Foydali ilm🌿|علم نافع
115 subscribers
2.28K photos
593 videos
99 files
218 links
Saviyasiz kontent
@Ilman_nafiian_bot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#foydali
Hayotingda senga yoqmaydigan narsa sodir bo'lgan bo'lsa...

🔻Kanalga a'zo bo'ling👇
@ilman_nafiian
#foydali
#hikmat
رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُمْ وَرَضُوا عَنْهُ أَوَلَيْكَ حِزْبُ اللَّهِ }

“Alloh ulardan rozi bo‘lur va ular ham (Allohdan) rozi bo‘lurlar. Aynan o‘shalar Allohning hizbidirlar" (Mujo dala surasi, 22-oyat).

Boshiga balo kelgan odamlarni Allohdan rozi holatda, sakinat ila tabassum qilishlari qanday ham go‘zal, unutib bo‘lmas holat-a?!
Zero, o‘zini mana shunday tutish Alloh taoloning achchiq taqdirini qabul qilib olishda eng to‘g‘ri yo‘ldir. Alloh taoloning hukmlaridan, qazosi-yu qadaridan, taqdirning shirin va achchig‘idan rozi bo‘lmasangiz, nima qilmoqchisiz? Biror hiyla qilmoqchimisiz? Yoki boshqacha tasarrufingiz, boshqacha yechimingiz bormi? Unutmang, sodir bo‘ladigan narsalardan qalam qurigan. Ish jalol va karam egasi tomonidan hukm qilingan. Sizni ado etish manziliga tushishdan boshqa chorangiz yo‘q. Allohning tanlaganini tanlashingizdan boshqa yechimingiz yo‘q. Sizning manfaatlaringizni biluvchi faqat Udir. Sizni behojat qilsa, rozi bo‘ling. Muhtoj qilsa rozi bo‘ling.

Bemor qilsa, rozi bo‘ling. Salomat qilsa, rozi bo‘ling. Kengchilikda ham, tangchilikda ham, boylig-u kambag‘allikda ham, qattiqlik-yengillikda ham, emin-erkinlikda ham Undan rozi bo‘ling. Alloh sizga yozganini chin dildan qabul qiling. Unutmang, qazoni o‘zgartirishga hargiz qodir emassiz. Lekin ruhingizni taslim bo‘lishga, ichki xotirjamlikka va sokin bo‘lishga, qolaversa, Allohning yozganini qabul qilishga o‘zgartira olasiz. Mana shunda eng baxtiyor, zavqi keng, mukarram inson bo‘lasiz. Sababi, siz insonlar Robbiga o‘zingizni topshirdingiz, Undan rozi bo‘ldingiz!

Doktor Oiz Qarniy
📚"Nihoyat, saodatni topdim"


🔻Kanalga a'zo bo'ling👇
@ilman_nafiian
#foydali #tabrik
1-fevral "Butunjahon hijob kuni"

Bayram asoschisi Nazma Xon Bangladeshda tugʻilgan boʻlib, maktab yoshida oilasi bilan Amerikaga koʻchib borishgan. U yerdagi yangi sinfdoshlari uning nega hijob kiyib yurishini yaxshi tushunishmagan, har xil hazillar bilan Nazmaning koʼnglini ogʻritishar edi. Bu holat Nazma Nyu York Universitetiga kirganda ham davom etdi. U oʻsha paytda butun dunyoga hijob nimaligini bildirib qoʻyish uchun birinchi qadamni tashladi.
Nazma oʻz saytini ochdi va u saytga musulmon ayollarga xos turli xil kiyimlarning suratlarini joylay boshladi. Bu saytdan foydalanuvchilarning har biri oʻz fikrini bildirishi mumkin edi. Eng qizigʻi dunyoning 116 mamlakatidan 10 million foydalanuvchi yoshi, irqi va eʼtiqodidan qatʼiy nazar, barcha ijobiy fikrlar bildirdi. Nazma kabi ayollarni qoʻllab quvvatlashdi...
Demak, "Butunjahon hijob kuni" - bu Bangladeshlik muslima talaba Nazma Xon tomonidan 2013- yilda tashkil etilgan yillik tadbir. Ushbu tadbir har yili 1 fevralda dunyoning 140dan ortiq mamlakatida bo'lib o'tadi. Uning maqsadi har qanday din va kelib chiqishidan qatʼiy nazar ayollarni hijob kiyishga va uni boshdan kechirishini targʻib qilishdir.
Mana 8yildan beri 1-fevral kuni dunyoning 140dan ortiq mamlakatida "Butunjahon hijob kuni" sifatida keng nishonlanib kelinmoqda. Bu bayram bizning xalqimiz uchun tanish boʻlmasligi mumkin. Biz buni sizga yetkazdik, siz ham boshqa barcha yaqinlaringni bundan xabardor qiling va bayram karvoniga qoʻshiling.☺️
Alloh taolo butun dunyodagi muslimalarni oʻylagan barcha ezgu niyatlariga yetishishni nasib qilsin va ularning safi koʻpayaversin.🤲

Bayramingiz muborak boʻlsin, aziz muslima opa-singillar!!!🥳☺️
Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh!!!

🔻Kanalga a'zo bo'ling👇
@ilman_nafiian
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#foydali
❗️Ayol-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik og‘ir gunohdir!

🎙Homidjon domla Ishmatbekov

©O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Muslim.uz
#foydali
Insonlarning uzoq va yaqinlik
darajalari ulardan keladigan xafalikning darajasini belgilab beradi...


1. Bir marotaba ko‘rgan va bizga yoqmaydigan vaziyatda bo‘lgan insonlardan xafa bo‘lishimiz 3 daqiqadan — o‘sha kun tugagunga qadar bo‘lishi mumkin.
2. Bir joyda ishlab yoki o‘qib, lekin munosabat o‘rnatmagan insonimizdan hafalik 1 haftaga qadar bo‘ladi.
3. Eng yaqin insonlarimizdan kelgan xafalik esa biz bilan hatto yillar davomida ham qalbimizdan
ketmay turishi mumkin!

P.s.: shunday ekan sizni ancha muddat yomon ahvolda yurishingizga, ich-ichingizdan azoblanishingizga faqat yaqinlaringiz sabab bo'ladi. Har kimni ham o'zingizga yaqin olavermang!

🔻Kanalga a'zo bo'ling👇
@ilman_nafiian
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#foydali #ibratli
Barchaga katta eslatma bo'lgan inson👆.

Bugun ko'zingizni ochganingiz uchun alhamdulillah deng.

Biz bu duyoda xuddi imtihonda o'tirgandekmiz. Har lahzada imtihon varaqasi yig'ishtirib olinishi, Alloh sen uchun ajratgan vaqt tugashi mumkin. Shunday ekan, o'z imtihon varaqangga diqqat qil, birovlarning varaqasiga ko'z tashlashni bas qil.
#geçmiş_olsun

🔻Kanalga a'zo bo'ling👇
@ilman_nafiian
#eslatma
#foydali
BAROAT KECHASI

6-mart, Dushanba kuni shomdan keyin yani Sha’bon oyinig 14-kunidan 15-kuniga o‘tar  kechasi — Baroat kechasidir.

6-Martdan(Dushanbadan)
7- Martga(Seshanbaga) o‘tar kechasi, tun soat 02:00-03:00 lardan  Taxajjud namozi uchun turilib, tong vaqtiga qadar ibodat qilishligimiz, Allohga yuzlanishimiz uchun eng azal vaqtdir.
(Dushanba kuni Xuftondan so‘ng bir oz uxlab olib, imkoniyatimizga qarab tunni bedor o‘tkazamiz).

Seshanba kuni ro‘zador bo‘lishligimiz esa nur ustiga a’lo nurdir.

Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam:
“Qachon Sha’bondan o‘n beshinchi kecha bo‘lsa, uning kechasini bedor o‘tkazinglar, kunduzisini ro‘zasini tutinglar. Chunki o‘shanda Alloh quyosh botishi paytida dunyo osmoniga tushadi va: “Qani, istig‘for aytuvchi bormi? Men uni mag‘firat qilaman. Qani rizq so‘raguvchi bormi? Unga rizq beraman. Qani, baloga uchragan bormi? Unga ofiyat beraman. Qani shu, shu (deydi) to subhi kirgunicha”, — dedilar”
(Ibn Moja rivoyat qilgan).

07 - Mart 2023-yil (15-Sha’bon)  SESHANBA.

Saharlik tugashi:   05 : 31
Iftorlik vaqti:   18 : 22


Saharlik. Og‘izni saharlik tugash vaqtiga taqamasdan, avvalroq yopishlik afzal.
         ......................................

Saharlik niyati:
Sha’bon oyining nafl ro‘zasini tutmoqlikni niyat qildim.. (Davomidan istagan hayrli tilaklaringizni Allohdan so‘rab, og‘iz yopishingiz mumkin).

Og‘iz ochish uchun, doimiy iftorlik duoimizni qilishligimiz joiz.

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
ALLOHUMMA  LAKA  SUMTU  VA
BIKA  AAMANTU VA  A’LAYKA
TAVAKKALTU VA A’LA  RIZQIKA
AFTORTU,  FAGʻFIRLIY  YAA GʻOFFARU,  MAA  QODDAMTU
VA  MAA  AXXORTU.
Biroxmatikaya Arxamar Roximin.

Ma’nosi: Ey Alloh, ushbu ro‘zamni
Sen uchun tutdim va Senga iymon
keltirdim va Senga tavakkal qildim va bergan rizqing bilan iftor qildim. Ey mehribonlarning eng mehriboni, mening avvalgi va keyingi gunohlarimni mag‘firat qilgin!

©namoz_vaqti
#foydali
Sevimli to'rt so'z.

"Alloh nazdida eng sevimli kalomlar to‘rttadir:
Subhanalloh;
Alhamdulillah
La ilaha illalloh;
Allohu akbar.

👆Bularning qaysisidan (aytishning) boshlashning farqi yo‘q"

©Muslim, Abu Dovud, Termiziy, Ibn Moja rivoyati

🔻Kanalga a'zo bo'ling👇
@ilman_nafiian
#foydali
Ramazon taqvim. Toshkent.

P.s.: kerakli deb o'yladim👆

🔻Kanalga a'zo bo'ling👇
@ilman_nafiian
#foydali
🔖Ramazon kun tartibi👆

1. Namozlar ...
2. Tasbeh ...
3. Qur'on ...
4. Allohumma barikli fil mavti va fita baadal mavt (25 ta)
La haula va la quvvata illa billah (313)

P.s.: har bir daqiqaningiz barokatli o'tsin, vaqtingizni foydali narsalarga sarflang.

🔻Kanalga a'zo bo'ling👇
@ilman_nafiian
#foydali
Ilm o‘rganish va o‘rgatishning fazilati

79-hadis

Rasululloh sollallohu alayhi va salam aytganlar: “Alloh taolo menga yuborgan hidoyat (Alloh taolo bandalariga ko‘rsatgan to‘g‘ri yo‘l, qo‘llanma) singari ilm ham ko‘p yoqqan yomg‘irga o‘xshaydi. Ba’zi yer sof, unumdor bo‘lib, yomg‘irni o‘ziga singdiradi-da, har xil o‘simliklar va ko‘katlar o‘stiradi va ba’zi yer qurg‘oq, qattiq bo‘lib, suvni singdirmasdan o‘zida to‘playdi, undan Alloh taolo bandalarini foydalantiradi. Odamlar suvdan ichadilar, hayvonlari va ekinlarini sug‘oradilar. Ba’zi yer esa tekis bo‘lib, suvni o‘zida tutib qolmaydi, ko‘katni ham ko‘kartirmaydi. Bularni quyidagicha qiyoslash mumkin:

Bir kishi Alloh ilmini (islomni) teran o‘rganadi, teran tushunib, undan manfaatlanadi va Alloh yuborgan hidoyatni o‘zi o‘rganib, odamlarga o‘rgatadi. Ikkinchi bir kishi ilm o‘rganib odamlarga o‘rgatadi. Ammo o‘zi amal qilmaydi. Uchinchi bir kishi mutakabbirlik qilib, o‘zi ham o‘rganmaydi, o‘zgalarga ham o‘rgatmaydi. Bulardan birinchisi mo‘min, ikkinchisi fosiq, uchinchisi kofirdir”.

P.s.: eng qo'rqadiganim ikkinchisi bo'lib qolishlik, o'rganib ham amal qiluvchilardan bo'laylik. O'zimiz amal qiladigan narsani boshqalarga o'rgatish nasib etsin. Fosiq bo'lib qolishdan O'zi asrasin.

🔻Kanalga a'zo bo'ling👇
@ilman_nafiian
#foydali
​​​🛌Uyquning 12 xil turi bor:

1. Sunnat uyqu. Oftob ko‘tarilib to peshin namozigacha bo‘ladigan oraliqdagi bu uyqu "qaylula" deyiladi. U aqlni ko‘paytiradi.

2. Bid’at uyqu. Peshin namozi vaqtidagi uyqu.

3. Telbalikka sabab bo‘ladigan uyqu. Asr namozidan keyingi uyqu devonalik, parishonxotirlik va telbalikka sabab bo‘ladi.

4. Uqubatga sabab bo‘ladigan uyqu. Kishi xufton namozini o‘qimasdan uxlasa, bu dunyoda ham, oxiratda ham azob-uqubatga qoladi.

5. Odatiy uyqu. Xufton namozidan keyingi odatiy uyqu.

6. Nadomatga sabab bo‘ladigan uyqu. Tongotar vaqtida uxlash. Shuningdek, ilmiy majlis bo‘layotgan vaqtida uxlash ham nadomatga sabab bo‘ladi.

7. Gʻaflat uyqu. Tong otayotganida uxlab yotish. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) qizlari Fotimaga (roziyallohu anho): "Tongda uxlab yotmagin, chunki bu vaqtda uch narsa: yaxshilik, odob va baraka taqsimlanadi", dedilar. Kim tong otayotganida uxlab yotsa, shu uch narsadan quruq qoladi.

8. Faqirlikka sabab bo‘ladigan uyqu. Bomdoddan keyin kun chiqquncha uxlab yotish kambag‘allikka, devonalikka, qarzdorlikka sabab bo‘ladi.

9. Gʻaromat (ziyon) uyqu. Kishining ibodatdan so‘ng duoda, sanoda, salavotda, qiroatda ko‘zi ketib qolsa, g‘aromat uyqu sanaladi.

10. Rohat uyqu. Kasal va go‘daklarning uyqusi. Ular qancha ko‘p uxlasa, foyda va rohat olishadi.

11. Ibodat uyqu. Olimlar, obidlar va ro‘zadorlarning uyqusi. Kishi xufton namozidan so‘ng tahoratli uxlasa, farishtalar himoyasida bo‘ladi.

12. Karomat uyqu. Tunda namoz o‘qib turib, charchab sajdada uxlab qolish".

📚"Mas’ud ibn Mahmud ibn Yusuf as-Samarqandiy "Saloti Mas’udiy"

🔻Kanalga a'zo bo'ling👇
@ilman_nafiian
#foydali
 اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: إِذَا مَاتَ ابْنُ آدَمَ انْقَطَعَ عَمَلُهُ إِلاَّ مِنْ ثَلاَثٍ صَدَقَةٍ جَارِيَةٍ أَوْ عِلْمٍ يُنْتَفَعُ بِهِ أَوْ وَلَدٍ صَالِحٍ يَدْعُو لَهُ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ إِلاَّ البُخَارِيَّ 
Aby Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: 
«Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: 
«Qachonki odam bolasi o‘lsa, amali kesiladi. Magar uch narsadan: joriy sadaqadan, manfaat oladigan ilmdan yoki uning haqqiga duo qiladigan solih farzanddan kesilmaydi», dedilar».

©Beshovlaridan faqat Buxoriy rivoyat qilmaganlar.

🔻Kanalga a'zo bo'ling👇
@ilman_nafiian
#foydali
17 NARSA QABR AZOBIDAN NAJOT BERADI:

1. Ota-onaga yaxshilik qilish.
2. Namoz.
3. Ramazon roʻzasi.
4. Haj va umra.
5. Yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytarish.
6. Alloh taolodan qoʻrqish.
7. Allohdan umidvor boʻlish.
8. Alloh haqida yaxshi gumonda boʻlish.
9. Doimo tahoratli yurish.
10. Doimo Allohning zikrida yurish.
11. Junublikdan darhol gʻusl qilish.
12. Qarindosh-urugʻchilik aloqalarini tiklash (silai rahm).
13. Husni xulq.
14. Goʻdakligida vafot etgan farzand.
15. Allohdan qoʻrqib yigʻlash.
16. “Laa ilaaha illalloh”ni koʻp aytish.
17. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot aytish.

🔻Kanalga a’zo bo‘ling👇
@ilman_nafiian
#foydali
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qadr kechasi borasida: “U 27 yoki 29-kechadir. Ushbu kecha yerda farishtalar soni toshchalar sonidan ham ko‘p bo‘ladi”, — dedilar (Ahmad rivoyati).

Eslatma: bugun Ramazon oyining 27-kechasidir.
#foydali
LAYLATUL QADR bu kechada:

• Ilk bor Qur'on nozil bo'lgan;
• Bu kecha ming oydan yaxshiroqdir;
• Bu kechada farishtalar va Jabroil alayhissalom tushadilar;
• Qadri ulug' va bandalarning qadarlari belgilangan kecha.
#foydali
LAYLATUL QADR KECHASIDA

• Nafl (qo‘shimcha) namoz
o‘qish
• Qur’on tilovat qilish
• Zikr-u duo qilish
• Diniy ilm o‘rganish bilan mashg‘ul bo‘lmoq kerak.
#foydali
Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi, u kishi aytdilar: "Ey Rosululloh, agar Qadr kechasi qaysi kecha ekanini bilsam (ya’ni, qadr kechasini topishga muvaffaq bo‘lsam), unda nima deb duo qilay?" — dedim. U zot: "Allohumma innaka Afuvvun tuhibbul afva fa’fu ’anniy" deb ayt!" — dedilar".

©Imom Ahmad, Termiziy, Ibn Moja, Nasoiy, Hokim, Bayhaqiy rivoyat qilishgan.

Duoning ma’nosi: "Yo Alloh, albatta, Sen Afuvvsan (gunohlarni kechiruvchi, afv qiluvchisan), kechirishni yaxshi ko‘rasan, meni afv qilgin, kechirgin".  

🔻Kanalga a’zo bo‘ling👇
@ilman_nafiian
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#foydali
HAYIT NAMOZINING O'QILISH TARTIBI!!!

Ulashing, o'rganib oling!

Manba: hazratimuz
#eslatma
#foydali
​​Hayit bayramlari odoblari

Birinchi odob: yaxshi niyat qilish

Musulmon kishi barcha ishlarida bo‘lgani singari hayit bayramlarida bajaradigan barcha ishlarini ham yaxshi niyatlar bilan ado etishi lozim. Masalan hayit namoziga otlanar ekan zimmasidagi vojib amalni ado etishni niyat qiladi, Nabiy sollallohu alayhi vasallamning ko‘rsatmalarini bajarish niyati bilan yaxshi kiyimlarini kiyib chiqadi, silai rahm niyati bilan qavmu-qarindoshlarini ziyorat qilishga harakat qiladi va hakozo barcha amallarida ezgu niyat qilinadigan bo‘lsa, xursandchiliklardan tashqari ko‘plab ajru mukofotlarga ham ega bo‘ladi.

Ikkinchi odob: Gʻusl qilish

Hayit bayramiga tayorgarliklardan biri namozgohga g‘usl qilib, toza-ozoda bo‘lib chiqish hisoblanadi. Ushbu odobga rioya qilish tufayli boshqalarning undan aziyat chekishlarining oldi olingan bo‘ladi.

Uchinchi odob: Xushbo‘ylanish

Yuvinib toza-ozoda bo‘lganidan so‘ng shirin mushk va atirlar bilan xushbo‘ylanib chiqish ham bu kunning odoblaridan sanaladi.

To‘rtinchi odob: Yaxshi kiyimlar kiyish

Hayit kunida imkoni bor kishi yangi kiyim kiyishi mustahab bo‘ladi. Chunki bu ish Alloh taoloning bandasiga bergan ne’matlarini izhor etish, shod-u xurramligini namoyon qilish bo‘ladi. Ulug‘ zotlarning hayit bayramlarida eng yaxshi kiyimlarini kiyganlari ma’lum va mashhurdir.

Beshinchi odob: Ramazon hayitida namozdan oldin “sadaqai fitr”ni ado etish

“Sadaqai fitr” ro‘zadan chiqish munosabati bilan beriladigan sadaqa hisoblanadi. Bu moliyaviy ibodat shariatimizda ro‘zadorning ro‘zasi komil bo‘lishiga xalal beradigan turli behuda gap-so‘z va hatti-harakatlardan poklash va miskinlarga taom bo‘lish ma’nosida joriy qilingan.

👉 Тўлиқ ўқиш:

©islomuz