IT specialist
11.8K subscribers
1.12K photos
475 videos
62 files
3.75K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
#bilasizmi #mulohaza_uchun #hardware

Dastlabki qattiq disk (1973-yil) ikkita 30 MB'lik modullardan iborat bo‘lib, 30-30 deb nomlangan, bu Winchester miltig‘i uchun foydalanilgan 30-30 patroni belgilanishiga o‘xshash bo‘lgan – shuning uchun ushbu disklar vinchesterlar deb atala boshlagan.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#operatsion_tizim #word #excel #powerpoint

⌨️ Windows operatsion tizimiga tegishli ayrim foydali klavishlar birikmasi

CTRL + C – fayl / rasm / yacheyka / obyekt / matn fragmentini almashinish buferiga vaqtinchalik nusxalash.

CTRL + X – fayl / rasm / yacheyka / obyekt / matn fragmentini (odatda boshqa biror joyda qo‘llash uchun) almashinish buferiga vaqtinchalik qirqib olish.

CTRL + V – almashinish buferiga nusxalab yoki qirqib olingan biror obyektni biror joyda qo‘llash/joylashtirish.

CTRL + NПроводник dasturiga tegishli oynalarda, joriy oynaning alohida nusxasini ochish / qolgan amaliy dasturlarda yangi hujjatni yaratish;

CTRL + S – Windows'ning amaliy dasturlarida hujjatni diskka saqlash uchun qo‘llaniladi;

F12MS Office amaliy dasturlarida Сохранить как... funksiyasini chaqirish uchun qo‘llaniladi (bunda hujjatni boshqa nom bilan saqlash yoki shunchaki saqlash joyini o‘zgartirish mumkin);

CTRL + W | CTRL + F4MS Office amaliy dasturlari (va boshqa aksariyat dasturlarda) joriy ochilgan hujjatni yopish (dasturning o‘zi yopilmaydi) / Проводник dasturiga tegishli oynalarni yopish uchun qo‘llaniladi (ALT + F4 kabi).

CTRL + Y – Windows'ning amaliy dasturlarida so‘nggi bekor qilingan harakatni qaytarish;

CTRL + Z – Windows'ning amaliy dasturlarida so‘nggi amalga oshirilgan harakatni bekor qilish;

CTRL + HOME – Windows'ning amaliy dasturlarida hujjatning boshiga tezkor o‘tish / Проводник dasturiga tegishli oynalarda papka va fayllar ro‘yxatining boshiga o‘tish.

CTRL + END – Windows'ning amaliy dasturlarida hujjatning oxiriga tezkor o‘tish / Проводник dasturiga tegishli oynalarda papka va fayllar ro‘yxatining oxiriga o‘tish.

WIN + EПроводник (Explorer) dasturi oynasini chaqirish (Windows 7'da "Мой компьютер" oynasidagi disklarni ko‘rsatadi, Windows 10'da esa "Быстрый доступ" oynasini chaqiradi, bu esa biroz noqulay, buni Windows 7'dagi kabi ochilishini sozlash uchun maqola).

WIN + D – ishchi stol (Рабочий стол)ga tezkor o‘tish uchun barcha oynalarni vazifalar paneli (Панель задач)ga tushirish, yoki barcha oynalarni yana o‘z joyiga tiklash/qaytarish.

WIN + HOME – faol turgan oynadan boshqa barcha oynalarni vazifalar paneli (Панель задач)га tushiradi. Qayta bosilganida barcha oynalar yana o‘z joyiga, ya'ni faol turgan oynaning ortiga qaytadi.

ALT + TAB – ochilib turgan oynalar bo‘ylab o‘tishga imkon beradi. ALT klavishini bosib, ushlab turgan holda bir necha marotaba TAB klavishi bosiladi, kerakli oynaning tasviri ustiga kelgan paytda klavishlar qo‘yib yuboriladi.

📝 O‘QING: WIN (Windows) tugmasi qaysi?

ℹ️ Kanalimizdagi ushbu rukn ostida joylashtirilgan postlar bilan tanishing:
Windows 10 operatsion tizimining barcha bilishi lozim bo‘lgan qaynoq klavishalari
• Windows 10'da “Выполнить” oynasi uchun buyruqlar 1-qism | 2-qism | 3-qism
Windows 7 ning barcha qaynoq klavishalari
Win+R yordamida ishga tushiriladigan komandalar
Microsoft Word dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Microsoft Excel dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Microsoft PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Dasturlarni tezkor ishga tushirish siri
Internetda tezkor ishlash uchun 38ta klavishalar kombinatsiyalari
YouTube qaynoq klavishlari
Photoshop’da unumli ishlash uchun 55 klaviatura kombinatsiyalari
Telegram Desktop’da ishni tezlashtirish va qulaylashtirish uchun klaviatura kombinatsiyalari
Telegram Desktop dasturida matnni formatlash uchun klaviatura kombinatsiyalari
Klaviaturaning ishlash holatini tekshirish
Klaviaturada tez va bexato yozishni o‘rganamiz...
Klaviaturaning siz bilmagan elementar jihati
“СОЛО на клавиатуре 3 в 1” dasturi
Klavus - lotin va kirill alifbosidagi o‘zbekcha klaviatura
Siz ahamiyat bermagan, sehrli “SHIFT” klavishi
Punto Switcher dasturi
Fayl yoki papkaning xususiyatini (Свойства) ekranga chaqirish bo‘yicha
Obyektlarni nusxalash, bir joydan ikkinchisiga ko‘chirish va yorlig‘ini yaratish usullari to‘g‘risida

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#bilasizmi #operatsion_tizim #hardware

Kompyuter qotib qolganda qaysi tugmalarni bosish kerak? ⌨️😣

Siz ham kompyuteringiz qotib qolganda asab buzilib, ketma-ket turli tugmalarni beixtiyor bosib chiqasizmi? Tugmalarni tartibsiz bosishning o‘zi katta xato hisoblanadi, chunki bunda kompyuterga bir vaqtning o‘zida ko‘pgina buyruqlar yuboriladi va ularni qayta ishlay olmay, tizim butunlay to‘xtab qolishi mumkin.

Xo‘sh, o‘zi kompyuter qotib, sichqonchasi ishlamay qolganda nima qilish kerak?

Escape (Esc) tugmasini bosib ko‘rish zarur, u oxirgi berilgan buyruqni bekor qiladi va ayrim hollarda yordam berib qolishi mumkin;

ALT + F4’ni bir vaqtda bosish bilan qotib qolishga sababchi bo‘lgan dasturni to‘xtatadi, lekin oxirgi ma’lumotlar o‘chib ketishi ehtimoli bor;

• Agar kompyuter o‘yin o‘ynayotganda yoki video tomosha qilayotganda qotib qolsa, SHIFT + CTRL + WIN + B tugmalarini birgalikda bosib ko‘rish kerak. Bu bilan videokarta drayveri qayta yuklanadi;

• Ba’zan sichqonchaning o‘ng va chap tugmalarini ketma-ket bosish yordam berishi mumkin;

CTRL + SHIFT + ESC’ni bosib, qotib qolgan dasturni “Диспетчер задач” yordamida to‘xtatish mumkin;

• Agar bu yordam bermasa, CTRL + ALT + DEL tugmalarini bosish bilan “Диспетчер задач”ga kirish mumkin. Ayrim hollarda uchala tugmaning bosilishi kompyuterning yana ishlab ketishiga sabab bo‘ladi;

• Bulardan tashqari ALT + TAB’ni bir paytda bosish bilan boshqa oynaga o‘tish sabab, kompyuter yana ishlab ketishi ehtimoli bor;

• Qotib qolgan kompyuterni yana qayta ishga tushirib yuborishga universal yechim yo‘q, 5 daqiqa kutib turish ham yordam berishi mumkin;

• Yuqoridagi ko‘rsatmalar yordam bermagan taqdirda kompyuterning “RESET” tugmasini bemalol bosib, kompyuterni qayta yuklash mumkin.

🤝 @featureuz blogi bilan hamkorlikda tayyorlandi.

📌 P.S.: Kompyuteringiz qanday konfiguratsiyada bo‘lishidan qat’i nazar, u dastlab ishga tushirilgan payt ham imkon qadam uning “nafasini rostlab olishiga”, ya’ni barcha kerakli dasturlarni yuklab olishiga 2-3 daqiqa vaqt berish kerak.

📝 DiMaX @terabaytuz

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida quyidagi maqola va maslahatlarni o‘qib ko‘rishni tavsiya etamiz:
Klaviaturadagi PrintScreen (PrtScr) klavishining bajaradigan funksiyasi haqida
Klaviaturaning ishlash holatini tekshirish
Klaviaturada tez va bexato yozishni o‘rganamiz...
Klaviaturaning siz bilmagan elementar jihati
Bir yarim asr oldin tarixdagi ilk QWERTY-klaviatura qayerda qo‘llangan?
“СОЛО на клавиатуре 3 в 1” dasturi
Klavus - lotin va kirill alifbosidagi o‘zbekcha klaviatura
Siz ahamiyat bermagan, sehrli “SHIFT” klavishi
Punto Switcher dasturi
Fayl yoki papkaning xususiyatini (Свойства) ekranga chaqirish
Obyektlarni nusxalash, bir joydan ikkinchisiga ko‘chirish va yorlig‘ini yaratish usullari
• Dasturlarni tezkor ishga tushirish siri: 1-qism | 2-qism
Win+R yordamida ishga tushiriladigan buyruqlar
• Microsoft Windows 7 | Windows 10 operatsion tizimida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Windows operatsion tizimi o‘rnatilganidan so‘ng, bajarilishi kerak bo‘lgan 10 ta ish
Windows 10’ni tezlashtirish uchun 10 maslahat
• Microsoft Word | Excel | PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Internet brauzerida tezkor ishlash uchun 38ta klaviatura birikmalari
YouTube qaynoq klavishlari
Photoshop’da unumli ishlash uchun 55 klaviatura birikmalari
• Telegram Desktop dasturida ishni tezlashtirish va qulaylashtirish hamda matnni formatlash uchun tezkor klaviatura birikmalari
Total Commander dasturida hajmning ko‘rinishini sozlash

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#operatsion_tizim

Windows’ga o‘rnatilgan vositalar yordamida kompyuterning ishlashini tezlashtirish mumkinmi? 🖥📈

1️⃣. “Мой компьютер” belgisi ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing.
2️⃣. Ochilgan kontekstli menyudan “Свойства”ni tanlang.
3️⃣. Oynaning chap tomonida keltirilgan “Дополнительные параметры системы” bandiga murojaat eting.
4️⃣. “Быстродействие” bo‘limi tarkibidagi “Параметры” tugmasini bosing.
5️⃣. “Параметры быстродействия” oynasida “Обеспечить наилучшее быстродействие” bandini tanlang.
6️⃣. Dastlab “Применить”, so‘ngra “OK” tugmalarini bosing.

🚫 “Обеспечить наилучшее быстродействие” bandini tanlash orqali Windows 10’ning barcha animatsiyalari faolsizlantiriladi.

📍Tizimdan foydalanish juda noodatiy bo‘lib qolmasligi uchun, “эффекты разворачивания и сворачивания” kabi ba’zi funksiyalarni faol holatda qoldirish mumkin.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
PC ishlashini tezlashtirishning 10 usuli
Windows 10’ni tezlashtirish uchun 10 maslahat
Protsessorga bo‘lgan yuklamani kamaytirish va Windows ishini tezlashtirish
Windows'da bajarilayotgan jarayon uchun prioritet belgilash
Windows 10 bo‘yicha maslahatlar: har kunlik qo‘llaniluvchi vazifalarni tezroq va qulayroq bajaramiz!
Windows 10'ni tezkor ishga tushirish
Windows 11'ning ishlashini tezlashtirish bo‘yicha yo‘riqnoma nashr qilindi
Windows 10'da almashinish buferi (буфер обмена): ish samarasini qanday qilib oshirish haqida so‘z yuritamiz!
Dasturlarni tezkor ishga tushirish siri
Kompyuter qotib qolganda qaysi tugmalarni bosish kerak?
Kompyuterning to‘liq qotib qolishi
Android operatsion tizimi o‘rnatilgan smartfonning ishlashini tezlashtirish
Android-smartfonni tezlashtirish va tozalash uchun “.thumbnails” papkasini o‘chiramiz
Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#bilasizmi #hardware #operatsion_tizim

Protsessor nomlanishidagi sonlar va harflar nimani anglatadi? 🤔

Intel protsessorlarida protsessorning asosiy parametrlarini aniqlash imkonini beruvchi markalash mavjud.

Buni protsessor xarid qilishda yoki kompyuterni xarakteristikalarini ko‘rish orqali aniqlash mumkin.

👉🏻 Batafsil matn va video.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
Protsessorning turi va xususiyatlarini aniqlash usullari

👨🏻‍💻@itspecuz | @kompyuter_akademiyasi
Forwarded from IT specialist
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#operatsion_tizim #maslahat

🆙 Windows uchun layfxak: qotib qolgan kompyuterimizni “jonlantiramiz”

Windows o‘rnatilgan shaxsiy kompyuter ishga tushirilganida qandaydir sabablarga ko‘ra ekran qorayib, sichqoncha kursoridan tashqari hech qanday element ko‘rinmayabdi deylik.

Bunday vaziyatda shunchaki CTRL + SHIFT + ESC klavishlari birikmasini bosish orqali “Диспетчер задач Windows” (Task Manager) oynasi ekranga chaqiriladi va undagi menyu satrida “Файл” (File)“Запустить новую задачу” (Run new task) bandlari bo‘ylab o‘tiladi.

Ochilgan oynachada EXPLORER.EXE buyrug‘i kiritilib, OK tugmasi yoki ENTER klavishi bosiladi. Tayyor, -1 muammo. 😉

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
“Выполнить” oynasi uchun buyruqlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Buyruq satri (Командная строка) ishtirok etgan barcha maqolalarimiz ro‘yxati keltirilgan postimiz.
Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#operatsion_tizim

Windows soatida soniyalar ko‘rinib turishini faollashtirish

Windows 10'da vazifalar panelining o‘ng chetida joylashgan soat joriy vaqtni qoida bo‘yicha soniyalarsiz ko‘rsatib turadi. Agar sizga ularning ko‘rinib turishi qulay bo‘lsa, u holda quyidagi harakatlar ketma-ketligini bajarishingizga to‘g‘ri keladi:

1️⃣. Выполнить oynasini ekranga chaqirish maqsadida WIN + R klavishlari birikmasini bosing va ochilgan oynaga regedit buyrug‘ini kiritib, ENTER klavishini bosish orqali Редактор реестра oynasini ishga tushiring.

2️⃣. Ochilgan oynaning chap tomonida joylashgan kichikroq panelida quyidagi yo‘nalish bo‘ylab o‘ting (yoki ushbu matnni oynadagi manzil satriga nusxalab o‘tkazib, ENTER klavishini bosing): HKEY_CURRENT_USER\SOFTWARE\Microsoft\Windows\CurrentVersion\Explorer\Advanced.

3️⃣. Oynaning o‘ng tomonidagi kattaroq panelning bo‘sh joyiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosish orqali ShowSecondsInSystemClock nomli 32-bitlik DWORD parametrini yarating va unga 1 qiymatini bering.

So‘ngra Диспетчер задач'ni ekranga chaqirish uchun CTRL + SHIFT + ESC birikmasini bosing. Jarayonlar ro‘yxatidan Проводник (Windows Explorer)ni topib belgilang va oynaning pastki o‘ng burchagidagi Перезагрузить tugmasini bosing.

Windows 7 uchun soniyalarni biz rammichael.com saytidan yuklab olish mumkin bo‘lgan 7+ Taskbar Tweaker dasturi orqali faollashtirishimiz mumkin. Dasturning oynasida faollashtirilishi lozim bo‘lgan band ushbu post ostidagi rasmning 2-qismida keltirilgan👇🏻.

📝 Manba: @pcTeapot

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Windows operatsion tizimida hafta kunlari nomini soat oldiga chiqarish
Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#operatsion_tizim

⌨️ Windows (WIN) klavishi bilan bog‘liq foydali kombinatsiyalar to‘plami (1-qism)

Standart klaviaturada “Пуск” menyusini ochish imkonini beruvchi WIN klavishi mavjud. U odatda klaviaturaning pastki chap burchagidagi xizmatchi CTRL, FN (noutbuklarda va maxsus klaviaturalarda bo‘ladi) va ALT klavishlari orasida joylashadi, o‘ng tomondagi xizmatchi klavishlar orasida esa uni har doim ham uchratmaysiz.

WIN klavishi bilan bog‘liq yana ko‘plab kombinatsiyalar mavjud bo‘lib, ular bilan yaqindan tanishtirib o‘tamiz:

WIN“Пуск” menyusini chaqirish/yopish (CTRL + ESC ham shu vazifani bajaradi);
WIN + A – Bildirishnomalarni boshqarish markazini ochish/yopish;
WIN + B – Fokusni ekranning o‘ng pastki burchagidagi fondagi dasturlar belgilari sohasiga qaratish;
WIN + C“Cortana” yordamchisini eshitish rejimida ishga tushirish (qoida bo‘yicha ushbu imkoniyat o‘chirilgan, yordamchi esa barcha hududlar uchun mo‘ljallanmagan)
WIN + D – Ishchi stolni ko‘rsatish/berkitish;
WIN + ALT + D – Kalendar va vaqtni ko‘rsatish/berkitish;
WIN + E“Проводник” oynasini ochish;
WIN + F – Chaqiruvlar markazini ochish;
WIN + G – O‘yin panelini ko‘rsatish/berkitish;
WIN + H – Gapirib turish (Диктовка) jarayonini boshlash;
WIN + I“Параметры” oynasini ochish;
WIN + J – Ko‘rinib turgan vaqtida fokusni Windows eslatmasiga qaratish (klavishlar birikmasiga qayta bosish, fokusni maslahat yo‘naltirilgan elementga o‘tkazadi);
WIN + K“Подключение” tezkor harakatini ishga tushirish;
WIN + L – Shaxsiy kompyuterni bloklash yoki foydalanuvchini almashtirish;
WIN + M – Barcha ochilib turgan oynalarni (muloqot oynalaridan tashqari) vazifalar paneliga tushirish (Свернуть);
WIN + SHIFT + M – Vazifalar paneliga tushirilgan barcha oynalarni joyiga (ekranga) qaytarish;
WIN + O – Qurilmaning tanlangan oriyentatsiyasini qotirib qo‘yish (Зафиксировать);
WIN + P“Проекцировать” tezkor harakatini ishga tushirish;
WIN + R“Выполнить” oynasini ekranga chaqirish;
WIN + S – Qidiruv panelini ishga tushirish;
WIN + T – Vazifalar paneliga biriktirilgan dastur va funksiyalar hamda ochilib turgan oynalar o‘rtasida siklik ravishda o‘tish;
WIN + V – Kengaytirilgan almashinish buferini ishga tushirish;
WIN + X – Tezkor havolalar menyusini ochish;
WIN + Y“Windows Mixed Reality” va ishchi stol o‘rtasida o‘tish.

👉🏻 Ushbu ro‘yxatning 2-qismi.

📝 Manba: @pcTeapot

ℹ️ Kanalimizdagi ushbu rukn ostida joylashtirilgan postlar bilan tanishing:
Windows 10 operatsion tizimining barcha bilishi lozim bo‘lgan qaynoq klavishalari
• Windows 10'da “Выполнить” oynasi uchun buyruqlar 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Buyruq satri (Командная строка)da qo‘llash mumkin bo‘lgan buyruqlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
Windows 7 ning barcha qaynoq klavishalari
Win+R yordamida ishga tushiriladigan komandalar
Dasturlarni tezkor ishga tushirish siri
Microsoft Word dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Microsoft Excel dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Microsoft PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Internetda tezkor ishlash uchun 38ta klavishalar kombinatsiyalari
YouTube qaynoq klavishlari
Photoshop’da unumli ishlash uchun 55 klaviatura kombinatsiyalari
Telegram Desktop’da ishni tezlashtirish va qulaylashtirish uchun klaviatura kombinatsiyalari
Telegram Desktop dasturida matnni formatlash uchun klaviatura kombinatsiyalari
Klaviaturaning ishlash holatini tekshirish
Klaviaturada tez va bexato yozishni o‘rganamiz...
Klaviaturaning siz bilmagan elementar jihati
“СОЛО на клавиатуре 3 в 1” dasturi
Klavus - lotin va kirill alifbosidagi o‘zbekcha klaviatura
Siz ahamiyat bermagan, sehrli “SHIFT” klavishi
Punto Switcher dasturi
Fayl yoki papkaning xususiyatini (Свойства) ekranga chaqirish bo‘yicha
Obyektlarni nusxalash, bir joydan ikkinchisiga ko‘chirish va yorlig‘ini yaratish usullari to‘g‘risida
Operatsion tizim rukni ostida joylashtirilgan qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim

🎧🔊 Quloqchinlar uchun hajmdor tovush (Spatial sound)ni faollashtirish

Microsoft'ning joriy operatsion tizimida Windows Sonic nomli funksiya mavjud bo‘lib, u video va o‘yinlar namoyishida qabul qilish darajasini yaxshilash uchun ichki o‘rnatilgan hajmdor tovush hosil qiluvchi audio tizimdir.

Ushbu funksiya ko‘p kanalli quloqchinlar va mos keluvchi kontentdan foydalanganda o‘zini eng yaxshi ifodalaydi. Biroq, o‘yinlar yoki videolar namoyishida 3D-tovushni qo‘llab-quvvatlamaydigan oddiy quloqchinda ham farq sezilarli bo‘ladi.

Opsiyani to‘g‘ridan-to‘g‘ri vazifalar panelidan faollashtirish mumkin. Bu uchun karnaycha belgisi ustiga bosib, kengaytirilgan sozlamalarga o‘tiladi va Windows Sonic for Headphones bandi tanlanadi.

📝 Manba: @pcTeapot

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz roʻyxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#operatsion_tizim

⛔️ Windows'da tizim bilan birgalikda ishga tushuvchi dasturlarning avtomatik yuklanishini faolsizlantirish

Kompyuterni uzoqroq muddat ishlatib kelayotgan foydalanuvchilar, tizim ishga tushirilgan paytdagi yuklanishi – dastlabki yuklanishlariga nisbatan ko‘proq vaqt olayotganiga guvoh bo‘lishlari mumkin.

Bu bizga ortiqcha dasturlarni Windows ishga tushgan paytda birgalikda yuklanishidan o‘chirib qo‘shish maqsadida Автозагрузка'ga murojaat etishimiz lozimligini anglatadi. Bunda bajariladigan qadamlar ketma-ketligi quyidagicha:

1️⃣. Windows 7 va undan oldingi tizimlarda

WIN + R birikmasini bosing va ochilgan Выполнить oynasiga msconfig buyrug‘ini kiritib, ENTER klavishini bosing. Ochilgan oynadagi Автозагрузка varaqa (вкладка)siga o‘ting va tizim bilan birga yuklanishi zarur bo‘lmagan dasturlar qarshisidan qushcha belgilarini olib tashlang. Kiritilgan o‘zgartirishni saqlang.

2️⃣. Windows 8 va undan keyingi tizimlarda

CTRL + SHIFT + ESC klavishlari birikmasini bosish orqali Диспетчер задач oynasini ekranga chaqiring. Ochilgan oynaning Автозагрузка varaqa (вкладка)sida kerakli dastur keltirilgan bandni tanlang, so‘ngra oynaning pastki o‘ng burchagidagi Отключить tugmasini bosing.

📝 Manba: @pcTeapot

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija