Huquqiy axborot | Lotin
6.31K subscribers
3.27K photos
149 videos
2 files
7.13K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, normativ huquqiy hujjatlardagi foydali ma'lumotlar va huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
Download Telegram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Prezident qarori (PQ–4352, 07.06.2019-y.) bilan Toshkent shahrida “D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti” Federal davlat byudjeti oliy taʼlim muassasasi filiali tashkil etildi

Filial faoliyatining asosiy yoʻnalishi malakali muhandis-texnik kadrlarni xalqaro taʼlim standartlariga muvofiq tayyorlash hisoblanadi.

Filial oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi hamda qabul 2019/2020 oʻquv yilidan boshlanadi.

Filialda 4 ta bakalavriat yoʻnalishi va 2 ta magistratura yoʻnalishi boʻyicha kadrlar tayyorlanadi.

Davlat granti asosida taʼlim olgan Filial bitiruvchilari respublika tashkilotlariga besh yildan kam boʻlmagan muddatga majburiy ishlab berish sharti bilan ishga taqsimlanadi.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Olis hududlarda joylashgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarning mehnatini yanada ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi (471-son, 07.06.2019-y.)

Qarorga muvofiq, boshqa hududlardan kelib maktablarda dars berayotgan xodimlarga quyidagi miqdorlarda ustama belgilandi:
👉 maktabda ishlagan davri 6 oydan 3 yilgacha – 10 foiz;
👉 3 yildan 5 yilgacha – 20 foiz;
👉 5 yildan 10 yilgacha – 30 foiz;
👉 10 yildan 15 yilgacha – 40 foiz;
👉 15 yildan ortiq – 50 foiz.

Quyidagi havolada ko‘rsatilgan jadvallarda ustama belgilanadigan hududlar roʻyxati keltirilgan: https://bit.ly/2XBH5hM

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Avtomobil transportida yuklarni xalqaro tashishni yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi Prezident qarori qabul qilindi

Qarorga muvofiq, Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi hisobidan avtomobilda yuklarni xalqaro tashiydigan tadbirkorlar katta yuk avtotransport vositalari, tirkamalar va yarim tirkamalarni sotib olishda qoʻllab-quvvatlanadi.

Unga muvofiq:
👉 kreditlar boʻyicha foiz xarajatlari qoplanadi:
👉 milliy valyutadagi kreditlar boʻyicha – banklar stavkasining 25 foizi, biroq 5 foizli punktdan koʻp boʻlmagan miqdorda;
👉 xorijiy valyutadagi kreditlar boʻyicha – banklar stavkasining 40 foizi, biroq 3 foizli punktdan koʻp boʻlmagan miqdorda;
👉 kredit summasining 50 foizigacha, biroq 2 milliard soʻmdan koʻp boʻlmagan miqdorda kafillik beriladi.

Ishlab chiqarilganiga 4 yildan koʻp boʻlmagan katta yuk avtotransport vositalari, ishlab chiqarilganiga 6 yildan koʻp boʻlmagan tirkamalar va yarim tirkamalar banklar tomonidan ularni kreditga sotib olishda tomonlarning roziligi bilan garov sifatida qabul qilinishi mumkin.

Bitta transport hisobiga yuk tashish boʻyicha xizmatlar eksportidan bir yilda 20 ming AQSH dollaridan ortiq tushum olgan milliy tashuvchilarga avtomobilda tashishga aniq bir davlatning 2 ta ruxsatnomasi beriladi.

Qaror bilan “JV MAN – Auto Uzbekistan” va “UzAuto Trailer” tomonidan ishlab chiqarilgan yangi mahsulotlar ikki yilgacha muddat bilan toʻlovni foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlash shartlarida sotish belgilandi.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Kongress-koʻrgazma tadbirlarini davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo darajalarda tashkil etish va oʻtkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Prezident qarori qabul qilindi (PQ–4355, 07.06.2019-y.)

Qaror bilan, “Delta city” xalqaro yuqori texnologiyali innovatsion markazi huzurida yangi obyektlarni qurish va ulardan foydalanish direksiyasi” DUK negizida “InterForum” DUK tashkil etildi.

“InterForum” keyinchalik Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga oʻtkaziladi va uning taʼsischiligida mehmonxona xizmatini koʻrsatuvchi “InterHotel” MCHJ tashkil etiladi.

“InterForum”ning asosiy vazifasi xalqaro kongress-koʻrgazma tadbirlarni oʻtkazish hisoblanadi.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Eʼlon
Notarius lavozimlariga tanlovni onlayn ravishda kuzatib boring

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi tomonidan 2019-yilning 10-iyun kuni soat 10:00 da vakant notarius lavozimlariga tanlov oʻtkaziladi.

Tanlov jarayonlarini Adliya vazirligining rasmiy veb-sayti www.minjust.uz va feysbuk ijtimoiy tarmogʻidagi “Adliya bilan muloqot” sahifalari orqali bevosita kuzatib borishingiz mumkin.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi yangiliklar
Hukumat qarori bilan (472-son, 2019-yil 7-iyun) Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi huzuridagi Yoshlarga ijtimoiy-psixologik yordam koʻrsatish markazi Yoshlarga ijtimoiy-psixologik xizmat koʻrsatish respublika markazi etib qayta tashkil etildi.

Taʼlimning barcha bosqichlarida psixologik xizmat koʻrsatuvchi tuzilmalar uchun muloqot maydoni sifatida faoliyat yuritish Markaz faoliyatning asosiy yoʻnalishi etib belgilandi.

Qaror bilan shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida psixologik xizmat koʻrsatishni yanada takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi hamda tegishli tashkilot va idoralarga:

👉 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab psixologiya taʼlim yoʻnalishi boʻyicha talabalarni davlat granti asosida maqsadli qabul qilish;

👉 magistratura bosqichida psixologiya boʻyicha mutaxassisliklar kvotalarini keskin oshirish choralarini koʻrish kabi vazifalar yuklatildi.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Tadbirkorlik subyektlarini tugatish tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Prezident Farmoni qabul qilindi (PF-5739, 07.06.2019-y.)

Farmonga muvofiq, 2020-yil 1-yanvardan:
👉 moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan yoki ustav jamgʻarmalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish boʻyicha doimiy ishlovchi maxsus hududiy komissiyalar tugatildi;
👉 davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan bir yilda ustav fondi shakllantirilmaganligi uchun tadbirkorlarni tugatish tartibi bekor qilindi;
👉 tadbirkorlarni tugatish jarayonidagi ortiqcha hujjatlar qisqartiriladi.

Bundan tashqari, 2020-yil 1-yanvardan boshlab:

tadbirkorlik subyektlari
– yuridik shaxslarni ixtiyoriy tugatishda:

👉 davriy bosma nashrlarda korxonaning tugatilishi toʻgʻrisida eʼlonlar berish talab etilmaydi;
👉 davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan vaqtdan moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmagan hamda soliq qarzi mavjud boʻlmagan korxonalarning moliya-xoʻjalik faoliyati tekshirilmaydi;
👉 tugatiladigan korxonaning moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirishning eng uzoq davriyligi uch yilni tashkil etadi;
👉 tekshirish uchun korxona toʻgʻrisidagi mavjud maʼlumotlarni olish Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimi orqali amalga oshiriladi;
👉 korxonani ixtiyoriy tugatishning umumiy muddati 6 oydan oshmasligi kerak (amaldagi qonunchilikka muvofiq bu muddat 9 oy);

tadbirkorlik subyektlari – jismoniy shaxslar faoliyatini toʻxtatishda ariza beruvchidan toʻlovlardan qarzi yoʻqligi toʻgʻrisidagi xulosasini olish talab etilmaydi.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlganda unga daxldor haydovchilar quyidagilarni bajarishlari shart:

👉 transportni toʻxtatishi, avariya ishoralarini yoqishi va avariya sababli toʻxtash belgisini oʻrnatishi, transportni va hodisaga daxldor buyumlarni joyidan qoʻzgʻatmasligi;

👉 shikastlanganlarga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish choralarini koʻrishi;

👉 tez tibbiy yordam va favqulodda qutqaruv xizmatlarini chaqirishi;

👉 shoshilinch hollarda shikastlanganlarni yaqindagi shifoxonaga boshqa transportda joʻnatishi, buning imkoni boʻlmaganda oʻz transportida olib borish va hodisa roʻy bergan joyga qaytib kelishi;

👉 boshqa transportlarning harakatiga toʻsqinlik qilsa qatnov qismini boʻshatishi;

👉 hodisa haqida ichki ishlar organlariga xabar berishi, guvohlarning ism-sharifini va yashash manzilini yozib olib, ichki ishlar xodimlarining kelishini kutishi.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
I va II guruh nogironlari va yolgʻiz pensionerlar yer soligʻidan ozod qilinadi.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Bolalarning tugʻilishini qayd etish majburiy boʻlib, bolalar tugʻilgan joydagi yoki ota-onadan birining doimiy yashash joyidagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organida bir oy muddat ichida amalga oshirilishi lozim.

Bolaning tugʻilishi uning tugʻilganligi haqidagi tibbiy maʼlumotnoma, ota-onaning oilaviy holati va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar asosida qayd etiladi.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) isteʼmolchiga oʻzi sotayotgan tovar (ish, xizmat) lar haqida oʻz vaqtida zarur, toʻgʻri va tushunarli maʼlumot berishi shart.

Tovar (ish, xizmat) haqidagi maʼlumotda quyidagilar koʻrsatilishi shart: ⬇️
👉 tovar (ish, xizmat) majburiy talablariga muvofiq kelishi shart boʻlgan normativ hujjatning nomi;
👉 tovar (ish, xizmat)ning asosiy isteʼmol xususiyatlari, shu jumladan, oʻziga xos xususiyatlari roʻyxati;
👉 bahosi (tarifi) va sotib olish shartlari;
👉 ayrim turdagi tovarlarning ishlab chiqarilgan sanasi;
👉 ishlab chiqaruvchi (ijrochi)ning kafillik majburiyatlari;
👉 tovardan samarali va xavfsiz foydalanish qoidalari hamda shartlari;
👉 tovarning xizmat (yaroqlilik) muddati va ushbu muddat tugaganidan keyin isteʼmolchi nima ishlar qilishi zarurligi;
👉 ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi)ning nomi va mulkchilik shakli, roʻyxatga olish va litsenziya guvohnomasining nomeri;
👉 ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi)ning hamda ular isteʼmolchidan daʼvo qabul qilishga vakolat bergan korxonalarning manzillari;
👉 tovarlarni saqlash, xavfsiz utilizatsiya qilish usullari hamda qoidalari;
👉 teatr-konsert tadbirlari oʻtkazilayotganda fonogrammadan foydalanish toʻgʻrisidagi axborot.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Fuqarolarning oliy taʼlim muassasalarida, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar institutida, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutida, tayanch doktoranturada, doktoranturada va klinik ordinaturada kunduzgi oʻqish davri, shu jumladan chet elda oʻqish davri pensiya tayinlashda ish stajiga qoʻshib hisoblanadi.

Mazkur davrlar fuqarolarning umumiy ish staji kamida 7 yil boʻlgan taqdirda ish stajiga qoʻshiladi.

Nogiron boʻlib qolgan shaxslar stajiga esa ushbu davrlar ish staji muddatidan qatʼi nazar qoʻshiladi.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Hukumatning ayrim qarorlariga oliy taʼlim muassasalarining taʼlim berish jarayoniga noyob isteʼdodli va mahoratli mutaxassislarni jalb etishga doir oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi (473-son, 08.06.2019-y.)

Amaldagi qonunchilikka muvofiq, oliy taʼlim muassasalarining pedagog xodimlari uchun tanlovlarda tegishli mutaxassisliklar boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslar (magistr, diplomli mutaxassis) qatnashishi mumkin.

Kiritilgan qoʻshimchalarga muvofiq, oliy taʼlim muassasalaridagi pedagog xodimlar lavozimi uchun tanlovlarda, istisno tariqasida tasviriy va amaliy sanʼat sohasida oliy maʼlumotga ega boʻlmagan, biroq “Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi”, “Oʻzbekiston Respublikasi xalq rassomi”, “Oʻzbekiston Respublikasi xalq ustasi” faxriy unvonlariga ega shaxslar hamda Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi akademiklari qatnashishi mumkinligi belgilandi.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Oʻqituvchilar tibbiy koʻrikdan oʻtish uchun pul toʻlaydilarmi?

Mehnat kodeksiga muvofiq, ish beruvchi mehnat shartnomasi tuzish chogʻida dastlabki tarzda va keyinchalik vaqti-vaqti bilan umumtaʼlim maktablari, maktabgacha tarbiya va boshqa muassasalarning bevosita bolalarga taʼlim yoki tarbiya berish bilan mashgʻul boʻlgan pedagog va boshqa xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni tashkil qilishi shart.

Xodimlar tibbiy koʻriklardan oʻtishdan boʻyin tovlashga haqli emas.

Tibbiy koʻrikdan oʻtish munosabati bilan xodimdan pul undirilmaydi, shuningdek tibbiy koʻriklarni oʻtkazish vaqtida xodimning ish joyi (lavozimi) va oʻrtacha oylik ish haqi saqlanadi.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Maʼlumot_uchun
🇺🇿 2019-yil 11-iyun holatiga:

✳️ Eng kam:

👉 ish haqi — oyiga 202 730 soʻm;

👉 yoshga doir pensiyalar — oyiga 396 500 soʻm;

👉 bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa — oyiga 396 500 soʻm;

👉 zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa — oyiga 243 300 soʻm.

✳️ Valyutalar kurslari:

🇺🇸 1 USD = 8518.68 (+5.11) ↑

🇪🇺 1 EUR = 9652.52 (+145.42) ↑

🇷🇺 1 RUB = 131.33 (+0.92) ↑

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Alkogol va tamaki bozorini samarali tartibga solishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi (2019-yil 8-iyun, 474-son)

Qaror bilan Moliya vazirligi huzuridagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Mazkur nizomga koʻra, Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish, shuningdek, alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi boʻyicha faoliyatni litsenziyalash, litsenziya talablariga amal qilinishini nazorat qilish kabi vazifalarni amalga oshiradi. Inspeksiya boshligʻi Moliya vazirining taqdimnomasiga binoan Hukumat tomonidan tayinlanadi.

Qaror bilan shuningdek, Inspeksiyaning byudjetdan tashqari jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi hamda Isteʼmol etil spirtini alkogol va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomlar tasdiqlandi.

Bunda, Jamgʻarma mablagʻlari Inspeksiyaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish kabi maqsadlar uchun yoʻnaltiriladi.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Prezident qaroriga muvofiq, ayollar mehnatini muayyan soha yoki kasblarda qoʻllash boʻyicha taqiqlar bekor qilinishi belgilangan edi.

Mazkur qaror ijrosi yuzasidan “Ayollar mehnati toʻliq yoki qisman qoʻllanilishi taqiqlanadigan mehnat sharoiti noqulay boʻlgan ishlar roʻyxati”ni bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi (roʻyxat raqami 865-1, 10.06.2019-y.).

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Hukumat qarori (475-son, 08.06.2019-y.) bilan Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritishi mumkin boʻlgan davlat organlari va boshqa davlat tashkilotlari roʻyxatiga kiritildi.

Eslatib oʻtamiz, Roʻyxatda shu paytgacha 84 ta tashkilot mavjud edi.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin