Huquqiy axborot | Lotin
6.28K subscribers
3.66K photos
228 videos
2 files
7.91K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Download Telegram
#2023_yil_1_dekabrdan

🔰 Qonunchilikka ko'ra, tashqi reklama bozori ishtirokchilari uchun teng sharoitlar yaratish hamda sohada shaffoflikni ta'minlashga qaratilgan «Tashqi reklama» raqamli monitoring elektron tizimi joriy etiladi.

▶️ Davlat mulki bo'lgan yer uchastkalarida, bino hamda inshootlarda tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) uchun reklama joyining pasporti hamda ularni o'rnatish uchun shartnomalar ommaviy oferta shaklida «E-auksion» elektron savdo platformasining yagona elektron savdo maydonchasida auksion g'olibiga avtomatik tarzda beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

❗️Oliy ta'lim muassasalarining pedagogika yo'nalishlarida kunduzgi, kechki, sirtqi bo'limlarning 3-4-kurslarida o'qiyotgan shaxslar davlat maktabgacha ta'lim tizimida pedagogik faoliyatni amalga oshirishi mumkin.

☑️ Bunda ularga o'rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotga ega bo'lgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy tarif stavkasi belgilanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

❗️Ta'lim muassasalarida qishki ta'til 25-dekabrdan boshlanadi

Barcha oliy, o'rta maxsus va professional ta'lim (davlat, nodavlat, xorijiy) muassasalarida qishki ta'til muddati 2023-yilning 25-dekabridan 2024-yilning 7-yanvariga qadar etib belgilandi.

Dars jarayonlari 2024-yil 8-yanvar, dushanba kunidan boshlanadi.

Oliy ta'lim, fan va innovasiyalar vazirligi

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️“Haj”ga borish uchun navbatda turgan ziyoratchilarning yagona onlayn navbati to'g'risidagi ma'lumotlar ochiq ma'lumotlar sifatida joylashtiriladi

"Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" Prezident Farmoni qabul qilindi

🔰Farmonga ko'ra, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi:

🔹har chorakda davlat organlari va tashkilotlari kesimida sodir etilgan korrupsiyaga oid jinoyatlarni tahlil qiladi va ushbu jinoyatlar ko'rsatkichi oshgan davlat organlari va tashkilotlariga kechiktirib bo'lmaydigan chora-tadbirlar belgilash uchun Agentlik xodimlari ishtirokida ko'rib chiqilishi majburiy bo'lgan taqdimnoma kiritib boradi;

🔹har yarim yilda jinoyatlarning oldini olish hamda ularga imkon bergan omillarni bartaraf etish bo'yicha ko'rilayotgan choralar Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi yig'ilishlarida tegishli davlat organlari va tashkilotlarining birinchi rahbarlari ishtirokida tanqidiy muhokama qilib boriladi.

🗓 2023-yil 1-dekabrdan ochiq ma'lumotlar sifatida joylashtirilishi kerak bo'lgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma'lumotlar ro'yxati quyidagi ma'lumotlar bilan to'ldiriladi:

hududlar kesimida “Haj” tadbiriga borish uchun navbatda turgan ziyoratchilarning yagona onlayn navbati to'g'risidagi (ziyoratga boruvchi shaxsning arizasi navbatga qo'yilgan sana va ro'yxatdagi tartib raqami) ma'lumotlar;

bolalarni davlat bog'chalariga qabul qilish uchun berilgan arizalar navbati (ro'yxati) to'g'risidagi (ariza navbatga qo'yilgan sana, ro'yxatdagi tartib raqami, yosh guruhi hamda tashkilot raqami) ma'lumotlar;

davlat organlari va tashkilotlarida davlat xaridlarini amalga oshirish tartib-taomillarini belgilovchi xarid komissiyasining ichki idoraviy tartibi (nizom, reglament, yo'riqnoma yoki boshqa ichki idoraviy hujjat);

markaziy, hududiy va tizim tashkilotlarida bo'sh ish o'rinlari, ishga qabul qilish shartlari, nomzodlarga qo'yiladigan talablar va taqdim qilinishi lozim bo'lgan hujjatlar to'g'risidagi ma'lumotlar;

davlat organlari va tashkilotlari tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlarga taqdim etilgan grant va ijtimoiy buyurtma loyihalari haqidagi ma'lumotlar, shu jumladan, g'olib bo'lgan nodavlat notijorat tashkilotlari va ularning buyurtma doirasida bajargan ishlari yuzasidan hisobotlari haqidagi ma'lumotlar.

Shuningdek, quyidagi jarayonlarni internet orqali jonli efirga uzatish tartibi joriy etiladi:

🔸falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun ilmiy kengash tomonidan o'tkaziladigan dissertasiya himoyasi (yopiq ilmiy ishlar bundan mustasno);

🔸o'rta-maxsus va professional ta'lim muassasalarining, (shu jumladan, “Temurbeklar maktablari” harbiy-akademik liseylarining) test sinovlari hamda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari;

🔸OTMlar bazasidagi harbiy ta'lim fakultetlariga (harbiy kafedra) qabul qilishdagi saralash tanlovlarining quyidagi bosqichlari:

◽️umumjismoniy tayyorgarlikni baholash;

◽️chaqiriqqacha boshlang'ich tayyorgarlik dasturi bo'yicha bilim darajasini baholash.

📞 Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga davlat organlari va tashkilotlarining qayta aloqa tizimi samaradorligi darajasini baholash maqsadida “Qayta aloqaning sirli mijozi” tadbirlarini tashkil etish va o'tkazish vazifasi yuklatiladi.

🏢 Davlat organlari va tashkilotlarining ochiqlikni ta'minlashga mas'ul xodimlarini ochiqlik sohasidagi milliy qonunchilik va xalqaro standartlar talablari bo'yicha o'qitishga qaratilgan onlayn malaka oshirish tizimi elektron platforma asosida yo'lga qo'yiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

❗️Umummilliy Konstitutsiya imtihoni bo'lib o'tmoqda

📝 Eslatib o'tamiz, tanlov 2-bosqichda o'tkazilib, 1-bosqich test sinovlari hisoblanadi.

⚠️ Test sinovlari 3 ta toifa uchun alohida tashkil etiladi. Shunga ko'ra, bugun – 28-noyabrda o'tkaziladigan test sinovlarida imtihonda qatnashish uchun ro'yxatdan o'tgan huquqshunoslar va oliy ta'lim muassasalarida huquqshunoslik mutaxassisligi bo'yicha o'qiyotgan talabalar ishtirok etadi.

Ro'yxatdan o'tganlar test sinovlarini 14:00 ga qadar ishlashi mumkin.

Barcha ishtirokchilarga omad va muvaffaqiyat tilaymiz!


Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#2023_yil_1_dekabrdan

📝 Qonunchilikka ko'ra, migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish hamda transportni ro'yxatga olish bo'yicha davlat xizmatlari xizmat ko'rsatuvchi xodim tomonidan murojaat etuvchining yashash joyiga borib, planshet yoki kompyuterga o'rnatilgan texnik qurilmalar yordamida qo'shimcha to'lov asosida ko'rsatiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Amal_qiling

🔰 Soxtalashtiruvchining o'zi yoki boshqa shaxs foydalanishi maqsadida muayyan huquq beradigan yoki muayyan majburiyatdan ozod etadigan rasmiy hujjatlar tayyorlashi yoki rasmiy hujjatlarni qalbakilashtirishi yoxud bunday hujjatlarni sotishi, shunday maqsadlarda korxona, muassasa yoki tashkilotning qalbaki shtamplari, muhrlari, blankalarini tayyorlash yoxud sotish:

🔹BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima;

🔹360 soatgacha majburiy jamoat ishlari;

🔹3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

☑️ Shuningdek, mazkur harakatlar bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo'lsa:

2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;

3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash;

3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

🌐 Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (Lex.uz) – ishonchli, tezkor va hamma uchun!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Oilaviy mehmon uylari, xostellar faoliyatini tashkil etish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (622-son, 27.11.2023 y.) bilan Oilaviy mehmon uylari, xostellar, o'tovli va chodirli oromgohlar faoliyatini tashkil etish to'g'risidagi nizom tasdiqlandi

⚠️ Oilaviy mehmon uyi mehmon uyida uy egasining oila a'zolari bilan birga yashash tamoyili bo'yicha bir vaqtning o'zida 10 nafargacha tashrif buyuruvchilarga (turistlarga) vaqtincha yashash va (yoki) ovqatlanish bo'yicha xizmatlar ko'rsatuvchi, shuningdek, har bir yashovchi shaxsga 3 metr kvadrat hisobidan to'g'ri keladigan turar joy maydoniga ega bo'lgan xususiy uy-joy obyekti.

☑️ Nizomga ko'ra, mehmon uylari, xostellar, o'tovli va chodirli oromgohlar faoliyati ularni Turizm qo'mitasi tomonidan yuritiladigan Reestrga kiritish va Reestrdan ko'chirma berish orqali tashkil etiladi.

Mehmon uylari faoliyatini tashkil etishda tegishli sharoitlar yaratilgan bo'lishi shart (quyidagi ro'yxatda keltirilgan).

📋 Qaror bilan shuningdek, mehmon uylari, xostellar, o'tovli va chodirli oromgohlarni Reestrga kiritish bo'yicha davlat xizmatini ko'rsatishning ma'muriy reglamenti tasdiqlandi.

➡️ Bunda mehmon uyi, xostel, o'tovli va chodirli oromgoh faoliyatini tashkil etish istagini bildirgan shaxs (ariza beruvchi) davlat xizmatidan foydalanish uchun:

Davlat xizmatlari markaziga shaxsan o'zi kelib murojaat etadi;

yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali ro'yxatdan o'tadi.

📝 So'rovnoma to'ldirilib, unga tegishli hujjatlar ilova qilinadi.

🗓 Turizm qo'mitasining hududiy bo'linmalari (vakolatli organ) hujjatlarni olgan kundan boshlab 3 ish kuni davomida ko'rib chiqadi hamda o'rganib chiqish natijasi yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtiriladi.

Davlat xizmati bepul ko'rsatiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Konstitutsiyaning_30_ta_asosiy_qoidasi

Ota-onalar va ularning o'rnini bosuvchi shaxslar o'z farzandlarini voyaga yetguniga qadar boqishi, ularning tarbiyasi, ta'lim olishi, sog'lom, to'laqonli va har tomonlama kamol topishi xususida g'amxo'rlik qilishga majburdirlar.

Davlat va jamiyat yetim bolalarni hamda ota-onasining vasiyligidan mahrum bo'lgan bolalarni boqishni, tarbiyalashni, ularning ta'lim olishini, sog'lom, to'laqonli va har tomonlama kamol topishini ta'minlaydi, shu maqsadda xayriya faoliyatini rag'batlantiradi.

77-modda.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

❗️Umummilliy Konstitutsiya imtihoni bo'lib o'tmoqda

📝 Eslatib o'tamiz, tanlov 2-bosqichda o'tkazilib, 1-bosqich test sinovlari hisoblanadi.

⚠️ Test sinovlari 3 ta toifa uchun alohida tashkil etiladi. Shunga ko'ra, bugun – 29-noyabrda o'tkaziladigan test sinovlarida imtihonda qatnashish uchun ro'yxatdan o'tgan birinchi, ikkinchi toifadagi qatnashchilardan boshqa barcha fuqarolar ishtirok etadi.

Ro'yxatdan o'tganlar test sinovlarini 14:00 ga qadar ishlashi mumkin.

Barcha ishtirokchilarga omad va muvaffaqiyat tilaymiz!


Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️O'zbek tilidagi adabiyotlar jamlanadigan mobil ilova yaratiladi

“Yoshlar uchun ming kitob” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–380-son, 28.11.2023-y.) qabul qilindi

📚Qarorga ko'ra, Yoshlar ishlari agentligi tomonidan jahonda mashhur 1000 ta kitob o'zbek tiliga tarjima qilinib, “Yoshlar uchun ming kitob” loyihasi amalga oshiriladi.

🔰 Kitoblarni tarjima qilish va nashr etish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

1️⃣-bosqichda – Ekspertlar kengashi tomonidan har yili kitoblarning dastlabki ro'yxati shakllantiriladi;

2️⃣-bosqichdaaholi tomonidan ovoz berish yo'li bilan tanlab olish uchun dastlabki ro'yxat Yoshlar ishlari agentligining axborot tizimlariga joylashtiriladi hamda bu orqali yakuniy ro'yxat shakllantiriladi.

Loyiha doirasida har yili nashr etiladigan kitoblar ro'yxatiga kamida 20 foiz ilmiy-ommabop asarlar kiritiladi.

🗓 2023–2024-yillarda dastlabki tanlangan 50 nomdagi kitobni tarjima qilish, nashrga tayyorlash va chop etish choralari ko'riladi.

➡️ Kitoblarni tarjima qilish, nashrga tayyorlash va chop etish bilan bog'liq davlat xaridlari talabgorlar o'rtasida eng yaxshi takliflarni tanlash hamda tender o'tkazish orqali amalga oshiriladi.

📲 O'zbek tilidagi adabiyotlar jamlanadigan va aholi tomonidan bepul foydalaniladigan maxsus mobil ilova yaratiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#2023_yil_1_dekabrdan

📋 Qonunchilikka ko'ra, “GSP+” tizimi imtiyozlari qo'llanilishiga doir ma'lumotlar olish, sinov laboratoriyalarini (shu jumladan, veterinariya, o'simliklar karantini, sanitariya-epidemiologiya sohalarda) erkin tanlash, sinov bayonnomalarini elektron rasmiylashtirish imkonini beradigan hamda bojxona organlari "yagona darcha" tizimiga integratsiya qilingan "E-sertifikat" axborot tizimi ishga tushiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Amal_qiling

🔰 Qonunchilikka ko'ra, mehnat intizomi deb barcha xodimlarning mehnat to'g'risidagi qonunchilikka, jamoa kelishuvlariga, jamoa shartnomasiga, shuningdek ichki mehnat tartibi qoidalariga, boshqa ichki hujjatlarga va mehnat shartnomasiga muvofiq belgilangan xulq-atvor qoidalariga majburiy bo'ysunishi tushuniladi.

📝 Intizomiy javobgarlik xodim tomonidan intizomiy qilmish sodir etilganligi uchun yuzaga keladigan va ushbu xodimga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo'llanilishida ifodalanadigan yuridik javobgarlikdir.

📋 Xodim tomonidan intizomiy qilmish sodir etilishi xodimni intizomiy javobgarlikka tortish uchun asos bo'ladi.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Konstitutsiyaning_30_ta_asosiy_qoidasi

Farzandlar ota-onasining nasl-nasabi va fuqarolik holatidan qat'i nazar, qonun oldida tengdirlar.

Bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta'minlash hamda himoya qilish, uning jismoniy, aqliy va madaniy jihatdan to'laqonli rivojlanishi uchun eng yaxshi shart-sharoitlarni yaratish davlatning majburiyatidir.

Onalik, otalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi.

Davlat va jamiyat bolalarda hamda yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlikni, mamlakatidan hamda xalqning boy madaniy merosidan faxrlanishni, vatanparvarlik va Vatanga bo'lgan mehr-muhabbat tuyg'ularini shakllantirish to'g'risida g'amxo'rlik qiladi.

78-modda.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#2023_yil_1_dekabrdan

Qonunchilikka ko'ra, FIDE reytingi bo'yicha 1800 va undan yuqori ball to'plagan shaxmatchilarga, istisno tariqasida, malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslaridan o'tmasdan imtihonsiz shaxmat bo'yicha trenerlik faoliyatini amalga oshirish huquqi taqdim etiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

2026-yil 1-yanvargacha tomorqa yer egalari bilan kooperasiya asosida ish tashkil etgan tadbirkorlarga omborxonalarni jihozlash, quritish, saralash va qadoqlash uskunalari xarid qilish xarajatlarining 30 foizi miqdorida, biroq 150 mln so'mdan ortiq bo'lmagan hajmda subsidiya berilishi belgilangan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

❗️Umummilliy Konstitutsiya imtihonining final bosqichi ishtirokchilari aniqlandi

☑️ Xabaringiz bor, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati bilan Adliya vazirligi tomonidan Umummilliy Konstitutsiya imtihoni o'tkazilmoqda.

Imtihonda respublikaning barcha hududlaridan, shuningdek xorijiy davlatlarda bo'lib turgan jami 210 720 nafar fuqarolar ishtirok etishdi.

📌 Tanlovning 1-bosqichida test savollariga eng tez va eng ko'p to'g'ri javob bergan jami 90 nafar (har bir yo'nalish bo'yicha 30 nafardan) ishtirokchining ijodiy savolga javoblari hakamlar hay'ati tomonidan baholanib, shundan 31 nafari (huquqshunoslar yo'nalishida 11 nafar) final bosqichiga yo'l oldi.

Ro'yxat bilan tanishing: 8-dekabr.adliya.uz/page/results2023

🗓 Final bosqichi (suhbat) 4-dekabr kuni soat 09:00 da boshlanib, videokonferensaloqa shaklida bo'lib o'tadi.

📍Mazkur bosqichda ishtirokchilar bevosita o'zlari yashab turgan hududdagi adliya boshqarmasi binosida qatnashadi.

🎁 Eslatib o'tamiz, g'oliblar diplom va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanadi:

➡️ Imtihon jarayonlarini youtube.com/adliya havolasi orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰 Charm-poyabzal va mo'ynachilik sohasida eksport qiluvchi korxonalarning eksportoldi va eksport bilan bog'liq savdo operasiyalarini moliyalashtirish uchun oxirgi 12 oy mobaynida ular tomonidan amalga oshirilgan eksport hajmidan kelib chiqqan holda 2 yil muddatgacha quyidagicha miqdorda moliyaviy resurslar ajratilishi belgilangan:

🔹eksport hajmi 1 million AQSH dollaridan 2 million AQSH dollarigacha bo'lganda — 1 million AQSH dollarigacha;

🔹eksport hajmi 2 million AQSH dollaridan 4 million AQSH dollarigacha bo'lganda — 2 million AQSH dollarigacha;

🔹eksport hajmi 4 million AQSH dollaridan ortiq bo'lganda — 3 million AQSH dollarigacha.

Bunda, moliyaviy resurslar yillik 4 foiz stavkadan (shundan 2 foizi bank marjasi) oshmagan holda taqdim etiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Konstitutsiyaning_30_ta_asosiy_qoidasi

Davlat yoshlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari himoya qilinishini ta'minlaydi, ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etishini rag'batlantiradi.

Davlat yoshlarning intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan shakllanishi hamda rivojlanishi uchun, ularning ta'lim olishga, sog'lig'ini saqlashga, uy-joyga, ishga joylashishga, bandlik va dam olishga bo'lgan huquqlarini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.

79-modda.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin