Foydali ilm๐ŸŒฟ|ุนู„ู… ู†ุงูุน
127 subscribers
2.28K photos
593 videos
99 files
218 links
Saviyasiz kontent
@Ilman_nafiian_bot
Download Telegram
Agar sizning yo'lingiz aqlga bo'ysunib harakat qiladigan ayol bilan kesishgan bo'lsa, ishingiz qiyin bo'ladi.
โ„๏ธ Menimcha, hayotda bir ayolning eng shafqatsiz davri mantiqni ishga solgan ondir. Va unutmangki, mantiqqa tayanib ish qila boshlagan ayol uchun siz tugagan hikoyasiz.
#hikmat
Qur'oni Karimda "Bu ishni ota-bobolarimiz qilgan", deb bir fikrga yopishib oladigan, o'zlari aql ishlatmaydiganlar tanqid qilingan:

"Qachon ularga:"Alloh nozil qilgan narsaga, Rasulga kelinglar", deyilsa, "Bizga ota-bobolarimizni nimaning ustida topgan bo'lsak, o'sha yetarli", derlar. Ota-bobolari hech narsani bilmagan va hidoyatga yurmagan bo'lsalar ham-a?!" (Moida surasi, 104-oyat)

โœShayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
๐Ÿ“š"Iymon"
โ€” Bu besabr qalbning taskini, halovati bo'ladigan kun yaqin...
โ€” ...?
โ€” Ramazon ๐Ÿฅฐ
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
๐ŸŒ™ุฑู…ุถุงู† ู…ุจุงุฑูƒ๐ŸŒท

Mo'min, musulmon ahliga ramazon muborak bo'lsin๐Ÿฅณ
O'zgarish uchun 1-yanvarni kutish shart emas, Ramazon keldi-ku.
Assalam alaykum, oldingizga bir xayrli e'lon bilan keldim๐Ÿค“๐Ÿ“œ
#elon #ramadan

๐Ÿ“ŒToshkentda yashaydigan qizlar diqqatiga!

Avtobus, metrodagi yo'lovchilarga iftorlik tarqatmoqchi edik. Mashinadagilarda pul bor va shundoq ham hamma mashinadagilarga iftorlik tarqatyapti. Shunga xohlovchilar boโ€˜lsa, karvonimizga qoโ€˜shilishingiz mumkin. Yoki kanalingizda eโ€˜lon qilib bersangiz, yanayam xursand boโ€˜lardik๐Ÿ˜Š

๐Ÿ“Manzil: Chilonzor metro atrofi

โฐVaqti: Juma (22-mart) iftordan 1 soatcha oldin

๐ŸŒทFaqat qizlar boโ€˜lamiz!

Murojaat uchun:
@Abdiyaa26
#nazm
Aybdor axtardim qilib men zarda
Aybdor axtardi tinmasdan ko'zim
Bir kun shayton kelib tirjaygan holda
Kuzgu tutdi, ko'rdim o'zimni-o'zim
...
โœ”๏ธSizning maqsadingiz chiroylisini sevish emas, chiroyli sevish bo'lsin.

๐ŸŒท Ayolning go'zalligi uchun sevadigan erkaklar bor. Kechirasiz, erkak dedim, erkak jinsiga mansub bo'lganlar bor. Ko'zlari chiroyli bo'lsin, beli xipcha bo'lsin, burni kichkina bo'lsin, sochi jingalak bo'lsin deb, go'yo bozordan pomidor terayotgandek saralab, tashqi ko'rinishiga qarab birovni hayotiga kiritishga urinadiganlar bor. Men odamlarga tashqi ko'rinishiga qarab muomala qilishdek xunuk narsani bilmayman.

๐ŸŒปQanday ko'rkam ayollarni ko'rdim, qalbi qop-qora edi. Xunuk deb hisoblagan ayollarning esa qalbida moychechaklar o'sardi. Ayol jismi go'zal bo'lgani uchun sevilmaydi, mehr-muhabbatga to'la qalbi bo'lgani uchun seviladi. Ayolni beli xipcha bo'lgani uchun emas, choyni yaxshi damlagani uchun sevishadi. Ayol qoshlari kamon bo'lgani uchun sevilmaydi, hammaga bir xil munosabatda bo'lgan holda senga boshqacha va iliq munosabatda bo'lgani uchun seviladi.
๐Ÿช Eng kichik sabab bilan sen tugatgan narsalarni u qayta tiklagani uchun seviladi. Ayol sabri uchun seviladi. Ayolni qomati go'zal bo'lgani uchun sevishning o'rniga ota mehrisiz ulg'aygani uchun, armon bo'lib qolgan bolaligi uchun seving. Otasi chala qoldirib ketgan yerdan seving. Ishoning. Bularning barchasini qilsangizgina erkak emas, haqiqiy erkak hisoblanasiz.

๐Ÿ”ฅ Ayol sevgisi erkaklardagi mardlikni ko'rgan joyidan boshlanadi.
๐Ÿช "Men yoningdaman", deydiganlar bo'ladi. Quloq sol, ammo ishonma.
๐Ÿ”ฎ Insonning boshidan ko'p narsa o'tganidan so'ng panoh topadigan, bosh urib boradigan va shu nuqtadan keyin hech kimning oldiga osonlikcha bormaydigan, borolmaydigan bir joyi bor: o'zi...

O'zingga xush kelibsan ๐ŸŽ†
๐ŸŒฉ Turgenev aytganidek: "Shunday vaqt keladiki, ba'zi yo'llarning qaytishi, ba'zi xatolarning uzri, ba'zi insonlarning ma'nosi bo'lmaydi!"