Mehnat huquqi
28.2K subscribers
877 photos
203 videos
389 files
3.91K links
🌐Kanal orqali mehnat, pensiya va b. sohalarda:
⚖️Yangiliklaridan xabar topasiz;
✍️Savollaringizga javob olasiz;
🎓Olimlarning ilmiy ishlarini kuzatish mumkin.
💻 Murojaatlar va reklama uchun:
@MehnathuquqimurojaatBot
@MuhammadaminKarimjonov
Download Telegram
#savolimbor Xodimimiz ishga mast holatda keldi. Korxonamiz ichki mehnat tartibi qoidalarida mastlik 1 marta qo’pol buzish sifatida belgilangan. Xodimning mastlik holatini tibbiy xulosa bilan tasdiqlash shartmi yoki boshqa usullari ham bormi?

https://t.me/mehnathuquqi javobi 📤:

❗️Idoraviy mansubligi, mulkchilik va xo‘jalik yuritish shakllaridan qat’i nazar, korxona, muassasa, tashkilot ichki mehnat tartibining namunaviy qoidalarining (ro‘yxat № 746, 14.06.1999-y.) 2.38-bandiga ko’ra ishga alkogolli ichimliklar, giyohvandlik yoki zaharvandlik vositalarini iste’mol qilib kelish xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishga olib kelishi mumkin bo‘lgan mehnat vazifalarini bir marta qo‘pol ravishda buzishlar ro’yxatiga kiritilgan hamda bu holat guvohlarning ko‘rsatmalari yoki tibbiy xulosa bilan tasdiqlanishi lozimligi belgilangan.

❗️Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 12-sonli “Sudlar tomonidan mehnat shartnomasi (kontrakti)ni bekor qilishni tartibga soluvchi qonunlarning qo‘llanilishi haqida”gi qarorining 38-bandiga ko’ra👇

👉Korxonaning ichki mehnat tartibi qoidalarida ishga alkogoldan, narkotik yoxud toksinli moddalardan mast holda kelishi yoki ish joyida shu holatda bo‘lgani uchun MK 100-moddasi 2-qismining 4-bandiga asosan mehnat shartnomasini bekor qilish nazarda tutilgan taqdirda, bu asos ko‘rsatilgan holatda faqat korxona hududida paydo bo‘lgan xodimga nisbatan emas, balki o‘z mehnat majburiyatlarini bajarishi lozim bo‘lgan boshqa joylarda qayd etilgan holatda yurgan xodimga nisbatan ham qo‘llanilishi mumkin. Bunda xodim ishdan chetlatilgan yoki chetlatilmaganligi ahamiyatga ega emas.

👉Alkogol, narkotik yoxud toksinlik moddalar iste’mol qilish oqibatida yuzaga keluvchi sarxushlik holati tibbiy xulosaga ko‘ra, shuningdek sud tomonidan huquqiy baholanishi lozim bo‘lgan boshqa isbotlash vositalari bilan tasdiqlanishi mumkin.

⚠️ Demak mastlik holati aynan tibbiy xulosa bilan tasdiqlanishi shart emas. Bu holat bevosita boshliqning raporti, guvohlarning ko‘rsatmalari va hamkasblarida mastlik alomatlarini ko‘rgan xodimlarning tilxatlari ham dalillar bo‘lishi mumkin. Xodimning mast holatda ekanligi dalolatnomada qayd etilishi mumkin. Uni tuzishda va imzolashda guvohlar ishtirok etadi. Dalolatnomani tuzish, aynan kim tuzishi lozimligiga oid qat’iy talablar mavjud emas. Bu xodimning bevosita rahbari yoki kadrlar bo‘limi xodimi bo‘lishi mumkin.

📍Dalolatnomada quyidagilar aks ettiriladi:
tuzilgan sanasi, joyi va aniq vaqti;
tuzuvchining va ishtirokchilarning F.I.O. va lavozimlari (kasblari);
xodim mast holatda topilgan vaqt, shuningdek dalolatnoma tuzishda uning ishtirok etishi to‘g‘risida ko‘rsatma;
mast holatda ekanligi to‘g‘risida xulosa chiqarilishiga sabab bo‘lgan xodimning holati (undan alkogolli ichimlikning hidi kelishi, harakat muvozanatining buzilishi, nutqning ravon emasligi, teri rangining o‘zgarishi, qo‘llarining qaltirashi va h.k.).

💻Murojaatlar uchun: @MehnathuquqimurojaatBot Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang https://t.me/mehnathuquqi
#savolimbor Ассалому алакум саволим бор мен МФЙ раиси бўлдим мактабда зам директор бўлиб ишлайман биласиз 3 йил МФЙ раислиги қайтсам қайта зам директорликни бераоладими.
https://t.me/mehnathuquqi javobi 📤:

❗️Mehnat kodeksining 69-moddasiga ko’ra, davlat organlaridagi saylab qo‘yiladigan lavozimlarga saylanganligi tufayli ishdan ozod qilingan xodimlarga saylab qo‘yiladigan lavozimdagi vakolatlari tugagandan keyin avvalgi ishi (lavozimi) beriladi, bunday ish (lavozim) mavjud bo‘lmasa, avvalgisiga teng ish (lavozim) beriladi.

❗️Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi Qonunining 9-moddasiga ko’ra davlat organlaridagi yoki xodimlarning vakillik organlaridagi saylab qo‘yiladigan lavozimlarga saylanganligi tufayli ishdan ozod qilingan xodimlarga saylab qo‘yiladigan lavozimdagi vakolatlari tugagandan keyin avvalgi ishi (lavozimi) beriladi, bunday ish (lavozim) mavjud bo‘lmasa, avvalgisiga teng ish (lavozim) beriladi.

⚠️E’tibor bering, gap bu yerda davlat organlaridagi saylab qo‘yiladigan lavozimlarga saylanganlik haqida ketmoqda. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari esa davlat organi hisoblanmaydi. Demak, Sizga lavozimdagi vakolatlaringiz tugagach avvalgi ishingiz (lavozim) berilmaydi.

💻Murojaatlar uchun: @MehnathuquqimurojaatBot Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang https://t.me/mehnathuquqi
#test Ish beruvchi oliy o‘quv yurtida sirtdan o'qiyotgan xodimga laboratoriya-imtihon sessiyasida qatnashish uchun o‘quv yurti joylashgan yerga borishi va qaytib kelishi uchun yiliga 1 marta yo‘l kiraning necha foizdan kam bo‘lmagan qiymatini to‘laydi.
Anonymous Quiz
14%
55
60%
50
16%
75
9%
80
#konvensiya
C008 - Unemployment Indemnity (Shipwreck) Convention, 1920 (No. 8)
Har qanday kema yo`qolgan yoki cho`kib ketgan taqdirda, kema egasi yoki dengizchi bilan kemada xizmat ko`rsatish uchun shartnoma tuzgan shaxs unda ishlaydigan har bir dengizchiga bunday yo`qotish yoki cho`kib ketish natijasida kelib chiqadigan ishsizlik uchun tovon to`lashi shart. Ushbu tovon dengizchi haqiqatda ishsiz qolgan kunlar uchun shartnoma bo`yicha to`lanishi kerak bo`lgan ish haqi miqdorida to`lanadi, ammo ushbu Konvensiya bo`yicha har qanday dengizchiga to`lanishi kerak bo`lgan umumiy tovon ikki oylik ish haqi bilan cheklanishi mumkin.

Mazkur konvensiyaning to`liq matni bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.
https://www.ilo.org/dyn/normlex/en/f?p=1000:12100:17561372935914::NO::P12100_SHOW_TEXT:Y:
Konvensiya matnini o`zbek yoki boshqa tilga o`girib, o`qish uchun bu yerga kiring.
https://translate.google.com/?hl=ru&sl=en&tl=uz&op=translate

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang
https://t.me/mehnathuquqi
#qonunbilan 🚕🚌🚞✈️Ish beruvchi oliy o‘quv yurtlarida sirtdan ta’lim olayotgan xodimlarga laboratoriya-imtihon sessiyasida qatnashish maqsadida o‘quv yurti joylashgan yerga borishi va u yerdan qaytib kelishi uchun yiliga bir marta yo‘l kiraning 5️⃣0️⃣ foizdan kam bo‘lmagan qiymatini to‘laydi.

❗️ Diplom loyihasi (ishi) tayyorlash va uni yoqlash yoki bitiruv imtihonlarini topshirish uchun borib kelinganda ham shunday miqdorda yo‘l kira to‘lanadi.

❗️Qo‘shimcha mehnat huquqlari va kafolatlari boshqa normativ hujjatlar, shu jumladan shartnoma yo‘sinidagi hujjatlar (jamoa kelishuvlari, jamoa shartnomalari, boshqa lokal hujjatlar), shuningdek xodim va ish beruvchi o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomalari bilan belgilanishi mumkin. Masalan, jamoa shartnomasida yo'l kira to'liq to'lanishi ko'rsatilishi mumkin.

⚠️ Bu kafolatlar nafaqat O'zbekistondagi, balki xorijdagi, masalan Qozog'iston, Tojikiston,Qirg'iziston OTMlarida ta’lim olayotgan xodimlarga ham taalluqli.

Asos: Mehnat kodeksi 257-modda.

Telegram kanalimizga ulanishni unutmang👇👇
https://t.me/mehnathuquqi
#xorijqonunchilikbazasi
Latviya qonunchiligi haqidagi batafsil ma’lumotni quyidagi elektron manzildan olishingiz mumkin. www.saeima.lv/lv/likumdosana/likumdosanas-datu-baze

Murojaatlar uchun: @MehnathuquqiBot
Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang https://t.me/mehnathuquqi
#savolimbor 📩

Men maktabda o’qituvchi bo’lib ishlar edim. Ish beruvchini 2 hafta oldin o’z xohishim bo’yicha ishdan bo’shatishni so’rab yozma ravishda ogohlantirdim.Lekin 2 haftalik muddat davomida oyog’im sinib, 1 oy gipsda yotdim. Ogohlantirish muddati tugagach men bilan mehnat shartnomasi bekor qilindi va menga bolnichniy to’lab berilmadi. Shu asoslimi?

https://t.me/mehnathuquqi жавоби 📤:

Вақтинча меҳнатга қобилиятсизлик бўйича нафақа меҳнат қобилияти йўқолган биринчи кундан то у тиклангунга қадар ёки тиббий-меҳнат экспертиза комиссияси (ТМЭК) томонидан ногиронлик белгилангунга қадар, ҳатто бу даврда ходим билан меҳнат шартномаси бекор қилинган ҳолларда ҳам берилади❗️

📌Асос: «Давлат ижтимоий суғуртаси бўйича нафақалар тайинлаш ва тўлаш тартиби тўғрисида»ги низомнинг 11-банди (рўйхат рақами 1136, 14.05.2002 й.) https://lex.uz/docs/357102

Telegramdagi kanalimizga ulanishni unutmang.👇👇
https://t.me/mehnathuquqi
#konvensiya
C009 - Placing of Seamen Convention, 1920 (No. 9)
“Dengizchi” atamasi, ofitserlardan tashqari, dengizda suzish bilan shug`ullanadigan kemalarda ekipaj a`zolari sifatida ishlaydigan barcha shaxslarni o`z ichiga oladi. Dengizchilarni ish bilan ta`minlash biznesi hech qanday shaxs, kompaniya yoki boshqa agentlik tomonidan pul daromadlari uchun tijorat korxonasi sifatida amalga oshirilmasligi kerak; har qanday kemada dengizchilarni ish bilan ta`minlash uchun hech qanday shaxs, kompaniya yoki boshqa agentlik tomonidan to`g`ridan-to`g`ri yoki bilvosita to`lovlar olinmaydi.

Mazkur konvensiyaning to`liq matni bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.
https://www.ilo.org/dyn/normlex/en/f?p=1000:12100:17561372935914::NO::P12100_SHOW_TEXT:Y:
Konvensiya matnini o`zbek yoki boshqa tilga o`girib, o`qish uchun bu yerga kiring.
https://translate.google.com/?hl=ru&sl=en&tl=uz&op=translate

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang
https://t.me/mehnathuquqi
#savolimbor Ассалому алайкум! Мен яқинда қон босимим ошиб кетганлиги учун 5 кун “больничный” олган эдим. Ўриндошлик асосида ишлайдиган жойимдан менга “больничный” пули берилмади. Фақат асосий иш жойимдан олиш ҳуқуқига эга эканман. Шу тўғрими?
Жавоб:

❗️Бу мутлақо нотўғри. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2012 йил 18 октябрдаги 297-сонли қарори билан тасдиқланган «Ўриндошлик асосида ҳамда бир неча касбда ва лавозимда ишлаш тартиби тўғрисида»ги низомнинг 18-19- бандига кўра, ўриндошлар ўриндошлик асосидаги иш жойи бўйича вақтинча меҳнатга лаёқатсизлик нафақаси олиш, аёллар эса, бундан ташқари, ҳомиладорлик ва туғиш нафақалари олиш ҳуқуқига эгадир.

👉Соғлиқни сақлаш муассасаси томонидан берилган меҳнатга лаёқатсизлик варақасининг белгиланган тартибда тасдиқланган нусхаси ушбу Низомнинг 18-бандида назарда тутилган ўриндошлик асосидаги иш жойидан нафақа олиш учун асос ҳисобланади.

❗️Меҳнатга лаёқатсизлик варақаларини бериш тартиби тўғрисидаги йўриқноманинг (рўйхат рақами 2667, 17.04.2015 й.) 19-бандига кўра, ўриндошлик асосида ишловчи ходимга ўриндошлик бўйича ишлайдиган иш жойига тақдим қилиши учун асосий иш жойига тақдим қилинадиган меҳнатга лаёқатсизлик варақаси ёки меҳнатга лаёқатсизлик маълумотномасининг даволаш-профилактика муассасаси бўлим мудири томонидан тасдиқланган нусхаси берилади.

📞Агар ўриндошлик асосидаги иш жойингиз меҳнатга лаёқатсизлик нафақасини тўлашни рад этса ёки умуман меҳнат ҳуқуқларингиз бузилса, ҳудудингиздаги меҳнат инспекциясига, прокуратура ёки адлия органларига мурожаат қилинг. Ёки қуйидаги ишонч рақамларига телефон қилинг: 1000 ёки +99871 210 00 00 (Президент виртуал қабулхонаси), +99871 200 06 00 (Бандлик ва меҳнат муносабатлари вазирлиги) 1007 (Бош прокуратура) , 1008 (Адлия вазирлиги).

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇👇👇
https://t.me/mehnathuquqi
#test 🏥Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasining eng kam miqdori qonunchilikda belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining necha foizidan oz bo‘lmasligi va nafaqa hisoblab chiqariladigan ish haqi miqdoridan ortib ketmasligi lozim.
Anonymous Quiz
38%
50.2
30%
55.2
22%
35.2
9%
45.2
Forwarded from Bandlik Vazirligi
🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿Angliyada mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlarida ishlash istagida bo‘lganlar uchun tanlov.

💷 Ish haqi soatiga 10,1 funtdan

Turar joyi va oziq-ovqat xarajatlari ishchining o'z hisobidan.

📌 Nomzodlar uchun talablar:
1️⃣ 18 - 50 yosh oralig‘ida bo‘lishi;
2️⃣ maktab, litsey yoki kasb-hunar kollejini tamomlagan bo‘lishi;
3️⃣ rus yoki ingliz tilida erkin muloqot qila olishi;

📍Tanlov Toshkent shahri Olmazor kasb-hunarga o‘qitish markazi binosida o'tkaziladi.

🗓Sana: 24 may soat 09.00.

Manzil:
Toshkent shahri Olmazor tumani Umid ko‘chasi 16-uy

❗️Nomzodlarda xorijga chiqish pasporti bo'lishi shart.

💬Eslatma: ishchi vizasini rasmiylashtirish uchun konsullik yig‘imi (440 AQSH dollar atrofida), tibbiy sug‘urta, avia chipta uchun xarajatlar nomzodlar tomonidan amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. ☎️ Ma’lumot uchun: (71) 202 33 55

Kanalga ulanish ⬇️
https://t.me/mehnatvazirligi
Ходимга йиллик таътил қандай берилади? Чет эл фуқаросини ишга қабул қилиш қандай расмийлаштирилади?

❗️Янги тасдиқланган маълумотлар ва кўрсатмаларни интернетда қидиришдан чарчадингизми?

Саволларга жавобларни Кадрлар тизимида ўқинг!

Бизнинг тизимимиз 5 тамойилга асосланади:
🔹Нуфузли муаллифлар
🔹Тавсиялар содда ва тушунарли тилда ёзилган
🔹Ҳар бир тавсиянинг аниқ жавоби бор
🔹Барча тушунтиришлар норматив ҳужжатларга ҳаволалар билан тасдиқланган
🔹Кадрлар бўлими ходими учун тўлиқ меъёрий база

📑Ҳужжатлар шакиллари
Барча керакли ҳужжатлар шаблонлари тўлдириш мисоллари билан

📉Маълумотнома
Меҳнатга хақ тўлашнинг энг кам миқдори, валюта курслари, ҳодимларнинг асосий лавозимлари ва ишчиларнинг касблари классификатори

🎓Ҳуқуқий база
Кодекслар, қонунлар ва қоидалар

♻️Кундалик янгиланиш
Ҳар куни янги тавсиялар, янгиликлар ва долзарб қонунлар

👉🏻Ҳавола орқали тизимдан бепул фойдаланиб кўринг, ва барча саволларингизга жавоб олинг: https://bit.ly/3G7rttm
#test 🔞18 yoshga to‘lmagan xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga, mehnat shartnomasini bekor qilishning umumiy tartibiga rioya qilishdan tashqari,yana kimning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.
Anonymous Quiz
13%
mehnatni muhofaza qilish ustidan nazorat qiluvchi organning
26%
mahalliy mehnat organining
27%
voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiyaning
34%
kasaba uyushmasining
#savolimbor Mehnat qonunchligida 3 yoshga to’lmagan bolasi bor ayollarga berilgan kafolatlarni bilamiz. Kattaroq yoshdagi bolalari bor ayollarga qanday kafolatlar bor?

https://t.me/mehnathuquqi жавоби 📤:

📌Меҳнат қонунчилигида 3 ёшга тўлмаган боласи бор аёллардан ташқари, 12 ёки 14 ёшга тўлмаган (16 ёшга тўлмаган ногирон болани) тарбиялаётган аёлларга ҳам айрим кафолатлар назарда тутилган. Булар қуйидагилардир:

👉14 ёшга тўлмаган битта ва ундан ортиқ болани (16 ёшга тўлмаган ногирон болани) тарбиялаётган ёлғиз ота, ёлғиз онага (бева эркаклар, бева аёллар, никоҳдан ажрашганлар, ёлғиз оналарга) ва муддатли ҳарбий хизматни ўтаётган ҳарбий хизматчиларнинг хотинларига йиллик таътиллар, уларнинг хоҳишига кўра ёз вақтида ёки улар учун қулай бўлган бошқа вақтда берилади (МК 144).

👉Ҳомиладор аёлларни ва 14 ёшга тўлмаган боласи (ўн олти ёшга тўлмаган ногирон боласи) бор аёлларни уларнинг розилигисиз тунги ишларга, иш вақтидан ташқари ишларга, дам олиш кунларидаги ишларга жалб қилишга ва хизмат сафарига юборишга йўл қўйилмайди. Шу билан бирга ҳомиладор аёлларни ва уч ёшга тўлмаган боласи бор аёлларни тунги ишларга жалб қилишга бундай иш она ва боланинг соғлиғи учун хавф туғдирмаслигини тасдиқловчи тиббий хулоса бўлган тақдирдагина йўл қўйилади (МК 228).

👉Ҳомиладор аёлнинг, 14 ёшга тўлмаган боласи (16 ёшга тўлмаган ногирон боласи) бор аёлнинг, шу жумладан ҳомийлигида шундай боласи бор аёлнинг ёки оиланинг бетоб аъзосини парвариш қилиш билан банд бўлган шахснинг илтимосига кўра, иш берувчи тиббий хулосага мувофиқ уларга тўлиқсиз иш куни ёки тўлиқсиз иш ҳафтаси (119-модда) белгилашга мажбурдир (МК 229).

👉12 ёшга тўлмаган икки ва ундан ортиқ боласи ёки ўн олти ёшга тўлмаган ногирон боласи бор аёлларга ҳар йили 3 иш кунидан кам бўлмаган муддат билан ҳақ тўланадиган қўшимча таътил берилади (МК 232).

👉12 ёшга тўлмаган икки ва ундан ортиқ боласи ёки 16 ёшга тўлмаган ногирон боласи бор аёлларга уларнинг хоҳишига кўра, ҳар йили 14 календарь кундан кам бўлмаган муддат билан иш ҳақи сақланмаган ҳолда таътил берилади. Бундай таътил йиллик таътилга қўшиб берилиши ёки иш берувчи билан келишиб белгиланадиган даврда ундан алоҳида (тўлиқ ёхуд қисмларга бўлиб) фойдаланилиши мумкин (МК 232).

💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
#qonunbilan Фуқароларнинг ўзини ўзи бошқариш органида қонун ҳужжатларида белгиланган ваколатларни амалга ошириш бўйича фуқаролар йиғини фаолиятини ташкил этишнинг ўзига хос хусусиятлари инобатга олиниб, иш вақтининг жамланган ҳисоби юритилади ва иш куни соат 7-00 дан 22-00 гача тақсимланади.

📓Фуқаролар йиғини ходимларининг мослаштирилган иш вақти шароитидаги иш жадвали ходимларнинг лавозим мажбуриятларини бажаришини оптималлаштиришни ҳисобга олган ҳолда фуқаролар йиғини раиси (оқсоқоли) томонидан, фуқаролар йиғини раисининг (оқсоқоли) иш вақти жадвали — Фуқаролар йиғини кенгаши томонидан белгиланади.

📎Фуқаролар йиғини раиси (оқсоқоли) ва ходимларининг иш жадвали уларнинг бевосита фуқаролар йиғини биносида бўлиш вақти кўрсатилган ҳолда умумий кўринадиган жойда осиб қўйилади.

🏖Фуқаролар йиғини раиси (оқсоқоли) ва ходимларига ҳар йили 24 кунлик ҳақ тўланадиган меҳнат таътили берилади.

Манба: Вазирлар Маҳкамасининг 2017 йил 27 ноябрдаги 944-сон қарорига Илова Фуқароларнинг ўзини ўзи бошқариш органларида меҳнат муносабатларини тартибга солиш тўғрисида низом https://lex.uz/docs/3426881

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://t.me/mehnathuquqi
#test Bu yil respublikamizda necha ming nafardan ziyod oʻquvchi-yoshlar umumtaʼlim maktablarini bitirmoqda.

Bugun barcha maktablarda "So'nggi qo'ng'iroq"lar 🔔 jaranglaydi. Bitiruvchilarga baxt va omad tilab qolamiz!
Anonymous Quiz
12%
300
23%
350
28%
390
37%
450