IT specialist
11.8K subscribers
1.12K photos
475 videos
62 files
3.75K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
Forwarded from IT specialist
#operatsion_tizim #internet #software

📥 YTD Video Downloader – YouTube, Facebook, Google Video, Yahoo Video, va boshqa mashhur video servislardan videoni yuklab olish uchun kompyuter dasturi. Videoni iPod, PSP, Cell Phone, Windows Media, XVid va boshq. uchun konvertatsiya qilish va moslashtirish. Yuklab olinayotgan videoni oldindan ko‘rish uchun ichki o‘rnatilgan videopleyer.

DASTUR HAQIDA:
🆚 Versiya: v5.9.18.8
🖥 OT: Windows
📀 Razryadlik: x86/x64
🇷🇺 Interfeys tili: Ruscha
🔑 Davolash: talab etilmaydi

📎 YTD Video Downloader v5.9.18.8 dasturini yuklab olish.

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #software

🔍 Windows'da dasturlarning ishga tushirilish tarixini qanday olish mumkin?

Windows'da barcha ishga tushirilgan dasturlar o‘zidan qandaydir iz qoldiradi, bu nafaqat o‘rnatilgan, balki portativ dasturlarga ham tegishlidir. Dasturlarning ishga tushirilish izi jurnal yozuvlari, harakatlar tarixi, reyestr kalitlari, shuningdek prefetching fayllari ko‘rinishida qoladi.

Umuman olganda Windows'da yanada oddiy va qulay yechim – audit siyosati (политика аудита) mavjud. Sozlama faollashtirilganidan so‘ng Windows'dagi u yoki bu dasturning bajaruvchi fayli ishga tushirilganida tizim hodisalari jurnalida avtomatik ravishda ma’lumotli yozuvlar qoldiriladi.

Buning amalga oshirilish qadamlari quyidagicha:

1️⃣. WIN + R klavishlari birikmasi yordamida “Выполнить” oynasini ekranga chaqiring va unga gpedit.msc buyrug‘ini kiritib, ENTER'ni bosish orqali “Редактор локальной групповой политики”ni ishga tushiring.

2️⃣. Ochilgan oynaning chapki menyusida ushbu ketma-ketlik bo‘yicha o‘tamiz: “Конфигурация компьютера” → “Конфигурация Windows” → “Параметры безопасности” → “Локальные политики” → “Политика аудита.

3️⃣. “Аудит отслеживания процессов” parametrini ishga tushiring va undagi “Успех” bandini faollashtirib, qo‘llanilgan sozlamalarni saqlang (OK).

Audit yozuvlarini o‘qish uchun yana WIN + R klavishlari birikmasi yordamida “Выполнить” oynasini ekranga chaqiring va unga eventvwr.msc buyrug‘ini ishga tushirish uchun yuboring (OK). “Журналы Windows” → “Безопасность” yo‘nalishi bo‘ylab o‘ting. 4688 kodi bilan belgilangan hodisalar jarayonlarning ishga tushirilishini anglatadi. Ushbu kodli hodisalarni saralash uchun “Фильтр текущего журнала” bandini qo‘llashingiz mumkin.

📝 Manba: @bugfeature

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #software

Kompyuterning kutish rejimiga zastavka sifatida maxsus soat o‘rnatamiz 😉

🎞 Video'ni ko'rish | 📎 Dasturni yuklab olish

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#operatsion_tizim #software

Kompyuterni o‘chirish uchun oddiy taymer dasturi

Ba’zida bizda biror dasturiy ta’minot yoki apparat tugmalariga murojaat etgan holda kompyuterni qo‘lda o‘chirish uchun imkoniyat, vaqt yoki shunchaki xohish bo‘lmasligi mumkin. Aynan shunday vaziyatlarda Shutdown PC Timer yordamchi dasturi bizga yordamga keladi.

Shutdown PC Timer — bu taymer orqali kompyuterni o‘chirish uchun eng oddiy yordamchi dasturdir. Uning yordamida tizimni muayyan vaqtdan so‘ng osongina o‘chirish, qayta yuklash yoki uyqu rejimiga yuborish mumkin.

Kompyuterning o‘chirilishi bunga hali tayyor bo‘lmagan foydalanuvchini ajablantirmasligi uchun yordamchi dastur uni avval o‘n daqiqa qolganida, keyin esa bildirishnomalar yordamida bir daqiqa qolganida ogohlantiradi.

Shutdown PC Timer sozlamalarida ushbu dasturni boshqa oynalar ustidan ko‘rinib turadigan qilish, bildirishnomalar chiqishini cheklash va dasturni to‘liq yopish o‘rniga uni tizim soati yonidagi treyga tushib turadigan qilib sozlash mumkin.

📝 Manba: @komputeer

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Uyqu rejimi va gibernatsiya — farqi nimada?
Kompyuterning uyqu rejimi va gibernatsiyasi haqida nimani bilish lozim?
Gibernatsiya rejimini faollashtirish
Qurilmalarga kompyuterni uyqu rejimidan chiqarishni taqiqlash
Kompyuterda uyqu rejimidan chiqishda so‘raluvchi parolni o‘chirib qo‘yish
Windows 10’da gibernatsiya
Kompyuterni o‘chirishni avtomatlashtirish
Kompyuterni o‘chirish taymerini sozlash
Kompyuterni ma’lum vaqtdan keyin qayta yuklash yoki o‘chirish
SHUTDOWN buyrug‘i
Buyruqlarni muayyan vaqtdan keyin bajarish
Noutbukning ustki qismini yopgandagi amalga oshiriladigan harakatlarni sozlaymiz
Noutbuk (laptop)ni tezkor quvvatlash
Microsoft Edge'ning uyqudagi varaqa (вкладка)lari uchun umumiy taym-ayt vaqtini sozlash
Windows 10’ni tezlashtirish uchun 10 maslahat
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#operatsion_tizim #software #hardware #maslahat

☀️ Klaviaturadagi yorqinlikni boshqarish klavishlari ishlamasa nima qilish lozim?

Windows 10 parametrlaridagi yorqinlikni boshqarish opsiyasi ravon ishlab, ammo klaviaturadagi bu uchun mo‘ljallangan klavishlar ishlamasa, u holda qariyb har doim gap noutbuk ishlab chiqaruvchisining ushbu va boshqa funksional klavishlar ishlashi uchun xizmat qiluvchi maxsus dasturiy ta’minot (DT) yetishmovchiligi bilan bog‘liq bo‘ladi.

Bunday DT(lar)ni qurilma drayverlari bilan bir qatorda ishlab chiqaruvchining rasmiy saytidan (taxminan Drivers & Support, Драйверы и поддержка bo‘limi orqali) aynan qurilmangiz modeliga tegishli bo‘lganini yuklab olish muhimdir (bunda operatsion tizim versiyasi va razryadiga ham ahamiyat berishni unutmang).

Ushbu, odatda juda oz hajmdagi yordamchi dasturlarning nomlanishlari turlicha bo‘lishi mumkin, ba’zida esa bir emas, bir nechtasini o‘rnatishga to‘g‘ri keladi, quyida bunga misollar keltirilgan:

LenovoAIO Hotkey Utility Driver (monobloklar uchun), Hotkey Features Integration for Windows 10 (noutbuklar uchun);
ASUS ATK Hotkey Utility (va, ATKACPI o‘rnatilgani ma’qul).

📝 Manba: @computer_life

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Klaviatura bilan ishlashga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#operatsion_tizim #software

🗑 Keraksiz dasturlarni tag-tugi bilan izsiz o‘chirish

Uninstall Tool — kompyuterga o‘rnatilgan keraksiz dasturlarni to‘liq o‘chirish, tizim komponentlari va Microsoft Store do‘konidagi ilovalarni o‘chirish uchun yordamchi dastur. Dasturiy ta’minot tarkibida kuchli qo‘shimcha vositalar: Мастер удаления (O‘chirish ustasi) va Монитор установки ПО (Dasturiy ta’minotlar o‘rnatilishi monitori) mavjud.

Монитор установки ПО funksiyasi dasturning kompyuterda o‘rnatilishini, shuningdek operatsion tizimdagi barcha o‘zgarishlarni kuzatishga yordam beradi. Dastur jarayonlarni kuzatish uchun yadro drayveri rejimidan foydalanadi.

Ushbu usul dasturni kompyuterga o‘rnatishning barcha parametrlarini to‘liq kuzatish imkonini beradi. Keyinchalik ushbu nazorat qiluvchi modul muayyan dasturga tegishli barcha ma’lumotlarning tizimdan to‘g‘ri o‘chirilishiga yordam beradi.

📎 Uninstall Tool v3.5.10.5670 dasturini yuklab olish.

📝 Manba: @computer_life

📌 P.S.: Operatsion tizim va drayverlar o‘rnatilishi bilan dastlab ushbu dasturni, keyin qolganlarini o‘rnatish maqsadga muvofiqdir!

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #dasturlash #software #IT_humor

Ayniqsa kompyuteringizning operativ xotirasi hajmi kichik bo‘lganida 🙈

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#operatsion_tizim #software #security

👾 Virusga duch kelish ehtimolini qanday bartaraf etish mumkin?

Notanish dastur yoki havolani ishga tushirganda, uning ortida qandaydir virus yashiringan bo‘lishi mumkinligini hech qachon istisno etib bo‘lmaydi.

Bunda o‘z xavfsizligingizni ta’minlash maqsadida Sandboxie ilovasini o‘rnatishingiz mumkin. Bu maxsus “qum maydoni” (Песочница) bo‘lib, u orqali ishga tushirilgan har qanday soft (dastur) tizim fayllari, Windows reyestriga murojaat eta olmaydi, tizimga qandaydir o‘zgartirish kiritish yoki zarar yetkazish xavfining oldi olinadi.

Ushbu tarzda siz faylni tahdidlarga qarshi tekshirishingiz va muammo mavjud bo‘lmasa, uni operatsion tizimning o‘zi orqali ishga tushiringingiz mumkin.

📎 Sandboxie v5.53.2 dasturini yuklab olish.

📝 Manba: @trojan_anonym

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#operatsion_tizim #software #word #excel #powerpoint #outlook

Microsoft Windows va Office'larning rasmiy o‘rnatiluvchi obrazlarini yuklab olish 📥

Windows ISO Downloader – Microsoft serverlaridan Windows operatsion tizimining rasmiy obrazlarini oddiy yuklab olish uchun mo‘ljallangan bepul dastur.

Dastur obrazini yuklab olish mumkin bo‘lgan mavjud operatsion tizimlar ro‘yxatini ko‘rsatadi. Ayni damda bu Windows 7, Windows 8.1, Windows 10 va Insider Preview, shuningdek MS Office 2010, Office 2013, Office 2016, Office 2019 va Expression Studio'lardir. Mos keluvchi tizim tanlanganidan so‘ng, dastur Microsoft Techbench saytidagi kabi monand formani aks ettiradi.

Kompyuterga allaqachon o‘rnatilgan va qo‘llanilib turgan operatsion tizimning tayyor ISO obrazini yuklab olish, tizimni qayta o‘rnatish yoki tiklash uchun ajoyib variant hisoblanadi.

📎 Windows ISO Downloader v8.46.0.154 kompyuter dasturini yuklab olish.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Toza Windows 10'ni o‘rnatish
Windows'ni o‘rnatish mahalida Secure Boot'ni o‘chirib qo‘yish
Drayver nima? Drayver haqida batafsil ma’lumot (video)
Drayverlarni topish va o‘rnatish
Printer va skaner uchun drayver yuklash va o‘rnatish
Kompyuterga dastur yuklash uchun saytlar (+ishonchli)
Dastur ornatish sanati
Dasturni qaysi versiyasi yaxshi: eski yoki yangi?
Kompyuter dasturlari qanday turlarga bo‘linishi haqida
Автозагрузка nima? Avtozagruzkadan dasturlarni olib tashlash.
Kompyuter ishlashini tezlashtiramiz! (video)
Bir nechta qismlardan iborat dasturlarni o‘rnatish
Internetda vaqtni xavfsiz o‘tkazish
Operatsion tizimdagi barcha dasturlarni o‘rnatib bo‘lganingizdan so‘ng antivirus dasturini o‘rnatish, fleshkadan oqilona foydalanish va Total Commander dasturlariga oid tavsiyalar
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Microsoft Word rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#operatsion_tizim #software #hardware

🔋 Noutbuk batareyasining eskirganlik darajasini aniqlash

Akkumulyatorni diagnostika qilish hech qachon kech emas, chunki uni almashtirish vaqti kelgan bo‘lishi mumkin. Akkumulyatorning eskirganlik darajasini aniqlash uchun, batareyaning asl quvvat hajmi va uning eskirganligini foizlarda ko‘rsatuvchi BatteryCare dasturidan foydalanish mumkin.

Foydalanish tartibi quyidagicha:

1️⃣. Dasturni rasmiy saytidan yuklab olamiz.

2️⃣. Uni o‘rnatamiz va ishga tushiramiz.

3️⃣. Vazifalar panelining soat yonidagi tizim treyidan (fonda ishlab turgan dasturlar orasidan) dastur belgisini topamiz va ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosamiz va ochilgan kontekstli menyudan “Показать BatteryCare” bandini tanlaymiz.

4️⃣. Eskirganlik darajasini bilish uchun “Дополнительно” varaqa (вкладка)si ustiga bosamiz va “Износ батареи” satrini izlaymiz.

Agarda batareyaning eskirganlik darajasi 15-20% dan katta bo‘lsa, u holda uning ishlashidagi avtonomlik tezroq pasayadi va uni almashtirish borasida o‘ylab ko‘rish mumkin bo‘ladi.

📎 Battery Care v0.9.36 dasturining tizimga o‘rnatiluvchi va o‘rnatish talab etilmaydigan versiyalarini kanalimizdan yuklab oling: Install version | Portable Version

📝 Manba: @bugnotfeature

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Aldanib qolmang: noutbukni ochmasdan batareyasini tekshirish usullari
Uy sharoitida noutbukdan foydalanish uchun layfxak
Batareya bilan bog‘liq eng yoqimsiz holat...
Noutbuk (laptop)ni tezkor quvvatlash
Ekspert maslahati: ishlayotgan noutbukni qayerga qo‘yish xavfli?
Noutbukning ustki qismini yopgandagi amalga oshiriladigan harakatlarni sozlaymiz
Modern Standby kutish rejimi
Smartfon va noutbukni noto‘g‘ri quvvatlayapsiz, buni bilasizmi?
Wi-Fi vs 4G: smartfon quvvatini qay biri tezroq tugatadi?
Telefon quvvatining tez tugashi sabablari
Smartfoningizni quvvatlashdagi bu odatlaringizni darhol to‘xtating
Smartfoningiz quvvati tez tugab qolyaptimi?
Smartfonning quvvati kam qolganida asqotadigan 9 tavsiya
Smartfonni tunda quvvatlashga qo‘yib yotish xavflimi?
Nega smartfonni 100 foiz quvvatlash mumkinmas?
Smartfon batareyasi umrini qisqartiruvchi narsalar — 0 dan 100 gacha
Zaryadsiz bir hafta: smartfonlarda quvvatni tejash rejimlari haqida
Android'da batareyaning eskirganligini aniqlash (va smartfonni oqilona quvvatlash)
Smartfonlar uchun ixcham dizayndagi va moslashuvchan tashqi akkumulyator
Smartfonni quvvatlash uchun ajoyib g‘oya
Nega smartfonni avtomobilda quvvatlantirib bo‘lmaydi?
iPhone'dagi batareyaning so‘nggi foizlarini asraymiz
iPhone'da avtomatik quvvatni tejash rejimi
iPhone akkumulyatorini tejashga doir tavsiyalar
Jazirama issiqning smartfonga zarari qanday?
O‘z smartfonimizni o‘lkamiz jaziramasidan qanday asrash kerak?
Yaroqsiz batareykani nima qilish kerak?
Kompyuterning uyqu rejimi va gibernatsiyasi haqida nimani bilish lozim?
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija