IT specialist
11.8K subscribers
1.12K photos
475 videos
62 files
3.75K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#outlook

Ba’zida birovning xatiga javob berishda yaratilgan xabarga rasmlar, jadvallar va boshqa elementlarni qo‘sha olmaslik muammosiga duch kelish mumkin. Buning yechimi esa oson.

👨🏻‍💻@itspecuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#outlook

Agar xatga dizayn yetishmasa, unda zerikarli oq fonni o‘zgartirib ko‘rishimiz mumkin. Mavjud standart variantlar: zalivka, bezaklar, teksturalar, orqa fon uchun ishlatiladigan rasmlar.

👨🏻‍💻@itspecuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#outlook

Ko‘p dastur va xizmatlar infoni CSV matnli fayl formatida saqlaydi. Agar siz ushbu formatda kontaktlar ro‘yxatini uchratsangiz, uni Outlook’ga import qilish qiyinchilik tug‘dirmaydi.

👨🏻‍💻@itspecuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#outlook

Xatlar ro‘yxatida shrift o‘lchami odatda 8пт bo‘ladi. Kim uchundir bu juda kichik va o‘qishga qiyin, kimdir aksincha yana ham kichraytirgisi keladi. Sozlamalarda buni o‘zgartiramiz.

👨🏻‍💻@itspecuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#outlook

Oldindan aniq qoida yaratishni iloji bo‘lmasa - tez harakatlar qo‘l keladi.
M.: Rahbar yuborgan shaxsiy topshiriq uchun vazifa yaratish va xatni ko‘chirishni bir klikda sozlash mumkin.

👨🏻‍💻@itspecuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#outlook

“Переслать” tugmasi barcha xatlarni (bir nechtasini qayta yuborganimizda) 1ta ilovaga joylaydi. Alohida jo`natish uchun qoida yaratish lozim. Uni bir necha marotaba ishlatish mumkin.

👨🏻‍💻@itspecuz
​​​​#bilasizmi #word #powerpoint #outlook

🗣 Microsoft Office’da endi gapirib turib matn terdirish mumkin!

Microsoft kompaniyasi kattaroq hajmli matnni qo‘lda terishga erinadiganlarga atab Microsoft Office uchun maxsus Dictate qo‘shimchasini taqdim etdi. Uning yordamida o‘z kompyuteringizdagi mikrofonda matnni o‘qib (gapirib) turib terdirishingiz mumkin, deb yozadi Layfxaker.

Ushbu qo‘shimchani o‘rnatganingizdan so‘ng Microsoft Office’ni o‘chirib qayta yoqishingiz, keyin esa dastur sozlamalarida Dictate qo‘shimchasini faollashtirishingiz talab etiladi. Shunda Outlook, Word va PowerPoint dasturlari interfeyslarida nutqni anglashga javob beruvchi yangi varaqa paydo bo‘ladi. Uning yordamida gapirib turib matn terish imkoniyati yuzaga keladi.

Ayni damda Dictate asosiy yigirmata tilni «biladi», ular orasida rus tili ham bor. Bundan tashqari, u matnni yo‘l-yo‘lakay 60 ta tildan biriga o‘girib ham bera oladi. To‘g‘ri, mazkur qo‘shimchaga o‘zbek tili hali kiritilmagan, ammo ruscha matn bilan ishlashda u sizga ham qo‘l kelishi mumkin.

Nutqni anglash va real vaqt rejimida boshqa tilga o‘girishda Windows’ga o‘rnatilgan Cortana intellektual yordamchisi hamda Microsoft Translator tarjimoni ko‘makka keladi.

Microsoft Dictate ilovasini mana bu havola orqali ushbu loyihaning uy sahifasidan olib o‘rnatish mumkin. Buning uchun avval kompyuteringizda ofis to‘plamining qaysi – 32 bitli yoki 64 bitli versiyasi o‘rnatilganligini aniqlab, qo‘shimchaning shunga mos versiyasini ko‘chirib olishingiz lozim. Shuningdek, uning ishlashi uchun .Net Framework 4.5.0 yoki undan keyingi versiyalaridan biri ham o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.

DIMAX Terabayt.uz

👨🏻‍💻 @itspecuz
​​#word #excel #powerpoint #outlook

Microsoft korporatsiyasi Word, Excel va PowerPoint dizaynini yangilaydi

Microsoft korporatsiyasi Word, Excel, Outlook va PowerPoint’ning yangi versiyasi ishlab chiqilishi haqida e’lon qildi. Kompaniya saytida ma’lum qilinishicha, yangilanishlar dasturlar dizayniga taalluqli bo‘ladi, shuningdek sun’iy intellektni qo‘llash orqali qidiruv tizimi yaxshilanadi.

Xabarda aniqlik kiritilishicha, yangilanishlar kelasi bir necha oy ichida ishlab chiqiladi va ular “kuch-qudrat va oddiylik muvozanati asosidagi yangi ish madaniyati uchun” mo‘ljallangan.

Yangilanish birinchi navbatda Word’ning Office.com uchun veb-versiyasida bo‘ladi, iyun oyi oxirida foydalanuvchilar Windows uchun yangi Word, Excel va PowerPoint yangi versiyasini ko‘rish imkoniga ega bo‘lishadi. Yana bir oydan keyin Windows uchun Outlook ham yangilanadi, avgustda Mac uchun yangi Outlook paydo bo‘ladi.

📝 Manba: Kun.uz

👨🏻‍💻@itspecuz
🙋🏻‍♂️Hurmatli kanalimiz muxlis va muxlisalari! 🙋🏻‍♀️ Ushbu so‘rovnomamiz orqali sizdan qaysi rukndagi maqolalarni o‘qishni xush ko’rishingizni aniqlamoqchimiz, bu bizga bir haftalik reja tuzib, shuning asosida maqolalar joylashtirishimizga yordam berad
public poll

#security – 122
👍👍👍👍👍👍👍 34%

#operatsion_tizim – 67
👍👍👍👍 19%

#internet – 42
👍👍 12%

#excel – 34
👍👍 9%

#tarmoq – 34
👍👍 9%

#rasm_bilan_ishlash – 19
👍 5%

#word – 15
👍 4%

#powerpoint – 13
👍 4%

#test – 10
👍 3%

#outlook – 6
▫️ 2%

👥 362 people voted so far.
💻 Kanalimizga yangi a’zo bo‘lganlar diqqatiga! 👨🏻‍💻👩🏻‍💻

🚮 Kanalimizdan chiqib ketishga unchalik shoshilmang!
✈️

🙋🏻‍♂️🙋🏻‍♀️ Ushbu kanalimizda Sizlar uchun qulaylik yaratish maqsadida joylashtirayotgan har bir mavzuimizda maxsus #️⃣ heshteglardan foydalanishga ahamiyat berganmiz, ular esa quyidagilardan iborat:
👇👇👇
#ict_news
#IT_darslar
#IT_humor
#test
#surovnoma
#hardware
#dasturlash
#operatsion_tizim
#word
#excel
#powerpoint
#outlook
#rasm_bilan_ishlash
#grafika
#learn_english_with_software
#software
#hardware
#texnologiya
#tarmoq
#internet
#security
#smartfon
#android
#iOS
#iPhone
#game
#maslahat
#bilasizmi
#mulohaza_uchun
#muvaffaqiyatli_insonlar
#telegram
#telegramda_kanal_yuritish
#telegramda_guruh_yuritish
👆👆👆
Marhamat, ushbu imkoniyatdan samarali foydalaning, sizni qiziqtirgan rukn bo‘yicha heshteg ustiga bosing va mavzularga tezkor o‘ting!

🔝 Bundan tashqari kanalimizni boshiga o‘tib, yuqoridan pastga qarab o‘qib borishni istagan foydalanuvchilarimizga quyidagi havoladan foydalanishni tavsiya etamiz:
👉 https://t.me/itspecuz/2

💡Ishonavering, 😉 bu yerda har kim o‘zi uchun qandaydir yangilik oladi, kanalimizda har xil rukndagi mavzular borgan sayin ortib bormoqda, faol bo‘ling, bo‘sh vaqtingizdan samarali foydalanishni istasangiz, bir oz vaqt ajratib, kuniga hech bo‘lmaganda bitta maqolani o‘qib, amaliyotda sinab ko‘rishni odat qilgan holda, kompyuter savodxonligingizni oshirib boring! 💪

📌 P.S.: Kanalga obuna bo‘lib, ko‘pchilikda yuzaga kelayotgan: "IT o‘zi nima?" savoliga javob ushbu postimizda keltirilgan.

Biz bilan birga bo‘lganingiz uchun Sizdan minnatdormiz!

💐 Sizga ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilab qoluvchi,

©
IT specialist kanali ma’muriyati