Foydali ilm🌿|علم نافع
112 subscribers
2.28K photos
593 videos
99 files
218 links
Saviyasiz kontent
@Ilman_nafiian_bot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ibratli
#dolzarb
Toʻgʻri, bu qaysidir maʼnoda kulgilidir, ammo bu biz xohlasak xohlamasakda haqiqat.

Alloh bunday insonlarga hidoyat bersin 🤲🏻

🔻Kanalga a'zo bo'ling👇
@ilman_nafiian
Foydali ilm🌿|علم نافع
#ibratli #dolzarb Toʻgʻri, bu qaysidir maʼnoda kulgilidir, ammo bu biz xohlasak xohlamasakda haqiqat. Alloh bunday insonlarga hidoyat bersin 🤲🏻 🔻Kanalga a'zo bo'ling👇 @ilman_nafiian
#dolzarb
#tegib_ketsin eeeeeee
Hijoblisan-ku?!😏

"Yozmayman, bu mavzuga aralashmayman" deganim sari shu mavzudagi gaplar, videolar juda ko'p qarshimdan chiqyapti. Ayniqsa, yuqoridagi mulohaza qilish uchun tashlangan videodagi izohlar jim o'tirishimga yo'l qo'ymadi.

Hozirgi kunda hijobli muslimalarimizga nisbatan shunchalar xalq orasida "tanqidlar" ko'payib ketganki, u "tanqidlar" o'rinli, asosli bo'lsa ham mayli edi ,lekin aksincha, islomda taqiqlanmagan ishlarni yuzga solib, "hijoblisan-ku, unday qilishing mumkin emas, bunday qilishing mumkin emas😒" kabi safsata taqiqlarni aytishyapti. Vaholangki, o'sha aytilayotgan unday-bunday ishlar hech qayerda taqiqlanmagan.

— Sochingni nimaga qirqtirmoqchisan hijoblisan-ku, baribir hech kim ko'rmasa, tavbaaaa?
— O'zimiz ko'rsak bo'ldi, uyda o'zimiz uchun chiroyli bo'lib yursak, maylimiiii?

— Hijobliyam velosiped ucharkanmi?
— Avval "Zikr ahlidan so'rang" hayatini o'qing, iltimooooos.

— Zirak senga nimaga kerak hijobdasan-ku?
— Uyda taqib yurmoqchimiz, agar qarshi bo'lmasangiiiiiiiiz?

"— Sen jim bo'l! Sen o'rangansan-ku! Senga gapirish harom emasmi?
— Shunaqami? O'zingizga ma'qul paytda "musulmonchilik ayol kishini to'rt devor orasida qoldiradi", deysizlar. Aksincha bo'lsa, "ovozing harom" deb olamga jar solasizlar. Biz qayerda ovozimiz harom, qayerda harom emasligini yaxshi bilamiz." ("Yolvoraman, xiyonat qilma" asaridan)

— O'zi hamma hijoblilar shunaqa hozir — hijob o'rab olib, yigitlar bilan yuradi.
— Qanaqa yigit?😳 U ukam.

— Chuqur nafas olma, kulish mumkinmas-ku, sizlarga🧐

— Bu dunyoda yashasak, maylimi? Nafas olish mumkindir?! ...deb hayqirgimiz keladi. Lekin qani, shunday deb ko'ring-chi, aniqki, "qo'pol, bezbet, andishasiz, tarbiyasiz, ro'moliga mos emas" degan malomatlarga qolamiz.

Asosan shunday asossiz tanqidlarni islom, satrlanish haqida hatto boshlang'ich tushunchalarga ega bo'lmaganlargina gapiradi.

Iltimos, bir narsani tushuning, sizning bunday islomda yo'q "taqiq"lariningizsiz ham satrlangan muslimalarda aynan ro'mollari tufayli yuzaga keladigan, ularning qalbini og'ritadigan muammolari:

• har daqiqa shaytonning "qara,shu qizlar kiygan kiyimlarni sen kiysang ham yarashardi. Sening ham sochlaring uzun edi, senga ham bu turmak juda go'zal turardi" degan vasvasasi;

• ro'mollari sabab ishga qabul qilmasliklari;

• o'qishdan davlat tadbirlarga borishganda "ro'molingizni orqadan o'rang, yo'qsa chiqib keting" kabi kamsitishlar (ha, haligacha davom etmoqda)

• orzuingdan voz kech, endi o'zing istagan dil kasbingda ishlolmaysan.
(Orzudan kechish nimaligini bilasizmi?!)

Nozik yelkalariga tushgan shu kabi sinovlari yetarlicha. Siz qaytanga shayton vasvasasiga qarshi kurashishda ularga yordam bering, qo'llab-quvvatlang. Bunday qilolmaysizmi? Yaxshilik qilolmasangiz, hech bo'lmasa yomonlik ham qilmang.

To'g'ri, ba'zi hijobdagi, niqobdagi, soqoldagi kishilar musulmonlar nomiga nomunosib ish qilgan bo'lishi mumkin, lekin bunda soqol yoki hijob aybdor emas. Dinda farz-vojib bo'lgan narsalarni yomon ko'rish bu narsalarga emas, sizning iymoningizga zarar qilishi mumkin.

Alloh barchamizni hidoyatga boshlasin. Ko'nglimizni keng qilsin va yaxshiliklar bilan to'ldirsin🤲

#Cactus🌵
©Safina

🔻Kanalga a'zo bo'ling👇
@ilman_nafiian
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#dolzarb
#foydali
📌Xotinbozlar eshiting!

P.s.: juda zo'r tushuntiribdilar👍

🔻Kanalga a'zo bo'ling👇
@ilman_nafiian
#dolzarb
Eng sharafsiz qo'l — ...

P.s.: shuu doska juda yoqadi. Doim hozirgi kun uchun dolzarb, nozik bo'lgan masalalar ko'tariladi👍

🔻Kanalga a'zo bo'ling👇
@ilman_nafiian
#dolzarb
#tegib_ketsin
🧕O'ranish Allohni xursand qilmoqlikdir. O'ranib turib keyin ochilganga Alloh bilan o'yin qilganga "FOSIQ" nomi beriladi.

©feriruz

🔻Kanalga a'zo bo'ling👇
@ilman_nafiian
#foydali
#dolzarb
Qur'onni nechi marta hatm qilganlik, mazhab, qancha sura yodlagansiz kabi savollar mahramiyatga kiradi va bu hech kimga aytilmaydigan Alloh bilan sizning o'rtangizdagi ish. Insonlarga shunday savollar bermang, bu — odobsizlik.

©feriruz (instagram)

🔻Kanalga a'zo bo'ling👇
@ilman_nafiian
#foydali
#dolzarb
👨‍👩‍👧‍👦 Oilada urush-janjal va ajrashishning oldini olish yo'llari👆

P.s.: rostan haqiqat, baqara surasini uyda baland qo'yib qo'yishlik bilan shayton uydan chiqib ketadi. Qanidi ko'pchilik shuni bilsa edi, ajrashayotgan oilalar kamayarmidi...

#bizajrimgaqarshimiz
©Instagram

🔻Kanalga a'zo bo'ling👇
@ilman_nafiian
#dolzarb
🌿Ateist-dahriylarning qalbidagi kechinmalarini Alloh quyidagicha xabar beradi:

"Qachonki Allohning yolg‘iz O‘zi zikr qilinsa, oxiratga iymon keltirmaydiganlarning qalblari siqilib ketar. Qachonki Undan o‘zgalar zikr qilinsalar, birdan shodlanib ketarlar".
("Zumar" surasi, 45-oyat).

🔻Kanalga a'zo bo'ling👇
@ilman_nafiian
#dolzarb
#tegib_ketsin
Har doimgidek aktual mavzuni yozishibdi👍👍👍

P.s.: yosh talaba qizlar sovuq kunda qayerga boradi deb o'ylamayotganlariga hayronsan kishi.

🔻Kanalga a'zo bo'ling👇
@ilman_nafiian
#tabassum #tegib_ketsin #dolzarb
Don't be 'AHMOQ'😑

🔻Kanalga a'zo bo'ling👇
@ilman_nafiian
#dolzarb
AYOLNI URMANG!

Bu yerda chiroyli so‘zlar, hadislardan namunalar bo‘lishi mumkin edi. Mushohadaga chorlovchi sarlavha ham. Unday qilmadim, chunki necha oylardan beri “yozmayman, bu mavzuga aralashmayman” deganim sari bu mavzu juda ham ko‘p qarshimdan chiqyapti: kaltaklanayotgan ayollar… (Bu haqda yozish bir necha yillik ruhiy jarohatlarimni tirnashi mumkinligi uchun ham yozmay yurgandim. Ammo ana shu og‘riqlar ichra nimadir yozmasam bo‘lmasligini tushundim.)
Biz kaltaklangan, tahqirlangan, farzandining najasi yedirilgan, zo‘rlangan… hatto o‘ldirilgan, ha-ha, eri tomonidan o‘ldirilgan ayollar haqida ham bemalol, bir tukimiz o‘zgarmay fikr aytiladigan, bu xo‘rlik va vahshiylikka ayolning qaysi aybi sabab bo‘lgani muhokama qilinadigan jamiyatda yashayapmiz. Biz “ayolni urmaslik kerak” degan odamga dushmanona qaraladigan, benomusdan olib, feministga solinadigan jamiyatda yashayapmiz.
Odamlar kimnidir muhokama qilayotganda o‘zini qanday his qilarkin-a? Farishta debmi, avliyo debmi? Birovlarni xuddi o‘zida zarracha ayb yo‘qdek muhokama qilishadi. “Ayol eriga gap qaytarsa, urish mumkin”, “Ayol qaynonadan alohida yashaymiz desa, qaynonaning oldida tahqirlash mumkin”, “Ayol befarosat bo‘lsa, videoga olib sharmanda qilish mumkin”, “Ayol xiyonat qilsa, o‘ldirish shart!” Zamondoshlarimizning fikri bular! Dahshat! Xiyonat haqida yozmoqchi emasman. Barchasiga kifoya qiluvchi, hisob-kitobini to‘g‘rilab, har ishning jazosini ham, mukofotini ham beruvchi Zot bor.
Men erkak tomonidan kaltaklanayotgan, qatl qilinayotgan ojiza xilqatning taqdirini o‘ylayapman. Kelajakni o‘ylab, qizimning, shu millat qizlarining taqdirini o‘ylab tashvishga tushyapman. Jamiyatda ayolni urish mumkin degan fikr shakllangan. Hatto o‘ldirilgan ayolning ham nima uchun eri o‘ldirganini surishtirishadi. Qani ayting-chi, ayolni qaysi aybi uchun o‘ldirish kerak? Umuman, banda bandaning jonini olishi qaysi dinda va qaysi millatda, qaysi urf-odatda mumkin? Kuchlilarning ojizlarga zulm qilishi qayerda yoqlanadi?
Sabab muhim emas, muhimi natija: ayol kaltaklandi va o‘ldirildi! Qaysi jamiyatda ayol kaltaklansa, u jamiyatda botir yigitlar, ma’suma qizlar yetishib chiqmaydi. Chunki alamzada ayol alamini ichiga yutib farzandini qornida ko‘taradi, alamini ichiga yutib, zo‘rg‘a chidab unga sut beradi. Asablar, alamlar, tahqirlarni yutgan farzandlar kim bo‘lib yetishadi? Zo‘ravon erkak, javraqi ayol. Inson tasavvurida erkak va ayol modeli dastlab oilada ota-ona misolida shakllanishi ko‘plab ilmiy kitoblarda tasdiqlangan. Oilada onasining tahqirlanganini, kaltaklanganini, yuz-ko‘zi ko‘karganini ko‘rib ulg‘aygan o‘g‘il farzand ongida “ayolni urish mumkin” degan fikr shakllanadi va kelajakda u ham onasining azoblarini qaysidir sho‘ring qurg‘urga qaytaradi. Bunday oilada katta bo‘lgan qiz esa erkaklarga nisbatan qo‘rquv, nafrat bilan ulg‘ayadi. Erta bir kun turmushga chiqqanda ham eriga mehr bera olmaydi va yana qarabsizki, kaltak yeydi…
Ayolni urish mumkin, o‘ldirish mumkin degan fikrni o‘zgartirmasak, bizni juda ham ayanchli kelajak kutib oladi. Ayoli xo‘rlangan jamiyat – tamom bo‘lgan jamiyat. Unda muhabbatga, go‘zallikka, ezgulikka o‘rin yo‘q. Bu maqolani o‘qiyapsizmi, demak, sizning ham opangiz, singlingiz, qizingiz bordir. Yo‘q bo‘lsa, onangiz bordir… Nahotki, ularni urish mumkin?!

Sitorabonu Shomurodova,
o‘qituvchi
© Facebookdan olindi

🔻Kanalga a'zo bo'ling👇
@ilman_nafiian
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#dolzarb #foydali
❗️Ayollarning qirqta joni yo‘q

Bilmadim qayerdan chiqqan gap bu, ammo xalq orasida juda mashhur. Bu gap noto‘g‘ri. Bu gap hatto odamgarchilikka ham to‘g‘ri kelmaydi.

Bugun shu haqida gapirishga qaror qildik.

Bu gapni siz ham eshitganmisiz?

©ShavkatHasan

🔻Kanalga a'zo bo'ling👇
@ilman_nafiian
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#dolzarb
Erta uxla, erta tur!

Hayotda muvaffaqiyatga erishgan insonlarning katta qismi, erta uxlab erta turishga odatlanganidan xabaringiz bormi?

🔻Kanalga a'zo bo'ling👇
@ilman_nafiian
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#dolzarb
#foydali
Erkak kishi ahlining tarbiyasiga mas’ul, ba'zilar uyga borib telefondan ortmayapti. Ahli oilasining haqqini bajarmayapti!

❗️YAQINLARGA HAM ULASHING

©vaqt_qadri

🔻Kanalga a'zo bo'ling👇
@ilman_nafiian
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#dolzarb
#foydali
SODDAGINA QIZLAR-A 😊

🎙Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari

🔻Kanalga a'zo bo'ling👇
@ilman_nafiian
📌Kanal mundarijasi:

#malumot — eng qiziqarli #fakt'lar

#Respekt — biz kabi bandalarning oliyjanob, maqtovga sazovor ishlari

#dolzarb — ummat uchun muhim, dolzarb mavzular

#halallove🌷 — barchasi halol sevgi haqida (e'tibor bering, "halol" deyilyapti☝️)

#tegib_ketsin — ko'ngli bo'shlar o'qimasin!😅

#hikmat — buyuk shaxslar, mashhur kitoblardan iqtiboslar

#eslatma — eslatma va qaydlar

#ibratli — eng ta'sirli, eng ibratli videolar. Ko'ring va ibrat oling!

#ibrat — ibratli postlar (matn holida)

#ibratli_hikoyalar — hayotga real qarab, voqea-hodisalardan xulosa chiqaring!

#dasturlar — telefoningiz uchun manfaatli dasturlar

#foydali — barcha manfaatli ma'lumotlar. Dinimizni chuqur o'rganaylik.

#kitoblar — siz sevgan va o'qishni niyat qilgan kitoblar endi elektron variantda

#nazm — she'riyat olamiga sayohat

#tabassum — tabassum ham sunnatdir. Hayotda "ت" kabi yashang!

#duo — o'zimga va sizlarga atalgan duolar

#audio_hikoyalar — eshiting, faqat yig'lamang

#nashidalar — iymoningizni sal bo'lsa-da, ohang yordamida mustahkamlang

#suralar — Qur'ondan 114 sura

#gózal_qiroat — turli qorilardan go'zal qiroatlar

#hijobim — obunachilarimizdan kelgan hijob hikoyalar

#ramazonim — obunachilarimizdan kelgan ramazonda uy va masjidlarning rasmlari

#Cactus🌵 — kaminaning obunachilarga murojaatim va ijod mahsulim🦦
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#dolzarb #ibratli
#tegib_ketsin
🎙Kulardim turklarni ustidan, lekin bir kuni bir turk akamiz...

P.s.: bizda erkaklar ayolining uyda eri uchun qiladigan ishlari, taom tayyorlashi va boshqa millionlaaaaab yumushlari odatiy holdak, bu qilishi kerak edi qilyapti, bu shu ishlarni qilishga majburki, qiladi deb qaraladi.

❗️BALKI QARASHLARNI O'ZGARTIRISH VAQTI KELGANDIR.

🔻Kanalga a'zo bo'ling👇
@ilman_nafiian
#dolzarb
Farzand tarbiyasidan ko'ra internetga ko'p vaqt sarflaydigan onadan yomonroq tarbiyachi bormi?!

🔻Kanalga a'zo bo'ling👇
@ilman_nafiian
#dolzarb
#tegib_ketsin
🛍Ehson qilishga odatlanish yaxshi, ammo ko'z-ko'z qilish yaxshi emas.

🔻Kanalga a'zo bo'ling👇
@ilman_nafiian
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#dolzarb
🎥AYOLLAR DARDI ERKAKLAR TILIDAN

Mass media fondi gender tenglik bo‘yicha juda ta’sirli rolik ishlabdi. Albatta ko‘ring, xulosa qiling.

Har yili 25 noyabrdan to 10 dekabrgacha dunyoning 200 ga yaqin mamlakatlarida "Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun" aksiyasi o‘tkaziladi. Yurtimizda ham ushbu aksiya doirasida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ularni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish borasida keng ko‘lamli targ‘ibot ishlari olib borilyapti.

O‘g‘il farzandingizga ayol ham kimningdir dilbandi ekanini tushuntiring. Qiz farzandingizga esa qaddini baland tutishni o‘rgating! Har bir qiz va ayol eng yaxshisiga loyiq. "Mahalla nima deydi?", "Odamlar nima deydi?" deb qizlarimizni o'qishdan, rivojlanishidan, jamiyatda o'z o'rniga ega bo'lishidan, biror lavozimni egallashidan to'xtatmaylik. Qizingizga, keliningizga dalda bo'ling, "Eplaysan, qo'lingdan keladi" deb qo'llab-quvvatlang, katta marralarni zabt etishiga yordam bering. U esa eplaydi.

#AyolAvvaloInson
#Biz_zõravonlikka_qarshimiz