Huquqiy axborot | Lotin
6.28K subscribers
3.67K photos
228 videos
2 files
7.91K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Download Telegram
#Konstitutsiyaning_30_ta_asosiy_qoidasi

O'zbekiston Respublikasining fuqarolari davlat xizmatiga kirishda teng huquqqa egadirlar.

Davlat xizmatini o'tash bilan bog'liq cheklovlar qonun bilan belgilanadi.

37-modda.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Konstitutsiyaning_30_ta_asosiy_qoidasi

Har kim uy-joyli bo'lish huquqiga ega.

Hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emas. Uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u ko'rgan zararlarning o'rni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi ta'minlanadi.

Davlat uy-joy qurilishini rag'batlantiradi va uy-joyga bo'lgan huquqning amalga oshirilishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.

Aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarini uy-joy bilan ta'minlash tartibi qonun bilan belgilanadi.

47-modda.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Konstitutsiyaning_30_ta_asosiy_qoidasi

O'zbekiston Respublikasida o'qituvchining mehnati jamiyat va davlatni rivojlantirish, sog'lom, barkamol avlodni shakllantirish hamda tarbiyalash, xalqning ma'naviy va madaniy salohiyatini saqlash hamda boyitishning asosi sifatida e'tirof etiladi.

Davlat o'qituvchilarning sha'ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o'sishi to'g'risida g'amxo'rlik qiladi.

52-modda.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Konstitutsiyaning_30_ta_asosiy_qoidasi

Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar.

Davlat xotin-qizlar va erkaklarga jamiyat hamda davlat ishlarini boshqarishda, shuningdek jamiyat va davlat hayotining boshqa sohalarida teng huquq va imkoniyatlarni ta'minlaydi.

58-modda.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Konstitutsiyaning_30_ta_asosiy_qoidasi

Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va yig'imlarni to'lashi shart.

Soliq va yig'imlar adolatli bo'lishi hamda fuqarolarning konstitusiyaviy huquqlarini amalga oshirishiga to'sqinlik qilmasligi kerak.

63-modda.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Konstitutsiyaning_30_ta_asosiy_qoidasi

Yer, yer osti boyliklari, suv, o'simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir.

Yer qonunda nazarda tutilgan hamda undan oqilona foydalanishni va uni umummilliy boylik sifatida muhofaza qilishni ta'minlovchi shartlar asosida va tartibda xususiy mulk bo'lishi mumkin.

68-modda.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Konstitutsiyaning_30_ta_asosiy_qoidasi

Oila jamiyatning asosiy bo'g'inidir hamda u jamiyat va davlat muhofazasidadir.

Nikoh O'zbekiston xalqining an'anaviy oilaviy qadriyatlariga, nikohlanuvchilarning ixtiyoriy roziligiga va teng huquqliligiga asoslanadi.

Davlat oilaning to'laqonli rivojlanishi uchun ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa shart-sharoitlar yaratadi.

76-modda.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Konstitutsiyaning_30_ta_asosiy_qoidasi

Ota-onalar va ularning o'rnini bosuvchi shaxslar o'z farzandlarini voyaga yetguniga qadar boqishi, ularning tarbiyasi, ta'lim olishi, sog'lom, to'laqonli va har tomonlama kamol topishi xususida g'amxo'rlik qilishga majburdirlar.

Davlat va jamiyat yetim bolalarni hamda ota-onasining vasiyligidan mahrum bo'lgan bolalarni boqishni, tarbiyalashni, ularning ta'lim olishini, sog'lom, to'laqonli va har tomonlama kamol topishini ta'minlaydi, shu maqsadda xayriya faoliyatini rag'batlantiradi.

77-modda.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Konstitutsiyaning_30_ta_asosiy_qoidasi

Farzandlar ota-onasining nasl-nasabi va fuqarolik holatidan qat'i nazar, qonun oldida tengdirlar.

Bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta'minlash hamda himoya qilish, uning jismoniy, aqliy va madaniy jihatdan to'laqonli rivojlanishi uchun eng yaxshi shart-sharoitlarni yaratish davlatning majburiyatidir.

Onalik, otalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi.

Davlat va jamiyat bolalarda hamda yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlikni, mamlakatidan hamda xalqning boy madaniy merosidan faxrlanishni, vatanparvarlik va Vatanga bo'lgan mehr-muhabbat tuyg'ularini shakllantirish to'g'risida g'amxo'rlik qiladi.

78-modda.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Konstitutsiyaning_30_ta_asosiy_qoidasi

Davlat yoshlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari himoya qilinishini ta'minlaydi, ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etishini rag'batlantiradi.

Davlat yoshlarning intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan shakllanishi hamda rivojlanishi uchun, ularning ta'lim olishga, sog'lig'ini saqlashga, uy-joyga, ishga joylashishga, bandlik va dam olishga bo'lgan huquqlarini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.

79-modda.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Konstitutsiyaning_30_ta_asosiy_qoidasi

Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga bo'ysunadigan shaharlardan tashqari) xalq deputatlari Kengashlari davlat hokimiyati vakillik organlaridir.

Xalq deputatlari Kengashiga uning deputatlari orasidan qonunga muvofiq saylanadigan rais boshchilik qiladi.

Viloyat, tuman, shahar hokimi lavozimini egallab turgan shaxs bir vaqtning o'zida xalq deputatlari Kengashining raisi lavozimini egallashi mumkin emas.

Xalq deputatlari Kengashlarining vakolatlari muddati – besh yil. Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq ayni bir viloyat, tuman, shahar xalq deputatlari Kengashining raisi etib saylanishi mumkin emas.

Xalq deputatlari Kengashlari deputatlari saylovi va xalq deputatlari Kengashlarining faoliyatini tashkil etish tartibi qonun bilan belgilanadi.

120-modda.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Konstitutsiyaning_30_ta_asosiy_qoidasi

Advokat o'z kasbiy vazifalarini amalga oshirayotganda uning faoliyatiga aralashishga yo'l qo'yilmaydi.

Advokatga o'z himoyasidagi shaxs bilan moneliksiz va xoli uchrashish, maslahatlar berish uchun shart-sharoitlar ta'minlanadi.

Advokat, uning sha'ni, qadr-qimmati va kasbiy faoliyati davlat himoyasida bo'ladi va qonun bilan muhofaza qilinadi.

142-modda.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Konstitutsiyaning_30_ta_asosiy_qoidasi

O'zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti respublika byudjetidan, Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjetidan va mahalliy byudjetlardan iboratdir.

O'zbekiston Respublikasining Davlat byudjetini shakllantirish hamda ijro etish tartib-taomillari ochiqlik va shaffoflik prinsiplari asosida amalga oshiriladi.

Fuqarolar va fuqarolik jamiyati institutlari O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining shakllantirilishi hamda ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi.

Fuqarolarning hamda fuqarolik jamiyati institutlarining byudjet jarayonida ishtirok etishi tartibi va shakllari qonun bilan belgilanadi.

148-modda.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Konstitutsiyaning_30_ta_asosiy_qoidasi

O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari O'zbekiston Respublikasining davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun tuziladi.

152-modda.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin