Foydali ilm🌿|علم نافع
132 subscribers
2.28K photos
593 videos
99 files
218 links
Saviyasiz kontent
@Ilman_nafiian_bot
Download Telegram
#hikmat
☀️Yaxshi ko‘rgan narsam uzra tong ottiramanmi, yo yomon ko‘rgan narsam uzra, menga farqi yo‘q. Chunki yaxshilik yaxshi ko‘rganimdami, yo yomon ko‘rganimda, men bilmasman.

Umar ibn Xattob roziyallohu anhu

🔻Kanalga a'zo bo'ling👇
@ilman_nafiian
#hikmat
...dunyo g'am-tashvishlarini yelkangizga yuklamang. Chunki siz bu olamga mas’ul emassiz, oilangizning taqdiri qo‘lingizda emas. O‘g‘lingiz betobmi, shifosi Allohdan! Qizingizga biror korhol bo'ldimi, najot beruvchi Alloh! Qarz bo'lib qoldingizmi, qutultiruvchi Alloh! Musibatga yo‘liqdingizmi, bartaraf qiluvchi Alloh!
Shunday ekan, hamma ishning kaliti Unda! Dunyoni unuting! Unutmang, bu olamda siz zarra qadarsiz. Tadbiringiz Allohning qo‘lidadir. Zimmangizda Mavloga go'zal bandalik qilishdan boshqasi yo‘q. Bu bilan siz Uning roziligini topasiz, U sizni go‘zal tadbir qiladi, afzal narsa tomon yo'naltiradi
...

Doktor Oiz Qarniy
📚"Nihoyat, saodatni topdim!"


🔻Kanalga a'zo bo'lin👇
@ilman_nafiian
#hikmat
Inson baxtsizligining sababi, u doimo buguni saodatli ekanini unutadi. Kelajak kunlar saodatiga talpinaverish uni unuttiradi.

Ertasi kelganda esa bugunidan oʻtmishi yaxshi boʻlganiga ishonadi. Shunday qilib u hozirida ham, oʻtmishida ham abadiy baxtsiz boʻladi.

Mustafo Lutfiy Manfalutiy, 📚“Qarashlar” kitobidan.

🔻Kanalga a'zo bo'ling👇
@ilman_nafiian
#hikmat
Ranjima, Alloh seni bir kun shunday rozi qiladiki, oldin xafa bo'lganlaringni eslolmaysan ham.

Sen istaganing amalga oshsa bir yaxshilik, oshmasa, ming yaxshilik izla.


Mirach Chag'ri Oqtosh
📚"Hayot yutqazgan joyingdan boshlanar"


🔻Kanalga a'zo bo'ling👇
@ilman_nafiian
#foydali
#hikmat
رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُمْ وَرَضُوا عَنْهُ أَوَلَيْكَ حِزْبُ اللَّهِ }

“Alloh ulardan rozi bo‘lur va ular ham (Allohdan) rozi bo‘lurlar. Aynan o‘shalar Allohning hizbidirlar" (Mujo dala surasi, 22-oyat).

Boshiga balo kelgan odamlarni Allohdan rozi holatda, sakinat ila tabassum qilishlari qanday ham go‘zal, unutib bo‘lmas holat-a?!
Zero, o‘zini mana shunday tutish Alloh taoloning achchiq taqdirini qabul qilib olishda eng to‘g‘ri yo‘ldir. Alloh taoloning hukmlaridan, qazosi-yu qadaridan, taqdirning shirin va achchig‘idan rozi bo‘lmasangiz, nima qilmoqchisiz? Biror hiyla qilmoqchimisiz? Yoki boshqacha tasarrufingiz, boshqacha yechimingiz bormi? Unutmang, sodir bo‘ladigan narsalardan qalam qurigan. Ish jalol va karam egasi tomonidan hukm qilingan. Sizni ado etish manziliga tushishdan boshqa chorangiz yo‘q. Allohning tanlaganini tanlashingizdan boshqa yechimingiz yo‘q. Sizning manfaatlaringizni biluvchi faqat Udir. Sizni behojat qilsa, rozi bo‘ling. Muhtoj qilsa rozi bo‘ling.

Bemor qilsa, rozi bo‘ling. Salomat qilsa, rozi bo‘ling. Kengchilikda ham, tangchilikda ham, boylig-u kambag‘allikda ham, qattiqlik-yengillikda ham, emin-erkinlikda ham Undan rozi bo‘ling. Alloh sizga yozganini chin dildan qabul qiling. Unutmang, qazoni o‘zgartirishga hargiz qodir emassiz. Lekin ruhingizni taslim bo‘lishga, ichki xotirjamlikka va sokin bo‘lishga, qolaversa, Allohning yozganini qabul qilishga o‘zgartira olasiz. Mana shunda eng baxtiyor, zavqi keng, mukarram inson bo‘lasiz. Sababi, siz insonlar Robbiga o‘zingizni topshirdingiz, Undan rozi bo‘ldingiz!

Doktor Oiz Qarniy
📚"Nihoyat, saodatni topdim"


🔻Kanalga a'zo bo'ling👇
@ilman_nafiian
#hikmat
"Qila olaman, deganingda tanangdagi yuz milliard hujayra maqsadlaring uchun harakatga tushadi".
Sen o'zingga ishon. Boshqalar ham senga ishonishni boshlaydi. Paulo Koeloning mashhur jumlasini eshitganmisan?
"Sen biror narsani chindan xohlasang, butun olam sening xohishing ijobat boʻlishi uchun harakatga keladi".
Xuddi shunday o'ylashni boshla, shuni o'zingga singdir. Sen istagan har narsa senga bir nafaschalik yaqin. Mag'lubiyatga yuz tutib, qayta oyoqqa turganingda sen istagan narsalar sen tomon harakatlanayotganiga guvoh bo'lasan.

Mirach Chag'ri Oqtosh
📚"Hayot yutqazgan joyingdan boshlanar"


🔻Kanalga a'zo bo'ling👇
@ilman_nafiian
#hikmat
Siz o'zingiz xohlagan barcha fazilatlarga ega bo'lgan ayolni topa olmaysiz. Xuddi barcha orzu-istaklaringizni amalga oshiradigan erni topa olmaganingiz kabi.

Hayotda baxtli bo'lish uchun..
Eringizni falonchining eri bilan oshkora taqqoslamang ... chunki bu nohaq taqqoslash, chunki siz boshqaning eri haqida eshitgan eng go'zal so'zlaringiz bilan eringiz haqida bilgan eng yomon narsalaringizni solishtiryapsiz.

#haqiqat😁

Doktor Abdulaziz Husayniy
©Hubbuna
#hikmat
Otam ikki xil xayol bo‘lishini aytgandi menga. Xayol bo‘lsa-da, go‘zal bo‘lganlar va faqat xayol bo‘lgandagina go‘zal bo‘lganlar.

Insonlar ikkinchisiga aldanib, ishq savdosiga sho'ng'iydi. Ro‘parasidagi insonni xayolidagiga o‘xshatib, hafsalasi pir bo‘lgach, isyon ko‘taradi. Aslida na o‘zlari xayollaridagi inson, na qarshisidagilar. Ikkisi ham nafsining havaslari orqali bir-biriga e’tibor qaratgani uchun tanishgani sari o‘rtadagi sehr yo‘q bo‘lib boradi.

📚"Fesleen" (Unga maftun bir qizning hikoyasi)
#hikmat
"Kechirim so'rash" sizning noto'g'ri ekanligingizni anglatmaydi. Bu sizning oldingizda turgan odamga bergan qadringiz sizning egongizdan yuqori ekanligini ko'rsatadi.

Freyd
#hikmat
Takalluf bor joyda do'stlik yo'qdir.

Abdukarim Mirzayev

P.s.: takalluf — sun'iylik, soxtalik, serhashamlik, jimjimadorlik.
#hikmat
Ramazonda ayollarning ajri naqadar ulkan bo‘ladi-ya!

Ular uchun ro‘za tutish ajri, xonadon yumushlaridagi ajr va ro‘zadorni iftor qildirishdagi ajr!

Allohim! Zaifalarga rahm qil va O‘zing ularning chanqoqliklariga barham ber!

Doktor Ahmad Iyso Ma’asroviy

🔻Kanalga a'zo bo'ling👇
@ilman_nafiian
#hikmat
Xotiralar tushlaringizga kirib, sizni rosa charchatgan paytlar bo‘lganmi?

Bu ko‘ngil yarasidir. Yillar o‘tsa ham tuzalmaydigan, vaqt o‘tgan sari yanada kattalashadigan bir yara. Yaralaridan ham charchaydimi odam?

Charchadik. Tushlarimizda ham qutulolmayapmiz. Ko'ngil yarasidan qochib qutuladigan joy bo‘lsa edi, kimdir, albatta, eshitgan bo‘lardi. Bitta bo‘lsa ham bilgan, qochishni uddalagan odam topilgan bo'lardi.
Qachon buning oxiri keladi, bilmadim, qalb yarasining oxiri yo‘q, menimcha. Kutamiz. Nimani, nega kutayotganimizni ham bilmasdan kutaveramiz. Bu dunyoda yashashning sharti kutishdir.
Hamma xayollarining ro‘yobga chiqishini kutar ekan, men faqat seni kutayotgan bo‘laman, Sayyoh! Faqat seni.

📚"Fesleen"

🔻Kanalga a'zo bo'ling👇
@ilman_nafiian
#hikmat
🩺Sen his qilayotgan og'riqlar xabardir, ularni tingla!

Jaloliddin Rumiy
#hikmat
Umraga borib kelgach, hayotingiz ijobiy tomonga oʻzgarmasa, hayotingizda boʻlmagan sunnat kirib kelmasa, qalbingiz nopok xislatlardan uzoqlashib goʻzallashmasa,

siz Umraga rasmga tushgani boribsiz...

Muhammad Odil

🔻Kanalga a'zo bo'ling👇
@ilman_nafiian
#hikmat
"Kishining o'z farzandini chiroyli odob-axloq bilan tarbiyalashi ko'p miqdordagi nafl sadaqa berishidan yaxshiroqdir".

(Imom Termiziy rivoyati)

🔻Kanalga a'zo bo'ling👇
@ilman_nafiian
#hikmat
Bir erkak mushukka ozor bergani uchun do‘zaxga tushdi. Hayvonga ozor bergan kishining jazosi shunday ekan, insonga ozor bergan kishining ahvoli qanday bo‘larkin?


Vaxb ibn Munabbix
©zakiylar
#hikmat
"Muhtojga bergan dirhaming muhtojdan avval Allohga yetib boradi" degan gapni eshitganimdan beri ehsonga beradigan tangalarimni artib, tozalab beradigan bo'ldim...

📚 "Ilohiy ishq"
Z.Naqshbandiy

🔻Kanalga a'zo bo'ling👇
@ilman_nafiian
#hikmat
Inson nimagaki erisholmasa, o‘sha narsa aziz tuyuladi. O‘tmishni qaytarib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham o‘tgan kunlaringiz bebaho bo‘lib tuyulaveradi sizga.

📚 "Nur borki, soya bor"
O‘tkir Hoshimov


🔻Kanalga a'zo bo'ling👇
@ilman_nafiian
#hikmat
🏹 Ba'zi odamlar senga sodiq emas. Ular senga bo'lgan ehtiyojlariga sodiqdirlar. Ularning ehtiyojlari o'zgarganda sodiqligi ham o'zgaradi.

Ko'zlaringni och!

Mirach Chag'ri Oqtosh

🔻Kanalga a'zo bo'ling👇
@ilman_nafiian
#hikmat
Qur'oni Karimda "Bu ishni ota-bobolarimiz qilgan", deb bir fikrga yopishib oladigan, o'zlari aql ishlatmaydiganlar tanqid qilingan:

"Qachon ularga:"Alloh nozil qilgan narsaga, Rasulga kelinglar", deyilsa, "Bizga ota-bobolarimizni nimaning ustida topgan bo'lsak, o'sha yetarli", derlar. Ota-bobolari hech narsani bilmagan va hidoyatga yurmagan bo'lsalar ham-a?!" (Moida surasi, 104-oyat)

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
📚"Iymon"