Foydali ilm🌿|علم نافع
121 subscribers
2.28K photos
593 videos
99 files
218 links
Saviyasiz kontent
@Ilman_nafiian_bot
Download Telegram
#ibratli_hikoyalar
Mushuk sabab hidoyat topgan kishi...

Istanbulda Hoji Mazlum degan avliyo kishi o‘tgan. U "Hidoyatni mushukdan o‘rgandim" deydi.

“Bir kun Istanbuldagi Ayyub Sulton mavzesida ketayotgandim. Bir mushuk baliq sotuvchilarni rastasidan bir baliqni og‘zida tishlab olib qochdi. Keyin bir uyga kirib ketdi va o‘sha zahoti og‘zi bo‘sh qaytib chiqdi.

Orqasidan uyga kirdim, uy ichida ko‘zi ko‘r bir kampir duo qilar edi: “Ey Robbim, mening yetim nevaramning bugungi rizqini mushuk orqali jo‘natganing uchun senga hamd bo‘lsin!”. Uydan chiqdim, ustozim Usmon Kamoliyani oldiga borib, bu voqeani aytib berdim. Ustozim: “Nima qilib o‘tiribsan, bor, u kampir o‘lgunicha uning ehtiyojlarini o‘z bo‘yningga ol”, — dedi.
“Mushuk o‘rgatgan menga odamiylikni”, — deydi.

Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi va sallam sahobalardan birini mushukka bergan e’tiborlari sababli Abu Hurayra – "mushukning otasi" deb nomlaganlar.

🔻Kanalga a'zo bo'ling👇
@ilman_nafiian
#ibratli_hikoyalar
📝 O‘qing, faqat yig‘lamang...

Bozor... Odam shunchalar ko‘p, kimdir sotadi, kimdir xarid qiladi. Keling o‘g‘lim, uzumdan ob keting, dehqonchiligimiz nariroqdan bir qari onaxonni ovozi keldi, kiziqsinib qaradim. Sochlari qorday oppoq, alam iztirob chekkan ko‘zlari mungli. Keling o‘g‘lim, shu uzumni olib keting... Sag‘irgina nabiralarim bor, ularga yegulik olib ketaman. Kechadan beri och qob ketgan jon bolam. Bir boyvachcha to‘xtab uzum narxini so‘radi:~ uzuming qancha shum kampir. Bular shunaqada ko‘ryapsanmi ustamonligini shunaqa qilib pul undiradi boylardan,- dedi yonidagi yugurdagiga. Kampir kambag‘al bo‘lsada lekin o‘sha boyning dunyosidan qimmatliroq g‘ururi borakan. Bolam, men tilanchi emasman, seniyam onang bordir. Boyvachcha g‘ijindi mani onamni o‘zingga teng qilma sassiq kampir. Kampir odamlardan xijolat bo‘lib atrofga qaradi, keyin sekingina tarbiya bergan onajoningga rahmat bolam dedi. Bu so‘zlarni zamirida qancha ma’no bor o‘zi bilardi kampir. Boyvachcha jahl bilan uzumni bir tepdi uzum xar tomonga sochilib ketdi, g‘udranib-g‘udranib nari ketdi. Kampirni ko‘zidan ikki tomchi yosh yumaladi, bugun sag‘irlarim nima yeydi... Uniyam farzandlari, onasi bordir... Kampir qargamadi, og‘rindi... Ich-ichidan og‘rindi. Kissasini kovladi ikkita nonga yarasha pul bor, apil tapil uzumlarni yig‘ishtirdi... Ikkita issiqqina nonni olib nabiralari istiqboliga shoshildi. Yo‘lda avariya bo‘bdi,- dedi shafyor. Kamaz bilan prado. Prado majag‘lanib ketibdi. Odami o‘sha zahoti o‘libdi. Oyoq qo‘llari har tomonga sochilib ketibdi, boshi uzilib ketibdi. Yomon bubti, kimdir u, kimdir bu dedi. Lekin bu o‘sha boyvachcha edi. Yo‘o‘o‘q kampir qarg‘amadi, og‘rindi... Ich-ichidan og‘rindi, xolos...

Qissadan hissa, hech qachon birovni nohaq og‘rintirmang...

🔻Kanalga a'zo bo'ling👇
@ilman_nafiian
#ibratli_hikoyalar
Taqvodor kuyov haqida.

Marv shahri qozisining bir qizi bor edi. Unga o‘lkaning eng oldi boylari, mansabdor kishilar, mol-u mulk egalari xaridor bo‘lishdi, ammo qozi ularning hammasiga rad javobini berdi.

Qozining Muborak ismli quli bor edi. Kelganiga ikki oy bo‘lgan, bu orada bog‘dagi mevalar pishgandi. Xo‘jayin Muborakka uzum keltirishini buyurdi. Ammo olib kelingan uzumlar rangi chiroyli bo‘lsa ham, hali yetilmagan edi. Qayta olib kelishga yubordi, lekin bu safar ham xuddi oldingisi kabi nordon chiqdi.

– Axir, tokzorda qancha uzum bor, nega faqat pishmaganini olib kelyapsan? – so‘radi qozi.

– Qaysi biri shirin, qaysinisi xom ekanini bilmayman, – javob berdi Muborak.

– Subhanalloh, – dedi hayrat bilan xo‘jayin, – ikki oydan beri bog‘dasan, haligacha qaysisi shirin, qaysisi nordon bilmaysanmi? Yeb ko‘rmadingmi?!

– Xo‘jayin, vazifam uzumlarni qo‘riqlash, yeyish emas. Siz menga bog‘ni muhofaza qilishni topshirgansiz. Shunday bo‘lgach, mevalardan yeyishim to‘g‘ri bo‘ladimi?

Qozi bunday hodisaga birinchi marta guvoh bo‘layotgandi. Ko‘nglidagidek insonni topgan edi. Muborakka dedi:

– Sendan bir narsani so‘ramoqchiman. Mening qizim bor, bir qancha mansabdor, badavlat kishilar qo‘lini so‘rashdi. Ularning qay biriga rozilik berishni bilmayapman. Nima qilsam ekan?

Muborak javob berdi:

– Johiliyat davrida nasl-u nasabiga, nasroniylar va yahudiylar husniga, Saodat asrida dindorligi, taqvosiga qarab kuyov tanlashardi. Davrimiz odamlari esa mol-u mansabiga qarashadi. Shunday bo‘lgach, sovchilardan xohlaganingizga beravering.

– Men ham dindorligi va taqvosiga qarayman, shuning uchun qizimni senga beraman. Chunki bu go‘zal xislatlarni senda ko‘rdim.

Muborak o‘zining qul ekanligi, qizning ham bunga rozi bo‘lmasligi mumkinligini aytdi. Ammo qozi qarorida qat’iy edi. Muborakni uyiga boshladi. Uyga kirgach, xotiniga dedi:

– Bu solih, taqvoli, dindor qulimiz. Qizimizni unga bermoqchiman, nima deysan?

– O‘zingiz bilasiz, faqat qizingizdan ham bir so‘raylik.

Ona bo‘lgan gapni aytganida qiz bu xususda ixtiyori ota-onasida ekanini bildirdi. Shundan keyin nikoh o‘qildi. Ammo Muborak kelinning yoniga kirmas edi. Bu ahvol qirq kun davom etdi. Bir sabab bilan holatdan xabar topgan ona chidolmadi, eriga aytdi:

– Topgan kuyovingiz shuncha paytdan beri qizimizning yuziga ham boqmabdi. Bu nima qilgani?

Bu haqda qozi Muborakning o‘zidan so‘raganida shunday javob oldi:

– Meni to‘g‘ri tushuning. Qizingizdan xushlanmagan jo­yim yo‘q, faqat bir andisham bor. Siz shuncha yil qozilik qilgansiz, qizingiz biror shubhali luqma yegan bo‘lishi mumkin. Shu sababli o‘tgan kunlar davomida unga halol yedirdim, ichirdim. Bu ishni faqat Alloh bizga solih farzand ato etsin, degan niyatda qildim.

Keyinchalik bu oilada o‘g‘il dunyoga keldi. Ismini Abdulloh qo‘yishdi. O‘sha go‘dak valiy zot bo‘lib yetishdi. Bu – Abdulloh ibn Muborak edi.

Qoyil qolmaslikning iloji yoq👏

🔻Kanalga a'zo bo'ling👇
@ilman_nafiian
#ibratli_hikoyalar
HIDOYATNING TA’MI.

1947 yil. Afyon shahri qamoqxonasi. Qishning izg‘irinli kunlari. Mamlakatda dindorlar ta’qibga olinib, qamoqlarga tashlanayotgan ayanchli kunlar. Shunday dindorlardan biri Xusrav Oltinboshoq Afyondagi qamoqxonaga olib kirildi. Oltmishdan ortiq eng og‘ir jinoyatchilar bo‘lgan kameraga qo‘yildi. Maqsad shu yerdagi birorta mahbus uni o‘ldirib yuborsa...
U yerdagi mahbuslarning qamoq muddatining eng yengili 50 yil. Xusrav xonaga kirib salom berdi. Ammo salomga hech kim alik olmadi. Bir chekkaga borib jimgina o‘tirdi. Kamera o‘ta sovuq va zax edi. Derazalarning oynalari uch mm.gacha yaxlab yotibdi. Xusravga yotish uchun to‘shak ham berilmagan. Mahbuslar unga e’tibor ham berishmadi....
Uch kun zax yerda yotishga to‘g‘ri keldi. Ammo shu uch kun mobaynida namozini hech kanda qilmadi. Na xonaning sovug‘i, nada mahbuslarning badmuomalalari uning xushu’siga ta’sir eta oldi.

To‘rtinchi kuni uning yoniga afti qo‘rqinchli, bahaybat bir mahbus yaqinlashdi. U qamoqxonaning Efesi, ya’ni Og‘abegi edi.
– Domlamisan? — qo‘pollik bilan Xusravga yuzlandi.
– Domlamasman. Lekin namoz o‘qiyman.
– Savol bersam javob berasanmi?
– Biladigan narsam bo‘lsa, javob beraman.
– Men o‘n sakkizta odamni yoqqanman. O‘n beshta odamni o‘ldirganman. O‘g‘irlik qilganman. Undan boshqa ham ko‘p yomon ishlarni ham qilganman. Aytchi menga, shu holimda jannatga kirishim mumkinmi? –dag‘dag‘a qildi og‘abey.
Xusrav odamning qo‘rqinchli yuziga qaradi.
– Savolingga javob beraman. Kel o‘tir.
Mahbus o‘tirdi.
– Qayerliksan?
– Qoradengizlikman.
– Qora dengizni ko‘rganmisan.
– Albatta, ko‘rganman.
– O‘sha dengizga bir tomchi suv qo‘shilsa, uning suvi ko‘paygani bilinadimi?
– Tabiiyki bilinmaydi.
– Xo‘p. Bir tomchi suvidan olinsa, kamaygani bilinadimi?
– Bir tomchi suv nima bo‘lardi? Albatta bilinmaydi.
Xusrav jilmaydi:
– Alloh taoloning shunday rahmat dengizlari bor. Uning bu rahmat dengizining oldida sening gunohlaring bir tomchi suvdek ham emas. Sen gunohlaringdan astoydil nadomat chekib, tavba qilib, besh vaqt namoz o‘qisang, nafaqat jannatga kirishing, uning o‘rtasiga joylashib, u yerda abadiy qolishing ham mumkin.
Mahbusning yuziga qon yugurdi. U nari ketdi. Mahbuslarga baqirdi:
– Men shuncha gunohim bilan jannatga kirishim mumkin bo‘lsa, sizlar o‘ynab kulib kirar ekansizlar. Qani tayyorgarlik ko‘ringlar. Hammangiz g‘usl va tahorat olinglar!
Xonaning o‘rtasida suv jo‘mragi bor edi. Uning atrofini o‘radilar. Hamma mahbuslar o‘sha yerda qo‘rqib, lekin go‘zal holatda yuvinib tahorat oldilar.
Peshin vaqti kirganda, Og‘abey Xusravning oldiga kelib dedi:
– Sen bizga imom bo‘lasan. Biz jamoat bo‘lib senga ergashamiz.
Birga namoz o‘qidilar.
Kechqurun uxlashga yotishdan oldin Og‘a hamma to‘shaklarni ustma-ust taxlashga buyurdi.
Hamma hayron, lekin hech kim e’tiroz bildira olmasdi. Xusrav so‘radi:
– Qardoshim, nima qilmoqchisan?
– Domla! Sen uch kun yerda yotding. Biz senga joy bermadik. Endi buning jazosiga biz hammamiz yerda yotamiz, sen esa shu to‘shaklarda uxlaysan.
– Siz bu ishni bilmay qildingiz. Men bilib turib bunday zulmga rozi bo‘lolmayman. Vijdonim yo‘l qo‘ymaydi.

Kunlar o‘tdi. Keyinchalik namozlarni tasbehlari bilan ado qila boshladilar. Go‘zal suhbatlar qildilar. Qamoqxona tom ma’nodagi madrasaga aylandi.

Bir kuni og‘abey Xusravning oldiga kelib dedi:
– Agar bu yerdan eson omon chiqadigan bo‘lsam, qayerda bo‘lsang bo‘l, seni qidirib topaman.

Ko‘p o‘tmay, Xusravning aybsizligi ma’lum bo‘lib, ozodlikka chiqdi. Mahbuslar ko‘zlarida yosh bilan uni kuzatib qo‘yishdi.

Oradan ikki yil o‘tib, 1950 yilda mamlakatda umumiy katta avf e’lon etildi. Barcha mahbuslar ozod bo‘lishib uylariga, oilalari tomon tarqalishdi. Bizning Efe esa, o‘zi aytganidek, chiqa solib, Xusravning shahriga, Afyondan to Ispartagacha yayov yurib ketdi. Ular ko‘rishdilar. Og‘aning ko‘zlarida yosh...
#ibratli_hikoyalar
DUNYONING ENG GO‘ZAL XUNUGI
(Men yaxshi ko‘rgan hikoya)

Yigirmanchi yuz yillikning boshlari. 4 ta bolaning onasi Mariy sahnada. Boshqa ishtirokchilar ham bor. Kimdir semiz, kimdir tukli, kimdir bo‘yi past bir qancha ayollar mukofotga qo‘yilgan katta miqdordagi pulni olish uchun “Dunyoning eng xunuk ayoli” musobaqasida qatnashayotgan edi. Mariy taraddudlanib atrofga qarardi. Zalni to‘ldirgan tomoshabinlar qahqahalar otib ayollarning ustidan kulishardi. Mariy uyalib boshini egdi. Sahna ortiga bir qadam tashlagan ham ediki, uydagi qorni och bolalari ko‘z oldiga keldi. Bu musobaqadan oladigan puli juda muhim edi. Eri vafot etgach, izdan chiqqan hayotini boshqacha yo‘lga sololmasdi. Baqir-chaqir hamda qahqahalarga qaramasdan sahnada kutishda davom etdi. “Hammasi bolalarim uchun” dedi o‘ziga o‘zi. Yonidagi tukli ayol: “Tushunmadim, biror nima dedingmi?” — deb so‘radi. Mariy: “Yo‘q, hech nima demadim”, — dedi. Mariy ko‘zlarini yumdi va avvalgi holatini esladi. Kasallanmasidan oldin qanday go‘zal ayol edi. Qaragan kishi yana qayrilib qarardi. 29 yoshida Tomas Bavan bilan oila qurgach, 4 ta farzandli bo‘lgandan keyin boshlangan migren, mushak va bo‘g‘im og‘riqlarigacha. Shifokorlar avvaliga kasallikning nimaligini tushunmagan edilar. Keyinchalik xastalikning akromegaliya ekanligi aniqlandi. Bu kasallik Mariyning yuz shaklini o‘zgartirgan, ayol tanimaydigan holatga kelgandi. Afsuski, Mariy xastalik bilan kurashayotganda, eri to‘satdan vafot etgan va Mariy bolalari bilan yolg‘iz qolgandi. Mariy shularni o‘ylarkan, birdan olqishlarni eshitib, ko‘zlarini ochdi. Ha, Mariy “Dunyoning eng xunuk ayoli” musobaqasida birinchi o‘rinni egallagan edi. Mariy mukofotni olganida ko‘zlaridan bir tomchi yosh qalbiga oqib tushdi. Endi u “Dunyoning eng xunuk ayoli” edi. Tashqi ko‘rinishi sabab hech qanday ishga qabul qilinmagan Mariy o‘sha kundan keyin sirkda ishlay boshladi. Odamlar masxara qilgan, kulib mazza qilgan Mariy ONA edi. Hech kim uning ona ekanligini his qilmadi. Chunki odamlarning zavqlanishga, kimnidir mensimay, past sanash evaziga o‘zlarini buyuk his qilishga ehtiyojlari bor edi. Fidokor ona Mariy 59 yoshda vafot etdi va so‘nggi nafasigacha sirkda “Dunyoning eng xunuk ayoli” unvoni bilan ishladi, tirishib-tirmashdi. Yagona dardi farzandlarini halol boqish va hech kimga muhtoj qilmaslik edi. Boteksli, makiyajli, ulama kiprikli, jingalak sochli ayollar go‘zal hisoblangan dunyoda, albatta, Mariy va Mariydek ayollar har doim musobaqalarning “Xunuk” lari deya e’lon etilajak. Bir kuni TV da bir modelyer bilan suhbat bo‘ldi. Modelyerga savol bilan murojaat qilishdi, u esa kulib: “Bilaman, kallam bo‘sh, lekin vaqtim chog‘”, — dedi. Dunyo hozir ayni shu nuqtada. Bugungi ko‘zlar kallasi bo‘sh biroq vaqti chog‘ ayollarda.

“Hammasi bolalarim uchun" dedi o‘z-o‘ziga. Yonidagi tukli ayol: “Tushunmadim, nimadir dedingmi?” — dedi. “Hech nima, hech nima demadim”, — dedi Mariy. Mariy hechnima demasdan ketdi!

Tamer Dursun

(Turk tilidan Dilbar Rajabova tarjimasi)


🔻Kanalga a'zo bo'ling👇
@ilman_nafiian
📌Kanal mundarijasi:

#malumot — eng qiziqarli #fakt'lar

#Respekt — biz kabi bandalarning oliyjanob, maqtovga sazovor ishlari

#dolzarb — ummat uchun muhim, dolzarb mavzular

#halallove🌷 — barchasi halol sevgi haqida (e'tibor bering, "halol" deyilyapti☝️)

#tegib_ketsin — ko'ngli bo'shlar o'qimasin!😅

#hikmat — buyuk shaxslar, mashhur kitoblardan iqtiboslar

#eslatma — eslatma va qaydlar

#ibratli — eng ta'sirli, eng ibratli videolar. Ko'ring va ibrat oling!

#ibratibratli postlar (matn holida)

#ibratli_hikoyalar — hayotga real qarab, voqea-hodisalardan xulosa chiqaring!

#dasturlar — telefoningiz uchun manfaatli dasturlar

#foydali — barcha manfaatli ma'lumotlar. Dinimizni chuqur o'rganaylik.

#kitoblar — siz sevgan va o'qishni niyat qilgan kitoblar endi elektron variantda

#nazm — she'riyat olamiga sayohat

#tabassum — tabassum ham sunnatdir. Hayotda "ت" kabi yashang!

#duo — o'zimga va sizlarga atalgan duolar

#audio_hikoyalar — eshiting, faqat yig'lamang

#nashidalar — iymoningizni sal bo'lsa-da, ohang yordamida mustahkamlang

#suralar — Qur'ondan 114 sura

#gózal_qiroat — turli qorilardan go'zal qiroatlar

#hijobim — obunachilarimizdan kelgan hijob hikoyalar

#ramazonim — obunachilarimizdan kelgan ramazonda uy va masjidlarning rasmlari

#Cactus🌵 — kaminaning obunachilarga murojaatim va ijod mahsulim🦦
#ibratli_hikoyalar
UMRAMNI ALLOHGA SOTDIM...

Eshik taqilladi. Bir bola qo‘lidagi piyolani uzatdi. Iftorgacha bir soat bor edi.

— Opa, oyim sho‘rvaga qo‘shmoqchi ekanlar, - deya hijolatlik bilan bir piyola guruch so‘radi. Berib yubordim, lekin ichimda g‘alati qiziqish uyg‘ondi.

— Kimning qizisan? - deya so‘radim. Uch uy pastda bir xonadon ko‘chib kelgandi, birinchi qavatga. O‘sha yerga ishora qilib ta’rifladi. Guruchni olib xijolat chekkandan hamon iziga qaytdi.

Ertasi kuni o‘sha soatda, o‘sha vaqtda qiz yana keldi. O‘sha piyola, o‘sha gaplarni aytdi. Pul so‘rasa, katta idish bilan kelsa tilanchi derdim. Lekin piyola o‘sha, so‘ragani ham o‘sha guruch. Berdim. Lekin bu safar "men ham sen bilan boraman" dedim. Ko‘chaga chiqish ta’qiqlangan, tezroq birovning ko‘zi tushmay bora qolaylik deyman ichimda. Bordik.

Izn so‘rab, uyiga kirdim. Avvaldan ham bilardim, bolaligimda kirgandim. Yerga dasturxon to‘shalgan. Atrofda ikki bola o‘tiribdi. Dasturxonga tuzlama qo‘yilgan. To‘rtta qoshiq ham bor. Qo‘rqibgina menga qarashdi. Onasi oshxonadan chiqib yonimga keldi. Bir xona va bir yotoqxonadan iborat uyda o‘tirish mumkin bo‘lgan birgina joy ham dasturxon boshi.

— Xush kelibsiz, opa - dedi. Guruch uchun minnatdorchilik bilirdi. "Bolalar siz o‘tirib turing", dedim va onani tashqariga imladim.

— Tinchlikmi, opa? Bu nimasi? Ikki kundan beri qizingiz mendan guruch so‘raydi. Lekin faqat shu piyola, keyin yugurgilab ketadi.

— Singlim, - dedi xijolatomuz. - Xabaringiz bordir, biz o‘tgan oy bu yerga keldik. Xo‘jayinim vafot etgach, oldingi uyimizdan uy egasi chiqarib yubordi. Men arzonroq, qo‘limda bor pulim bilan deya shu uyni ijaraga oldim. Lekin bu kasallik tarqalgach, yemakxona xo‘jayini ham javob berib yuborgandi, cho‘ntagimdagi pul tugab mana shu ahvolda qoldik-da... Birinchi oqshom uy egasiga, keyin yonidagiga, bo‘lmadi, boshqasiga bordik. Bir piyola guruch uchun yalinib-yolvordik. Guruchlari yo‘q ekan, chog‘i, bo‘lsa berishardi-ku! Keyin qizimni sizga yubordim. Siz guruch bergandingiz, tomat qo‘shib sho‘rva qildim.

Dushanba kuni bir xonadonni tozalashga boraman. Lekin bu kecha ham dasturxonga bir nima qo‘ymasam, och uxlasholmaydi. Palov pishiraman dedim. O‘sha eshikka qizimni siniq umid bilan yubordim. Iltimos, jaxlingiz chiqmasin, so‘z beraman, dushanba kechasi guruchingizni qaytaraman...

Uyga keldim. Muzlatgichni ochdim. Uyda nonushtadan boshlab go‘shtgacha nima bo‘lsa hammasini xaltaga soldim. Qaradim, ko‘chaga non sotuvchi kelibdi, undan non oldim, pide oldim. Bolalar xaltalarni ochganini, ichida nima bo‘lsa hamma narsasini dasturxonga qo‘yganini ko‘rdimu, tezroq uyga qaytay, dedim.

Erim bilan iftor qildik. Alloh qabul qilsin. Lekin so‘radilar, albatta:

— Xotin, men dushanba kuni borib yana yegulik olib kelaman. Lekin saharligimizga biror nima qoldimi?

— Makaron bor, un bor, - dedim. - istasangiz tonggacha sizga bo‘rek tayyorlayman,- dedim. Kulishdik.

Baxtiyor edik. Chunki nonimizni baham ko‘rgandik.

Erim bugun ertalab uy egasiga boribdilar. Muxtordan ma’lumotlarni olibdilar. Bir-ikki joydan maslahatlashib, so‘rabdilar. Oqshomga yaqin keldilar:

— Biz bu yil birinchi bor umra ziyoratiga bormoqchi edik. Lekin bekor qilindi, kechiktirdik. Bordik deb qabul qilamizmi? Umramizni Allohimizga sotamizmi?

Nima demoqchiligini angladim. Qo‘llarini quchib-o‘pdim:

— Alloh sizdan rozi bo‘lsin!- dedim. Bir qog‘oz xaltaga pullarni solib, oborib opaga berdim. Ko‘p o‘tirmadim. Ichim og‘riyotgan bo‘lsa-da, uning sevinch ko‘z yoshlaridan halovat topdim. Oson emas. Buncha pulni jamg‘arish, unga erishish biz uchun qiyin bo‘ladi. Uncha pul qayerda endi, mayli. Uyga keldim.

Erim joynamozda duo qilayotgan ekan.

— Peshinni o‘qigandingiz, bu qanday namoz dedim?

— Men Umra namozini ado etdim. Sen ham o‘qigin-da, Allohga Umramizni qabul qilgin deb yolvoraylik...😢

🔻Kanalga a'zo bo'ling👇
@ilman_nafiian
📌Kanal mundarijasi:

#malumot — eng qiziqarli #fakt'lar

#Respekt — biz kabi bandalarning oliyjanob, maqtovga sazovor ishlari

#dolzarb — ummat uchun muhim, dolzarb mavzular

#halallove🌷 — barchasi halol sevgi haqida (e'tibor bering, "halol" deyilyapti☝️)

#tegib_ketsin — ko'ngli bo'shlar o'qimasin!😅

#hikmat — buyuk shaxslar, mashhur kitoblardan iqtiboslar

#eslatma — eslatma va qaydlar

#ibratli — eng ta'sirli, eng ibratli videolar. Ko'ring va ibrat oling!

#ibratibratli postlar (matn holida)

#ibratli_hikoyalar — hayotga real qarab, voqea-hodisalardan xulosa chiqaring!

#dasturlar — telefoningiz uchun manfaatli dasturlar

#foydali — barcha manfaatli ma'lumotlar. Dinimizni chuqur o'rganaylik.

#kitoblar — siz sevgan va o'qishni niyat qilgan kitoblar endi elektron variantda

#nazm — she'riyat olamiga sayohat

#tabassum — tabassum ham sunnatdir. Hayotda "ت" kabi yashang!

#duo — o'zimga va sizlarga atalgan duolar

#audio_hikoyalar — eshiting, faqat yig'lamang

#nashidalar — iymoningizni sal bo'lsa-da, ohang yordamida mustahkamlang

#suralar — Qur'ondan 114 sura

#gózal_qiroat — turli qorilardan go'zal qiroatlar

#Cactus🌵 — kaminaning obunachilarga murojaatim va ijod mahsulim🦦
#ibratli_hikoyalar
Zolimning xayri...

Podshoh juma kuni masjidga ketayotgan edi. Soqchilar ko‘chada to‘plangan xalqqa bir tarafdan yo‘l bo‘shating deb baqirar, bir tarafdan tepib, tayoq bilan urib, yo‘l
ochayotgan edi. Ojiz bir kambag‘al soqchilardan o‘n darra yedi. Boshi, ko‘zi qontalash bo‘ldi. Zulmga chiday olmadi. Qo‘llarini ochib podshohning orqasidan shunday baqirdi:
— Qilgan oshkora zulmingni qara, Alloh saqlasin. Masjidga boryapsan, go‘yo yaxshi ish qilyapman deb o‘ylaysan. Yaxshi ishing shu bo‘lsa, yomonliging qanday, kim bilsin?


🔻Kanalga a'zo bo'ling👇
@ilman_nafiian
📌Kanal mundarijasi:

#malumot — eng qiziqarli #fakt'lar

#Respekt — biz kabi bandalarning oliyjanob, maqtovga sazovor ishlari

#dolzarb — ummat uchun muhim, dolzarb mavzular

#halallove🌷 — barchasi halol sevgi haqida (e'tibor bering, "halol" deyilyapti☝️)

#tegib_ketsin — ko'ngli bo'shlar o'qimasin!😅

#hikmat — buyuk shaxslar, mashhur kitoblardan iqtiboslar

#eslatma — eslatma va qaydlar

#ibratli — eng ta'sirli, eng ibratli videolar. Ko'ring va ibrat oling!

#ibratibratli postlar (matn holida)

#ibratli_hikoyalar — hayotga real qarab, voqea-hodisalardan xulosa chiqaring!

#dasturlar — telefoningiz uchun manfaatli dasturlar

#foydali — barcha manfaatli ma'lumotlar. Dinimizni chuqur o'rganaylik.

#kitoblar — siz sevgan va o'qishni niyat qilgan kitoblar endi elektron variantda

#nazm — she'riyat olamiga sayohat

#tabassum — tabassum ham sunnatdir. Hayotda "ت" kabi yashang!

#duo — o'zimga va sizlarga atalgan duolar

#audio_hikoyalar — eshiting, faqat yig'lamang

#nashidalar — iymoningizni sal bo'lsa-da, ohang yordamida mustahkamlang

#suralar — Qur'ondan 114 sura

#gózal_qiroat — turli qorilardan go'zal qiroatlar

#hijobim — obunachilarimizdan kelgan hijob hikoyalar

#ramazonim — obunachilarimizdan kelgan ramazonda uy va masjidlarning rasmlari

#Cactus🌵 — kaminaning obunachilarga murojaatim va ijod mahsulim🦦
#ibratli_hikoyalar
​​Yig‘lab-yig‘lab o‘qidim, sizlarga ham ilindim...

Ibratli voqea!

Sevimli payg‘ambarimiz Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) olamdan o‘tganlariga 3 kun bo‘ldi, Abu Bakr r.a. Oyisha onamiz r.a oldilariga keldilar, hol-ahvol so‘rab, "Ey qizim Oyisha, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) ning barcha sunnatlarini menchalik mukammal ado qilgan inson bormi?" — dedilar.
Hazrati Oyisha onamiz:
— Yo‘q otajon, siz hamma sunnatlarini to‘liq to‘kis ado qildingiz", — dedilar. Hazrati Abu Bakr yana qaytarib:
— Qizim Alloh haqqi aytgin, barcha sunnatlarini ado qildimmi?"— degan edilar Oyisha onamiz roziyallohu anho yig‘lab yubordilarda va:
— Otajon, Alloh haqqi deganingiz uchun aytaman. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) ning bir sunnatlari bor edi "hech kimga aytmang, yo Oyisha"— der edilar. Arab bozoring oldida bir uy bor, u yerda bir 80 yoshga kirgan tug‘ma ko‘r nogiron, hech kimi yo‘q yahudiy qariya yashardi. Payg‘ambarimiz Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) har kuni yarim tunda tahajjud namozlarini o‘qib bo‘lgach hamma uyquga ketgan paytida o‘sha yahudiyni uyiga borib, uni yuvintirib kiyimlarini yuvib ovqatlantirib kelardilar", — dedilar.
Buni eshitgan hazrati Abu Bakr r.a tahajjud namozini o‘qidilarda yahudiyning uyiga yo‘l oldilar.
Bordilar, uyga kirar ekanlar 3-4 kundan beri hech kim xabar olmagan qariyaning ahvoli judayam achinarli holatda edi.
Abu Bakr r.a darrov ishga kirishdilar supurdilar, sidirdilar, qariyani yuvintirdilar, kiyimlarini almashtirdilar, ovqatlantirib bo‘lgach, qariyaga:
— Mayli men boray, — deb ketmoqchi bo‘lgan edilar, qariya Abu Bakr r.a ni qo‘llaridan ushladi va:
— Sen kimsan? — deb so‘radi. Abu Bakr esa:
— Men bir qulman ota. Har doim kelib sizni holingizdan xabar olib turgan qulman, — dedilar. Shunda qariya:
— Sen yolg‘on gapiryapsan, — dedi. Abu Bakr:
— Nega unday deysiz? — dedilar. Qariya:
— Chunki, sen menga qattiq muomalada bo‘lding, yuvintirganda ham, kiyintirganda ham, hatto ovqatlanirganingda ham, 3 kun avvalgi kelgan inson menga juda ehtiyotkorlik bilan qarardi. Cho‘miltirganda ham, kiyintirganda ham, eng asosiysi ovqatimni chaynab-chaynab berardi. Uning shunaqanggi hidi bor ediki, u hidni butun Arab diyoridan ham topa olmaysan, — dedilar.
Abu Bakr r.a tinmay yig‘lar edilar. Qariya yana so‘zida davom etib:
— Agar o‘sha odam sen bo‘lsang, nimaga shuncha kun yo‘q bo‘lib ketding yoki sen ham jodugarni to‘riga ilindingmi? — dedi.
Abu Bakr r.a esa:
— Qanaqa jodugarni aytyapsiz, ota? — dedilar.
Qariya:
— Eshitmaganmisan, bir Muhammad (alayhissalom) deganini, u qanaqadur Kitobni o‘ziga kelganini va o‘zini payg‘ambarman deb hammani sehirlayapti-ku, —dedi. Shunda Abu Bakr r.a dod deb yubordilar va:
— Ey ota, to‘xtang, — dedilar, —O'sha siz aytayotgan insonlarning eng buyugi Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) ning o‘lganlariga 3 kun bo‘ldi. Aslida siz jodugar degan o‘sha inson shuncha yillar davomida sizning holingizdan xabar olib turdilar. Qarang, 3 kunda qanaqa holga tushibsiz, — dedilar .
Qariya qotib qoldi va
— Unda sen kimsan? — dedi.
— Men Abu Bakrman, — dedilar.
Qariya ham dod deb yig‘lashni boshladi va
— Ey Xudo, meni ko‘zimni ko‘r, oyoqlarimni cho‘loq, nogiron qilib yaratganing yetmasdan qalbimni ham ko‘r qilgan ekansan, — deb yig‘ladi va "ey Abu Bakr, sen guvoh bo‘l, Allohning yagonaligiga va Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) uning payg‘ambariligiga guvohlik beraman, — dedida Abu Bakr r.a ning qo‘lida jon berdi!

📚Hadis va hayot kitobidan

Ikki olam sarvari, Habibimiz Muhammad Mustafo sallallohu alayhi va sallamga cheksiz va batamom durud va salovotlar boʻlsin!

Allohumma solli aʼla sayyidina Muhammadin va ali aʼla sayyidina Muhammad...


🔻Kanalga a'zo bo'ling👇
@ilman_nafiian
Foydali ilm🌿|علم نافع
Photo
#ibratli_hikoyalar
BAQARA SURASI BILAN
KECHIRGANLARIM

O‘ng tarafimda qattiq og‘riq paydo bo‘ldi. Biqinimga zaharli xanjar sanchilganday edi. Qayerga bormay, doktorlar topib olgani bir xil gap: “Bizning qo‘limizdan kelmaydi”. Beshta kasalxonaga bordim. Befoyda. Chorasiz ketgan urinishlarimni ko‘rgan ilmli, solih do‘stlarimdan biri meni "Baqara” surasini o‘qishga undadi. Yana o‘qish chog‘ida og‘riyotgan joyimga qarab sufsuflashimni ham aytishdi. Chunki menga yetgan og‘riq shu soha mutaxassislari aytishicha sehr edi.
Hammasidan keyin uyimga qaytdim. Xushu’ bilan "Baqara” surasining tilovatiga kirishdim. Og‘riyotgan joyimga sufsuflab ham turdim. Sekin-sekin tuzala boshladim. Allohning marhamati bilan kasallik ketib, shifo kela boshladi. Menga bir necha oylardan beri tinchlik bermayotgan dardim arishni boshladi. Og‘riq qattiqligidan uxlolmasdim. Biror iloj, davo yoxud to‘g‘ri maslahat beradigan shifokor topilmasdi.
Keyin esa dard davosi, kasallik shifosi mana shu buyuk kitobda ekanini bildim. Xususan, “Baqara” surasida. Bu haqida Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar: “U (Baqara surasi)ga sehr bardosh berolmaydi”.
Sehr tekkan do‘stlarim bilan gaplashdim. Ba’zi birodarlarimni qo‘rqinch, vahima bosganini, boshqalarini qayg‘u-alam chulg‘aganini guvohi bo‘ldim. Ular ham mana shu qadri ulug‘ surani Qiroat qilishda bardavom bo‘ldilar. Tez orada Alloh ularga komil shifo ato qildi.
Sizga tavsiyam shuki, bizlarga dunyo-yu oxiratda hidoyat, nur, shifo-ruqya va zafar-u najot bo‘lmish azim Kitobdan aslo yiroqlashmang.

Doktor Oiz Qarniy
📚"Nihoyat, saodatni topdim"


🔻Kanalga a'zo bo'ling👇
@ilman_nafiian
#ibratli_hikoyalar
SHAMOL UCHIRGAN IMTIHON VARAQASI

Jiddadagi qirol Abdulaziz universitetida o‘quvchi bir yigit hikoya qiladi: universitet imtihonlari yaqinlashib qolganda dadam qattiq og‘rib qoldilar. Boshlarida turib tuzuk tayyorlana olmadim. Imtihon kuniga bir kun qolganida dadam ahvoli og‘irlashib, kasalxonaga olib ketdim. O‘sha kechasi do‘xtirlar tinchlantiruvchi ukollar berib, osma ukolga bog‘lab qo‘yishdi. Qo‘limda imtihonga tayyorlanish uchun olib kelgan, darslar xulosasi to‘ldirilgan daftarni ushlagancha dadam boshida o‘tirar ekanman, ko‘zim ketib qolibdi. Ertalab bomdodga yaqin uyg‘ondim. Dadam o‘zlariga kelib, ancha yengillab qolgan ekanlar.
— Dada, bugun birozdan so‘ng imtihon topshiraman, duo qiling, — dedim.
Qo‘llarini ko‘tarib duo qildilar. Ertalab universitetga ketdim. Imtihonga kirdim. Imtihon varaqasini ko‘rib, savollarni o‘qib tarvuzim qo‘ltig‘imdan tushdi. Dars paytida yaxshi o‘zlashtirgan mavzularni ham dadam xasta bo‘lgan oxirgi kunlardagi tashvishim, asabiylashishim tufayli unutgandek edim. Boshimni changallab o‘tirib, savollarga javob berishga harakat qildim. Vahimaning zo‘ridan javobini bilgan savollar ham miyamda bir-biriga qorishib ketgan edi. Varaqada kelgan oltmish savolning anchasiga xato yozib chiqdim. Bergan javoblarimni kitoblarda kelgan ma’lumotlarga solishtirib tamoman umidim uzildi. Yiqilishim aniq edi.
Bir-ikki kundan so‘ng imtihon natijalari e’lon qilindi. Hamma devorda osilgan ro‘yxatga chopdi. Istar-istamas bordim. Ro‘yxatdan ismimni izlar ekanman, ismimdan ko‘ra hammanikidan ajralib turgan natijaga ko‘zim tushdi. Menga to‘liq baho qo‘yilgan edi! Ko‘zlarimga ishonmadim. Ko‘zimni ishqalab yana qayta qaradim. Baho to‘liq qo‘yilgan. Bunga shubha yo‘q edi. Endi xayolimga boshqa ehtimol keldi: "ustoz yanglishipti.. boshqaning bahosini menga qo‘yib yuboribdi".
Ustozdan buning haqiqatini so‘rab bilish uchun uning xonasiga kirdim.
— Kel, — dedi u. — Nima xizmat?
— Domla, imtihon natijasining anig‘ini bilish uchun kirdim, — dedim. — Menga aniq necha baho qo‘yilgan?
— Isming nima edi?
— Faysal.
— Xo‘sh..., — dedi u ro‘yxatni ko‘zdan kechirib. — Sen to‘liq baho olibsan, xotirjam bo‘l.
— Imtihon varaqamni ko‘ra olamanmi? — dedim men.
— Bilasanmi, — dedi u peshonasini bir qashlab olib. — Imtihon varaqalarini uy balkonida tekshirayotgan edim. Shamol qo‘zg‘alib, varaqalardan birini uchirib ketdi. Farzandlar bilan qancha izlasak ham topa olmadik. Studentlar ro‘yxatini tekshirib, varaqa senga oidligini o‘rgandim. Senga zulm bo‘lmasin deya eng yuqori bahoni qo‘ydim.
Men unga boshimdan o‘tgan voqeani ro‘yi rost hammasini aytib berdim.
— Unda buni dadangga qilgan xizmating evaziga berilgan Alloh in’omi deb bil. Shu zaylda xizmatda davom et, kam bo‘lmaysan, — dedi ustoz.

Sayfulloh Nosirxon To‘ra

🔻Kanalga a'zo bo'ling👇
@ilman_nafiian
📌Kanal mundarijasi:

#malumot — eng qiziqarli #fakt'lar

#Respekt — biz kabi bandalarning oliyjanob, maqtovga sazovor ishlari

#dolzarb — ummat uchun muhim, dolzarb mavzular

#halallove🌷 — barchasi halol sevgi haqida (e'tibor bering, "halol" deyilyapti☝️)

#tegib_ketsin — ko'ngli bo'shlar o'qimasin!😅

#hikmat — buyuk shaxslar, mashhur kitoblardan iqtiboslar

#eslatma — eslatma va qaydlar

#ibratli — eng ta'sirli, eng ibratli videolar. Ko'ring va ibrat oling!

#ibratibratli postlar (matn holida)

#ibratli_hikoyalar — hayotga real qarab, voqea-hodisalardan xulosa chiqaring!

#dasturlar — telefoningiz uchun manfaatli dasturlar

#foydali — barcha manfaatli ma'lumotlar. Dinimizni chuqur o'rganaylik.

#kitoblar — siz sevgan va o'qishni niyat qilgan kitoblar endi elektron variantda

#nazm — she'riyat olamiga sayohat

#tabassum — tabassum ham sunnatdir. Hayotda "ت" kabi yashang!

#duo — o'zimga va sizlarga atalgan duolar

#audio_hikoyalar — eshiting, faqat yig'lamang

#nashidalar — iymoningizni sal bo'lsa-da, ohang yordamida mustahkamlang

#suralar — Qur'ondan 114 sura

#gózal_qiroat — turli qorilardan go'zal qiroatlar

#hijobim — obunachilarimizdan kelgan hijob hikoyalar

#ramazonim — obunachilarimizdan kelgan ramazonda uy va masjidlarning rasmlari

#Cactus🌵 — kaminaning obunachilarga murojaatim va ijod mahsulim🦦
#ibratli_hikoyalar
Bir ayol aytadi: Namoz oʻqiyotgan edim. Bolam menga yaqin joyda baland ovozda meni chaqirayotgan edi. Unga javob bermadim. Oʻsha vaqt undan ikki yosh katta boʻlgan akasi keldi, aytdiki:
"Jim!!! Uyat boʻladi, ikki kishini suhbatini boʻlyapsan! (Onamiz Alloh bilan gaplashyapti)" — dedi.

Ayol aytadi:
Badanimda kuchli titroq his qildim.
Oʻzimdan soʻradim:
Oʻsha vaqtda men rostan ham bolam oʻylaganday (holda)midim?

Hali ham har namozga turganimda bu gap mening qalbimni va butun tanamni titratadi.

©alamiy_uz
#ibratli_hikoyalar
Turmush o‘rtog‘im bilan uyda kitob o‘qib o‘tirgandik.

Birdan mening telefonimga begona raqamdan qo‘ng‘iroq bo‘lib qoldi. Go‘shakni ko‘tardim, narigi tomondan notanish keksa ayol ovozi eshitildi: "Yordam bering, ustimdan qulflab ketishgan, yeyishga, ichishga hech narsa yo‘q, jon beryapman!" Va aloqa uzilib qoldi. Men o‘zimni yo‘qotib qo‘ydim, erimga aytgandim, u meni tinchlantira boshladi: "Qo‘ysangchi, havotir olma, kimdir hazillashgan bo‘lsa kerak..." O‘qishni davom ettirardik-u, ko‘nglim notinch edi. Qayta qo‘ng‘iroq qilishga qaror qildim. Chaqiruv signalidan keyin, kimdir go‘shakni ko‘tardi, yig‘i ovozi eshitila boshladi, hayajondan baqira boshladim: "Onaxon, kimsiz? Sizga nima bo‘ldi? Qayerda yashaysiz?" Lenin ko‘chasi-manzil, degan qisqagina javob ola oldim xolos. Yana aloqa uzildi. Endi xavotir butun vujudimni qamrab oldi. Erimga gapira boshladim: "U yerda nimadir bo‘lgan. Qo‘l qovushtirib o‘tira olmaymiz!" U menga qaradi-da, boshqachasiga tinchlana olmasligimni tushundi va: "Kel, qo‘ng‘iroq qayerdan bo‘lganini aniqlashga urinib ko‘ramiz", — dedi. Telefon raqamidagi kod raqam bizning shaharga tegishli emasligini anglatardi. Endi tamoman o‘zimni yo‘qotib qo‘ydim: "Nima qilsak ekan?..." Ammo erim o‘zini yo‘qotmadi, internet orqali o‘sha shahar militsiya bo‘linmasi raqamini topdi. Qo‘ng‘iroq qilib hammasini aytib berdi, o‘zini tanishtirdi va bizga aytilgan manzilni, albatta, tekshirib ko‘rishlarini iltimos qildi. O‘sha kecha uxlamadim hisob. Tuni bilan voqeani anglolmay xavotirlanib chiqdim. Ertasiga esa mening telefonimga yana qo‘ng‘iroq qilishdi.
Notanish kishi o‘zini militsiya xodimi ekanligini aytdi. Uning aytishicha, biz vaqtida harakat qilibmiz. Menga qo‘ng‘iroq qilgan onaxon son suyagini sindirib olganligi tufayli bir necha oydan beri o‘rnidan tura olmas ekan. Turmush o‘rtog‘i vafot etgan, unga o‘g‘li g‘amxo‘rlik qilarkan. Ularda aloqa uchun telefon bor, lekin onaxon undan foydalanishni hech o‘rgana olmayotgan ekan. O‘sha qo‘ng‘iroqdan ikki kun oldin onaxonning o‘g‘lini ko‘chada mashina urib ketib, reanimasiyaga tushib qolgan, yigit xushiga kelgan, lekin hech narsani eslay olmayotgan ekan. Onaxon esa bu vaqt orasida unga nima bo‘lganini ham bilolmay, joyidan qimirlay olmay yotgan. Qo‘ng‘iroq qilmoqchi bo‘lganida esa telefon xonaning narigi chetidagi stol ustida ekanini bilibdi. U o‘zining baland qon bosimi bilan kurashib, krovatidan emaklab tushib, stolgacha sudralib borishga majbur bo‘libdi. Telefonni qo‘liga olgach, taxminiy raqamlar tera boshlabdi, lekin uning ingragan ovozini eshitganlar nuqul qizil tugmani bosib qo‘yaveribdi. Bizga qilgan qo‘ng‘irog‘i oxirgisi bo‘lgan, polda yotib olib qo‘ng‘iroq qilaverish onaxonni nihoyatda charchatgan ekan. Militsiya xodimlari eshikni ochganida bunga ham ma’lum vaqt ketgan, ular qo‘ni-qo‘shnilar bilan biroz suhbatlashgan, onaxonni xushsiz holda topishgan. Keyinroq shifokorlar yana biroz vaqt o‘tganida onaxonni qutqara olmasdik, deyishibdi. Shukurki, hammasi muvaffaqiyatli o‘tdi.
Keyinroq bizga onaxonning o‘g‘li qo‘ng‘iroq qildi, uzoq minnatdorchilik bildirdi va onasi tuzala boshlaganini aytdi. O‘sha kundan buyon odamlarga jiddiyroq e’tibor beradigan bo‘ldim. Chunki hayotda hamma narsa bo‘lishi mumkin ekan. Agar sizda kimgadir yordam berish imkoni bo‘lsa, bu imkoniyatdan albatta foydalaning. Bu voqeani o‘qir ekanman, har birimiz o‘sha keksa onaxon o‘rnida yoki onaxonning qo‘ng‘irog‘iga javob qaytargan oila o‘rnida bo‘lib qolishimiz mumkinligi haqida o‘ylab qoldim...

O‘sha oila o‘rnida biz bo‘lsak, o‘zimizni qanday tutardik? Qayta qo‘ng‘iroq qilarmidik? Boshqa shahar ekanini bilganimizda-chi, u holda harakatlarimiz davomi qanday bo‘lardi?...

Gavhar Nasrulloh tarjimasi.

🔻Kanalga a'zo bo'ling👇
@ilman_nafiian
#ibratli_hikoyalar
Ajoyib bir novvoy bor edi. Xaridorlar qalbaki pul berishayotganini bila turib ham ularning pulini olar va so‘ragan nonlarini berardi. Yon-atrofidagilar uning bu odatini bilishar va hayron bo‘lishardi. Uning nima uchun bunday qilayotganini sababini hech kim bilmasdi. Nihoyat omonatini topshiradigan fursat yetganda novvoy qo‘llarini ochdi va Yaratganga: "Ey Robbim, yillar davomida odamlarning menga soxta pul berganini va ularni ranjitmay istaklarini bajarganimga O‘zing shohidsan. Men ham bugun huzuringga soxta toat-ibodat bilan bormoqdaman, meni ham ranjitmagin..." — deya iltijo qildi.

🔻Kanalga a'zo bo'ling👇
@ilman_nafiian
#ibratli_hikoyalar
Bir kishi aytib beradi:
Kunlarning birida matematika fani ustozim bir umr yodimizda qoladigan gaplar gapirdi, gaplarini namoyish ham qilib berdi.

Doskaga katta 1 raqamini yozdi va dedi: “Bu sizning tarbiyangiz, odamiyligingiz. Hayotda eng muhim hislatlar shular buladi.” 1 raqamidan keyin 0 yozdi va dedi: “Bu esa siz erishgan yutuqlar, tarbiya bilan sizni oʻn karraga yuksaltiradi.” Yana 0 - bu tajriba, qarang inson “100”ga teng boʻldi. Shunday qilib 0 larni yozaverdi - taʼlim, muhabbat, omad... har bitta qoʻshilgan 0 odamni har safar 10 barobar yuksaltiraverdi.

Soʻngra ustozim qator boshida turgan 1 raqamini oʻchirdi. Doskada keraksiz, maʼnosi yoʻqolgan 0 lar qoldi... Ustozim dedi: “Koʻrdingizmi, agar tarbiyangiz va odamiyligingiz boʻlmasa, qolgan hislatlaringiz sariq chaqaga ham teng emas.”
#ibratli_hikoyalar
Bir sinfda o‘qiydigan boy qizaloq kambag‘al dugonasiga:

— Oyim yangi moshina sotib oldilar. Mening oyim sening oyingdan boylar. Yana oyim, bizga enaga olib keldilar. Ishga ketsalar, u bizga qaraydi. Oyim sening oyingdan boylar. Oyim bizga mohir oshpaz yo‘lladilar. Bizga eng tansiq taomlar tayyorlaydi. Oyim sening oyingdan boylar. Biz kasal bo‘lsak, oyim hamshira keltiradilar. Kalavatimiz oldida ertalabgacha bizga qarab chiqadi. Oyim sening oyingdan boylar. Oyim bizga o‘qituvchi chaqiradilar. Kelib darslarimizni qildiradi. Oyim sening oyingdan boylar, — dedi.

U gapini tugatmasidan, faqir qizaloq dedi:

— Mening onam eng yaxshi taomlarni o‘z qo‘llari bilan bizga pishirib beradilar. Biz bilan o‘zlari shug‘ullanadilar. Kasal bo‘lsak, ustimizda tonggacha kiprik qoqmay chiqadilar. Darslarimizni mehr bilan o‘zlari qildiradilar. Ularning bizga bo‘lgan muhabbatlarini butun dunyoga almashmayman. Onam biz to‘yib bo‘lsak, keyin bizdan qolgan ovqatni yeydilar. Bizga yumshoq nonni berib, o‘zlari qotganlarini yeydilar. Bizga dori-darmon beradilar. O‘zlari bizdan kasalliklarini berkitadilar. Bizga yangi kiyimlar olib beradilar. O‘zlari yirtilib ketgan oyoq kiyimlarini yamaydilar. Kechirasan, o‘rtoq! Onam sening onangdan ancha boylar!



Dunyoda shunday narsalar borki, barcha boyliklar evaziga bo‘lsa ham sotib olib bo‘lmaydi. Pul bilan o‘lchanmaydi. Muhimi mehr - muhabbat, baxt ichida yashashni anglash kerak, bas.

Foydalar tarjimasidan

🔻Kanalga a'zo bo'ling👇
@ilman_nafiian
#ibratli_hikoyalar
SHAYTON BILAN QILINGAN
SAVDO


Kitob ko‘rgazmasida dastxat tarqatyapman. Bir beyafandi "Turmush o‘rtog‘imning tengi yo‘q" kitobimdan oldi va ismini aytdi. "Oilali bo‘lsangiz, turmush o‘rtog‘ingizning ismi bilan birgalikda yozay", — dedim. "Oilaliman, ammo xotinimning ismi yozilishini istamayman. Bir oydan beri xafalashganmiz. Ismini kitobga yozdirib, ilk qadamni men tashlashni istamayman", — dedi.

Ilk qadamni tashlash! Hamma gap aynan mana shunda. Kibrni sindirish va odim otish. Qanchalar og‘ir botadi, to‘g‘rimi? Ilk qadamni tashlash degani aybdor ekanligini tan olishmi? Men yutqazdim, sen yutding deganimi? Yoki rad qilinish ehtimoliga qarshi himoyalanishmi?
Ayniksa, uzr so‘rash qanchalar og‘ir. Masalan, o‘sha beyafandi uzr haqida gapirgani yo‘q, uzrning mavzuga aloqasi yo‘q. "Sen bilan bunaqa yurishni istamayman" degan ma’noni beruvchi ilk qadamni tashlash ham unga og‘irlik qilyapti.
Kibr shaytonning xazinasidir. Kibrli insonlar ko‘paygan sayin shayton boyib boraveradi. Shaytonning jannatdan quvilish sababi ham kibrdir. Ko'pchilik oilalarda uyni jahannamga aylantirgan narsa ham kibr. Har ikki tomon ham narigi tomon uzr so‘rashini kutadi.
Yaqinlarimiz bilan birga o‘tkazishimiz mumkin bo‘lgan qanchadan-qancha go‘zal damlarni kibr sababli shaytonga sotamiz. Buning evaziga esa berilgan narsa bizni baxtsiz qilishdan boshqa narsaga yaramasligi aniq.
Ilk qadamni tashlash shaytonga "Yo‘q, sen bilan savdo qilishni istamayman, kibrning keragi yo‘q, sevganimni afzal ko‘raman" deyishdir.
Reklamalarda ko‘rsatishadi-ku: foydali xarid. Savdo paytida foydali bo‘lgan narsani tanlash kerak.
Yaqinlarimizni kibrimizni deb yo‘q qilmaylik. Kibr borasida menga juda yoqqan xalq hikoyasini sizlar bilan bo‘lishishni istayman.

📚"Quloq oshiq bo'larkan ko'zdan avval"

🔻Kanalga a'zo bo'ling👇
@ilman_nafiian