IT specialist
11.3K subscribers
1.11K photos
476 videos
64 files
3.76K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
#internet #operatsion_tizim #word #powerpoint #smartfon #iOS #android

㊗️ Google Translate'dan yaxshiroq: dunyodagi eng aniq tarjimon

Google Translate yaxshi ishlaydi, biroq ko‘pincha uning tarjimalari to‘liqligicha aniq bo‘lmaydi. Bu uchun DeepL Translate xususiy tarjimonidan foydanalib ko‘rish maqsadga muvofiqdir. Agar solishtirsa, ushbu xizmat taqdim etuvchi sifat Google'nikidan bir necha baravar yuqoridir.

Undan foydalanish tartibi quyidagicha:

1️⃣. Sayt bo‘ylab o‘tamiz, matnni kiritamiz va qaysi tilga tarjima qilinishi lozimligini tanlaymiz.

2️⃣. Siz darhol yuqori sifatdagi tarjimaga guvoh bo‘lasiz. Google yoki Yandex'dan farqli o‘laroq, DeepL Translator jumlalar kontekstini ancha yaxshi tushunadi va xuddi o‘sha til tashuvchilari singari “insoniy tarjima”ni taqdim etadi. Bundagi butun sehr mashina o‘rganishi (Machine Learning)ga asoslanadi.

3️⃣. Oddiy matnlar bilan birga PDF, Word yoki PowerPoint fayllarini ham tarjima qilish mumkin.

Bundan tashqari, xizmat 26 tilga tarjima qiladi va shaxsiy ma’lumotlaringizni saqlamaydi. Saytdan tashqari, DeepL ilovalari Windows, macOS, iOS va Android uchun mavjud.

📌 P.S.: Xizmat pullik, biroq 5000 belgiga qadar matn bepul tarjima qilinadi.

Google Translate'dan farqli ravishda, ushbu xizmatda hozircha o‘zbek tiliga tarjima qilish imkoniyati mavjud emas. 🇺🇿

📝 Manba: @bugnotfeature

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Microsoft Word rukni ostidagi barcha
postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Microsoft PowerPoint rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism
• Smartfon rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #iOS #iPhone

🎧 iOS'da pleyerdagi musiqa yoki video ijrosini to‘xtatish taymeri qanday sozlanadi?

Sukunatda uxlay olmay, sevimli musiqa yoki serialingizni ishga tushirib, tinglash yoki tomosha qilish chog‘ida uxlab qolib, ertalab uyg‘onganingizda qurilgangiz quvvati tugab qolishidan xafsalangiz pir bo‘lib kelyaptimi? Hechqisi yo‘q, bu holat sizda ortiq qaytarilmaydi.

Media kontent ijrosini avtomatik to‘xtatish uchun quyidagi qadamlar ketma-ketligi bajariladi:

1️⃣. iPhone'ingizdagi “Часы” ilovasiga murojaat eting.

2️⃣. “Таймер” varaqa (вкладка)siga o‘ting.

3️⃣. “По окончании” bandida tovush o‘rniga “Остановить” bandini tanlang.

4️⃣. Soatni sozlash panelida kerakli vaqtni o‘rnating.

Taymer ishga tushirilganidan so‘ng barcha ijro etiluvchi medialar belgilangan vaqt muddatida avtomatik to‘xtatiladi. Endi bemalol sevimli musiqa sadosi ostida uyquga ketib, telefon quvvati haqida havotir olmasa bo‘ladi.

📝 Manba: @bugfeature

ℹ️ Smartfon rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
📱 Kanalimizdagi #smartfon, #android, #iOS va #iPhone heshteglari ostida joylashtirilgan postlar bilan tanishing (4):

Android-smartfonidagi istalgan ilovaga parol o‘rnatish
18+ kontentga qarshi sozlamani qo‘llash
Smartfon bilan ishlashda bo‘yinga tushadigan yuk
Android ilovasi uchun o‘rnatiluvchi .APK faylini to‘g‘ridan-to‘g‘ri Google Play Market'dan yoki qurilma xotirasidan yuklab olish
Nega smartfonni avtomobilda quvvatlantirib bo‘lmaydi?
Smartfondagi keraksiz yangilanishlardan qanday himoyalanish mumkin?
Smartfondan Wi-Fi sichqoncha sifatida foydalanish
Oddiy sahifaga chop etilgan ma’lumotlarni Excel'ga kiritishning ideal usuli (mobil Excel ilovasi orqali)
Sovuq havoda smartfon akkumulyatorini asrash bo‘yicha maslahatlar
Qiziqarli maqolani uchratdingiz, lekin o‘qishga vaqtingiz yo‘qmi? iPhone va Android uchun buning yechimi bor!
Sizningcha qaysi biri zo‘r - Android yoki iOS? (So‘rovnoma)
Android va iOS smartfonlaridan internet tarqatish
Android’dan iPhone’ga o‘tdingizmi? Unda buni, albatta, o‘qing!
“iPhone”da ikonkalarning standart joylashuvini qayta tiklash mumkinmi?
iPhone’dagi Safari’da tasodifan yopilgan sahifani qanday tez ochish mumkin?
iPhone’ning eski modellarini Apple kompaniyasi tomonidan qo‘llab quvvatlanishi davri
Apple kompaniyasining dastlabki logotipi qanday bo‘lganini bilasizmi?
iPhone va iPad’larda fayllarni tezkor arxivlash
Ronald Ueyn haqida bilazismi?
iPod, iPhone va iPad so‘zlaridagi “i” harfi nimani anglatadi?
iPhone Microsoft’ga bo‘lgan kuchli nafratning mevasi bo‘lgan
iPhone'da turli saytlardagi barcha akkauntlarning login va parollarini ko‘rish
iPhone'da sayt uchun saqlangan parolni qanday bilish mumkin?
iPhone'da avtoyorqinlikni faollashtirish
iPhone'dagi batareyaning so‘nggi foizlarini asraymiz
iPhone kalendarining sirli jihati
iPhone'da avtomatik quvvatni tejash rejimi
iOS'da pleyerdagi musiqa yoki video ijrosini to‘xtatish taymeri qanday sozlanadi?
iPhone akkumulyatorini tejashga doir tavsiyalar
Apple'ning reklamalaridagi nostalgiyani his eting

📌 P.S.: Kanalga smartfonlardan foydalanish bo‘yicha yangi postlar nashr qilinishi bilan, ushbu ro‘yxat ham yangilanib boradi. Ushbu ro‘yxatning 1-qismi | 2-qismi | 3-qismi.

💡 Kanalga ulashilgan maqolalar bilan tanishing, tavsiyalarni amalda qo‘llab ko‘ring va do‘stlaringizni ham jalb eting! 😉

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android #iOS #internet

📍 Internet talab etmaydigan xaritalar

Navigator ilovasi qimmatli trafikni tejashga yordam beradigan va qayerdaligingizni bilmay qolgan taqdiringizda Wi-Fi nuqtasini ko‘r-ko‘rona izlashdan himoya qiladigan maxsus xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak.

Maps.me – qadamma-qadam navigatsiyaga ega tezkor, batafsil va butunlay oflayn xaritalar. iOS и Android'lar uchun mavjud. Sayyohlik qo‘llanmasi va dunyoning turli shaharlari xaritalarini yuklab oling va ulardan oflayn rejimda foydalaning.

Joylashuvingizni aniqlash uchun xarita internetga ulanishga muhtoj emas, eng maqbul marshrutni yaratish uchun GPS koordinatalarini avtomatik ravishda aniqlaydi.

⚠️ Shunday bo‘lsa-da, joylashuvni boshlang‘ich aniqlab olishi uchun Internetni faollashtirish ziyon qilmaydi, aniqlanishi bilan o‘chirib qo‘ysa bo‘ladi, ushbu tavsiya ko‘proq Android'ning eskiroq versiyalariga tegishli.

Oflayn navigatsiya besh turdagi transport uchun mavjud. Ehtiyot bo‘ling, fon rejimida GPS'dan doimiy foydalanish batareyaning ishlash muddatini sezilarli darajada qisqartirishi mumkin.

📝 Manba: @bugfeature

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Maps.Me xaritalariga internetsiz ishlovchi tayyor yo‘nalishlar kiritildi
Maps.Me mobil ilovasi
• Smartfon rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#telegram #unigram #android #iOS #masOS #desktop

🆕 Yuklanmalar menejeri, boshqa ilovalar orqali jonli efir, yangi biriktirmalar menyusi va boshqalar

Android,
iOS, macOS va Unigram mijozi uchun Telegram 8.6 versiyasiga, Telegram Desktop – 3.6 versiyasiga qadar yangilandi.

Yuklanmalar menejeri

• Qidiruvda yangi Загрузки varaqa (вкладка)si paydo bo‘ldi, unda ayni damda yuklab olinayotgan va yaqin orada yuklab olingan media va fayllarni ko‘rish mumkin (Desktop: Настройки > Продвинутые настройки > Загрузки).
• Qidiruv maydonida (iOS) yoki ilovaning sarlavha qismida (Android) materiallarni yuklab olish vaqtida joriy bo‘limga tezkor o‘tish uchun belgicha (иконка) paydo bo‘ladi.
Загрузки'da yuklanmalarni to‘xtatib turish (пауза) va qaytadan ishga tushirish, ularning prioritetini oshirish yoki chatlar ro‘yxatidan muayyan fayl yuborilgan muloqot oynasiga tezkor o‘tish mumkin.

Boshqa dasturiy ta’minotlar orqali jonli efirlar

• Guruh va kanallar administratorlari translyatsiyalarni boshqarish uchun endi OBS Studio yoki XSplit Broadcaster kabi boshqa dasturlarni qo‘llashlari mumkin.
• Boshqa vositalar efir vaqtida oynalar o‘rtasida tezkor o‘tish, tasvir ustidan foydali ma’lumotni qo‘shish yoki yashil ekranni qo‘llash imkonini taqdim etadi.
• Translyatsiyalar uchun dasturlardan foydalanish uchun guruhda yangi videochatni yoki kanalda yangi translyatsiyani yarating, Начать с помощью tugmasini bosing va paydo bo‘lgan ma’lumotni kerakli dasturga nusxalab o‘tkazing.
• RTMP-translyatsiyalarning ishlashi uchun Telegram'ning so‘nggi versiyasi talab etiladi (eskilarida ushbu funksiya ishlamaydi).

Yangi biriktirmalar menyusi

• Bir nechta biriktirmalarni yuborishda hosil bo‘lgan albomni ko‘zdan kechirish, yuborish oldidan materiallar tartibini o‘zgartirish, ortiqcha medialarni olib tashlash yoki albom ostiga tezkor ravishda yozuv qo‘shish mumkin.
• To‘g‘rilashlar kiritish uchun menyuning yuqori qismidagi Выбрано ustiga bosing.
• Biriktirmalar menyusi yangi, qulay dizaynga o‘tdi (iOS).
• Yangilangan Файлы bo‘limida barcha so‘nggi yuborilgan fayllarni ko‘rish va nomlanishi bo‘yicha qidiruvdan foydalanish mumkin (iOS).

Telefon raqami bo‘yicha havolalar

• Endi Siz, Telegramdagi Siz bilan chatni ochish imkonini beruvchi telefon raqamingizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri havolani do‘stlaringizga ulashishingiz mumkin.
• Havolalar faqat maxfiylik sozlamalarida telefon raqami orqali topishga ruxsat berilgan taqdirdagina ishlaydi.
• Telefon raqami xalqaro formatda ko‘rsatiladi (masalan, t.me/+123456789).

Boshqa yangilanishlar

• To‘liq yangilangan t.me sahifalari dizayni.
• Silliq animatsiyalar bilan yangi avtorizatsiyadan o‘tish interfeysi (Android va macOS uchun Telegram).
• QR kod orqali kirish uchun ekrandagi yangi animatsiyalar (masOS uchun Telegram).
• Android'dagi yarim shaffof interfeys.
• Boshqa akkauntni yangi oynada ochish imkoniyati (macOS uchun Telegram).

📃 Batafsil ma’lumot uchun: https://telegram.org/blog/downloads-attachments-streaming/uz

Android: Google Play, rasmiy saytdan yoki tasdiqlangan kanaldan APK.
iOS: App Store.
Desktop: rasmiy saytdan yoki GitHub'dan.
macOS: с App Store yoki tasdiqlangan kanaldan.
Windows 10+ uchun Unigram: Microsoft Store | To‘g‘ridan-to‘g‘ri yuklab olish | O‘rnatish bo‘yicha ko‘rsatma

📝 Manba: @tginfo

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android #iOS #maslahat

⚗️ Kimyoni zerikishsiz o‘zlashtirish va kimyoviy tajribalarni laboratoriyasiz vizuallashtirish

Kimyoni nazariy jihatdan o‘rganayotganda, reaksiya paytida moddalar bilan nima sodir bo‘lishini tasavvur qilish qiyin. Bundan ham murakkabrog‘i esa — molekulyar va atom darajasida nima sodir bo‘layotganini taxmin qilishdir. Tajriba o‘tkazish — ko‘pincha qimmat va xavfli zavq hisoblanadi va bunday murakkab fanni vizualizatsiyasiz o‘rganish muqarrar ravishda zerikishni keltirib chiqaradi.

Biroq kimyoni o‘rganishni yanada qiziqarli qilishning bir usuli mavjud. Buning uchun Unreal Chemist ilovasini o'rnatish kifoya (iOS va Android uchun mavjud). Endi butun laboratoriya smartfondagi birgina ilovada mujassam. Juda ko‘p ish qilish mumkin: reagentlarni aralashtirish, suyuqliklarni qizdirish va bug‘lash. Haqiqiy tajribalardan farqli o‘laroq, bu yerda siz hamma narsa kerakli darajada bo'lishi uchun vaqtni ortga qaytarishingiz mumkin.

Kelajakdagi kimyo va boshqa fanga oid darsliklar aynan shunday ko‘rinishda bo‘lishi maqsadga muvofiqdir!

ℹ️ Smartfon rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android #iOS #internet

🗓 Barcha yumushlarni barajarishga ulgurish uchun ko‘maklashuvchi rejalashtirgich

BulletBullet Journal o‘z-o‘zini tashkil etish usuli asosida yaratilgan eng sodda rejalashtirgich. Ushbu usul muhim fikrlar, maqsadlar va rejalarni saqlash uchun kundalik (odatda nuqta bilan belgilanadi) yuritish tizimini tashkil etadi. Yozuvlar kun, hafta yoki oy bo‘yicha qo‘shilishi mumkin. Bullet'da ular umumiy vazifalar ro‘yxatidagi bandlar kabi ko‘rinadi.

Yozuvlar uchun uchta sinf nazarda tutilgan: vazifa, eslatma va voqea. Bir klik orqali har qanday yozuvni yakunlangan deb belgilash orqali asosiy ekrandan berkitish mumkin. Yangilarini qo‘shish har qanday ro'yxatdagi “plyus” belgisini bosish orqali amalga oshiriladi.

Bullet yordamida barcha yozuvlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri brauzerda yoki iOS va Android uchun ilovalarda yaratilishi mumkin. Hech narsa yuklab olish shart emas, shunchaki tezkor ravishda ro‘yxatdan o‘ting va veb-sahifani belgilab qo‘ying (Закладка). Xizmat mutlaqo bepul va reklamasiz.

📝 Manba: @komputeer

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Ishlarimizni rejalashtirib borish va monitoring qilish uchun 3 mobil ilova
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
• Smartfon rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#telegram #macOS #iOS #android #desktop

🆕 Uchinchi tomonga qayta yuborilayotgan xabarlarda "Reply" tarzida yozilganligi haqidagi ma’lumotning saqlanishi

Telegramning kelgusi yaqinlanishida bir vaqtning o‘zida bir nechta xabarlar uchichi tomonga qayta yuborilganida, ichki reply'lar saqlanib qolinadi. Bu shuni anglatadiki, yuborilgan xabarlarda siz xuddi asl yozishmalardagi kabi butun xabarlar zanjirini ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi.

Qayd etish joizki, macOS mijozining so‘nggi Beta-versiyasi orqali qayta yuborilgan xabarlardagi reply'larning saqlanishini allaqachon ko‘rish imkoniyati mavjud.

📝 Manba: @tginfo

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#telegram #unigram #android #iOS #masOS #desktop

🆕 Botlar uchun inqilobiy imkoniyatlar, bildirishnomalar tovushlari va boshqa ko‘plab yangilanishlar

Android,
iOS, macOS va Unigram mijozi uchun Telegram 8.7 versiyasiga, Telegram Desktop – 3.7 versiyasiga qadar yangilandi.

Web-botlarning inqilobiy imkoniyatlari

• Dasturchilarga JavaScript yordamida cheksiz xilma-xillikdagi interfeyslarni yaratish uchun vositalar taqdim etilmoqda.
• Yangi avlod Telegram-botlari har qanday veb-saytning o‘rnini to‘liq bosishi mumkin.
• Botlar interfeysda qo‘llaniluvchi rang haqidagi ma’lumotlarni qabul qiladi, kun va tun rejimlari o‘rtasida o‘tganingizda yoki rang mavzusini o‘zgartirganingizda shu zahoti moslasha oladi.
• Yangi avlod botlarini @DurgerKingBot taqdimoti (demosi) misolida sinab ko‘rishingiz mumkin.

Maxsus bildirishnoma tovushlari

• Endi Telegram'ingizda istalgan tovush bildirishnoma bo‘lishi mumkin.
• Telegram kutubxonasidagi tovushlar barcha qo‘llab-quvvatlanuvchi platformalarda mavjud va mutlaqo bepuldir.
• Bildirishnoma tovushini istalgan alohida chatga va kerakli turdagi barcha chatlar (shaxsiy chatlar, kanallar, guruhlar)ga nisbatan o‘rnatish mumkin.
• Qisqa audiofayl yoki chatdagi ovozli xabar ustiga bosing, uni bildirishnomalar ro‘yxatiga qo‘shing va istalgan suhbatlarda qo‘llang.
• Bildirishnomalar uchun tovushlar sifatida 5 soniyadan kamroq va hajmi 300 KB'gacha bo‘lgan audiofayl va ovozli xabarlarni qo‘llash mumkin.
• Mos keluvchi tovushlar uchun misollar @CustomNotificationSounds'da jamlangan.
• Bildirishnomalarni sozlash yoki yangi tovushlarni qo‘shish uchun Настройки (Sozlamalar) > Уведомления и звуки (Bildirishnomalar va tovushlar) bo‘limi bo‘ylab o‘ting.

Bildirishnomalarni istalgan muddatga o‘chirib turish

• Endi bildirishnomalar kelishini to‘xtatib turishni istalgan muddatga qadar o‘rnatish mumkin.
• Yangilangan menyuda bildirishnomalar kelishini to‘liq yoki vaqtinchalik o‘chirish — yoki shunchaki tovushni o‘chirib qo‘yib, ovozsiz bildirishnomalarni qabul qilishda davom etish mumkin.
• Android'da ovozsiz rejimning davomiyligini sozlash uchun chatning yuqori panelida belgisi ustiga bosing. iOS'da chat profilidagi Убрать звук (Sukut qilish) bandiga bosing.

Chat profilida yangi avtomatik oʻchirish menyusi

• Endi xabarlarning avtomatik o‘chirilishini faollashtirish uchun kamroq harakat talab etiladi.
• Taymer sozlamalari yanada moslashuvchan bo‘ldi: uni, masalan, 2 kun, 3 hafta, 4 oy va hokazo muddatga qadar o‘rnatish mumkin.
• Chat profilidagi belgisiga bosgan holda xabarlarning avtoo‘chirilishini faollashtiring.

Bot-adminlarni tezkor sozlash

• Endi botning profilidan chiqmay turib, maxsus tugmani bosish orqali botni foydalanuvchining guruh yoki kanaliga qo‘shish mumkin.
• Shu yerning o‘zida darhol uning huquqlari va ruxsatlarini sozlab ketish mumkin.
• Kanallarga botlarni faqat adminlar sifatida, guruhlarga esa — ham adminlar, ham ishtirokchilar sifatida qo‘shish mumkin.

Yangilangan “Tasvir ustida tasvir” rejimi (Android)

• Oyna o‘lchamini ikki barmoq bilan ikki chetga yoki markazga surish orqali o‘zgartiring.
• Video ijrochisini tezkor yopish uchun X tugmasiga bosing.
PiP (Picture in Picture) rejimi yumaloq burchakli yangi dizaynga ega bo‘ldi.

Boshqa yangilanishlar

• Xabarlarni qayta uzatishda xabarning suhbatdoshning muayyan xabariga javob tarzida yuborilganligi haqidagi holatini saqlash.
• Xabarlarning yaxshilangan tarjimasi (iOS).
• Guruhlarda xabarlar tarixini barcha uchun tozalash.
• Telefon raqamini o‘zgartirish interfeysidagi yangi animatsiyalar.
• Ko‘proq animatsiyali emodzilar.

📃 Batafsil ma’lumot uchun havola.

Android
: Google Play, rasmiy saytdan yoki tasdiqlangan kanaldan APK.
iOS: App Store.
Desktop: rasmiy saytdan yoki GitHub'dan.
macOS: с App Store yoki tasdiqlangan kanaldan.
Windows 10+ uchun Unigram: Microsoft Store | To‘g‘ridan-to‘g‘ri yuklab olish | O‘rnatish bo‘yicha ko‘rsatma

📝 Manba: @tginfo

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#telegram #unigram #android #iOS #masOS #desktop

🆕 700 million foydalanuvchilar va Telegram Premium

iOS uchun Telegram va Unigram mijozi 8.8 versiyasiga qadar yangilandi.
⚠️ Android va Telegram Desktop uchun yangilanishlar hozircha kutilmoqda. Hozirda obunani faqatgina App Store orqali rasmiylashtirish mumkin.

Telegram Premium

• Messenjer pullik obunani taqdim etadi, uning yordamida Telegram’ning keyingi rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash va qo‘shimcha funksiyalardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lish mumkin.
Telegram Premium'ga obuna bo‘lgan foydalanuvchi uchun ilovadagi deyarli barcha limitlar ikki baravarga oshiriladi.
• Obunachilar 4 Gb gacha bo‘lgan fayllarni yuklashlari, fayllarni maksimal tezlikda yuklab olishlari, noyob stikerlar va reaksiyalar yuborishlari, suhbatni boshqarishning qo‘shimcha vositalaridan foydalanishlari va boshqa ko‘plab afzalliklarga ega bo‘lishlari mumkin.
• Barcha mavjud funksiyalar hamma uchun bepulligicha qoladi. Bundan tashqari, hattoki Telegram Premium'ga ega bo‘lmaganlar ham obunachilar uchun mavjud bo‘lgan ba’zi imtiyozlardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.
• Obunaning xalqaro narxi oyiga 3,99 AQSh dollarini tashkil etadi (ilovalar doʻkoni komissiyalaridan tashqari).
• Premium-obuna afzalliklarining to‘liq ro‘yxati bilan ushbu maqola orqali tanishish mumkin.

Ommaviy guruhlarga a’zolik uchun arizalar

• Ommaviy guruhlar adminlari endi so‘rov bo‘yicha a’zo bo‘lish rejimini faollashtirishlari mumkin.
• Foydalanuvchi tomonidan yuborilgan so‘rov faqat chat adminlariga ko‘rinuvchi ro‘yxatga kiritiladi.
• Ommaviy guruh egalari so‘rov bo‘yicha a’zolikni ushbu bo‘lim orqali faollashtirishlari mumkin: Информация о группе > Редактировать > Тип группы > Кто может отправлять сообщения? > Только участники > Заявки на вступление.

Chatlarni oldindan ko‘rishning yaxshilanishi (Android)

iOS qurilmalari egalaridagi kabi qulayroq chatni oldindan ko‘rish qo‘shildi.
• Endi ushbu rejimda xabarlarni yuqoriga/pastga siljish orqali butun suhbatni ko‘rish mumkin — bunda ular o‘qilgan deb belgilanmaydi.
• Bundan tashqari, chatdagi bildirishnomalarni o‘chirish, suhbatni o‘qilgan deb belgilash, uni biriktirib qo‘yish yoki o‘chirish imkonini beruvchi yangi tugmalar mavjud.
• Chatni oldindan ko‘rish uchun chatlar ro‘yxatidagi profil rasmi ustiga bosib, ushlab turish yetarlidir.

Botlar uchun yaxshilanishlar

• Dasturchilarlar endi “Что умеет этот бот?” bo‘limiga rasm yoki video joylashtirishlari mumkin.
• Qo‘shimchalar menyusiga qo‘shilgan botlar avval faqat shaxsiy chatlarga ulanish uchun foydalanilgan, ammo endi guruhlar va kanallarda ishlash uchun o‘zgartirilishi mumkin.

Medianing avtomatik saqlanishi (Android)

• Rasmlar va videolarni galereyaga avtomatik saqlash funksiyasi qo‘shimcha sozlamalarga ega bo‘ldi.
• Galereyaga saqlashni shaxsiy chatlar, guruhlar va kanallar uchun alohida faollashtirish yoki o‘chirish mumkin.

Ushbu postning davomi👇🏻

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija