ҳар бир тараф иккинчи тарафни 3️⃣ кун олдин ёзма равишда огоҳлантириб, меҳнат шартномасини бекор қилишга ҳақлидир.

⚠️ Бундай ҳолда иш берувчи меҳнат шартномасини синов натижаси қониқарсиз бўлгандагина бекор қилиши мумкин. Хуллас синов даврида иш берувчи ёки ходим ташаббуси билан шартнома бекор қилинса асос 100-модда 2-қисми 2-банд ёки 99-модда эмас балки 87-модда ҳисобланади.

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇👇👇
https://t.me/mehnathuquqi
Таътиллар қандай жамланади? Меҳнат шартларининг ўзгартирилиши қандай расмийлаштирилади?

Меҳнат қонунчилигидаги ўзгаришлар бўйича ишончли кўрсатмаларни интернетда қидиришдан чарчадингизми?

Барча саволларингизга жавоблар аллоқачон Кадрлар тизимида!

Ҳар бир тавсия - бу :
🔸Саволга батафсил тушунтиришлар
🔸Амалий мисоллар ва вазиятлар
🔸Барча керакли проводкалар ва ҳужжатлар намуналари

КАДРЛАР ТИЗИМИ НАШРИЁТИ - ТАВСИЯЛАРНИ ОДДИЙ ВА СОДДА ТИЛДА ЕТКАЗИБ БЕРАДИ

🔖Барча ўзгаришлар таҳлил қилинади, баҳсли масалаларга ойдинлик киритилади, босқичма-босқич тушунтиришлар тайёрланади. Назорат қилувчи органлар билан янги қонунларни қўллаш қоидаларига аниқлик киритилади.

👉🏻Ҳавола орқали Кадрлар тизимидан бепул фойдаланиб кўринг, ва барча саволларингизга жавоб олинг: https://bit.ly/3wxmVrP
#test Diplom loyihasini (ishini) tayyorlash va yoqlash davrida oliy o‘quv yurti talabalariga...oy, o‘rta maxsus o‘quv yurti talabalariga esa ...oy muddat bilan o‘rtacha oylik ish haqi saqlangan holda qo‘shimcha ta’tillar beriladi.
Anonymous Quiz
33%
3 va 1
31%
2 va 1
17%
4 va 2
18%
1 va 1
#savolimbor Hozir bola parvarishidaman. Farzandim 2 yosh. 2 farzandimga homiladorman, unga ham dekret puli beriladimi? Chunki 2 yildan beri bola parvarishadamanku?

https://t.me/mehnathuquqi javobi 📤:

Ha, dekret puli beriladi. O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2015-yil 20-martdagi 25-son buyrug‘iga ilova “Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi to‘g‘risida”gi Yo’riqnoma (https://lex.uz/docs/-2625878) 29-bandiga ko’ra, bola ikki va uch yoshga to‘lgunga qadar parvarishlash uchun beriladigan ta’til yoki ish haqi saqlanmagan holda qo‘shimcha ta’tilda bo‘lgan ayollarning takroriy homiladorligi uchun mehnatga layoqatsizlik varaqasi umumiy asosda beriladi.

❗️MK 233-moddasiga ko’ra, ayollarga tuqqunga qadar 70 kalendar kun va tuqqanidan keyin 56 kalendar kun (tug‘ish qiyin kechgan yoki ikki va undan ortiq bola tug‘ilgan hollarda — yetmish kalendar kun) muddati bilan homiladorlik va tug‘ish ta’tillari berilib, davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqa to‘lanadi.

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://t.me/mehnathuquqi

Telegram