Huquqiy axborot | Lotin
6.28K subscribers
3.67K photos
228 videos
2 files
7.91K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Download Telegram
#Amal_qiling

☑️ Qonunchilikka ko'ra, elektr va issiqlik energiyasini behuda sarflash, ya'ni elektr dvigatellaridan, elektr pechlari va boshqa elektr hamda issiqlik uskunalaridan muntazam ravishda, ishlab chiqarish zarurati bo'lmagan holda to'liq foydalanmaslik yoki ularni bekorga ishlatib qo'yish, yoritish uchun elektr energiyasidan xo'jasizlarcha foydalanish:

mansabdor shaxslarga BHM 5 baravaridan 15 baravarigacha (1 mln 700 ming so'mdan 5 mln 100 ming so'mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Amal_qiling

🔰Qonunchilikka ko‘ra, mayda bezorilik, yaʼni jamoat joylarida uyatli so‘zlar bilan so‘kinish, fuqarolarga haqoratomuz shilqimlik qilish hamda jamoat tartibini va fuqarolarning osoyishtaligini buzuvchi shu kabi boshqa xatti-harakatlarda ifodalangan jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik quyidagi jazo choralaridan biri qo‘llanilishiga sabab bo‘ladi:

🔹BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha miqdorda (1 mln 20 ming so‘mdan 1 mln 700 ming so‘mgacha) jarima;

🔹15 sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoq.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Amal_qiling

🔰 Qonunchilikka ko'ra, qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o'yinlarni qonunga xilof ravishda tashkil etish yoki o'tkazish, shu jumladan ana shunday o'yinlar uchun qimorxonalar tashkil etish yoki ularni saqlash 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

✔️ Shuningdek, mazkur harakatlar uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko'zlab, sodir etilgan bo'lsa 7 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Amal_qiling

Tungi vaqtda (soat 23.00 dan 06.00 gacha) fuqarolarning osoyishtaligi va normal dam olishini buzish, yaʼni baland ovoz bilan qoʻshiq aytish, musiqa chalish, tovush signallari berish, xonadonlarda, turar joylarning yoʻlaklari va eshiklarida, koʻchalarda ovozi baland qilib qoʻyilgan televizorlar, radiopriyomniklar, magnitofonlar va ovoz chiqaruvchi boshqa apparaturalardan foydalanish, turar joy binolarida va ulardan tashqarida juda zarur boʻlmagani holda shovqin chiqaruvchi ishlar qilish, quyidagi miqdorda jarima solishga sabab boʻladi:

🔹fuqarolarga BHMning uchdan bir qismi;

🔹mansabdor shaxslarga BHMning uchdan bir qismidan ikkidan bir qismigacha.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Amal_qiling

🚫Qonunchilikka ko‘ra, ommaviy tadbir tashkilotchisi, ommaviy tadbirga reklama, aksiya va boshqa maqsadlarda oziq-ovqat, buyumlar hamda boshqa mahsulotlar va tovar-moddiy boyliklarni bepul tarqatish yoki haddan tashqari arzonlashtirilgan narxda sotish orqali fuqarolarni jalb qilinishiga yo‘l qo‘ymasligi shart.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Amal_qiling

☎️ Qonunchilikka ko‘ra, ichki ishlar organi, yong‘inga qarshi xizmat, tibbiy tez yordam va boshqa maxsus xizmatlarni qasddan aldab chaqirganlik uchun BHMining 1 baravaridan 3 baravarigacha (340 ming so‘mdan 1 mln 20 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Amal_qiling

⚡️ Qonunchilikka ko‘ra, mehnatga biron-bir shaklda maʼmuriy tarzda majburlash taʼlim tashkilotining pedagog xodimiga nisbatan sodir etilgan bo‘lsa, BHMning 100 baravaridan 150 baravarigacha (34 mln so‘madan 51 mln so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Amal_qiling

⚡️Qonunchilikka ko'ra, tadbirkorlarni pul mablag'larini hamda boshqa moddiy qimmatliklarni ajratish bilan bog'liq homiylikka va boshqa tadbirlarga majburiy jalb etganlik uchun ma'muriy hamda jinoiy javobgarlik belgilangan.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Amal_qiling

🖥 Qonunchilikka ko'ra, kompyuter tizimida saqlanayotgan yoki uzatilayotgan axborotni ruxsatsiz yo'q qilib yuborish, to'sib qo'yish, modifikasiyalashtirish, undan nusxa ko'chirish yoki uni qo'lga kiritish maqsadini ko'zlab kompyuter dasturlarini yaratish yoki mavjud dasturlarga o'zgartirishlar kiritish, xuddi shuningdek maxsus virus dasturlarini ishlab chiqish, ulardan qasddan foydalanish yoki ularni qasddan tarqatish quyidagi jazo choralaridan biri qo'llanilishiga sabab bo'ladi:

🔹BHMning 100 baravaridan 300 baravarigacha (34 mln so'mdan 102 mln so'mgacha) miqdorda jarima;
🔹2 yilgacha ozodlikni cheklash;
🔹2 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Amal_qiling

❗️ Tadbirkorlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablag'larini ularning roziligisiz qonunga xilof ravishda o'tkazish yoki olib qo'yish yoxud ularni o'z vaqtida qaytarmaslik, oz miqdorda talon-toroj qilish alomatlari mavjud bo'lmagan taqdirda, BHMning 20 baravaridan 40 baravarigacha (6 mln 800 ming so'mdan 13 mln 600 ming so'mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin