Huquqiy axborot | Lotin
6.18K subscribers
3.56K photos
166 videos
2 files
7.63K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Download Telegram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Qozog'iston bilan ittifoqchilik munosabatlari to'g'risidagi shartnoma ratifikatsiya qilindi

🔰Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-882, 30.11.2023 y.) bilan O'zbekiston va Qozog'iston Respublikasi o'rtasida ittifoqchilik munosabatlari to'g'risidagi Shartnoma (Toshkent, 2022-yil 22-dekabr) ratifikatsiya qilindi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Konstitusiyaning_30_ta_asosiy_qoidasi

Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ish olib boradilar.

Davlat ommaviy axborot vositalari faoliyatining erkinligini, ularning axborotni izlash, olish, undan foydalanish va uni tarqatishga bo'lgan huquqlari amalga oshirilishini kafolatlaydi.

Ommaviy axborot vositalari o'zi taqdim etadigan axborotning ishonchliligi uchun javobgardir.

81-modda.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰 Hozirgi kunda O'zbekiston hududida:

🔹mehnatga haq to'lashning eng kam miqdori – 1 050 000 so'm;

🔹bazaviy hisoblash miqdori – 340 000 so'm;

🔹pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 372 000 so'm;

🔹yoshga doir eng kam pensiya – 725 000 so'm;

🔹nogironlik pensiyalari, jumladan ish staji to'liq bo'lmagan chog'dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – 800 000 so'm;

🔹mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi bo'lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 800 000 so'm;

🔹belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (725 000 so'mdan) 800 000 so'mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari – 800 000 so'm;

🔹zarur ish stajiga ega bo'lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa – 608 000 so'm;

🔹ish staji to'liq bo'lmagan chog'dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo'shimcha to'lovni hisobga olgan holda – 608 000 so'm.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Huquqingizni_biling

🔰 Qonunchilikka ko'ra, jismoniy shaxslarga “Davlat mulki” axborot tizimi orqali maydoni 2 000 metr kvadratgacha bo'lgan davlat ko'chmas mulk obyektlarini xususiylashtirish yoki ijaraga berish uchun to'g'ridan-to'g'ri onlayn auksion savdolariga chiqarish bo'yicha ariza berish huquqi berilishi belgilangan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Konstitusiyaning_30_ta_asosiy_qoidasi

Senzuraga yo'l qo'yilmaydi.

Ommaviy axborot vositalarining faoliyatiga to'sqinlik qilish yoki aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo'ladi.

82-modda.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqingizni_biling

🚫 Xodimning mehnat huquqlarini himoya qilishga doir huquqini amalga oshirishga to'sqinlik qilishga yo'l qo'yilmaydi.

📝 Xodimning mehnat huquqlarini himoya qilishga doir huquqini amalga oshirishni rad etishi to'g'risidagi yozma yoki og'zaki majburiyatlari haqiqiy emas.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Xalqaro_kun

ℹ️ Nogironligi bo'lgan shaxslarning hayot tarzini yaxshilashga dunyo miqyosida e'tibor qaratish maqsadida BMT tomonidan 1983–1992-yillar Xalqaro nogironlar o'n yilligi deb belgilangan edi. Mazkur o'n yillik yakunida (1992-yil 14-oktabr kuni) BMT Bosh Assambleyasining 37-yalpi majlisida qabul qilingan rezolyusiyaga muvofiq, 3-dekabr Xalqaro nogironlar kuni deb e'lon qilingan.

⚠️ Mazkur xalqaro hujjatga muvofiq, BMTga a'zo barcha mamlakatlarga, shuningdek, tegishli tashkilotlarga nogironligi bor shaxslarning to'laqonli hayot kechirishi, ishlashi, ta'lim olishi va salomatligini tiklashi uchun muntazam tarzda zarur shart-sharoitlar yaratib berish, mazkur kunni keng miqyosda nishonlash tavsiya etilgan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

❗️Nogironligi bo'lgan shaxslarga berilgan ayrim imtiyozlar

🔹 Nogironligi bo'lgan shaxslar uchun OTMda davlat granti asosida qo'shimcha qabul kvotasi ajratiladi.

🔹 Nogironligi bo'lgan shaxslarning avtotransport vositalari uchun ajratilgan to'xtab turish joylaridan foydalanganlik uchun haq olinmaydi.

🔹 I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslarga DXM va (yoki) YIDXP orqali xizmat ko'rsatishda 50 foiz miqdorida chegirma qo'llaniladi.

🔹 Nogironligi bo'lgan shaxslar jamoat birlashmalari ramzlarini davlat ro'yxatidan (qayta ro'yxatdan) o'tkazish uchun davlat boji undirilmaydi.

🔹 Nogironligi bo'lgan 18 yoshgacha bolalarga hamda I yoki II guruh nogironligi bo'lgan shaxslarga nogironlik nafaqasini tayinlashda davlat xizmatlari bepul ko'rsatiladi.

🔹 I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslar bolalarini davlat maktabgacha ta'lim muassasalariga qabul qilishda imtiyozli ro'yxatga kiritilgan.

🔹 Tegishli tibbiy xulosa asosida muhtoj shaxslarga protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari beriladi.

🔹 Nogironligi bo'lgan shaxslar sanatoriy-kurortda bepul sog'lomlashtirish huquqiga ega.

🔹 I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslarning mulkida bo'lgan mol-mulk 60 kvadrat metr doirasida soliq solishdan ozod qilinadi.

🔹 Mehmonxonalarda nogironligi bo'lgan shaxslar uchun alohida sharoitga ega xona tashkil etiladi.

🔹Xizmat turar joylarida yashayotgan I va II guruh nogironlari xizmat uyidan boshqa turar joy bergan holda ko'chiriladi.

🔹Nogironligi bo'lgan yoshlarga BHMning 50 baravarigacha (17 mln so'mgacha) subsidiya ajratiladi.

🔹I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslar yer solig'idan ozod qilinadi.

🔹Byudjet mablag'lari hisobiga moliyalashtiriladigan basseynlarda shug'ullanish va ulardan foydalanish uchun nogironligi bo'lgan bolalar to'lovdan ozod etiladi.

🔹Bolalikdan nogiron bo'lganlar, shuningdek I va II guruh nogironlarining MHTEKMning 3 baravari (3 mln 150 ming so'm) miqdoridagi mablag'lari daromad solig'iga tortilmaydi.

⚠️ Nogironligi bo'lgan shaxslar uchun yaratilgan barcha imkoniyatlar haqida ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Konstitusiyaning_30_ta_asosiy_qoidasi

O'zbekiston Respublikasining saylov huquqiga ega bo'lgan, yuz ming nafardan kam bo'lmagan fuqarolari, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha vakili (ombudsman), O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qonunchilik takliflarini qonunchilik tashabbusi tartibida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritishga haqli.

Qonun loyihalarini, qonunchilik takliflarini kiritish va ko'rib chiqish tartibi qonun bilan belgilanadi.

98-modda.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi tomonidan O'zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan videoroliklar tayyorlanib, vazirlikning youtube ijtimoiy tarmog'idagi rasmiy sahifasiga joylashtirildi.

Shuningdek, foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida Konstitutsiyaning audio shakli ham tayyorlanib, yurkitob.uz maxsus elektron kutubxonaga joylashtirilgan.

Videoroliklar bilan batafsil ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

❗️Umummilliy Konstitutsiya imtihonining final bosqichi boshlandi

➡️ Imtihon jarayonlarini ushbu havola orqali kuzatib borishingiz mumkin: https://www.youtube.com/live/veMAkHq6QSU?si=gdvsMFfISoIscmaV

🎁 G'oliblar diplom va quyidagi qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanadi:

▫️1-o'rin – televizor;
▫️2-o'rin – planshet;
▫️3-o'rin – smart soat.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

❗️Pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, jo'natish, ulardan foydalanish, xuddi shuningdek ularni qonunga xilof ravishda O'zbekistonga olib kirish yoki o'tkazish – huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, 1 mln 700 ming so'mdan 6 mln 800 ming so'mgacha jarima solishga sabab bo'ladi.

⚠️ Shuningdek, pirotexnika vositalari, qurol va uning o'q-dorilari, harbiy maqsaddagi mahsulotlar reklamasiga doir talablarni buzganlik – BHMning 50 baravari (17 mln so'm) miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Amal_qiling

🔰 Tovlamachilik, ya'ni jabrlanuvchi yoki uning yaqin kishilariga zo'rlik ishlatish, mulkka shikast yetkazish yoki uni nobud qilish yoxud jabrlanuvchi uchun sir saqlanishi lozim bo'lgan ma'lumotlarni oshkor qilish bilan qo'rqitib o'zgadan mulkni yoki mulkiy huquqni topshirishni, mulkiy manfaatlar berishni yoxud mulkiy yo'sindagi harakatlar sodir etishni talab qilish yoxud jabrlanuvchini o'z mulki yoki mulkka bo'lgan huquqini berishga majbur qiladigan sharoitga solib qo'yish

juda ko'p miqdorda;

o'ta xavfli residivist tomonidan;

uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko'zlab sodir etilgan bo'lsa,

🔹10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Konstitutsiyaning_30_ta_asosiy_qoidasi

Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga bo'ysunadigan shaharlardan tashqari) xalq deputatlari Kengashlari davlat hokimiyati vakillik organlaridir.

Xalq deputatlari Kengashiga uning deputatlari orasidan qonunga muvofiq saylanadigan rais boshchilik qiladi.

Viloyat, tuman, shahar hokimi lavozimini egallab turgan shaxs bir vaqtning o'zida xalq deputatlari Kengashining raisi lavozimini egallashi mumkin emas.

Xalq deputatlari Kengashlarining vakolatlari muddati – besh yil. Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq ayni bir viloyat, tuman, shahar xalq deputatlari Kengashining raisi etib saylanishi mumkin emas.

Xalq deputatlari Kengashlari deputatlari saylovi va xalq deputatlari Kengashlarining faoliyatini tashkil etish tartibi qonun bilan belgilanadi.

120-modda.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqingizni_biling

🚫 Ishga qabul qilishni noqonuniy rad etishga yo'l qo'yilmaydi.

🔰 Quyidagilar ishga qabul qilishni noqonuniy rad etishdir:

▫️kamsitishni taqiqlash to'g'risidagi talablarni buzish;
▫️ish beruvchi ishga taklif etilgan shaxslarni ishga qabul qilmaslik;
▫️ish beruvchi qonunga muvofiq mehnat shartnomasini tuzishi shart bo'lgan shaxslarni (ish o'rinlarining eng kam soniga ishga yuborilgan shaxslarni, ish beruvchi alohida asoslar bo'yicha mehnat shartnomasini bekor qilgan shaxslarni, ular qayta ishga qabul qilingan taqdirda va boshqalarni) ishga qabul qilmaslik;
▫️homiladorlik yoki farzandlar borligi bilan bog'liq sabablarga ko'ra ishga qabul qilmaslik;
▫️sudlanganligi sababli shaxslarni ishga qabul qilmaslik (qonunchilikda alohida istisnolar belgilanishi mumkin).

📝 Ishga qabul qilish rad etilganda ariza beruvchiga uning sababi ko'rsatilib javob beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin